Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
 Topishmoqlar
 Imom al-Buxoriy
 Ezop
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
EZOP
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Muhtaram o’quvchi! Siz kundalik hayotingizda katta yoshdagi yaqinlaringiz yoki muallimlaringiz bilan muloqot va suhbatlaringizda ularning o’z fikrlari yoki o’git-nasihatlarining ta’sirliroq chiqishi uchun har xil maqol va masallarga, ya’ni hikmatli so4zlar yoxud kichik-kichik ibratli voqealarga murojaat etishlariga e’tibor qilgan bo’lsangiz kerak. Awalgi darslardan bilib borayotganingizdek, maqol yoki masal orqali ifodalangan fikr oddiy xabar yo axborot tarzida bildirilgan mazmundan ko’ra, albatta, ta’sirliroq bo’lib, xotirangizda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ana shuni nazarda tutib, yurtboshimiz I. Karimov o’zlarining «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» nomli asarlarida aytadilarki: «...maqol-matallar bejiz paydo bo’lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi» (21- b.) Odatda, bilimlari chuqur, hayotiy tajribalari boy bo’lgan kishilar shunday so’zlashadi. Ana shunday so’zlash usulini yevropaliklar «Ezop tilida so’zlash» yoki «Ezopona til» deb  yuritishadi.

Xo’sh, nega bunday ibora paydo bo’lgan, Ezop degani kim, kabi savollar tug’ilishi tabiiy. Bu savollarga javob topish uchun qadimiy Yunonistonga, ya’ni hozirgi dunyo xaritalariga Gretsiya, Makedoniya nomi ostida kiritilgan mamlakatlar va o’sha atroflardagi ko’hna davlatlar, shaharlar tarixiga murojaat qilishimiz kerak.
 
Rivoyatlarga ko’ra, miloddan awalgi VI asrlarda Yunonistonda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda   aqlli,   ammo   o’ta  badbashara,   xunuk   bir   donishmand
bolib, uni Ezop deb atashgan ekan. Uning asli kelib chiqishi o’sha davrlardagi Frigiya mamlakatidan bolib, urushlar natijasida qui qilib
olinib, Yunonistonga kelib qolgan. Aql-u farosati, topqirligi bilan o’z xo’jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan. Hatto shaharlarni bosqinlardan asrab, podshohlarni qirg’in-barot urushlar dan to’xtatib qolgan. Oxir-oqibat o’zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so’ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko’tarilgan. Keyinroq, haqgo’yligi, adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun alamzada, hasad-go’y dushmanlari uni Delfa shahrida tog4 qoyasidan otib yuborib o’ldirganlar.
Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar o’sha davrdagi va undan keyingi asrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan rivoyatlar, ibratli hikoyatlar orqali yetib kelgan. Uning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib, «Ezop masallari» nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o’gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan.
«Ulug’ masalchi»ning o’zi haqida rivoyatlar ham juda ibratomuz. Masalan, ularning birida hikoya qilinishicha, Ezopning xo’jayini safarga otlanar ekan, o’z qullariga yuklarni bo’lib olib, ko’tarib ketishlari lozimligini buyuradi. Ezop ularning oldiga kelib, o’ziga yengilroq yuk berishlarini iltimos qilganida, qullar uning o’zi tanlab olishiga ruxsat beradilar. Ezop borib, to’rt kishi zo’rg’a ’taradigan non solingan qutini tanlaydi. Atrofidagilar barchasi undan kulib, yengil narsa so’rab, eng og’ir yukni tanlagani uchun ahmoq deya masxara qiladilar.
Xo’jayini uning og’ir yukka o’zini urganini ’rib, Ezopni maqtab qo’yadi. Aslida Ezop olis safarga ketayotganlarini sezib, uzoqni ko’zlab ish tutgan edi.
Anchagina yo’lni bosib, kun peshinga yetganda, barcha to’xtab, ovqatlanishga o’tiradilar. Shunda Ezop ko’tarib kelgan qutidan barchaga non ulashib, yukini ikki barobar yengillashtiradi. Kechga borib, yana yo’lda ovqatga unnaganlarida, qutining ichidagi qolgan nonlarni ham ulashib, yukidan tamomila xoli bo’lib oladi va boshqa qullar manzilgacha olgan yukini qiynalib ko’tarishda davom etsa, Ezop qup-quruq qutini yelkalab, oldinda o’ynoqlab, chopib boradi.
 
Yoki rivoyat aytuvchilar yana shunday ibratli voqeani hikoya qiladilar:
Ezopning xo’jayini, Samos oroliga yetib kelishgach, uni shu yerlik mashhur faylasuf Ksanfga sotadi. Ezop Ksanfni eng og’ir vaziyatlarda qutqarib, hech kim yecholmaydigan jumboqlarni yechib, xo’jasiga sadoqat ko’rsatadi. Ammo Ksanf o’ta yengiltak, kaltafahm odam edi. Kunlarning birida u o’z og’aynilari bilan maishat qilib o’tirib, mast holatda inson hamma narsaga qodir deb da’vo qilib qoladi. Shunda og’aynilaridan biri Ksanfni mot qilish uchun «Inson dengizni ichib yuborishi mumkinmi?» deb so’raydi. «Nega mumkin emas, mana men ham dengizni ichib yuborishim mumkin» deya Ksanf katta ketadi. U o’zini bilmaydigan darajada mast edi. Shunda og’aynisi u bilan garov o’ynab, kim yutqazsa, o’zida bor barcha mol-mulkini g’olib bo’lganga beradi, deb kelishadilar. Ertasi kuni Ksanfhing uyiga garov bog’lashgan og’aynisi shaharning obro’li odamlarini guvohlikka chaqirib, birga boshlab keladi. Ksanf Ezopning oyoqlariga yiqilib, qutqarib qolishini so’raydi. Shunda Ezop xo’jayiniga yo’l-yo’riq ko’rsatib aytadiki, «Sen o’z so’zlaringdan qaytma. Dengiz bo’yiga borib, barcha guvohlarning oldida senga bir kosa dengiz suvidan olib berishlarini buyur va og’ayningdan garov shartlarini yana bir bor so’rab ol. Shundan keyin ularga ayt, dengizga juda ko’p daryo va irmoqlarning suvlari quyiladi. Men faqat dengiz suvini ichishga garov bog’lashganman. Shuning uchun og’aynim awal o’sha daryo va irmoqlar suvini ajratib bersin, ana undan keyin men dengiz suvini ichaman». Shunday qilib, Ksanf faylasuf Ezopning yordami bilan garovda yutib chiqadi. Biroq xavfdan qutulgach, unga yordam bergani uchun o’zini qullikdan xalos etishini so’ragan Ezopni arzimas bahona topib, kaltaklashga buyuradi.
 
Bu hikoyadan ko’rinadiki, quldorlik zamonida qullar har qancha aqlli, topqir, sadoqatli bo’lmasin, ularning qismati juda ayanchli edi. Xo’jasini eng og’ir damda qutqarib qolganiga qaramay, undan minnatdor bo’lish o’rniga, o’zining kaltabin va ahmoqligini tan olishdan orlanib, qulni jazolashga buyuradi. Ayni paytda Ezop hayotidan olingan   bu   hikoyatlar   uning   naqadar   donishmand   va   oliyjanob
bo’lganini, har qanday sharoitda bilim va mulohaza bilan ish ko’ra olishini anglatadi. Bular Ezopning hayot ibratlari, uning keenmishlari va insoniy xususiyatlari borasidagi rivoyatlardir. Shu bilan birga Ezop tomonidan yaratilgan masallar bilan ham yaqindan tanishsangiz, hayot yo’lingizda hamisha kerak bo’ladigan yana ko’p o’git va pandlarni o’qib, o’zlashtirib olasiz, nihoyatda zarur xulosalar chiqarasiz.
 
EZOP MASALLARI VA ULARNING IBRATLARI HAQIDA
YOVVOYI ECHKILAR BILAN CHO’PON
Cho’pon echkilarini yaylovga qo’yib yubordi. Bir payt qarasa, echkilari yowoyi echkilar bilan o’tlashib yuribdi: xursand bo’ldi-yu kech kirgach, hammasini o’zining g’origa qamadi. Ertasiga havo buzuqligi tufayli echkilarni odatdagidek yaylovga olib chiqolmadi: g’ordayoq boqishiga to’g’ri keldi. Cho’pon o’zining echkilariga nomigagina  o’Imagunday yem solgani holda, qo’lga o’rgatib olish niyatida yowoyi echkilarga mo’l-ko’l qilib to’kdi. Ertasi, havo yurishib ketgach, echkilar tog’ga qarab ura qochdilar. Cho’pon ularni yaxshilikni bilmaydigan nonko’rlar, deya koyishga tushdi: «Axir men sizlarni o’zimning echkilarimdan-da yaxshiroq boqmadimmi?» Yowoyi echkilar aytdilar: «Shuning uchun ham sendan nariroq yurishimiz ma’qui ko’rindi-da. Bizlar kechagina senga yo’liqqandik, sen esa bizni o’zingning eski echkilaringdan-da yaxshiroq boqding. Demak, ertaga yana yangilar kelib qo’shilsa, unda ularni bizlardan afzalroq ko’rarkansan-da?!»
 
Alqissa, yangi do’stlarni eskilardan afzal tutuvchilar bilan do’st-lashishga shoshilmang, zero yana yangi do’stlar orttirganda siz ham eskilardan bo’lib qolasiz.
Aziz bolajonlar, qissadan hissani anglagan bo’lsangiz kerak-a?! Siz ham o’z do’stlaringiz, yaqinlaringiz haqida o’ylab ’ring. Shu bilan birga o’zingizning do’stlarga munosabatingizni yaxshi tushunib
oling. Do’stlik degan so’z bilan sadoqat, do’stga sodiqlik tushunchasi doimo yonma-yon kehnog’i lozim. Ins on hayoti davomida juda ko’p qaltis vaziyatlarga tushishi, turli sinovlarga duch kelishi mumkin. Ana shunday sharoitda faqat o’z manfaatini o’ylab, sizni yolg’iz tashlab ketadigan yoki boshqa odamlarni do’st txitib ketadiganlardan nariroq bo’lganma’qul.
Do’stga sadoqat, vafodorlik haqida ulug’ bobokalonimiz hazrati Alisher Navoiy ham «Mahbub-ul qulub», ya’ni «qalblarning sevgani» nomli ma’rifiy-axloqiy asarlarida shunday fikrni aytadilar:
Do’st uldirki, o’ziga ravo ko’rmagan narsani do’stiga ham ravo ko’rmaydi. O’zi do’sti uchun o’limga tayyor bo’lsa ham, ammo do’stini bu ishda sherik qilmaydi.
Ezop insonlar tabiatidagi tuban illatlarni, yaramas xususiyatlarni juda aniq anglab, lo’ndagina majoziy voqea asosida uning mohiyatini ko’rsatib beradi. Quruq safsata yoki pand-nasihat bilan emas, aynan bo’lishi, uchrashi mumkin bo’lgan hayotiy hodisani shartli  ramziy hikoyat vositasida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bir shaklda ifoda etadi. Ezop masallarini insonlardagi barcha yuksak va chirkin xususiyatlarni mujassam etgan ibratnoma deb atash mumkin.
 
KIYIK BILAN TOKZOR
Ovchilar ta’qibidan qochgan kiyik tokzorga yashirindi. Ovchilar payqamay o’tib ketishgach, endi xavfdan qutuldim, deb xayolladi-yu tok barglarini uzib-uzib yeyishga tutindi. Ittifoqo shu payt ortiga o’girilgan ovchi kiyikni payqab qoldi: darhol o’q uzib, jonivorni yarador qildi. O’limi yaqinlashganini sezgan kiyik afsus-nadomatda ingrandi: «Qilmish-qidirmish: tok meni qutqargandi, men esa uni nobud qilishga qasdlandim».
Alqissa, kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog’insa, u, albatta, jazoga yo’liqqay.
Ushbu hayotiy lavha yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob qaytarishga undaydi. E’tibor qiling-a, tokzor kiyikni o’limdan asrab qoldi. Kiyik buning uchun bir umr minnatdor bo’lib, imkoni yetga-nicha tokzorni asrashi, uni har kim payhon qilmasligi uchun jon kuydirishi lozim edi. Ammo, u aksincha ish tutib, xavfdan qutuldim, ya’ni jonim omon qoldi, endi qornimni o*ylashim kerak, deb hozirgina uni yashirgan tok barglarini yeyishga tushadi. Shu bois ham kiyik o’sha zahotiyoq jazolanadi. Bu bilan Ezop yaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish barobarida, insonlarni nafs balosidan ham asranishga, hamma narsaga bir paytning o’zida erishaman deb, ochko’zlik qilmaslikka da’vat etadi. Bunday tushuncha Sharqda ham keng tarqalgan. Jumladan, bizning zaminimizdan yetishib chiqqan ko’plab allomalar, adib va shoirlarimizning asarlarida shunday g’oya ilgari suriladi. Chunki insoniy fazilat yoki illatlarning millati, chegarasi yo’q. Inson zoti yaralibdiki, yaxshilik, ezgulik bilan birga yomonlik, tubanlik yashab keladi. Har bir inson, awalo yaxshilik nima-yu, yomonlik nima - farqiga borishi, o’z ongi, aql-u farosati bilan anglab olishi kerak.
 
BO’RI BILAN   LAYLAK
Bo’rining bo’g’ziga suyak tiqilib qoldi-yu, joni ko’ziga ko’rinib, yordam istab yugurgilab qoldi. Baxtini qarangki, laylakka duch keldi: suyakni chiqarib tashlasang, mukofotlayman, deya va’dalar berib yordam so’radi. Laylak tumshug’i-yu boshini bo’rining bo’g’zigacha tiqib, arang suyakni chiqarib oldi-da, va’da qilingan mukofotni talab qildi. Bo’ri bunga javoban dedi: «Ha, azizim, bo’lining og’zidan boshing omon chiqqani kammi, yana mukofot deysan-a?!»
Alqissa, ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o’ziniyoq yaxshilik qilganga yo’yadilar.
Bu masalni qay bir ma’noda awalgisining davomi ham deyish mumkin. Chunki yaxshilik qilib, suyakni olib tashlagan laylak mukofot olish o’rniga, bo’rining changalida qolib ketmaganiga shukur qilishi lozimligi hikoya qilinar ekan, yaxshilikni ham uning qadriga yetgan odamga qilish kerak, degan fikr ilgari suriladi. Yomon fe’llik, baxil
odam, unga har qancha yaxshilik qilmang, og’irini yengil qilaman, yordam beraman, deb o’ylamang, baribir u sizning yaxshiligingizni bilmaydi. Bil’aks, o’zining yomonlik qilmaganini yaxshilikka yo’yadi. Bu bilan o’z tubanligini yana bir marta namoyish etadi.
Ezop masallaridan insonning turli vaziyatlarda o’zini qanday tutishi lozimligi haqidagi maslahatlarni anglash mumkin. Hayotda har xil sinovlar ko’p bo’ladi. Inson doim ham muvaffaqiyat qozonib, shod-u xurramlik bilan kun kechiravermaydi. Shodlik, g’alabalar bilan bir qatorda inson turli g’am-tashvishlarga, omadsizlik va yo’qchiliklarga tayyor bo’lib yurishi, har bir hodisaga hushyor nigoh bilan qarashi lozim. Sabr-u bardoshli bo’fish, qiyinchilikka chidam, yo’qchilikka qanoat qila olgan odam hech qachon kam bo’hnaydi. Aksincha, arzimagan tashvishdan xavotirga tushib, o’zini o’tga-cho’g’ga urgan kishilar yo biror kasallikka chalinadilar yoki yechib bo’lmas chigalliklarga duch keladilar. O’zgalar oldida obro’-e’tiborlarini yo’qotadilar. Ezopning quyidagi masali ana shunday odamlar haqida.

ESHAK BILAN BAQALAR
Ustiga o’tin ortilgan eshak botqoqdan o’tayotgandi, toyib ketib yiqildi. Eshak o’rnidan turishga harchand urinmasin - bo’lmadi: oh-voh
 qilib faryod cheka boshladi. Botqoqda yashovchi baqalar uning holini ko’rib dedilar: «Birodar, botqoqqa endigina yiqilganing holda shunchalar nola chekasan, bizga o’xshab umring shu yerda o’tganida nima qilarding?!»
Alqissa, ayrim kishilar kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho’kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o’n chandon og’ir mashaqqatlarni-da, sabrla yengadilar.
Xalqimizda «Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil» degan maqol bor. Nogahon toyib ketib, yiqilgan eshak, biroz tin olib, kuch to’plab, yana oyoqqa turishi va yo’lida davom etishi mumkin edi. Ammo u mutlaqo chorasiz qolgan kabi ayyuhannos solib, faryod chekadi. Vaholanki, undan ko’ra yuz chandon yomonroq ahvolda, bir
umr botqoqda yashayotgan baqalarni ’rib, o’z holatiga shukur qilishi, ahvolini yaxshilash chorasini ko’rishi lozim edi. U esa sarosimaga tushib nola qiladi. Hayotda bunday holatlar uchrab turadi. Sovuqqonlik bilan muammolar haqida o’ylab ko’rilsa, hammasiga biror tadbir topish mumkin. Muhimi, aqlni ishlatish, qiyinchiliklarga sabrli bo’lishdadir.
Ezopning bu masali zamirida yana qanday ma’nolar borligini sinfdoshlaringiz bilan birga muhokama qilsangiz, mshunchangiz yanada boyiydi.
Gohida qiyinchilikni yengib o’tishdan ko’ra uni aylanib o’tishga yoki hiyla-nayrang ishlatib, o’z maqsadiga erishishga harakat qiluvchi kimsalar bo’ladi. Ular balki ba’zida niyatlariga yetarlar ham. Biroq bu uzoq davom etmaydi. Albatta, biror ishkal bo’lib, barcha harakatlar chippakka chiqadi. Ana shunday toifali odamlarga qarata quyidagi masal aytilgan.
USTIGA TUZ ORTILGAN ESHAK
Ustiga tuz ortilgan eshak daryo kechuvidan ’tayotib toyib ketdi -suvga yiqildi: tuz suvda erib ketib, yuk ancha yengillashdi, eshak benihoya sevindi. Keyingi gal ’sha joydan ’tayotib, eshak: «Suvga yiqilsam yukim yengillaydi, keyin turib ketaveraman», deb o’yladi-da, atayin yiqildi. Ittifoqo, bu gal eshakka yuvg’ich ortilgan edi: yuvg’ich suvni shimib olib, yuki og’irlashib ketgan eshak eplanolmay qoldi-yu, suvga cho’kib ketdi.
Alqissa, ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o’z boshiga yetarkan.
«Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma», deydi dono xalqimiz. Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o’tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi. Kurashlar bilan amalga oshgan ish qadrli va mustahkam bo’ladi. Ayrim ishyoqmas, havoyi kishilar maqsadlariga tez va oson yetishish uchun turli nayranglar o’ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar. Yengil yo’l bilan qo’lga kirgan narsa barakali ham bo’lmaydi. Hatto masaldagi
voqeaga o’xshab, nojoiz makkorlik o’sha odamni halokatga olib kelishi mumkin. «Behuda chiranish belni chiqaradi» degan hikmat ham shunday holatlarni nazarda tutib aytilgan. Bu fikrning yanada yaqqolroq misoli quyidagi masalda tasvirlab berilgan.
 
BURGUT, ZAG’CHA VA CHO’PON
Yuksak qoyadan shiddat bilan qo’zg’algan burgut suruvdagi qo’zichoqni ildi-yai ketdi. Zag’cha buni kuzatib turgandi, hasaddan ichi kuyib, o’zining ham shunday qilgisi kelib qoldi. Zag’cha jon-jahdi bilan chinqirganicha borib qo’chqorga tashlandi: panjalan qalin junga ’ralashib, uchishga ham, qochishga ham imkoni bo’lmay qoldi. lining jon holatda pitirlayotganini ko’rgan cho’pon gap nimadaligini fahmladi-da, darhol zag’chani tutib oldi: qanotlarini qirqib, o’zini ermak uchun bolalariga eltdi. Bolalari chuvullashib: «Bu qanday qush?» - deya so’raganlarida, cho’pon aytdi: «Men-ku buning zag’chaligini bilaman-a, biroq uning o’zi o’zini burgut hisoblaydi-da?!»
Alqissa, o’zingdan zo’rroqlar bilan bellashaman, deb chiranganing bilan hech ish chiqarolmaysan, kulgi bo’lganing qoladi, xolos.
Har qanday inson hayotda o’z ’mini bilishi lozim. Kerak-nokerak narsalarga o’zini uraverish yaxshihkka olib kelmaydi. Agar zag’cha burgutdan bir necha barobar kichik ekanini, har qancha chiranganda ham burgut shiddatiga ega bo’lolmasligini filer qilganida, o’zini abgor qilib, kulgili holatga tushmas edi. Ana shunday toifa odamlarga nisbatan donolar «Ko’rpangga qarab oyoq uzatgin» deya tanbeh beradilar. Darhaqiqat, yoshi ulug’ yoki martabasi baland kishilar oldida maqtanchoqlik qilish, o’z imkoniyatlariga to’g’ri baho bera olmaslik, ularga noo’rin xatti-harakatlari bilan o’zini ko’rsatmoqchi bo’lish oxir-oqibat shu kimsani beobro’ qiladi, e’tiborsiz narsadek chetga chiqib qolishiga sabab bo’ladi.
Ko’rinadiki, Ezop masallari hayotiyligi bilan, odamlaming fazilat-u nuqsonlari, qusur kamchiliklari, noto’g’ri xatti-harakatlarini aniq
ko’rsatib bera olgani, ma’naviy ibrati bilan hozir ham o’z ahamiyatini to’la saqlab kelmoqda. Bundan bir necha ming yillar awal yaratilgan bu majoziy hikoyatlar dunyodagi ko’plab tillarga tarjima qilinib, shu yo’lda ijod qiluvchi davomchilari yetishib chiqishiga omil bo’ldi. Fransuzlarda J. Lafonten, rus adabiyotida I. Krilov kabi masalchi adiblar Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o’z davri xusu-siyatlariga ko’ra to’ldirib, rivojlantirdilar. O’zlari ham ulardan ilhomlanib, yangi masallar yaratdilar.
 
MASAL   HAQIDA   TUSHUNCHA
Masaimajoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo’lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladi. Uning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iboratdir. Bular ramziy-majoziy ma’noda qo’llanilib, insonlar fe’l-atvoridagi turli xususiyatlarga ishora sifatida keltiriladi. Masalning asosiy jihati shuki, u to’liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo’naltiriladi. Yuqorida ’rib o’tilgan Ezop masallari bunga yorqin misoldir. Agar Ezop birinchi masalchi hisoblansa, undan so’ng eramizning birinchi va ikkinchi asrlarida yashab o’tgan grek masalchilari Fedr, Babriy torn ma’noda uning davomchilari hisoblanadi. Hatto Fedrning masalchilik rivojidagi asosiy xizmati shunda ediki, u Ezop masallarini she’riy yo’l bilan lotin tiliga tarjima qildi. Ana shu tarjimalarga suyanib va ilhomlanib XVII asrda Fransiyada Lafonten, XVIII asrda Germaniyada Lessing, Gellert va XVIII-XIX asrlarda Rossiyada I. A. Krilov masal janrida barakali ijod qildi.
Ko’hna Sharq adabiyotida ham majoziy shaklda, ya’ni turli hayvonlar tilidan tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish tajribasi qadim hind adabiyotining nodir namunalari bo’lgan «Pan-chatantra», «Kalila va Dimna» kabi asarlar tarkibida uchraydi. Bu hikoyatlar ham dunyoning ko’pgina tillariga tarjima qilinib, shunday yo’nalishdagi yangi asarlarning yaratilishiga turtki bergan.
Masalchilikning eng yaxshi namunalari o’zbek adabiyotida ham mavjud. Awalo, aytish o’rinriki, Ezop masallaridagi hikoyat va hikmatlarga o’xshagan ibratli maqol va matallar o’zbek xalqi hayotida, lining kundalik turmushida, so’zlashuv nutqida doimiy uchraydigan hodisadir. E’tibor qilgan bo’lsangiz, yuqorida Ezop masallaridan kelib chiqadigan xulosalar aks etgan qator maqollar va hikmatli iboralar ota-bobolarimiz tomonidan azal-azaldan aytib kelinganini anglatuvchi namunalar ham yonma-yon keltirildi. Buning sababi, ta’kidlaganimizdek, ko’tarilgan masala va mavzularning barcha insonlarga xos bo’lgan xususiyatlar ekanligidadir. Shuning uchun ham Sharq, jumladan, o’zbek mutafakkir shoir-u adiblari maxsus «Pandnoma», «Odobnoma»lar yaratib, bu asarlar maktab-madrasalarimizda alohida o’quv qo’llanmasi sifatida xizmat qilgan.
Shu o’rinda majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari ulug’ bobokalonimiz Alisher Navoiy hazratlarining «Xamsa» asaridagi birinchi doston «Hayrat ul-abror» (Yaxshi odam-larning hayratlanishi) da va maxsus shu yo’nalishda yaratilgan «Lison ut-tayr» (Qushlar tili) dostonida uchrashini alohida aytib o’tish lozim. Shu bilan birga XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida yashab o’tgan Muhammad Sharif Gulxaniy ham «Zarbulmasal» nomli asari bilan o’zbek adabiyotida masalchilik rivojiga ulkan hiss a qo’shdi. Ulardan tashqari XX asrga kelib Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Yamin Qurbon, Sami Abduqahhor, Muxtor Xudoyqulov kabi ijodkorlar asarlarida masal janrining yaxshi namunalari uchraydi.
 
Savol va topshiriqlar
  • Nima uchim bobolarimiz, katta yoshdagi kishilar o’z nutqlarida maqol va masallardan foydalanishadi?
  • I. A. Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» risolasida maqol va matallar haqida nima deyiladi?
  • «Ezop tilida so’zlashish» deganda nimani tushunasiz?
  • Ezop haqidagi rivoyatlarda uning donishmandligi nimalarda korinadi?
  • Do’stlik, sadoqat degan tushimchalarni qanday tushunasiz?
  • Alisher Navoiyning do’st qanday bo’lishi  lozimligi haqidagi fikrlarini aytib bering.
  • «Kiyik va tokzor» masalida Ezop qanday insoniy fazilatlar haqida so’zyuritadi?
  • «Bo’ri bilan laylak» masalida bo’ri qanday insonlarning majoziy obrazi?
  • Sabr-bardosh, qanoat degan tushunchalarning mazmunini izohlang («Eshak bilan baqalar» masali misolida).
  • Ezop masallarining bugungi kundagi ahamiyati nimada?
  • «Masai» tushunehasining ta’rifini keltiring.
  • «Ramziy-majoziy» ma’noni qanday tushunasiz?
  • Dunyo adabiyotida birinehi masallarni yaratgan ijodkor kim?
  • Kimlar masalchilik rivojigahissa qo’shdilar?
  • Sharq adabiyotidagi majoziy shaklda yozilgan asarlar haqida so’zlab bering.
  • Alisher Navoiyning qaysi asarlarida masallar, ibratli hikoyatlar ko’p keltirilgan?
  • O’zbek masalnavis shoirlaridan kimlarni bilasiz?

 

 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz