Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
 Erkin Vohidov
 Abdulla Oripov
 Nodar Dumbadze
Oquv reja va dastur


 
ABDULLA ORIPOV
  
Chop etish uchuv versiyasi


Abdulla ORIPOV
(1941-yilda tug’ilgan)


Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda aytilganini ko’p ko’rgansiz. O’zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz g’olib kelib, har safar bayrog’imiz ko’ta-rilganida, madhiyamiz yangraganini g’urur va iftixor bilan kuzatgansiz. Faqat tantanalarda emas, u bizga doim hamroh. Radio va televideniye har bir kunini mana shu madhiyamiz bilan boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u  bizning davlatimiz, mustaqilligimiz ramzidir. U  dunyodagi qanchadan qancha mamlakatlar orasida tengma-teng yashab kelayotganimiz ramzidir. Mana shu madhiyaning so’zlari muallifini bilasizmi? Uni atoqli shoirimiz Abdulla Oripov yozgan.


Abdulla Oripov  bugungi o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan. Mashhur shoir, tarjimon, O’zbekiston Qahramoni.
Shoir 1941- yilning 21- martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko’z qishlog’ida tug’ilgan. Otasi Orif bobo ko’pni ko’rgan, donishmand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko’p yillar rahbar bo’lib kelgan, so’zni topib so’zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o’g’lining shon-shuhratini ko’rib vafot etdi. Onasi Turdi Karvon qizi shoir tabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o’g’lining birinchi kitobini ko’rib ketdi. Ehtimolki, Abdullaning kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg’ular uning «Onajon» she’rida juda samimiy ifodalangan. So’ngroq u shu nomda butun bir kitob ham yozadi.


Bo’lajak shoir Neko’zdagi o’rta maktabda o’qidi. Ta’lim-tarbiyasida oila muhitining ta’siri katta bo’ldi. To’rt aka-ukaning hammasi adabiyot muxlisi edilar. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy o’quv yurtlarida o’qishar, uyida yaxshi kitoblar ko’p bo’lar edi. She’rga, kitobga mehr Abdullada maktab yoshida paydo bo’ldi. Dastlabki she’rlari o’quvchihgida bosildi. Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo’ldilar.


Abdulla Oripov 1958- yilda o’rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi 0’zMU)ning filologiya fakultetiga o’qishga kiradi. 1963- yilda ushbu fakultetning jumalistika bo’limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda «Mitti yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi. Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o’xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o’xshatish  manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o’ziga qaratib oladi. Unga o’z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla Qahhor e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.
So’ng o’nlab kitoblari bosildi. Buyuk italyan shoiri Dantening «Ilohiy komediya» asarini juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qildi. Amir Temur haqida «Sohibqiron» nomli drama yoz-di. O’z asarlari bilan xalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylandi. Ayni paytda, qanchadan qancha she’rlari xorijiy tillarga tarjima qilindi. Yurtimizdagina emas, chet mamlakatlarda ham dovruq qozondi. Uni XX asr jahon adabiyotining ko’pgina vakillari tan oldilar.


Bugun Abdulla Oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlaridan: «O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi» matni muallifi, O’zbekiston xalq shoiri. Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat Mukofoti laureati. 1998- yilda shoir va yozuvchilarimiz orasida birinchi bo’lib «O’zbekiston Qanramoni» faxiiy unvoni bilan taqdirlangan.

O’ZBEKISTON
(Qasida)

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor, o’z yurtin butun Olam aro atagan tanho. Ular she’ri uchdi ko’p yiroq, Qanotida kumush diyori. Bir o’lka bor dunyoda biroq, Bitilmagan dostondir bori: Faqat ojiz qalamim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Yurmasman hech behishtni izlab,


Topolmasam chekmasman alam. O’tirmasman ertaklar so’zlab, Musallo deb yo’nmasman qalam. Ko’klamingdan olib sururni, Dovrug’ soldi ustoz Olimjon, G’afur G’ulom tuygan g’ururni Qilmoq mumkin dunyoga doston. Olis tarix qadamim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg’ay olmas barchasin ko’zim.
Maqtamasman moziyni, biroq
O’tmishingni o’ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag’rur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi ulug’ jahongir.
Deyman bu kun, u manim, manim,
O’zbekiston, Vatanim manim!

Bobolardan so’z ketsa zinhor, Bir kalom bor gap awalida. Osmon ilmi tug’ilgan ilk bor Ko’ragoniy jadvallarida. Qotil qo’li qilich soldi mast, Quyosh bo’lib uchdi tilla bosh. Dostlar, ko’kda yulduzlar emas, U Ulug’bek ko’zidagi yosh. Yerda qolgan, o, tanim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Ko’z oldimdan kechar asrlar, Ko’z-ko’z etib naqshu chiroyin. Sarson o’tgan necha nasllar Topolmasdan tug’ilgan joyin. Amerika  sehrli diyor, Uxlar edi Kolumb ham hali, Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash’ali. Kolumbda bor alamim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Ko’p jahongir ’rgan bu dunyo,


Hammasiga guvoh  yerosti. Lekin, do’stlar, she’r ahli aro Jahongiri kam bo’lar, rosti. Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher, Temur tig’i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. Dunyo bo’ldi chamanim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Bobolardan so’zladim, ammo Bir zot borkim, baridan suyuk:
Buyuklarga baxsh etgan daho, Ona xalqim, o’zingsan buyuk. Sen o’zingsan eng so’nggi nonin O’zi yemay o’g’liga tutgan. Sen o’zingsan farzandlar shonin Asrlardan opichlab o’tgan. Ona xalqim, jontanim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!


Bosh ustingdan o’tdi ko’p zamon, O’tdi budda, o’tdi zardushti. Har uchragan nokas-u nodon, Ona xalqim, yoqangdan tutdi. Seni Chingiz g’azabga to’lib, Yo’qotmoqchi bo’ldi dunyodan. Jaloliddin samani bo’lib Sakrab o’tding Amudaryodan. Sensan o’shal samanim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Toleyingda bor ekan yashash, Goh qon ichding, gohida sharob. Bo’lmay turib, yurtim, xomtalash, Bosh ustingga keldi inqilob. Chora istab jang maydonidan Samolarga uchdi unlaring. Shahidlarning qirmiz qonidan Alvon bo’ldi qora tunlaring. Qonga to’ldi kafanim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Tinch turarmi bu ko’hna olam, Tinch turarmi dog’uli zamon. Oromingni buzdi sening ham Fashist degan vahshiy olomon.

Qonim oqdi Dansigda manim, Sobir Rahim yiqilgan chog’da. Lekin, yurtim, kezolmas g’anim O’zbekiston atalgan bog’da. Sen-ku nomus va sha’nim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Kech kuz edi, men seni ko’rdim, Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim, Turar eding yalangto’sh, ayv.  Tashqarida izillar yomg’ir, Kir, bobojon, yayragil biroz. Deding: - Paxtam qoldi-ku axir, Yig’ishtiray kelmasdan ayoz. Ketding, umri mahzanim manim... O’zbekiston, Vatanim manim!


Sen ketarsan balki yiroqqa, Farg’onada balki balqarsan. Balki chiqib oqargan toqqa, Cho’pon bo’lib gulxan yoqarsan. Balki ustoz Oybekdek to’lib Yozajaksan yangi bir doston. Balki Habib Abdulla bo’lib, Sahrolarda ochajaksan kon. Tuprog’i zar, ma’danim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo, Fazolarga qo’ysang ham qadam, O’zligingni unutma aslo, Unutma hech, onajon o’lkam. Bir o’g’lingdek men ham shu zamon Kechmishingni qildim tomosha.

Iqbolingni ko’roldim ay on Yillar osha, kengliklar osha. Iqboli hur, sho’x-sha’nim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!
Zavol ko’rma hech qachon, o’lkam, Zavol bilmas shu yoshing bilan. Muzaffar bo’l, g’olib bo’l, o’ktam Do’st-u yoring, qardoshing bilan. Asrlarning silsilasida Boqiy turgay koshonang sening, Hur xalqlarning oilasida Mangu yorug’ peshonang sening. Mangu yorug4 maskanim manim, O’zbekiston, Vatanim manim!


«O’ZBEKISTON» QASIDASI HAQIDA


Qasida hajman salmoqli, har biri 10 satrlik 14 banddan iborat. Jami  140 satr. Banddagi toq va juft satrlar o’zaro qofiyalanib keladi. Har bandning so’nggi bayti bir-biri bilan qofiyalanadi. She’r g’oyat muhim mavzuga  ona - vatanimiz sha’niga bag’ishlangan. Xo’sh, shoir Vatandek muqaddas mavzuni qanday yoritadi? Uning bu haqda aytadigan yangi gapi bormi?
Birgalikda ko’raylik.
Mana, shoir yurti haqida she’r bitmoqchi. Uni dunyoning eng go’zal maskanlariga qiyoslab ko’rsatmoqchi. Yo’q, unday joy yo’q ekan. Hatto behishtni ham unga o’xshatib bo’lmaydi. Bu yurt  beqiyos. U bitilmagan doston. Uni ta’rif qilmoqqa qalam ojizlik qiladi. Har bir band «O’zbekiston, Vatanim manim!» degan g’ururbaxsh satr bilan yakunlanadi. Shuni aytish kerakki, bu fikrlar 1968- yilda aytilgan edi. U paytlari «SSSR - bizning Vatanimiz!» degan soxta shior million-million insonlar ongiga singdirilgan edi. Abdulla Oripov shunday bir sharoitda «O’zbekiston  Vatanim manim!» deb chiqdi. Bu jasorat edi.
She’rni tahlil qilishda davom etamiz. Ha, bu yurtning o’xshashi yo’q. Ustoz Hamid Olimjon bu yurtning ko’klamini qalamga olgan edi  dovrug’i olamga yoyildi. Uning yurti shunchalar go’zal, shunchalar sehrli.


Tarixichi?! Tarixi ham sharaflarga burkangan tarixdir. Shoir yurti-ning kechmishiga nazar tashlaydi. Olis tarix qa’ridagi buyuk ajdodlarni ko’radi. Ana, yarim dunyoni zabt etib, ulug’ saltanat o’rnatgan sohibqiron. Beriroqda, 1018 yulduzni aniqlab bergan, «osmon ilmi»ni yaratib ketgan nabirasi  Ulug’bek.
Shoir xayolidan asrlar «nuqs-u chiroyini ko’z-ko’z etib» o’tadilar. Ana, muallif bir zot ustida to’xtab qoldi. U  Beruniy! Ming yil oldingi kashfiyotlari bilan hali-hanuz dunyoni hayratga solib kelayotgan buyuk ajdodimiz. U Xristofor Kolumbdan salkam besh yuz yil oldin Amerika qit’asini bashorat qilgan edi. Hind okeani sohillarida uzoq tekshirishlar olib borib, bu suvlarning olis bir materikdan qaytishini taxmin etgan edi. Va bu Amerika bo’lib chiqdi. Uning kashf etilishi shuhrati esa Kolumbga o’tib ketdi. Shoirning Kolumbda alami borligi shundan.
Vatan tarixida yana bir porloq siymo borki, uni chetlab o’tib bo’lmaydi. Bu  Navoiy. Bu ko’hna dunyo juda ko’p jahongirlarni ko’rdi. Lekin so’z mulkining jahongirlari kam keldilar. Alisher Navoiy dunyoni o’z qalami bilan zabt etgan va dunyoni chamanzorga ay Ian-tirgan siymo edi. Bular bilan faxrlanmaslik mumkinmi?!
Bu buyuk shaxsiyatlarning yaratuvchisi «baridan buyuk», «baridan suyuk» xalqdir. Shoir keyingi bandlarda mana shu buyuk va suyuk ona xalqining timsolini yaratadi. Bunday buyuk farzandlarni jahonga yetkazib bergan, ularning shon-sharaflni asrlardan asrlarga olib o’tgan mana shu xalqdir. Uning birinchi fazilati farzandlariga bo’lgan cheksiz mehridir. Shoir xalq tarixiga shu jihatdan bir nazar tashlaydi. Ko’z oldimizda xalqimizning o’tda kuymas, suvda cho’kmas timsoli pay do bo’ladi. Kimlar uning tepasiga ot o’ynatib kelmadilar. Dovrug’ingga hasad qilib Chingiz keldi. Seni dunyodan yo’qotmoq qasdi bilan keldi. Jaloliddin samani bo’lib, daryodan sakrab o’tding, omon qolding. So’ng inqilob keldi. U ham of at edi. Chora is tab faryod qilding. Shahidlarning
qirmiz qonidan qora tunlaring alvon bo’ldi. So’ng fashist keldi. Yana qonlaring oqdi. Lekin sen o’lmading, o’chmading. Seni hech qanday dushman yo’qota olmadi. Yondirib kultepaga aylantirilgan Vatan xarobalari ostidan har gal afsonaviy samandardek chiqib kelaverding. Shu tariqa Vatan va Millat tushunchasi biri-biriga o’tib, biri-birini to’ldirib boraveradi. Darhaqiqat, o’zbek degani bu O’zbekistondir, O’zbekiston deganda esa o’zbek ko’z oldimizga keladi.


Bu yurtning mehnatkashligichi?
Shoir bir farzand sifatida unga iqbol, porloq istiqbol tilaydi. Birgina o’tinchi bor, o’zligini unutmasa bo’lgani.
Qasida ona yurtni baland pardalarda madh etuvchi satrlar bilan yakun topadi.
Bu she’r yana bir mashhur shoirimiz Erkin Vohidovning «O’z-begim» qasidasi bilan deyarli bir vaqtda yozildi va ikkala asar xalqimizning o’zligini anglashida sezilarli rol o’ynadi.

Savol va topshiriqlar

  • Abdulla Oripovning hayot yo’li haqida so’zlab bering.
  • Shoirning qanday asarlarini bilasiz?
  • O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi so’zlarini yoddan aytib, tushimtirib bera olasizmi?
  • «O’zbekiston» qasidasida nima haqda gap ketadi? Sizda u qanday taassurot qoldirdi?
  • «O’zbekiston, Vatanim manim!» satrining asar yozilgan davr uehun bo’lgan ahamiyatini qanday tushunasiz?
  • Shoir ona-Vatan tarixi haqida so’z yuritganida qaysi siymolar haqida to’xtab o’tishni lozim ko’radi va nima uehun?
  • Qasidadagi Ulug’bek bandini qanday sharhlaysiz?
  • Beruniy bandida shoir nimalarga diqqatimizni qaratadi?
  • Qasidada xalq va Vatan tarixi bir-birini qay darajada to’ldirib boradi, bu haqda nimalar deya olasiz?
  • XX asrning 60- yillarida o’zbek adabiyotida yaratilgan hamda mazkur qasidani esga soladigan yana qanday asarni bilasiz? Ularning o’xshash va farqli tomonlari haqida nimalar deya olasiz?
  • Qasidaning o’zingizga yoqqan bandlarini yod oling va «O’zbe­kiston, Vatanim manim!» mavzusida uy inshosi tayyorlang.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz