Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
 Susambil ertagi haqida
 Hamid Olimjon
 Maqsud Shayxzoda
 Jonatan Svift
 Hans Kristian Andersen
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
HAMID OLIMJON
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Hamid OLIMJON

(1909-1944)
O’zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri Hamid Olimjon boryo’g’i 34 yil umr ko’rgan bo’lsa-da, o’zidan keyin boy adabiy meros qoldirgan. Uning asarlari jami o’n jildni tashkil qilishi ham uning qanchalik sermahsul ijodkor bo’lganini ko’rsatadi. Hamid Olimjon qobiliyatli rahbar va olim ham edi. U o’ttiz yoshga yetar-yetmas ’zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, o’ttiz uch yoshida akademik unvonini oldi.
 
Hamid Olimjon 1909- yil 12- dekabrda Jizzax shahrida tug’ildi. Jizzax ham yurtimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari singari ko’plab xalq baxshilarining vatani hisoblanadi. Bu yerdagi xalq sayillari, to’ylar, turli yig’inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o’tmaydi.
O’tgan asrning boshlarida, odamlarning uyida radiotelevizor tugul oddiygina elektr chirog’i bo’lmagan zamonlarda kishilar sham va qora chiroq yorug’ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari, turli dostonlar ’qilar, bir uy bolalar ham bu ma’rifat nuridan bahramand bo’lib o’sardilar.
Hamid Olimjonning onasi Komila aya juda ko’p doston va ertaklarni yod bilardi. Ularni eshitgan yosh Abdulhamidning xayolida qadimgi asarlar qahramonlari xuddi qayta jonlanardi. Dostonlarning shirali tili, bir-biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. Hamid Olimjon bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi
va o’zi yozgan dostonlardan biri - «Oygul bilan Baxtiyor»da bu sehrli tunlarni shunday esga oldi:
 
Bolalik kunlarimda, Tohir-Zuhra, Yoriltosh,
Uyqusiz tunlarimda Oyni uyaltirgan qosh...
Ko’p ertak eshitgandim, Buvimning har qissasi,
So’ylab berardi buvim. Har bir qilgan hissasi
Esimda o’sha damlar: Fikrimni tortar edi,
O’zi uchar gilamlar, Havasim ortar edi.
 
Hamid Olimjondagi tug’ma iste’dodning ko’z ochishida, uning keyinchalik mashhur shoir bo’lib yetishuvida mana shu ezgu havas, albatta, katta rol o’ynagan.
Hamid Olimjon Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlang’ich maktabni tugallab, o’sha davrda (1932- yilga qadar) O’zbekistonning poytaxti bo’lgan Samarqand shahriga bordi. U yerda awal pedagogika bilim yurtida (1923-1926), keyin Pedagogika akademiyasida (1926-1931) tahsil oldi. Ko’plab ijodkor yoshlar to’plangan bu o’quv dargohlarida Abdulhamid yozgan she’rlar do’stlari tomonidan qizg’in kutib olinardi. Ilk mashqlaridanoq ’pchilikni ’ziga qaratgan talaba shoirning dastlabki she’rlari Samarqandda chop etiladigan «Zarafshon» gazetasida 1926- yildan chiqa boshlagan. Uning «Ko’klam» nomli birinchi she’rlar to’plami 1929- yilda o’z o’quvchilarini topdi. Shu tariqa o’zbek adabiyotida yana bir umidli ijodkor dunyoga keldi.
 
Hamid Olimjon ham zamonaviy, ham tarixiy mavzularda samarali ijod qilardi. Uning «Muqanna» nomli tarixiy, «Jinoyat» deb nomlangan zamonaviy mavzudagi she’riy dramalari bor. Hozirgi kunda xalqimizning sevimli qo’shiqlariga aylangan g’azallari, ko’plab tarjima asarlari mashhur. Ayniqsa, ona yurti  O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda.
Hamid Olimjon onasidan eshitgan ertak va dostonlar hamda xalq tarixini o’rganish jarayonida orttirgan bilimlarini umumlashtirib, 1937- yilda «Oygul bilan Baxtiyor» nomli mashhur dostonini yaratdi.
 
OYGUL BILAN BAXTIYOR
(Ertak-doston)
 
Doston, hikoyamiz boshida aytganimizdek, shoirning bolalik davri esdaliklari bilan boshlanadi. Uzun tunlar jim yotib onasidan tinglagan ertaklarni eslar ekan, shoir ularning kuchini o’zida sezganini aytadi.
Aziz bolalar, shu o’rinda bir muhim masalaga e’tiboringizni tortmoqchimiz.
Dunyoda kattalardan ertag-u doston eshitmagan bola bo’lmasa kerak, to’g’rimi? Lekin nima uchun barcha bolalar katta bo’lishgach shoir yoki yozuvchi bo’lmaydi? Nima uchun minglab tengdoshlari orasidan faqat Hamid Olimjongina mashhur ijodkor bo’lib yetishdi?
Gap shundaki, dunyodagi barcha insonlarda qandaydir iste’dod, qobiliyat yashiringan bo’ladi. Kimdir yerni yaxshi ko’rsa, boshqa bolani osmondagi yulduzlar qiziqtiradi. Bir bola eshitgan qo’shig’ini darrov yod olib, borayotgan yo’lida xirgoyi qilib yursa, yana bir bola o’yrnchoq kubiklardan chiroyli imoratlami yasab zerikmaydi. Hamma gap o’sha qobiliyatni tinimsiz rivojlantirib borishdadir. Buning uchun esa har bir odam, birinchi navbatda, o’zi harakat qilmog’i, qiziqqan narsasini oxiriga qadar bilib olmaguncha tinib-tinchimasligi kerak. Agar shunday qilinmasa, qobiliyat so’nishi yoki o’smay qolishi mumkin.
Demak, yosh Abdulhamidda tug’ma shoirlik iste’dodi bo’lgan, u o’zidagi iste’dodga jiddiy qarab, uni doimiy rivojlantirishdan charchamagan ekan-da. Onasining ertaklari, maktab va o’quv yurtlarida mutolaa qilgan kitoblari esa bu iste’dodning yanada charxlanib, o’tkirlashib borishiga zamin yaratgan. Shuning uchun, garchi shoir «Oygul bilan Baxtiyor» ertagini onasidan eshitganini aytsa-da, bugun Siz o’qiyotgan ertak dostonning chuqur mazmuni, go’zal satrlari uni badiiy qayta ishlagan shoir mahoratining mevasi ekanini unutmasligimiz kerak.
Endi yana do storming o’ziga qaytamiz.
 
Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og’ir ahvolga tushgan xalq o’zini qui qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko’taradi.
Bunday qo’zg’olonlar dunyo xalqlari tarixida ham, bizning yurtimiz o’tmishida ham ko’p marotaba bo’lgan. Agar siz 2000- yilda chop etilgan «Bolalar ensiklopediyasi» kitobining 469- sahifasini ochsangiz, unda miloddan awalgi 329-328- yillarda qadimgi Sug’diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’olonining rahbari jasur bobomiz Spitamen to’g’risidagi ma’lumotga duch kelasiz. Demak, ozodlikka, hur va erkin yashashga bo’lgan intilish biz­ning xalqimiz ruhini hech qachon tark etgan emas.
Jambildagi qo’zg’olonga esa keksa qui Darxon va uning mar dona qizi Oygul boshchilik qilardi. Kuchlar teng bo’lmagani tufayli qo’zg’olonchilar mag’lubiyatga uchrab, Darxon, qizining ko’z o’ngida, zolim xon tomonidan qatl etiladi.
 
Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko’p jabr-u jafo ko’rgan Tarlon ismli keksa qui zindonda yotgan Oygulni qutqarishga jazm etadi. Qizni sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi. Sandiqqa Oygul uchun yetadigan non ham solib qo’ygan edi.
Bolalar, bundan oldingi darslarda siz ertaklarning sehrli olamiga sayohat uyushtirgan edingiz. Hamid Olimjon ham onasi aytib bergan ertaklar ichida «Tohir va Zuhra»ni eslaydi. Yodingizda bo’lsa, o’sha ertakda ham bosh qahramonlardan biri Tohir Amudaryoda sandiqda oqib ketadi. Bundan ko’rinadiki, ertaklar orasida o’xshash manzaralar tez-tez uchrab turar ekan.
Daryoda uzoq oqqan sandiq nihoyat Jarjon degan yurt qirg’oqlariga kelib qoladi. Daryo qirg’og’iga o’tin tergani kelgan bir kambag’al chol sandiqni tutib, suvdan olib chiqadi. O’rog’i yordamida sandiqning bir chetini zo’rg’a ochgach, uning ichidan odam tovushi kelayotganidan cho’chib ketgan sodda chol, odamlar orasida ochay deb, sandiqni bozorga olib boradi va boshi baloga qoladi. Odamlar uni o’g’ri gumon qilib ushlashadi va podshoh saroyiga olib kelishadi. Oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag’ritosh podshoh esa sandiq ichidagi narsa nima ekanini oxirigacha surishtirmay, sho’rlik cholning tanini boshidan judo qiladi. Oygul endi bir zolimdan qutulib, ikkinchisining qo’liga tushadi...
 
Shu o’rinda, bolalar, biz xuddi o’tinchi cholga nisbatan ishlatgnimizdek, Oygulga nisbatan ham «sho’rlik», «bechora» degan so’zlarni ishlatsak bo’lar edimi?
Bizningcha, bo’lmas edi.
Gap shundaki, agar Oygul o’z hurligi yo’lida eng qaltis choralardan ham cho’chimay, qiz bola boshi bilan maqsad sari dadil va ongli intilsa, o’tinchi chol xarakterida boshqalarga mutelik, o’z haq-huquqini himoya qila olmaslik qusurlari uchraydi. U o’zining «peshonasi sho’r»ligiga ko’ngan, o’z hayotini yaxshi tomonga o’zgartirish imkoniyati tug’ilgan paytda ham undan foydalana olmaydigan kishilar sirasidandir.
 
Qari podshohning xotini bo’lib, ko’ngli tortmaydigan odam bilan bir umr zarga ko’milib yashashdan hurlik va ozodlikni afzal bilgan bizning Oygul saroyning qirq kanizagi bilan cho’milish bahona daryoga boradi va ko’zini chirt yumib o’zini suvga otadi. Daryodagi bahaybat Jayhun baliq esa Oygulni bir hamla bilan yutib yuboradi...
Ana endi dostonning davomini Hamid Olimjonning o’zidan eshitamiz:
 
XI Kambag’al, nochor edi...
Go’zal yurt Susambilda Bir podachi bor edi.
U mashhur edi elda; Nomi Baxtiyor edi.
Go’zal edi va chinor Ko’ngli juda toliqdi:
Qomatiga edi zor. «Jinday non bormi?» dedi.
Ko’kraklari butun bir Baliqchi tanti edi:
Oftobni yashirardi. «Yo’qdir berar nonimiz,
Tanlarida bir umr Lekin kuyar jonimiz.
O’t lovullab turardi. Mayli shu safar to’rga
Qilichday o’tkir edi, Chiqqanin ol o’zrngga.
Rustam kabi zo’r edi. Uzun umring bor bo’lsin,
Ammo elda xor edi, Bola, baxting yor bo’lsin».
 
Rozi bo’ldi Baxtiyor Va toleyida shu bor Jayhun ilinib qoldi, Ulkan baliqni oldi. Ikki ho’kizga ortib, Oldindan o’zi tortib, Uyga tomon yo’l soldi, Baliqchi kulib qoldi. Hovliqib tolib keldi, Uyiga olib keldi.
 
«Ota»,  dedi u, darhol Hozir bo’ldi qari chol
Va ota-bola ikkov Baliqqa soldilar dov. Otasi pichoq soldi, O’g’li oybolta soldi. Baliq qornin yorganda, Pichoq belga borganda, Choi birdan cho’chib qochdi, Baxtiyor g’azab sochdi. Baliq qornida shu on Tebranib u yonma yon, Oygul ko’zini ochdi Va Baxtiyorni ko’rdi. Boshiga qon yugurdi. Qora ko’zlari yonib, Bir muhabbat uyg’onib, Qalbi jizillab qoldi, Qizardi, begap qoldi. Cholga gapi ko’p edi: «Ota, qabul qilsangiz,
O’g’lingizga tegayin, Siz har narsa desangiz, Men bo’ynimni egayin».
Choi dovdirab hang-u mang, Javobiga qoldi tang: «Qizim, bizda hech pul yo’q, Mol-u dunyo butkul yo’q. Qandayin to’ qilamiz? Seni nima bilamiz?» «Men dunyo so’ramayman, Boy odamga bormayman. Siz xohlasangiz agar, Boshingizga to’kay zar...»
 
... Oygul daryoda baliq Qornida yotganida, Ikki katta halqalik Gavhar topuvdi unda. Qadrini bilgan edi, Ehtiyot qilgan edi. Tongda u yo’qlab cholni, Arz etdi ushbu holni. Choi o’zini unutdi, «Mana buning birini Bozorga sotib keling. Bilib uning sirini, Oltinga botib keling». U bozorga jo’nadi, Yursa yo’li unadi. Choi ushlagancha gavhar Bozorda yurar ekan, Xaridor so’rar ekan,
 
 
Bitta katta savdogar Xabardor bo’lib qoldi, Cholga yopishib oldi, Gavharga changal soldi. Bir sandiq oltin berib, Cholni jo’natib qoldi...
Oltinni otga ortib, O’zi kuchanib tortib, Susambilga boshladi, Devday qadam tashladi. Oltinlarning barini To’plab yosh-u qarini Chaqirib go’zal Oygul,
Yashnab misoli bir gul,
Baxtiyori yonida, Otash yonib qonida Kattakon kengash ochdi, Lablaridan dur sochdi... Ertasi toda-to’da, Guros-guros bo’lib el, Kela berdi bog’lab bel. Xotinlar, yosh bolalar, Barcha amma-xolalar Kela berdilar ishga. Oygul yangi turmushga Boshlab, osh-u non berdi, Jonsizlarga jon berdi...
Yori Baxtiyor bilan Susambilni jannatmisol yurtga aylantirgan Oygulning yodidan o’z eli Jambil, uning ezilgan xalqi, nohaq o’ldirilgan otasining xotirasi ketmas edi. Xalqini xon zulmidan xalos qilish niyatida u katta qo’shin bilan Jambilga hujum qiladi va g’alabaga erishadi. Qonxo’r xondan qutulgan elga Tarlon otani rahbar etib tayinlaydi, o’zi esa kelin bo’lib borgani Susambilga - suygan yori Baxtiyor yurtiga qaytadi:
Qui Tarlon shodligidan To’xtolmadi yig’idan, Barcha hayron edilar. Ular kelib Oygulga: «Bizlarni Susambilga Olib ketgin, - dedilar. -Bu xonlardan kuydik ko’p, Beklardan o’rtandik xo’p, Biz Jambilda turmaymiz, Bu yerlarda yurmaymiz.
 
Bizni qo’sh o’z elingga, El bo’lamiz biz senga...» Oygulga alamini, Barcha chekkan g’amini El aytib yig’lar edi. Oygul nazar tashladi, Shunday bir so’z boshladi: «Zolim xon quchdi o’lim, Endi sizga yo’q zulm. El, osoyish yasharsiz,
Va bekoyish yasharsiz. Qirq kecha-yu qirq kunduz,
Susambilni qo’yinglar Barcha erkak, xotin-qiz
Va Jambilni suyinglar, O’ynab bayram etdilar;
Siznikidir tuprog’i, Zolim xonni yo’qotib,
Sizniki tosh-u tog’i, Qayg’ularini otib,
Xon bo’lmasa Jambilda, Murodiga yetdilar.
Qayg’u ham bo’lmas dilda. Shundan so’ng bizning Oygul,
Mana bu ota Tarlon Yashnab misoli bir gul,
Hammangizga bosh bo’lur, O’z Baxtiyori sari,
Sizlar uchun berar jon, O’z sevgan yori sari
Har yerda yo’ldosh bo’lur». Susambilga yo’l oldi.
Oyguldan jahon-jahon El kamay-sumay chalib,
El barcha rozi bo’ ldi, Zambaraklar bo’ shatib,
Qalbi shodlikka toldi. Uni uzatib qoldi.
 
Ko’ryapsizki, aksariyat ertaklarda bo’lgani singari bu asarda ham razolat ustidan ezgulik, zulm va nohaqlik ustidan esa adolat g’alaba qildi. Biroq bu g’alaba boshqa ertak-afsonalardagi singari osonlikcha, afsonaviy sehrgarning sirli tayoqchasi yordamida qo’lga kiritilgani yo’q. Balki tinimsiz qilingan harakat, qullik vaxo’rlikka bo’y bermaslik kabi xalqimiz ruhiyatiga xos bo’lgan mardona kurash oxir-oqibat Oygul va uning yurtdoshlarini ozodlikka olib chiqdi. E’tibor bersangiz, garchi asarning bosh qahramonlari Oygul bilan Baxtiyor hisoblansa-da, tadbirkor, erksevar Oygulning oqilona harakatlarigina voqealarning aynan shu tarzda tugashiga zamin yaratadi. Siz tarix darslarida jasur momomiz To’maris haqidagi tarixiy afsonani o’rgangan edingiz. Ko’ryapsizki, To’maris bilan Oygul tabiatida o’zbek qiz-juvonlariga xos mardonalik, tantilik, tadbirkorlik fazilatlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Ulardagi bu sifatlar ba’zi erkaklarga ham ibrat bo’lishi mumkin. Shu ma’noda bu qahramonlar ruhiyati, yurt ozodligi yo’lida olib borgan kurashi o’rtasidagi o’xshashlikka jiddiy ahamiyat bering.
 
«Oygul bilan Baxtiyor» ertak dostoni, agar e’tibor bergan bo’Isangiz, juda ravon, qiyinchiliksiz o’qiladi. Buning sababi, asar
yetti bo’g’inli she’r yo’lida yozilgani bilangina izohlanmaydi. Hamma gap - Hamid Olimjon qalami kuchi bilan qayta yaratilgan badiiy tilning xalq tiliga juda yaqinligi, bu til o’xshatish, jonlantirish, qiyoslash va yana boshqa juda ko’plab she’riy san’atlar ila mohirona bezalgani, boyitilganidadir.
Masalan, misralar oxirida keladigan ohangdosh so’zlar  qoflyalardagi bir tovush o’zgarishi orqali mazmun rang-barangligiga erishishni qator misollarda yaqqol ko’ramiz. Jambil elining qonxo’r xoni, zulmga qarshi bosh ko’targan xalqqa rahbarlik qilgan keksa Darxonning boshini tanasidan judo qilib, uning go’zal qizi Oygulga tikilishi:
Qizning oldida bu xirs Ko’rsatib yowoyi hirs, 
deya tasvirlanadi. «Xirs» fors-tojik tilida «ayiq» degani bo’lsa, «hirs» - insonning xunuk nafsini ifodalaydigan tushunchadir. Demak, xon o’zining jism-u joni bilan qo’pol, hissiz, yirtqich maxluqqa qiyos qilinsa, uning bokira Oygulga qarashida shunday tabiatli kimsalarga xos bo’lgan pastkash nazar mujassam etiladi.
Shu o’rinda bir muhim narsaga diqqat qilishingiz foydalidir. H. Olimjon yuqoridagi usuldan faqat misraning jozibadorligi, she’r bezagi uchungina foydalanmaydi. Balki asardagi har bir tashbih ostida kuchli mantiq yotadi. Shoir o’z qahramonlari xarakteriga mos sifatlarni, tasvirlanayotgan manzara yoki holatga uyg’un o’xshatishlarni topadi. Jumladan, yovuz xonning insoniy qiyofani yo’qotib, hayvonsifat kimsaga aylanib borishi butun asar davomida ko’z oldimizda yaqqol gavdalanadi. Muallif bu qarashni boyita borib, xonning qo’lga olinishini ham aynan hayvon saqlanadigan joyda «amalga oshiradi»:
Soqehilar zolim xonni, Bu ajoyib hayYonni Og’ilda ushladilar, ’ lguday mushtladilar...
Dostondagi shunga o’xshash yana bir badiiy topilmaga e’tibor bering. Oygulning baliq qornidan topib olgan gavharini sotish uchun bozorga tushgan Baxtiyorning otasini ustomon savdogar «Cholni qo’ymay holiga, Olib chiqib xoliga» gaplashadi...
 
Hamid Olimjon xalq iboralari, maqollarini asari bag’riga tabiiy singdirib yuborgan. Masalan:
«Faryod chekkan jonini Qo’ymoqqa topmadi joy»; «Men ham qulman, qanotim Senikiday qirqilgan»; «Oy deganda yuzi bor, Kun deganda ko’zi bor»; «Yuzi gul, sochi sumbul -Bizning qayg’uli Oygul».
va boshqalar.
Shoir bosh qahramonlar qiyofasini chizishda ham xalq og’zaki ijodi an’analariga sodiq qoladi, ularni yanada sayqallaydi.
Mana, birgina misol. Siz bilan bizga doston voqealariga endi kirib kelayotgan cho’pon yigit Baxtiyor «tanishtirilmoqda».
Shoir awal boshdan yigitni «go’zal edi» deb ta’riflaydi. Lekin bilasizki, «go’zal» sifati ko’proq qizlarga nisbatan ishlatilib, uni yigitlar ta’rifida qo’llash g’alatiroq tuyuladi. Xo’sh, unda Baxtiyorning «go’zalligi» nimada edi?
 
Shoir o’z qahramonini bejiz bunday atamaganini o’sha misraning o’zidan boshlaboq asoslaydi. Baxtiyorning go’zalligi uning metinday tanasiga chinorlar ham havas qilishida, bu yigit alpday tik turganida quyoshni ham o’zining zabardast gavdasi bilan to’sib qo’ya olishida, butun vujudida kuch va g’ayrat olovday lovullab turishida, so’zi va qarashlarida, qilayotgan mehnatida keskir qilichday irodaning kuchi yaqqol sezilib turishida. Shoir o’z qahramoniga bergan barcha ta’riflarini jamlab, uni Sharqning buyuk afsonaviy qahramoni «Rustam kabi zo’r edi», deydi. Mana, Baxtiyorning chin go’zalligi nimada!
Biroq shunday pahlavon yigit zamonasi zayli bilan «xor edi, kambag’al, nochor edi». Mana shu adolatsizlik, hayotning shu «teskariligi» tufayli ham uni o’zgartirish kerak edi. Baxtiyordek aslida baxt uchun tug’ilgan yigitlar va Oyguldek oy qizlarni chinakam baxtiyor yashashiga to’sqinlik qiladigan yovuz kuchlarga qarshi kurashish lozim edi. Qahramonlarimiz Oygul bilan Baxtiyor nafaqat o’zlarining, balki butun xalqning ozodlik va hurlik sari harakat qilishida rahnamolik ko’rsatadilar hamda shu yorug’ niyatlariga yetishadilar.
Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» dostonini yaratish jarayonida orttirgan tajribalari uning keyinchalik bitgan «Zaynab va Omon», «Semurg’», «Roksananing ko’z yoshlari» singari doston va balladalarida juda qo’l keldi. Shoir bu asarlarida ham bir-biriga o’xshamaydigan, turli xarakter va taqdir egalari bo’lgan inson qiyofalarini jonlantirdiki, ular bilan kelgusi hayotingiz davomida albatta tanishasiz.
Iste’dodli ijodkor Hamid Olimjon, afsuski, juda qisqa umr ko’rdi. U 1944- yil 3- iyul kuni Toshkent viloyatining Do’rmon qishlog’ida joylashgan «Yozuvchilar bog’i»dan shaharga qaytayotganda avtomobil halokatiga uchrab, vafot etdi. Shoirdan uning o’lmas she’r-u dostonlari, drama va ilmiy maqolalari bizga meros bo’lib qoldi.
 
Savol va topshiriqlar
  • Hamid Olimjonning shoir bo’lib yetishishidagi eng muhim sa-bablarni izohlashga harakat qiling.
  • Hamid Olimjonga zamondosh yana qaysi ijodkorlarni bilasiz? Ularning ijodi va taqdiri to’g’risida eshitganmisiz?
  • Siz o’qigan ertak va afsonalarda bir-biriga o’xshash voqealar uch-raydimi? Bu o’xshashliklarning sababi nimada, deb o’ylaysiz?
  • Maktabingiz kutubxonasidan Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonini topib, to’liq o’qib chiqing.
  • Xalqimizda «Uzukka ko’z qo’ygandek» degan  ibora bor.  Shu iborani Oygul bilan Baxtiyorga nisbatan ishlatsa bo’ladimi?
  • Oygul zolim podshoh qo’lidan qutulish uchun o’zini qaysi daryoga
  • tashlagan?
  • Baliq qornidan tirik chiqqan Oygul Baxtiyorning otasiga unga kelin bo’lmoq niyatida ekanini aytadi. Shu holatni qanday izohlaysiz?
  • Dostonning ravon o’qilishi nimalar hisobiga erishilganini misollar bilan ko’rsatishga harakat qiling.
  • Asarning qaysi qahramoni o’z ozodligi, baxt-u saodati yo’lida ko’proq harakat qiladi? Buning sababi nimada, deb o’ylaysiz?
  • Ertak-dostondan o’zingizga eng ma’qui bo’lgan lavhani yod oling. Uni sinfda o’qib berar ekansiz, sizga yoqqan satrlarini izohlashga harakat qiling.
 
ERTAK-DOSTON HAQIDA TUSHUNCHA
Biz awalgi darslardan ertaklarning nima ekanligi, ularning qanday turlari borligini bilib olgan edik. Siz «doston» degan so’zni eshitgan, ularni o’qigan ham bo’Isangiz kerak, albatta. Voqealami ma’lum bir sujet asosida bay on qilib beruvchi yirik she’riy asarlar doston deb ataladi. Dostonlar yaratilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: xalq dostonlari va adabiy dostonlar. Xalq dostonlarining muallifi aniq bo’lmaydi. U baxshilar tomonidan kuylanadi va og’izdan og’izga, avloddan avlodga o’tganda ba’zi bir o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Adabiy ertaklarning muallifi aniq bo’ladi, ya’ni ular shoirlar tomonidan ijod qilinadi.
Badiiy adabiyotda, xususan, bolalar adabiyotida ertak-doston degan janrga ham duch kelamiz. Xo’sh, ertak-doston nima?
Nomidan ham ko’rinib turibdiki, ertak-doston o’zida ham ertak­larning, ham dostonlarning xususiyatlarini mujassam etadi. Ertak-dostonlar asosan shoirlar tomonidan yaratiladi. U mazmunan ertakka, shaklan esa dostonga yaqin turadi. Ya’ni voqealar xuddi ertakdagi kabi boshlama, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi. Ammo bu voqealar nasriy usulda emas, balki she’riy usulda bay on etiladi.
Ertak-dostonlar qanday ehtiyojdan kelib chiqib yaratiladi?
 
Shoirlar har qanday ertakni ham she’rga solavermaydilar. Awalo, bu ertakning sujeti juda qiziqarli, voqealar rivoji tarang bo’lishi kerak. Shoir uni o’z iste’dodi, dunyoqarashidan kelib chiqib, o’z davrining muammolariga moslashtiradi. Shuningdek, ijodkor ertak-doston yaratar ekan, unga asos bo’lgan ertak voqealarini she’riy usulda aynan bay on etib bermaydi. Ertakdagi voqeaga o’zidan nimadir qo’shishi, nimanidir o’zgartirishi, nimanidir tushirib qoldirishi mumkin.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, barcha ertak-dostonlar ham xalq ertak va afsonalari asosida yaratilavermaydi. Bu voqealarni shoirning o’zi o’ylab topishi, ya’ni hali xalq og’zaki ijodi yoki yozma adabiyotda ma’lum bo’lmagan mutlaqo yangi asar yaratishi ham mumkin. Ertak-dostonlar ba’zan she’riy ertaklar deb ham ataladi.
Jahon adabiyotida Ubayd Zokoniy, Aleksandr Sergeyevich Push­kin, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak ertak-dostonlarning ajoyib namunalarini yaratganlar. O’zbek adabiyotida Abdulla Avloniy, Qudrat Hikmat, Zafar Diyor, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Quddus Muhammadiy, Po’lat Mo’min kabi ijodkorlar ertak-doston jamining rivojiga munosib hissa qo’shdilar. Bugungi kunda ham ijodkorlar tomonidan diqqatga sazovor ertak-dostonlar yaratilmoqda.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz