Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
ATAMALAR
  
Chop etish uchuv versiyasi


A’rof-jannat va do’zax o’rtasi.

Abdulloh ibn Amr - sahobalardan biri.

Abgor - toliqqan.

Abu Hurayra - sahoba, 676- yilda vafot etgan.

Ahbob - do’stlar, yorlar.

Ahli funun - hunar ahllari, bilimdonlar.

Ajamiy - eronlik.

Alining qilichi - Payg’ambarimizning sahobalaridan biri Hazrati AH qili-chining dami ikki tig’li bo’lgan.

Ammor ibn Yosir (564—657) - Hazrati Alining yordamchilaridan, sahoba.

Anas ibn Molik - sahobalardan biri.

Andom - tana, gavda.

Anqoga shapig - nihoyatda tansiq, kam.

Ayo - ey.

Ayolmand - ko’p bolali.

Ayshi tiyra bo’lmoq - kayflyati buzilmoq.

Badkor - yomonlik qiluvchi.

Bisyor - ’p.

Bodi sabo - tong shamoli, mayin shabada.

Chashmayi ravon - oqar chashma.

Chavati non - oshirilmagan xamirdan qilinadigan yupqa non.

Dahr - dunyo, olam, zamon, davr.

Dam qilmoq - diqqat bo’lmoq, bo’g’ilmoq.

Davlati mil-mil - boyligi to’lib-toshib yotibdi ma’nosida.

Dilfizo - ko’ngilni quvontiruvchi.

Dilkusho - ko’ngil ochuvchi. Baqqoli duzdi badburut demoqchi.

Do’g’malari - amaldorlari.

Durroj - kaptaming bir tori, qirg’ovul.

E’timod - ishonch.

Egiligini - «rohatini», «orzu-havasini» ma’nosida.

Faqir - o’zini kamtarlik bilan aytish.

Farxunda - qutlug’, saodatli, baxtli, quvonchli.

Firdavs bog’i - jannat bog’i.

G’ulomgardish - hovli dan^ozasi yonida qullar yashaydigan kulba; buyerda «yo’lak» ma’nosida ishlatilgan.

G’ulom-qui.

G’urbat - g’ariblik, vatandan uzoqda bo’lish.

Garduni dun - bu yerda: teskari falak ma’nosida.

Go’sha - burchak, chekka.

Gorodovoy - bu yerda «rus soqchisi» ma’nosida ishlatilgan.

Guzar - o’tish, kechish.

Hakim - donishmand.

Hammol - yuk tashuvchi mardikor.

Hap yotaveradi - indamay, ovozini chiqarmay yotmoq.

Havl - qo’rquv.

Hijron - ayriliq. Hijron qafasi - tana, gavda ko’zda tutiladi.

Ijtinob -uzoqlanish, saqlanish, tortinish, chekinish.

Jon qushi - ko’ngil.

Jundub ibn Abdulloh - sahobalardan biri.

Kajraftor - teskari aylanuvchi.

Kapelmeyster - xor rahbari.

Karam qilmoq - marhamat ko’rsatmoq.
 
Kavshandoz - uyning oyoq kiyim yechib kiriladigan joyi. Yoyning o’qi ko’zda tutilgan.

Kerinska poshsho - Rossiyada 1917- lining fevralidan oktabr oyiga qadar hukm surgan muvaqqat (vaqtinchalik) hukumat boshlig’i.

Kuchala - terak, tolning to’p guli.

Lojaram - noiloj.

Mahrami asror - sirdosh, ulfat, hamdam.

Makkaisano - tropik va subtropik o’lkalarda o’sadigan ko’p yillik buta va daraxtlaming umumiy nomi, ulaming surgi dori sifatida qo’llaniladigan bargi.

Mehnat - azob, mashaqqat.

Mehnat - azob.

Mistar - chizg’ich, lineyka.

Mor - ilon.

Muguz - hayvon shoxi.

Mulotafat - iltifot.

Murt gardoni - hisob-kitobi, javobi.

Mustag’roq - g’arq bo’lgan, cho’mgan, cho’kkan.

Najjor - duradgor.

Namat - yungdan bosib ishlangan palos, kigiz.

Nevchun - nechun, nega.

Nohamvor - tentak deyilmoqchi.

O’z maromi - o’z yo’li, hiylasi.

Ofiyat - sog’liq.

Oy qursi - to’lin oy.

Pand - nasihat.

Payom - xabar, darak.

Qavl - so’z.

Qimiz - ot sutidan tayyorlanadigan ichimlik.

Qit’a - she’rning bir turi.

Qolip-u shon-u so’zan, bigizlar - etikdo’z-kosiblaming ish qurollari.

Qush uyqusi - kuzatgan bo’lsangiz, qushlar charchaganida ko’zlarini yumib ozgina uxlab oladi.

Qut-loyamut - yetarli ovqat.

Rabochiyga ketish - urash ortidagi ishlarga (mardikorlikka) olib ketish.

Rangi pano - rangi o’chgan, qonsiz.

Rasululloh - Allohning elchisi, payg’ambar.

Raziyallohu anhu - mazkur sahoba haqiga aytilgan duo.

Rido - ruhoniylar bo’yniga solib yuradigan oq ro’mol.

Riyo - ikkiyuzlamalik.

Sahl - oz.

Sarrishtai aysh - maishat.

Shashpar - uchiga yumaloq, g’adir-budur temir o’matilgan uzun dastali gurzi, cho’qmor.

Sibir o’lkasiga surgun qilardi.
 
Sibir qilib yuboradi - Rossiya hukumati jazoga mahkum odamlarni sovuq 

Siraeh - kosiblar ishlatadigan yelim.

Siym - kumush.

So’yil - uziui yo’g’on kaltak.

Sollallohu alayhi vasallam - payg’ambarimizning haqlariga aytilgan duo.

Sori - sari, tomon.

Tadorik-iloj.

Tancha - sandal.

Tanda - mato to’qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o’rish.

To’rsiq - teridan yasaladigan xalta.

Turmuchlab - buklab.

Uch xo’roz o’tgandan keyin - kechasi xo’roz uch marta qichqirganidan keyin.

Umri jovidon - abadiy yashash, boqiy umr.

Uvunto’da - eski, titilib ketgan.

Vahm - qo’rquv.

Vale - va lekinning qisqa shakli.

Voiz - va’z o’quvchi.

Xalacho’p - uchli tayoqcha.

Xayri saxo - xayr-saxovat.

Xirqa - darveshlar kiyimi, janda.

Xun - qon.

Yovuq - yaqin.

Zar - oltin.

Zulhijja - qamariya yil hisobida 29 kundan iborat o’n ikkinchi oyning arabcha nomi.
 
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz