Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
 Mirkarim Osim
 Gafur Gulom
 Oybek
 Usmon Nosir
 Mirtemir
 Asqad Muxtor
 Otkir Hoshimov
 Antuan de Sent-Ekzyuperi
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
ASQAD MUXTOR
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Asqad MUXTOR

(1920-1997)
 
O’zbekistonimizning Asqad Muxtor degan yozuvchisini eshitganmisiz, aziz o’quvchi? Eshitmagan bo’lsangiz, bilib qo’ying. O’nlab nasriy, she’riy asarlarning muallifi, qadimgi Yunoniston, Hindiston, Ukraina va Rossiya adabiyotining mashhur namoyandalari asarlarining tarjimoni, bir necha sahna asarlari yaratib o’zbek teatri ravnaqi uchun ham ko’p xizmatlar qilgan atoqli o’zbek yozuvchisi bo’ladi
 
Asqad Muxtor.
Adib 1920- yil 23- dekabrda Farg’ona viloyatining Farg’ona shahrida tug’ilgan. Otasidan yosh paytida yetim qolgan Asqad asosan bola-lar uyida tarbiya topgan. O’rta maktab, O’rta Osiyo Davlat universitetida o’qigan. Uning she’riy mashqlari yoshligida boshlangan. O’n besh yoshlarida ilk she’rlari gazetada e’lon qilingan. Asqad Muxtorning shundan keyingi yillarda ellikdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. «Po’lat quyuvchi», «Hamshaharlarim», «Rahmat, mehribonim», «Sizga aytar so’zim» kabi she’riy to’plamlari, «Daryolar tutashgan joyda», «Qoraqalpoq qissasi», «Bo’ronlarda bordek halovat», «Buxoroning jin ko’chalari» qissalari, «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» kabi qator romanlari dunyo yuzini ko’rdi.
 
Asqad Muxtor o’zbek teatr san’ati uchun ko’p xizmatlar qilgan deb aytdik. Buning isboti uning «Mardlik cho’qqisi», «Yaxshilikka yaxshilik», «Zar qadri», «Samandar» pyesalaridir. Shu bilan birga u Sofokl, Evripid, Lermontov, Aleksandr Korneychuk kabi jahon dramaturgiyasi namoyandalarining sahna asarlarini tarjima qilib ham sahna san’atimiz rivojiga hissa qo’shgan.
Asqad Muxtor o’zbek bolalar adabiyoti tarixida ham o’z o’rniga ega adib edi. «Chin yurakdan» nomli she’rlar to’plami, «Hayotga chaqiriq», «Dunyo bolalari» hikoyalar to’plamlari ellik yillar awal nashr bo’lganiga qaramay o’sha vaqtda ham, hozirgi davrda ham o’z o’quvchilariga ega kitoblardir. Shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1974- yilda «Chinor» romani uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Unga O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan edi. O’zbekistonning ana shunday atoqli va ardoqli vakili Asqad Muxtor 1997- yil 17- aprelda vafot etdi.
Yuqorida adibning siz bolalarga atab yozilgan maxsus she’riy va hikoyalar to’plamlari nashr etilganini aytdik. Bu asarlar turli mavzularga bag’ishlangan, qiziq-qiziq voqealardan, ibratli hodisalardan iborat kichik-kichik asarlar to’plamlaridir. Keling, yaxshisi Asqad Muxtorning aynan sizlarning yoshingizga mos ma’rifiy she’rlaridan ayrimlarini mutolaa qilaylik.
 
Dars ham yo’q, ish ham yo’q, O’yin-kulgi, tomosha. To’y ovozi - karnay-surnay, Devor osha, torn osha...
Katta yo’lning gulshaniman, Orom oling gulshanda. Har haftada mehmonimsiz, Mening otim Yakshanba.
Yettovlonmiz, yetti o’g’lon, Yetti og’ayni botir. Ana, ikkinchi bo’lib Dushanba kelayotir.
Dushanba
«Du» degani ikkidir, Mehnat bizning zotimiz. Yakshanbaning ukasiman, Qofiyadosh otimiz.
Yoqtirmaydi meni yalqov, Og’ir, deb urishadi. Ammo bugun ish yurishsa, Bir hafta yurishadi.
Hordiqdan so’ng lanjlikni G’ayrat bilan yenginglar. Yangi kuch-u havas bilan Bel bog’laydi ming-minglar.
Mehnat mendan start olar, Men ochaman haftani. Mehnat esa yurgizadi Zavod, dizel, shaxtani.
Meni tanir bolalar ham Tongim sabolaridan, Maktabdagi qo ’ ng ’ iroqning Kumush sadolaridan.
Yettovlonmiz, yetti o’g’lon, Yetti og’ayni botir. Ana, uchinchi bo’lib Seshanba kelayotir.
Seshanba
«Se» degani - uch degani, Hafta uchga kiradi. Hamma j oyda, hamma j oyda Mehnat kuchga kiradi.
Ajrab turgan joyim yo’q, Oddiygina bir kunman. Ammo shon-u shuhratdan Toj kiyishim mumkin man.
Bilasizmi, Gagarin Seshanba kun uchgandi. Sirdaryoning Farhod GESi Shu kun ishga tushgandi.
Tasodifmi? Bo’lsa bordir, Shunisi qonuniyki, Bir haftada nima bo’lsa, Beshdan biri  meniki.
Ha, oddiyman, ko’p qatori Hech «Men - buyuk», demasman. Ammo ’rib turibsizki, Uncha oddiy emasman.
Yettovlonmiz, yetti o’g’lon, Yetti og’ayni botir. Ana, to’rtinchi bo’lib, Chorshanba kelayotir.
Chorshanba
«Chor» degani - to’rt degani, To’rtinchiman safda men. Yarim yo’lga yetdingiz, Qoq beliman haftaning.
Bir-birining davomi-da, Bel bo’lmasa, bosh qani?! Men kattaman - demagin hech, Kamsitmagin boshqani.
Biz shunaqa - bir butun, Bamisoli zanjirmiz. Birimizda ish unmasa Hammamiz ham ranjiymiz.
Xuddi shunday shaharlar ham, Xuddi shunday - odamlar, Sinfdagi do’stlaringiz, Zavoddagi dadanglar.
Hammasi ham bir-birisiz Bosolmaydi ilgari. Bog’liq ekan bir-biriga Hayot-mamot singari.
Yettovlonmiz, yetti o’g’lon, Yetti og’ayni botir. Ana, beshinchi bo’lib Payshanba kelayotir.
Payshanba
«Pay» degan «panj»dan chiqqan, Panj, ya’ni beshinchi. Otim g’alat, ammo birov Meni no’noq desin-chi!
Yoqtirmayman - kimda kim Meni bekor oldirsa. Yoki mening ishimni Juma kunga qoldirsa.
Bo’lsa deyman ma’nolik Minutlarim barchasi. Nega desang, men ham sening Umringning bir parchasi.
Qalbingni men ham jindak, Boyitaman galimda. Zimdan hisob so’rayman, Aylanib kelganimda.
Sizning kami ko’stingizdir -Bizning kami ko’stimiz. Biznrng yutuq - sizning yutuq, Biz odamning do’stimiz.
Yettovlonmiz, yetti o’g’lon, Yetti og’ayni botir. Ana, oltinchi bo’lib Juma ham kelayotir.
Juma
Olti - asli «shash» bo’ladi. Qofiyasiz yuraman. «Shash - shanba»ni aytish qiyin, Shuning uchun jumaman.
Juma degan bola ham bor. Juma kuni tug’ilgan. Uginamas, hammangiz Mehrim bilan yo’g’rilgan.
Har boringga baxt keltiray, Ilhom solay dilingga. Kunlar qadriga yeting, Ixlos qo’ying bilimga.
Kunlar to’plar misqollab Bayramlar shodligini. Kunlar bunyod etadi Umring obodligini.
Umr o’zi kunlardandir,
Shu kunlarning biriman. Men oxirgi mehnat kuni, Haftaning taqdiriman.
Yettovlonmiz, yetti o’g’lon, Yetti og’ayni botir. Ana, yettinchi bo’lib Shanbavoy kelayotir.
Shanba
Yak, du, se, chor, panj,.. emas, Men shunchaki shanbaman. Ish haftasi bekildi, Men, misoli, tambaman.
Ammo maktablar ochiq, Dam kuni deb ovunmang. Ishchi ko’proq dam olsin deb, Yakshanbaga movinman.
Teatrga, ovga borsin, Ko’proq o’qisin kitob. Sog’lig’iga madad bo’lsin
Sof havo, suv, oftob.
Shunday hurmatga loyiq Bizning elda ishchilar, Butun boylikni yaratgan Eng tabarruk kishilar.
Yaqinda shunday bo’ldim, Hali yoshman bu ishda. «Shanbaliklar» belgisi deb, Hamma mendan sevinchda.
Shunday qilib, biz mehnatda, Yetti og’ayni botir. Quloq soling: bir zvenodek, Haftangiz kelayotir!
«Haft» degani - yettidir, Oilada - yettimiz. Oyga, yilga nisbatan Biz, albatta, mittimiz.
Ammo-lekin biz bo’lmasak, Na oy bor-u, na yil bor. Bizdagi mazmun bilan Odamning umri dilbar.
 
«HAFTA» SHE’RI HAQIDA
Har tong erta turib, maktabga ketishga tayyorgarlik ko’rar ekansiz, bugun qanday kun deb xayolingizda aniqlik kiritib olasiz. Chunki shimga qarab kundalik qiladigan ishlaringizni, dars jadvalingizni bel-gilab olasiz. Ammo sira o’ylab ko’rganmisiz, hafta degani nima, yakshanba, dushanba ... va boshqa kunlar nima uchun shunday nomla-nadi deb. Shoir bobongiz sizga xuddi shu narsani anglatmoqchiki, awalo, har bir odam o’tayotgan vaqtining qadriga yetmog’i kerak. Ikkinchidan, shu vaqt, kun, haftalar mazmuni nima, uni qanday xayrli ishlar bilan to’ldirish mumkin? Shu ma’noda, she’r sizga ko’makchi bo’ladi.
 
She’r dastlab hafta degan so’zning mazmunini tushunib olishdan boshlanadi. Hafta «haft» - yetti degani ekan va demak, u oyu yillarga nisbatan «mitti» bo’ladi.
Oy 30-31 kun, yil esa 365-366 kun bo’ladi. Agar shular bilan qiyoslasak, yetti, albatta, «mitti» bo’ladi-da. Lekin shu mittisiz oyni ham, yilni ham tasavvur eta olmaysiz. Yil o’n ikki oydan tashkil topganidek, oy haftalardan, haftalar esa kunlardan, kunlar soatlardan, soatlar mi-nutlar, minut sekundlardan... Anglayapsizmi, aziz o’quvchi, shoir gar-chi oshkora aytmasa ham, hafta, kun degani bir-biriga qanchalik bog’liq va bir-birisiz bo’lishi mumkin emas ekan. Hayotda, tabiatda ham hamma narsa bir-biriga bog’liq, xuddi zanjirning halqalari kabi bir-biri­ga ulangan. Bitta halqa tasodifan uzilib qolsa ham vaqt doirasidan ham­ma narsa buzilib ketadi, izdan chiqadi. Uni tiklash qiyin. Shuning uchun o’sha zanjir halqalari kabi chambarchas birikkan kun, hafta, oyu yillarni «vaqt birligi» deb tushunaylik-da, uning biror qismini bo’lib tashlamaylik. Agar qaysidir ishni, vazifani yalqovlik qilib ertaga qoldirsak, biz o’sha «vaqt birligi»ni buzgan bo’lamiz, ya’ni bugunimizni behuda o’tkazib, ertaga yoki undan keyingi kunlarga qo’shib yuboramiz. Demak, vaqtning qadriga yetmay qolamiz. Bu kelgusida juda ko’p noxushliklarga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, she’rda ta’riflab berilganidek, haftaning birinchi kuni yakshanba - o’z nomi «yak» «bir» degani bilan bu ma’lum. Yakshanba odatda dam olish
 
kuni bo’ladi. Kattalarga ishga, o’quvchilarga esa maktabga borishdan dam beriladi. Ko’pchilik  bolalar ham, kattalar ham shu kunni yaxshi ’rishadi. Sababi shu kuni maza qilib uxlashing, o’z ishlaring bilan shug’ullanishing, kino, teatr, sirk va yana boshqa tomoshaxonalarga borishing mumkin. Yoki mahallangda, qarindoshlaringnikida bo’layotgan to’ylarga chiqishing mumkin. Chunki to’y qilayotgan ko’pgina aqlli odamlar boshqalarning ish vaqtini band qilmaslik uchun o’z tadbirlarini yakshanbalarga belgilashadi. Tasawur qilingki, hafta davomida ulgurmagan ishlaringizni siz yakshanbaga olib o’tiribsiz. Demak, na dam olmaysiz va na tomoshaxona-to’ylarga borolmaysiz. Yaxshilab hordiq chiqarmagan odam qolgan olti kun  ish va o’qish kunlari to’laqonli ish bajara olishi mumkinmi yoki o’qishlarini to’la o’zlashtira olamiikan?! Ana shunday odamlami odatda rejasi yo’q, betartib, o’z vaqtida ishini qilmagan yalqov deydilar. Betartib, yalqov odam dam olmagani uchun dushanba ishga, o’qishga kelib qiynalsa, bahona qiladi: «Dushanba - og’ir kun» deydi. Aslida esa dushanba barcha ishlarning boshlanishi, yaxshi niyatlarning debochasi bo’ladi. Aksincha, betartib, yalqov odam yana turli bahonalar bilan o’zini oqlab, boshqa kunlar rejalarini ham buzib yuborishi «vaqt birligi»ni buzgan, halqani uzgan bo’ladi.
Shoir haftaning har bir kuni o’z xislati, fazilatiga ega ekanini aytib, aniq misollarda buni isbot etadi.
 
Seshanba - «se» uch ma’nosini anglatib, har qanday ishlarning bir maromda davom etishi, odatdagi yumushlar bajarilishini bildiradi.
«Chor» to’rt ma’nosida keladigan chorshanba ham, «panj» - «besh» so’zidan olingan payshanba ham haftaning xayrli, mehnat va o’qish bilan, yaratish va zavq bilan to’liq kunlari. Juma ham shunday. Agar bu kunlarni yanada mazmunliroq o’tkazaman desangiz, biri-biridan farqlanib tursin desangiz kunlar xosiyati bilan bog’liq har xil maqol, matal, ibora, xayrli voqealarni eslab yuring. Masalan, chorshanbani bizning ota-bobolarimiz insonning ezgu ishlari amalga oshadigan «murodbaxsh kun» deb biladilar. Eng yaxshi, katta niyatlarni shu kuni amalga oshirish, boshlash xayrli deydilar.
Bo’lsa deyman ma’nolik Minutlarim barchasi. Nega desang, men ham sening Umringning bir parchasi.
 
Payshanba kun haqidagi bu satrlar hafta orasidagi barcha kunlar mazmun bilan to’liq bo’lganidek, boshqalaridan kam bo’lmasligi, mehnat va o’qish bilan, yangi-yangi bilimlar, orzular bilan to’liq bo’lishi kerak.
Juma odatda hafta yakuni. Besh kun halol, g’ayrat bilan mehnat qilgan odamlar shanba va yakshanba dam oladilar. Shuning uchun juma keyingi ikki kun uchun rejalar tuziladigan, o’z oilang, yaqinlaring yoki boshqa biror shaxsiy yumushlar bilan shug’ullanadigan, mo’ljallaringni belgilab oladigan, tayyorgarlik ko’radigan kun. Lekin juma bu kattalar uchun haftaning so’nggi ish kuni. O’quvchilar uchun esa o’qish olti kun. Buning sababi nima deb qiziqsangiz kerak, albatta. Gap shundaki, o’quvchilar, talabalar xoh tushga qadar, xoh tushdan keyin bo’lsin, asosan yarim kun ’qiydilar. Kunning bir qismi sinf xonalarida muallimlaringizdan bilim olishga, ikkinchi qismi shu bilimlarni o’z vaqtida mustahkamlab olishga sarflanishi kerak. «Bilim takror bilan quwatlidir» deydi donishmandlar.
Muallim-ustozdan eshitganlaringizni qo’shimcha adabiyotlar orqali yanada to’ldirib qo’ysangiz u bir umr siz bilan, sizning boyligingiz bo’lib qoladi, yoddan ko’tarilmaydi. Ana shu maqsadlarda o’quvchilar yarim kun o’qiydilar va shanba kuni ham maktabga boradilar. Otalaringiz, akalaringiz esa, agar biror korxonada ishlasalar, shanba va yakshanba hordiq chiqaradilar.
 
Hafta ana shunday birin-ketin keladigan xosiyatli kunlardan iborat. Xosiyat degani nima ekanini tushunsangiz kerak? O’zbek tilidagi 80 ming so’zni izohlab bergan besh jildlik katta lug’atda bu so’z o’ziga xoslik, xususiyat, fazilat, yaxshi xislatlar deb keltiriladi. Demak, hafta kunlarimiz fazilatlarga boy ekan. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz kunlarning xosiyatini nazarda tutib, biror xonadonda farzand tug’ilsa Chorshanba, Payshanbi yo Panji va yoki Juma, Jumavoy deb ham ism qo’yadilar. Bu bilan o’sha chaqaloq tug’ilgan kun xosiyati bolaga butun umr hamroh bo’lsin deya niyat qiladilar.
 
Xo’sh, muhtaram o’quvchi, o’tayotgan kimlaringiz haqida o’ylay boshladingizmi? Kunlaming qadriga yetish qanchalik muhim ekanini ozgina bo’lsa-da, tushunishga urinyapsizmi? Siz kelgusida katta ishlarni amalga oshiradigan, hurmatli odam bo’lishni, Vataningiz, xalqingizga, o’z oilangiz yaqinlaringizga naf keltiradigan va hatto shon-u shuhratlar yog’diruvchi ulug’vor vazifalarga qodir bo’lishni orzu qilyapsiz. Juda yaxshi, orzuyingizga yeting! Ammo unutmangki, erta bugundan, kelajak hozirdan boshlanadi. Kunlarimizni birlashtirgan haftalami qanchalar foydali, unumli o’tkazsak, kelgusi yillarimiz xuddi shunday fazilatlarga boy, umidlar ro’yobga chiqqan farahli damlar bo’ladi. Demakki, umringiz mazmunli, hayotingiz shodliklarga to4la bo’ladi. Ana shuni nazarda tutib, shoir bobongiz haftaning 7 kunini yetti o’g’lon, yetti og’ayni botir ekanini qayta-qayta uqtirib, o’z she’riga mana bu satrlar bilan nuqta qo’yadi.
 
Oyga, yilga nisbatan Biz, albatta, mittimiz. Ammo lekin biz bo’lmasak, Na oy bor-u, na yil bor. Bizdagi mazmun bilan Odamning umri dilbar.
Aziz o’quvchi, Asqad Muxtor ijodidan siz o’qiydigan keyingi she’r o’sha hafta kunlariga mazmun bag’ishlamoqchi bo’lgan tengdoshingiz haqida.
 
PO’LATJON YUZ TUP KO’CHAT EKMOQCHI
 
Ular bu yangi uyga So’ ng Po’ lat yangi uyni
Ko’chib keldi shu bugun. Toza tomosha qildi.
Po’lat ham ko’ch tashidi, Oynavonlik peshayvon,
O’yinchog’i bir tugun. Ikki, uch, to’rt, besh xona!
О ’rnatildi j ihozlar, Biri yotoq, biri to’r,
Daardalar qoqildi. Eng kichigi oshxona.
Devorlari havorang, Shipda gulning surati, Burama-burama quvur pech, Ichidan par yuradi. Jo’mragi ham, dushi ham Bir xonada hammasi. Suv oqadi tizillab, Oq chinnidan vannasi. Po’lat to’ymas sayr etib, Ushlab-ushlab ko’radi... Keyin chopib keldi-da, Oyisidan so’radi:
Oyi, buning barini O’zi qurganmi dadam?
Yo’q, o’g’lim, dadang emas, Buni qurgan ko’p odam.
Dadam bunga to’lashga Qaydan opti shuncha pul?
U odamlar dadangdan Pul olmaydilar butkul.
Bo’lmasa, u odamlar Qarindoshmi dadamga? Yoki biz ham ularga Boramizmi yordamga?
Yo’q, bizga u odamlar Na qarindosh, na tanish, Bitta misol keltiray (Bu emasdir maqtanish): Mana, dadang injener, Mashinalar quradi. Kechalari uxlamay Shu haqda o’y suradi. Mashina xizmat qilar Hamma-hamma odamga.
 
U odamlar na tanish, Na qarindosh dadangga. Ahillik bilan bezar Odamlar turmushini, Beminnat qilishadi Bir-birining ishini. Bir kishi hamma uchun, Hamma bir kishi uchun, Birov kuchin ayamas Ko’pchilik ishi uchun. Chunki ko’pchilik har vaqt Uning uchun g’am yeydi. U ham shu g’amxo’rlikka Munosib bo’lay deydi. Mana shunday. Odamlar Bo’lsalar ham «begona», Qarindoshday yaqinlar, Maqsadlari yagona. Mana shu gapdan keyin Po’latning xayoliga Hamma ko’rgan-bilgani Keldi galma-galiga. Ko’chada odamlarning Daraxt o’tqazganlari, Bog’cha yo’lin tekislab Asfalt yotqizganlari. Kecha kelib tiklashdi Katta soyning ko’prigin. (O’shanda ko’rsang edi, Odamlarning ko’pligin) Uchtasi tunuka bilan To’sib olibyuzini, Elektr bilan teshdi Tramvayning izini.
Keyin uni ulagach, To’rttasi yerni qazdi, Temiryo’lning tagidan Suv quvuri o’tkazdi.
Dam olish kuni bo’lsa, Soyning chap tomoniga Katta haykal qo’yishdi, Gullar ekib yoniga. Bu odamlar hech qachon Shu ko’chada turmagan. Po’lat bo’lsa ularni Ilgari hech ko’rmagan. Shunday ekan, odamlar «Begona» bo’lsalar ham,
Bir-biriga azaldan Do’st bo’larkan chinakam. Ahillik bezar ekan Odamlarning turmushin. Beminnat qilisharkan Bir-birining yumushin. Shuni o’ylab Po’latjon Uxlamadi kechasi. Bir ish mo’ljallab qo’ydi -Tayyor bo’ldi rejasi: Qor erigandan keyin, Yer qurigandan keyin, Do’stlari bilan birga Eng serqatnov bir yerga Yuzta ’chat ekmoqchi!
 
«PO’LATJON   YUZ  TUP   KO’CHAT EKMOQCHI»  SHE’RI   HAQIDA
 
Buyuk fransuz adibi Aleksandr Dyumaning «Uch mushketyor» asarini o’qimagan, kinolarini ko’rmagan o’quvchilar bo’lmasa kerak. Chunki bu asar do’stlik, do’stga sodiqlik, ahillik kabi fazilatlarni ulug’lagani va shu xislatlami juda qiziqarli sarguzashtlar orqali ifoda etgani bilan shuhrat qozongan va yaratilganidan beri o’tgan bir yuz oltmish yildan ortiqroq davr mobaynida jahondagi necha millionlab odamlarning ma’naviy tarbiyasiga xizmat qilgan. Shu kitobdagi «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» degan ibratli g’oya asarning mashhur bo’lishi va barcha zamonlar uchun ahamiyatini yo’qotmasligiga asosiy sababdir. Haqiqatan ham do’stlik, ahillik insonning go’zal fazilati. Donishmand ota-bobolarimiz «Boylik boylik emas, ahillik boylik», «Anil ishlasang, ish unar, har mushkul oson bo’lar» kabi ko’plab maqollarni bekorga aytmagan. Odamlari ahil yurtni dushman yengolmaydi, faqat ahil insonlar buyuk ishlarga qodir bo’ladilar. Mana shu fikrlar Asqad Muxtoraing «Po’latjon yuz tup ko’chat ekmoqchi» she’rining ham butun mazmunini tashkil etadi.
 
Yangi, ko’p qavatli uyga ko’chib kelgan Po’latjon hayron. Uy shunday qulay, chiroyliki, shularaing barchasini dadam qurgan, uni qurgan ustalar dadamga qarindosh tanishlar bo’lsa kerak deb o’ylaydi. Ammo onasining gaplari uni o’ylatib qo’yadi. Ma’lum bo’lishicha, bu uy butunlay notanish odamlar tomonidan qurilgan. Har kim o’z kasbini bilib, shuni halol bajarsa, bundan boshqa birovga naf yetadi. Otasi injener bo’lib, mashinalar yasaydi. U ixtiro etgan mashinalar hamma odamlar xizmatida. Qachonki, ahillik bilan kishilar bir-birlarining xizmatiga yaroqli bo’lsalar, el-yurt rivojlanadi, ravnaq topadi. Po’latjon anglaydiki, onasi aytgan «bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» degani maqsadi bir bo’lgan odamlarning bir-birlari uchun g’amxo’rlik qilishlaridir, demak shu tufayli garchi ular begona bo’lsalar~da, qarindoshday yaqin bolib ketishar ekan. Shularni o’ylab Po’latjon o’zi ko’rgan voqealarni eslaydi. Kimdir daraxt o’tqazgani, yo’llarni tekislab, asfalt yotqizgani, ko’priklar qurgani va yana boshqa ko’plab odamlarning bunyodkorlik ishlari bilan shug’ullanayotgani xayoliga keladi. Axir ular ham bir-biriga begona-ku. Ammo barcha uchun foydali ish qilyapti. Shu, demak, ahillik degani ekan-da. Ahil­lik tufayli odamlar farovonlikka, qulayliklarga ega bo’lar ekan-da. Po’latjonning ana shu xulosasi o’zini ham odamlar uchun foydali biror ish qilishga undaydi. U bahorga chiqib, do’stlari bilan birgalashib odamlar qatnaydigan gavjum yerga kelgusida soya solib, hammaga naf yetkazishi uchun yuz tup ’chat ekishga ahd qiladi.
 
Ana shu kichkina hayotiy voqea hikoya qilingan she’r mazmuni ibrat olishga, o’zgalarga naf yetkazish insonga sharaf bag’ishlashiga sabab ekanini anglashga yordam beradi.
Sizchi, aziz o’quvchi, boshqalarga nafi yetadigan, shu yurtga, Vatanga, yurtdoshlaringizga, o’z oilangiz, do’stlaringizga foydasi tegadigan biror ish qildingizmi? She’r sizlarga ham xayolingizda shunday savollar tug’ilishiga turtki bera bilishi bilan ahamiyatlidir. Ulug’ bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytadilarki, kimki o’zgalarga biror naf yetkazsa, bu naf awalo, uning o’ziga yetgan bo’ladi. Demak, ahillik, o’zgalarga naf yetkazish bu oliyjanob fazilatdir.
 
Savol va topshiriqlar
  • Asqad Muxtor hayoti va ijodi haqida so’zlab bering.
  • Asqad Muxtorning qanday she’riy to’plamlarini bilasiz?
  • Adibning romanlari va qissalarining nomlarini ay ting.
  • «Asqad Muxtor  tarjimon» deganda qaysi asarlar nazarda tutiladi?
  • Shoirning bolalarga bag’ishlangan asarlarini aytib bering.
  • «Hafta» she’ridagi asosiy filer nimada?
  • Kirn, hafta, oy, yillar nisbati qanday?
  • «Vaqt birligi» deganda siz nimani tushunasiz?
  • Hafta kimlari mazmunini o’z kuzatishlaringiz asosida izohlab bering.
  • Chorshanbani ajdodlarimiz qanday kun deb bilishgan?
  • Kunlarga moslab chaqaloqlarga ism qo’yish taomili haqida so’zlang.
  • «Kelajak bugundan boshlanadi» degan hikmatli iborani qanday tushunasiz?
  • «Uch mushkety or» asarini ’ qigan fi lmini ’ rgan bo ’ lsangiz, uning mazmuni va asosiy g’oyasi haqida sinfdoshlaringiz bilan suhbatlashing.
  • Xalqimizda ahillik fazilatiga oid qanday maqol va hikmatli so’zlarni bilasiz?
  • Po’latjon yangi uyga ko’ehib kelib, nega hayron bo’lib qoldi?
  • Odamlarni begona qiladigan illatlar nima-yu, do’stahil qiladigan xislatlar nima?
  • Nega Po’latjon yuz tup ’chat ekishga ahd qildi.
  • Hazrat Alisher Navoiyning ahillik haqidagi fikrlarini eslang va ularni tushunganingiz qadar izohlang.
  • «Ahil yurt», «ahil oila», «ahil do’stlar» jumlalarining mazmuni haqida sinfdoshlaringiz bilan suhbatlashing.
  • Insonga yana qanday fazilatlar sharaf bag’ishlaydi deb hisoblaysiz?

 

 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz