Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
 Mirkarim Osim
 Gafur Gulom
 Oybek
 Usmon Nosir
 Mirtemir
 Asqad Muxtor
 Otkir Hoshimov
 Antuan de Sent-Ekzyuperi
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
GAFUR GULOM
  
Chop etish uchuv versiyasi


 G’afur G’ULOM
(1903-1966)

O’zbek adabiyotining yirik namoyandasi G’afur G’ulom 1903- yil-ning 10- may kuni Toshkentning Qo’rg’ontegi mahallasida tug’ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G’ulom Mirza Orif o’g’li vafot etadi. Oradan olti yil o’tar-o’tmas bolalar mehribon onadan ham ayriladilar. Ukalari va singillari bilan yolg’iz qolgan G’afurning «qilmagan xizmati, tutinmagan ishi» qolmaydi. U oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo’lib ishlaydi. Biroq G’afur G’ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o’zidagi iqtidorni faqat ma’rifat orqali ro’yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Awal boshlang’ich maktabda o’qidi. Keyin esa o’sha paytda urf bo’la boshlagan rus-tuzem maktabiga kirdi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, awal o’qituvchilik, so’ng jumalistlik qildi.
 
1914- yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham og’ir hayotini butxmlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda - Yevropa hududida kechgan bo’lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlarni bajarish uchun bizning o’lkamizdan ham erkaklami majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o’tkazishga nihoyatda qiynalishardi. O’Ucamizda yetishtiriladigan aksariyat noz-ne’matlarni esa chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj
olgandi. Ko’chalarda to’p-to’p tilanchilar va gadoylar daydib yurardi. Ular safiga urush bo’layotgan o’lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo’shilgandi. Bag’ri keng o’zbek xalqi muh-tojlarga boshpana, o’z bolalari rizqidan qiyib bo’lsa-da, osh-non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning «Toshkent - non shahri» filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar dahshatini yanada yaqindan his qilasiz.
 
Mana shu og’ir kunlarning barchasini yosh G’afur o’z ko’zlari bilan ’rgani, yuragidan o’tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg’ondi. Shoirning o’zi aytishicha, uning dastlabki she’riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag’ishlab yozilgan edi.
 
G’afur G’ulom she’rlar bilan birga o’nlab hikoyalar, «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog’inish», «Onalar» singari she’rlari yaratildi.
Uning yana bir mashhur asari - «Shum bola» qissasi 1936- yilda yozilgan bo’lsa-da, 60- yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada sayqalladi.
G’afur G’ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o’zbek she’riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid Olimjon bilan birga 1943- yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangandi.
 
Adib 1966- yilning 10- iyunida og’ir xastalik tufayli vafot et-gan.
G’afur G’ulom o’zbek adabiyoti, fani va madaniyatining rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun 1999- yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. 2003- yilning may oyida G’afur G’ulom tavalludining 100- yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Toshkent shahridagi eng katta istirohat bog’laridan biriga shoir nomi berilib, uning muh-tasham haykali o’rnatildi. Metro bekatlaridan biri ham ijodkorning qutlug’ nomi bilan ataladi. G’afur G’ulomning o’zi «Vaqt» she’rida
bashorat qilgan ezgu istaklari aynan mustaqillik yillarida ro’yobga chiqdi:
Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g’animatdir, umruzoq soqiy. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
 
MENING O’G’RIGINA BOLAM
(Voqeiy hikoya)
 
Otamizning o’lganiga anchagina yil o’tib ketdi. Bu yil - o’n yettin-chi yilning ko’klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo’lib qoldik. Biz to’rt yetimdan xabar olib turishga katta onam - onamning onalari Roqiyabibi kelib turibdilar. Bu kishini biz erkalab «qora buvi» deb ataymiz.
 
Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvun-to’da1 ko’rpa-yostiqlarga o’ralib, bittagina O’ratepaning kir ip shol-chasi ustida uxlaymiz.
Sentabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi. Havo anchagina salqin. Biz yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketganmiz. Qatorda eng so’nggi bo’lib, ona chumchuqday qora buvim yotardilar, u kishi saksondan oshib ketgan, noskash kampir edilar.
Bu oqshom uch xo’roz o’tgandan key in, yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim. Buvim kim bilandir anchagina baland ovoz bilan suhbatlashmoqda edilar. Hovlimiz, ota-buvadan qolgan, anchagina katta bo’lib, to’rtburchak tanobi hovlilardan edi. Gir atrofi imorat, shimol tomonda amakivach-chalarimiz turishardi. Lekin ular yozda bog’ga ko’chib ketardilar.
 
Hozir ular tomon bo’sh.
1 Uvunto’da - eski, titilib ketgan.
2 Uch xo’roz o’tgandan keyin - kechasi xo’roz uch marta qichqirganidan
keyin.
 
Buni qarang-a, bizning uyimizga o’g’ri kepti. Bizni ham odam deb yo’qlaydigan kishilar bor ekan-da, dunyoda? Ertaga o’rtoqlarimga toza maqtanadigan bo’ldim-da: «Bizning uyga o’g’ri keldi». G’urur bilan aytilsa bo’ladi. Lekin ishonisharmikan?
O’g’ri o’sha amakivachchalarning tomidan sekin yura kelib, buvimning to’g’rilariga kelganda aksa urib yuboribdi. Buvim esa yostiqni ko’kraklariga qo’yib, til tagidagi nos bilan o’ylab yotar ekanlar.
 
Buvim «tuf» deb nosni tuflab, tomga qarab:
- O’g’rigina bolam, hoy o’g’rigina bolam, hoynahoy biror tiriklikning
 ko’yida tomga chiqqan ko’rinasan, axir kasbing nozik, tumovpumovingni
 yozib chiqsang bo’lmaydimi, - debdilar.
’ g ’ri tomdan turib:
- Axir, buvijon, siz ham birorgina kecha tinchingizni olib uxlasasizmi? . - debdi
bo’lmaydimi, bizning tirikchiligimizning yo’lini to’saverangiz

 
 Men gap shu yerlarga kelganda uyg’onib ketgan bo’lsam kerak. Qolgan gaplarni eshitganimcha qilib yozaman.
Hoy, aylanay, o’g’rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko’zimga uyqu keladimi? Mana: olti oy bo’ldi, biror soat mijja qoqib uxlaganim yo’q. Kunduz kunlari garangday dovdirab yuraman. Biror yerga o’tib mizg’iganday qush uyqusi qilaman. Kechalari xayol olib qochib ketadi.
 
Nimalarni xayol surasiz, buvijon? - bu gapdan keyin ustidagi to’nini turmuchlab bo’g’otning ustiga yostiq qilib qo’yib, o’g’ri ham yonboshlab oldi.
Nimalarning xayolini surardim. Shu to’rtta yetimning ertasini o’ylayman-da, bolam. Zamonni ’zing ’rib turibsan, tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko’ziday non anqoga shapig’. Hali bularning qo’lidan ish kelmaydi. So’qqaboshgina aravakash tog’alarining topgani o’zining ro’zg’oridan ortib, bularga qut-loyamut1 bo’lishi qiyin. Ro’zg’orda bo’lsa, ko’z ’rib, qo’l tutguday arzigulik buyum qolgani yo’q. Bir chekkadan sotib yeb turibmiz. «Turib yeganga turumtog’ chidamas», deganlar. Eh-ha, bu bolalar qachon ulg’ayadi-yu, qachon o’zining nonini topib yeydigan bo’ladi! Chor-nochor xayol surasan, kishi. Tag’in bu yetimlaming bittaginasi o’g’il, uchtasi qiz. Endi o’n to’rtdan o’n beshga o’tdi. Qizlari qurg’ur qachon bir yerga elashib ketadi-yu. O’zi o’rab, o’zi chirmab oladigan joy chiqmasa, bularga kimning ham ko’zi uchib turibdi deysan. Zamon qattiq, o’g’rigina bolam, zamon qattiq!
 
To’g’ri aytasiz, buvijon, - dedi o’g’ri, - mening ham ikki bolam, xotinim, bitta kampir onam bor, bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak, deganlaridek, shularni boqishim kerak. To’rtta chavati non topish uchun o’zimni o’tga, cho’g’ga, Alining qilichiga uraman. Bo’lmasa, ishlay desam bilagimda quwat bor, aql-u hushim joyida. Menga hozir shu qilib turgan o’g’rilik kasbi yoqadi, deysizmi. Tuppa-tuzuk ayolmand kosibning bolasi edim. Zamon chappasiga ketdi. Kerinska poshsho bo’lgandan keyin urush to’xtaydi, degan edilar. Hali-beri to’xtaydigan ko’rinmaydi. Hali ham zamon-zamon o’sha iligi to’qlarniki.
 
Biror boshqa kasb qilsang bo’lmaydimi, bolam, - dedi kampir.
Nima kasb qilay? Hamma kasblarning ham bozori kasod. Ota kasbim kavushdo’zlikni qilaymi? Avvalo shuki, kavush tikishga na charm bor, na siraeh, namix, nalok. Masallig’ining o’zi bitib chiqqan kavushdan uch baravar qimmat. Hammollik qilay desam, awalgidek qoplab g’alla, qoplab sabzi.sholg’om oladigan badavlatning tuxumi qurigan. Tunov kuni shu mahallaning devkor etikdo’zlaridan Buvamat ota butun qolip-u shon-u so’zan, bigizlarini ulgurjisiga ikki pud jo’xori unga movoza qildi. Yaxshi qildi. lining etigini kiyadigan o’zbek, qozoq, qirg’iz dehqonlari qayoqda deysiz, qolgan emas. Faqat ularning yetimlarigina shahrimizni to’Idirib yuribdi. Qaysi burchakka, qaysi chordevorga bosh suqmang, o’n beshta yetim yuvuqsiz qo’lini cho’zib: «Amaki, non bering», deydi. Non-a, o’zimnikiga topolmayman-u! Bitta man emas, buvi, mahalladagi hamma kosiblarning ahvoli shunaqa. Pichoqchilar ham, bo’zchilar ham, ko’nchilar ham, boringki, maktab domlalari ham, mullavachchalarning ham rangi panoh. Bir qoshiq obiyovg’onga zor. Sanqib yuribdi.
 
Huv, xudoyo urushi boshiga yetsin, qiyomat-qoyim degani shudir-da, a, o’g’rigina bolam-a. Ha, mayli, shu yetimlarning ham peshanasiga yozgani bordir. Xo’sh, endi o’zingdan so’ray. Axir, noilojlikdan-ku, shu harom yo’lga qadam bosibsan, o’ziga to’qroq, badavlatroq odamlarnikiga borsang bo’lmaydimi? Mana shu mahallada Karim qori degan chitfurush bor, Odilxo’jaboy degan pudratchi bor. Matyoqubboy degan ko’nchi bor. Bularning davlati-ku mil-mil. Beshikdagi bolasi ham chetiga bayt yozilgan chinni kosada osh ichadi. Shularning tomini teshsang bo’lmaydimi?
Ey, buvim tushmagur, soddasizda, sodda,  dedi o’g’ri.  Boylarning uyiga tushib bo’ladimi, ularning paxsasi sakkiz qavat, eshiklari temirdan, har bittasining qo’rasida eshakday-eshakday ikkita, uchtadan itlari bor. Bu itlar hovli sahnidan bitta kapalak o’tsa, bir hafta vovullaydi. Odilxo’jaboyning g’ulomgardishidachi, miltiq ushlagan gorodovoy turadi. Jonimdan kechibmanmi, o’ldirmaganda ham sibir qilib yuboradi.
 
Sibir o’lkasiga surgun qilardi.
Bu gaping ham to’g’ri, o’g’rigina bolam. Ammo, lekin ehtiyot bo’l. El-yurtning oldida tag’in badnom bo’lib qolmagin, - dedi bizning kampir.
Gapingiz to’g’ri, buvi, tunov kuni Orif sassiqning otxonasidan to’rtta tovuq, bitta xo’roz o’margan edim.
Tovuq, xo’roz dedingmi? Ha, bu maxluqlari qurg’ur qaqaqlab seni sharmanda qilmadimi?
Hamma ishning ham o’z maromi1 bo’lar ekan, buvi, tovuq olgani borganda cho’ntagimga bir shishaga suv solib olaman. Keyin qo’ndoqning tagiga borib, og’zimni suvga to’ldirib tovuqlarga purkayman. Tovuqday ahmoq jonivor olamda yo’q. Yomg’ir yog’yapti shekilli, deb o’ylab, boshini ichiga tiqib, hap yotaveradi, keyin bitta-bitta hiqildog’idan tutib xaltaga solaman.
Shunaqa degin, voy tavba-yey. Hamma hunarning ham o’zining murt gardoni bo’lar ekan-da.
 
Shunday qilib desangiz, buvijon, sirimning xashagi ochilishiga oz qoldi. Yo’q, ellikboshimiz Rahmonxo’jaga xo’rozni olib borib bergan edim, ishni bosdi-bosdi qilib yubordi. Rahmonxo’ja men bilan tuzuk, yaxshi odam. Bultur uni-buni sotib, sakson uch so’m pul jamg’arib: «Topganimiz shu, ellikboshi ota», deb pora bergan edim, rabochiyga ketishdan olib qoldi.
Ha, ishqilib, bola-chaqasining egiliginini ko’rsin. Endi bu yoqqa qara, o’g’rigina bolam, hademay tong ham yorishib qolar. Ana, yorug’ yulduz ham tikkaga kelib qoldi. Oshxonaning yonidagi tut-dan sirg’alib pastga tush, o’tinimiz yo’q. Oshxonada bir zamonlar bog’dan kelgan bir-ikkita yong’oq to’nka bor. Boltani olib, shuning bir chekkasidan ozgina uchirib ber, qumg’on qo’yaman. Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan ikkitasini olib qo’yganman, bir-galashib choy ichamiz.
 
Yo’g’-e, buvi, - dedi o’g’ri, - to’nka yorib-ku berarman, ammo choy icholmayman, chunki kun yorishib qolsa, meni tanib qolasiz. Juda ham yuzimni sidirib tashlaganim yo’q, andisham bor, uyalaman.
Voy o’lay, qutlug’ uydan quruq ketasanmi, bolam? Bir nima olib ket. To’xta, nima olib ketsang ekan, ha, darvoqe, oshxonada bitta yarim pudlik qozon bor. Allazamonlar uyimizda odamlar ko’p edi, katta qozonda osh ichardik. Xudoning g’ashiga tegdik shekilli, shundoq katta, gurkiragan xonadondan mana shu to’rttagina yetim qolib turibdi. Eh-ha, bular qachon katta qozonni qaynatar edi-yu... Shuni olib keta qol. Sotib bir kuningga yaratarsan, o’g’rigina bolam.
Yo’q, yo’g’-e, buvi, yomon niyat qilmang. Ha-huv deguncha bu kunlar ham unut bo’lib ketadi. Yana katta oilalar jam bo’ladi. Hatto bu qozon ham kichiklik qilib qoladi. O’sha yetimlarning o’ziga buyursin. To’ylarida o’ynab-kulib xizmat qilaylik. Xayr endi, buvi, men ketaman, tog’ tomon ham yorishib qoldi.
- Xayr, o’g’rigina bolam, kelib tur.
-Xo’p, ona, xo’p...
Men o’sha o’g’ri kishini tanir edim. Haligacha hech kimga kimligini aytgan emasman.
 
 
«MENING O’G’RIGINA BOLAM» HIKOYASI HAQIDA
 
Biz G’afur G’ulom hayoti to’g’risida gapirganimizda uning ota-onadan yosh yetim qolgani, hayotning juda ko’p og’irliklarini boshidan kechirganini aytdik. Tushunasizki, ijodkor uchun bu kunlar izsiz ketishi mumkin emas edi. Uning qator asarlari, jumladan, «Sen yetim emassan» she’ri, «Shum bola» va «Netay» qissalarida ayni o’sha kunlar asorati yaqqol sezilib turadi. Siz bu asarlar bilan yuqori sinflarda batafsil tanishasiz.
 
«Mening o’g’rigina bolam» hikoyasi bejizga «voqeiy hikoya» deb nomlanmagan. Chunki hikoyaga yozuvchi bolaligida guvoh bo’lgan hayotiy hodisa asos qilib olingan. Demak, u avtobiografik xarakterga ega. Aslida biror odamning uyiga o’g’ri tushishi favqulodda hodisa hi-soblanadi. Lekin, guvohi bo’lganingizdek, bu hikoyada yetimlar hovlisiga o’g’ri oralashi sokin tarzda, go’yo kundalik voqeadek bay on qilinadi. Nega shunday, degan savol o’z-o’zidan tug’iladi, to’g’rimi? Bu savolga javobni esa asar hodisalari yuz bergan zamon tabiatidan izlash kerak.
1865- yilda Qo’qon xonligining taslim bo’lishi bilan Turkiston o’lkasi to’liq Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylanib qoldi. O’lkani Rossiyadan kelgan, «general-gubemator» deb ataluvchi harbiy kimsalar idora qilardi. Ular o’zlariga quloq soladigan odamlarni mingboshi, ellikboshi sifatida joylarga boshliq etib tayinlardilar. Tug’ilish darajasi katta bo’lgan Turkiston o’lkasida ishsizlik kuchayib borar, xalqning peshana teri evaziga yaratilgan boyliklar huzurini esa boshqalar ko’rardi.
Shu sharoitdan kelib chiqib, «Mening o’g’rigina bolam» hikoyasiga yondashsak, bilamizki, o’g’hiik bu o’lkada oddiy hodisaga aylanib ulgurgan edi. Yurt tepasida turganlarning har kuni qilayotgan o’g’riligi oldida, bir kambag’al oilaga boshqa bir nochorning o’g’ri sifatida tu­shishi favqulodda hodisa bo’lmay qolgandi.
Mana shunday og’ir sharoit yetmagandek, 1914- yilda Birinchi jahon urushi boshlangan. Unda har jihatdan ojiz Rossiyaning ham ishtirok etishi - «o’lganning ustiga chiqib tepgan bo’ldi» desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi.
 
Bu urush ko’plab boshqa millatlar qatori bizning xalqimiz boshiga ham cheksiz kulfatlar soldi. «Mening o’g’rigina bolam» hikoyasi qahramonlari, aslida, mana shu urushning tirik qurbonlaridir.
E’tibor bersangiz, bu yerda gap faqat hikoyada bevosita ishtirok etayotgan «qora buvi» va «o’g’rigina bola»dagina emas. Ularning suhbati ortida norasida bolalar, ayollar va keksalar taqdiri ham turibdi. Zero, ayni shular urush asoratlarini, qiyinchiliklarini ko’proq his qiladilar. Aynan shular alohida himoyaga, e’tiborga muhtoj bo’ladilar.
E’tibor dedik. Millatga yot odamlar unga rahbarlik qilayotgan sharoitda xalqqa e’tibor to’g’risida gapirishning o’zi ortiqchadir. Shu tufayli ham muallif hikoyachi bola tilidan «Buni qarang-a, bizning uyimizga o’g’ri kepti. Bizni ham odam deb yo’qlaydigan kishilar bor -da, dunyoda...» deyakinoya qiladi. Demak, bunday oilalarni faqat o’g’rilar yo’qlashi mumkin. O’g’rining ishini qiladigan hukmdorlar esa uyga kirmay ham maqsadini amalga oshira oladi.
 
Lekin bu «o’g’rigina bolam»ning haqiqiy o’g’rilardan farqi katta. Awalo, uni bu «harom yo’lga qadam bosish»ga hayotning o’zi, to’g’rirog’i, biz yuqorida aytgan haqiqiy o’g’rilar qilmishi majbur etdi. Yo’qchilik, uyda och o’tirgan oila tirikchiligini bir amallab o’tkazish tashvishi uni shu yo’lga boshlagan. G’afur G’ulom hikoyasidagi fojialar 1917- yilning sentabrida, ya’ni Rossiya bu urushda borgan sari kattaroq talafotlar ko’rayotgan paytda yuz bergan. Urush talafotlari esa, tushunasizki, urush ortidagi hayotni beshbattar qiyinlashtirgan edi.
«O’g’rigina bola»ning gap-so’zlari, harakatlaridan sezamizki, uning bu yo’lga kirganiga ko’p bo’lmagan. Eng muhimi u, o’zi aytganidek, «juda ham yuzini sidirib tashlagan» odamlardan emas. Bu yigitda andisha bor, uyat bor. Majburan qilib yurgan ishi o’ziga ham hech yoqmaydi. Buni biz o’g’rining kampir bilan dardlashgach, chinakam insoniy qiyofasiga qaytganidan sezamiz. U yetimlar haqiga qo’lini ham tekkizmaydi. O’g’rining mana shu fazilatlarini go’yo oldindan sezgandek, kampir uni «o’g’rigina bolam» deya erkalab chaqiradi. Aslida bu murojaat kampirning tilidan emas, yozuvchi qalbidan sizib chiqayotgandek. Zero, xalqi boshiga tushgan ko’rgiliklarni o’z hayoti misolida ham totib ko’rgan, yurtdoshlari dardiga sherik bo’lgan G’afur G’ulom «o’g’rigina bola»ga achinmasligi, uning taqdiriga befarq qarashi mumkin emas edi.
 
Saksondan oshgan, o’zini zo’rg’a eplaydigan Roqiyabibining har kuni yeyman-ichaman deb turgan to’rt yetimni boqishi, ustini butlashi qanchalar azob ekanini anglaymiz. Shu mushtipar ona timsolida o’zbek onasining quyoshdan issiq mehri, oqibati, insoniyligi, shafqati bor ma’no-mazmuni bilan ko’z oldimizda namoyon bo’ladi.
Kampirning «o’g’rigina bola»ga achinishi, uni ehtiyot bo’lishga da’vat etishiga e’tibor bering. Axir bechora kampirning qo’lidan boshqa nima ham kelardi? U hech bo’lmasa pand-nasihati, zo’raki ’g’lining taqdiriga achinishi bilan unga hamdard bo’lmoqlikni xohlaydi. Balki shu mehrni, shu insoniy munosabatni sezgani tufayli ham «o’g’rigina bola» xayrlashayotib kampirni «ona» deb ataydi, gaplariga jon qulog’ini tutib «xo’p» deydi.
Hikoyani o’qib tugatgach, o’quvchi ko’nglida bu ikki insonga nisbatan iliqlik, achinish bilan birga qandaydir mung ham qoladi. Bu mung o’z xalqi o’tmishini idrok etgan G’afur G’ulomning qalbida tug’ilgan insoniy hislar bilan hamohangdir.
 
Savol va topshiriqlar
 
  • G’afur G’ulomga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilishining asosiy sababi nimada deb o’ylaysiz?
  • Adib asarlari asosida yaratilgan qanday film yoki spektaklni tomosha qilgansiz?
  • Nima uehun «qora buvi» o’g’ridan qo’rqmaydi?
  • «Qora buvi» va «o’g’rigina bola»ni bir-biriga sirdosh qilgan sabablar to’g’risida o’ylab ko’ring.
  • «Qora buvi»ning «o’g’ri bola»ga qarata mahalladagi puldor odamlarnikiga tushmay, ularnikiga o’g’irlikka kirgani ehakki bo’lgani to’g’risidagi gaplarini izohlashga harakat qiling-ehi.
  • «Qora buvi»ning chinakam o’zbek onalariga xos bo’lgan fazilatlari qaysi gaplarida namoyon bo’ladi?
  • Hikoyachi bola «Men o’sha o’g’ri kishini tanir edim. Haligaeha heeh kimga kimligini aytgan emasman» deydi. Bolaning bu gapi uning qanday odam ekanidan dalolat beradi?
  • «O’g’rigina bola»ning haqiqiy o’g’rilardan farqi nimada?
  • O’qituvehingiz yordamida sinfda mo’jaz sahna uyushtirib, hi­koyani kiehik tomoshaga aylantirishga harakat qiling.

 

 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz