Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
 Erkin Vohidov
 Abdulla Oripov
 Nodar Dumbadze
Oquv reja va dastur


 
ERKIN VOHIDOV
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Erkin VOHIDOV

(1936- yilda tug Hlgan)
 
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1936- yil 28- dekabrda Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida muallim oilasida tug’ilgan. Uning otasi Ikkinchi jahon urushidan og’ir jarohat olib qaytadi va 1945-yilda vafot etadi. Oradan bir yil o’tgach onasi ham dunyodan o’tadi. O’n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab qolgan yosh Erkinni tog’asi o’z tarbiyasiga oladi. Toshkentga  tog’asinikiga kelgan shoir qunt bilan o’qishlarini davom ettiradi. Unda kitobga, adabiyotga havas juda erta uyg’ondi. Shoir G’ayratiy tomonidan O’quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to’garak uning bu havasini yanada alangalatib yubordi. O’n besh-o’n olti yoshlaridanoq tuppa-tuzuk she’rlar yoza boshladi.
 
Maktabni oltin medal bilan bitirgan E. Vohidov Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy uni-versiteti) filologiya fakultetiga o’qishga kiradi. Endilikda u adabiyotni torn ma’noda chuqur o’rganishga kirishadi. Ham o’zbek mumtoz adabiyotini, ham jahon adabiyotini sinchiklab o’rganar ekan, o’zining ijodi ham takomilasha boradi. Buyuk ijodkorlaming asarlarini berilib o’qir ekan, ulardan badiiy mahorat sirlarini, so’zga mas’uliyat hissini, soddalik va ravonlikni o’zlashtirishga intiladi. Shuning uchun ham uning «Tong lavhasi», «Kamtarlik haqida», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator she’rlaridagi chuqur ma’no go’zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg’unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina holatdan  choy suzilayotganda choynakning piyolaga «egilishi», choyichayotganda inson piyolaning peshonasidan «o’pishi»dan ajoyib she’r yaratadi:
 
Garchi shuncha mag’rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak? Kamtarin bo’l, hatto bir qadam O’tma g’urur ostonasidan. Piyolani inson shuning uchun O’par doim peshonasidan.
Erkin Vohidov universitetni tugatgach, uzoq yillar nashriyotlarda ishladi, o’zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini chop qilishda faol ishtirok etdi. 1964- yilda yaratilgan «Nido» dostonidan so’ng birin-ketin «Orzu chashmasi», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.
Shoir ijodini tarjimasiz tasawur etish qiyin. U ko’plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Xususan, E. Vohidov tarjima qilgan rus shoiri Sergey Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening «Faust» asari o’zbek adabiyotida katta hodisa bo’ldi. Shoir yangidan tashkil etilgan «Yoshlik» jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishi uchun katta jonbozlik ko’rsatdi.
 
E. Vohidovning ilk to’plami 1961- yilda «Tong nafasi» nomi bilan chop etilgan edi. Shundan so’ng birin-ketin «Qo’shiqlarim sizga», «Yurak va aql», «Mening yulduzim», «Nido», «Lirika», «Palatkada yozilgan doston», «Yoshlik devoni», «Charog’bon», «Dostonlar», «Muhabbat», «Hozirgi yoshlar», «Tirik sayyoralar», «Iztirob» kabi asarlari bosilib chiqdi.
E. Vohidov faqat she’r va dostonlar yozibgina qolmay, boshqa janrlarda ham barakali ijod qildi. U dramaturgiya sohasida ham o’z qalamini sinab, «Oltin devor», «Istanbul fojiasi» kabi dramalar yaratdi. Ayniqsa, «Oltin devor» komediyasi uzoq yillar o’zbek teatri sahnasidan tushmay keldi.
 
Bu komediya jahonning qator tillariga tarjima qilinib, teatrlarda sahnalashtirildi. E. Vohidov ellik yildan ko’proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to’plab, «Ishq savdosi», «She’r dunyosi», «Umr daryosi» va «Ko’ngil nidosi» nomli to’rt jildlik saylanmasini o’quvchilarga taqdim etdi. Bu asarlar faqat shoir qalbining, kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko’zgusidir.
Shoir asarlarida hayotga, go’zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni  «Nido»da insoniyatga og’ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralansa, keyinroq bitilgan «Ruhlar isyoni» dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokat-lar olib kelishi teran tasvirlangan. Bu esa shoir ijodida insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo’lib kelganligini ko’rsatadi.
 
Erkin Vohidov jamoat arbobi sifatida ham hamisha el yurt xizmatida bo’lib kelmoqda. U Senat a’zosidir.
Erkin Vohidovning el yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobat-ga olinib, u «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «O’zbekiston Qahra-moni» unvoni bilan taqdirlandi.
Savol va topshiriqlar
Erkin Vohidovning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?
E.Vohidovning shoir bo’lib yetishishiga qanday omillar sabab bo’ldi?
Shoirning qanday to’plamlari chop etilgan?
E. Vohidovning ijtimoiy faoliyati haqida so’zlab bering.
Shoir she’riyatdan boshqa yana qaysi janrlarda qalam tebratgan?
 
(Bag’ishlov)
 
Hayqiraman, «O’g’lim!»
Tog’lar bag’ridan Vujudimni chulg’ar alanga,
Gumburlagan sado keladi, Bo’g’zimga tiqilar hayajon.
Ona-Yerning otash qa ’ridan  Mana men, ’ g’ lingiz,
«O’g’lim!» degan nido keladi. Dardli olamga
Sizdan tanho yodgor, So’ylang, otajon! So’ylang, bir daqiqa quloq
solayin, Ovozingiz tinglab
to’yolmaganman. Bir marta yo’qotib
topolmaganman, Xayolimda tiklab olayin. Otajon!
Men axir qutlug’bu so’zni Yigirma yil olmadim tilga, Yigirma yil saqladim dilda. Armonli o’g’lingiz tinglaydi sizni, So’ylang, eshitaman.
 
Xayolning tumanli par das i aro Yillar ko’z oldimda charx urayotir. Qishloq ’chasidan zanjiday qaro Olov bolaligim yugurayotir. Dunyo qayg’usiga bo’lmagan oshno, Qah-qah urayotir, Barq urayotir.
Bihnas, boshi uzra bulutli samo Chaqmoq chaqayotir, Guldurayotir. Bilmas, yaralangan bu majruh dunyo Qasos so’rayotir, Bong urayotir... Qadamlar, Vujudim tilka, Yuragimni yoqar o’tli iztirob,
Ammo ko’zlarimda bir tomchi yosh yo’q. Bag’rim o’yib, Bu kun menga bermoqda azob Sizning ko’ksingizni 
teshgan qorao’q Silqib oqayotir Ko’kragimdan qon. Qalbim o’rtamoqda so’ngsiz armonim Yurak qonim bilan bitgan dostonim Sizga bag’ishladim, Otajon!
Qadamlar,
Og’ir qadamlar...
Etiklar zarbidan titraydi tuproq.
 
Qayerga ketmoqda shuncha odamlar? Nahotki, yo’llari shunchalar yiroq!  Ana, ko’ryapsanmi? Mening dadamlar! Dada!!!
Ovozim hech chiqmaydi biroq Yuguraman  ortga ketar qadamlar, Yiglayman  ko’zimga kelmaydi namlar, Murg’ak vujudimda faqat zo’r titroq! Bo’g’zimda alamlar, Achchiq alamlar, Yo’lning ’rtasida turibman, Shu chog’ Poyezd qichqiradi, To’xtang, odamlar! Qayga ketmoqdasiz? Qani dadamlar?! Tepamda yonadi zangori chiroq Cho’chib uyg’onaman, Onam qoshimda. Mehribon qoTlari Otash boshimda:  Nega yigTayapsan, YolgTzim, qo’zim? Tun uzoq, uxlay qol, Ko’zlaringni yum. Orom ol, men senga Allalar aytay. Tongda peshonangdan O’pib uyg’otay. Ana, derazangga Qo’nibdi hilol. Boshingga egilib So’rmoqchi savol. Sening kiprigingga Sochmoq bo Tib zar, Hilol tegrasida O’ynar yulduzlar. Men sening baxtingman Deganday go’yo, Imlab chorlamoqda Yoqut Surayyo. Senikidir bular, Seniki bari. Seniki osmonning zar qandillari. Somonchining yoti Sening yotlaring, Uzatsang Zuhroga Yetar qoTlaring Ulg’ay, bolajonim, Ulg’aygin tezroq. Sening yoTlaringga Yulduzlar mushtoq. Hozircha orom ol, Yolgzim, qo’zim. Tun uzoq, uxlay qol, Ko’zlaringni yum. О lis sohillarda, Ufqdan nari О Tim sochmoqdadir Yov quzg’unlari. Оtim sochmoqdadir Elga beayov. Shahar, qishloqlarni Yutmoqda olov. O’sha olis yurtda Qon kechib hozir Otang hayot uchun jang qilayotir. Ellarning erk degan sof tilagi deb,
 
Jahonning nurafshon
Kelajagi deb,
Оfat solmasin deb
Olamga qotil,
Otang uzoq yurtda
Jang qilayotir.
Sen uchun, men uchun,
O’z uchun emas,
Faqat o’zbek va yo
Rus uchun emas,
Butun Yer  undagi
Bor avlod uchun, Dunyoda eng qutlug’ E’tiqod uchun! Uzoq o’lkalarda Qon kechib hozir Otang hayot uchun jang qilayotir. Sen uxla, yolg’izim. Senuxla, qo’zim, Bir nafas orom ol, Ko’zlaringni yum.
* * *
 
Tengdoshim, asrdosh birodar! Kel, bir on jim o’yga cho’maylik. Bu yerda yotibdi fidolar, Kel, uni gullarga ko’maylik. Bu yerda baxt bo’lsin, nur bo’lsin, Bo’lmasin, qora tun zulmati. Bu yerda yuraklar hur bo’lsin. Qaytmasin, u kunlar dahshati. Tengdoshim, asrdosh birodar! Uyg’oq bo’l, hushyor boq olamga. Bu yerni quchmasin alanga, Qabrida tinch yotsin fidolar. Eshit, ingrayapti Ona-Yer Qo’ltiqtayoqlarning zahmidan, Bu tuproq yuragi poradir Atom zontlarining vahmidan. Eshit, chorlayapti Ona-yer, Ko’ksida olovli oh-faryod. Asrdosh birodar, qo’lni ber,
 
Kel, Yerga qilaylik qasamyod: Bo’lurmiz gal kelsa har birimizga Tinchlik janggohining fidosi. Bu senga, bu menga, bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.
1964- .
 
Urushlar qadim-qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar solib kelgan. Urush tufayli qanchadan qancha odamlar qurbon bo’lgan, ayollar tul, bolalar yetim qolgan, gullab-yashnab yotgan shahar-u qish-loqlar kultepaga aylangan. Shuning uchun ham yuragida odamzodga mehr-muhabbat bo’lgan har qanday inson urushni qattiq qoralagan, hamisha unga qarshi chiqqan. Tinchlik uchun kurashda, ayniqsa, ohmlar, san’atkorlar, shoir-u yozuvchilarning xizmati kattadir. Chunki ular yaratgan asarlardan, ilgari surgan g’oyalardan millionlab kishilar bahramand bo’ladi.
Afsuski, fan-texnika rivojlanib, qurol-yarog’lar takomillashib borgani sari urush qurbonlarining ham soni ortib, u keltirgan vayronliklarning ’lami kengayib bordi. Eng oxirgi  Ikkinchi jahon urushida ellik milliondan ortiq odam halok bo’ldi.
 
Erkin Vohidovning «Nido» dostoni ham xuddi ana shu urush va u olib kelgan kulfatlar, u yetkazgan jarohatlar haqidadir. Bu doston qisman avtobiograflk xarakterga ega, ya’ni shoirning tarjimayi holi bilan bog’liqdir. Chunki uning ajmi qalam ushlab, savod chiqarish davri ana shu urush yillariga to’g’ri keladi.
Doston yigirma yil aval urushda halok bo’lgan otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan yigirma yil o’tib ketgan bo’lsada, hamon uning jarohatlari bitgani yo’q. Hamon yer qa’ridan «O’g’lim!» degan nido yangrab turadi. Bu nidoning ma’nosi nima? Shu o’rinda shoir olis bolalik yillarini eslab ketadi. Ko’z oldidan to’p-to’p bo’lib jangga ketayotgan odamlar o’ta boshlaydi.
 
Yoshgina
bolakay hali urush nima ekanligini to’liq tasawur qila olmaydi. Biroq ko’p o’tmay bu bolakay ko’cha changitib yurgan olis, sokin qishloqda ham urush o’z fojiali qiyofasini namoyon eta boshlaydi:
Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo’ltiqtayog’i bor,
Bir oyog’i yo’q.
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o’q...
 
Yoki urushning ana shu qishloq boshiga solgan yana bir dahshati:
Xol aka qaytganda uyga to’satdan, O’g’li, dadajon, deb chopib kelibdi. Ota quchay desa qo’h yo’q ekan, Tik turgan joyida yig’layveribdi.
Rustamning akasi bilan Xol akaku nogiron bo’lishsa ham qaytib kelishibdi. Ammo el - yurtning tinchligi, farzandlarning baxtiyor kelajagi deb jon bergan insonlar qancha!
Darsga kelmay qoldi tunov kun tal’at, Muallim urishsa, turaverdi jim. Dadasidan kelgan ekan qoraxat, Hammamiz yig’ladik, hatto muallim...
Bu urush har bir xonadonga kulfat olib kelgan, har bir qalbda bitmas jarohat qoldirgan. Lekin urush degan balo hali yer yuzidan butunlay supurib tashlangani yo’q. U goh terrorchilik shaklida, goh milliy va diniy adovatlar shaklida o’z sharpasini ko’rsatib turibdi. Agar odamzod ogoh bo’lmasa, ona zamindagi barcha tinchliksevar kuchlar birlashib urushga qarshi chiqmasa, bu fojia awalgilaridan ham dahshatliroq bo’lib takrorlanishi mumkin. Dostonda tinchlik uchun kurashib jon berganlar nidosi, ularning ortida qolgan farzandlar, onalar, cholu kampirlar nidosi
umumlashib davr nidosiga  tinchlik uchun kurash nidosiga aylanib ketadi: Bo’lurmiz gal kelsa har birimizga tinchlik janggohining fidosi. Bu senga, bu menga, bu bizga Yigirmanchi asr nidosi. Ana endi doston nomidan  «Nido»dan anglashilgan ma’no ma Turn bo’ldi. Demak, tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi uchun kurash nidosi XXI asrda ham, undan key in ham, to Yer yuzida abadiy tinchlik ’matilgunga qadar har bir insonning qalbida jaranglab turmog’i kerak.
 
Savol va topshiriqlar
 
  • «Nido» dostonida qaysi urash tasvirlangan va bu mush insoniyat boshiga qanday falokatlar olib kelgan?
  • finish tugaganidan so’ng oradan yigirrna yil o’tgan bo’lsa ham shoir nega u yillarni alam bilan eslayapti?
  • Urushning oddiy bir qishloq boshiga solgan fojialari qaysi misralarda tasvirlangan?
  • Urush jangda halok bo’lgan qurbonlardan tashqari yana qanday kulfatlar olib kelgan?
  • Doston orqali shoir aytmoqehi botgan eng asosiy muddao nima?
  • O’zingiz o’qigan urushga qarshi asarlar, ko’rgan film va spektakllaringiz haqida hikoya qilib bering.
  • Bugungi kunda tinchlikka tahdid solib turgan qanday yooiz kuchlar borligini va ularga qarshi nima qilish kerakligini so’zlab be­ring.
  • Dostondan o’zingizga ma’qul bo’lgan parehani yod oling.

 

 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz