Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
 Susambil ertagi haqida
 Hamid Olimjon
 Maqsud Shayxzoda
 Jonatan Svift
 Hans Kristian Andersen
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
JONATAN SVIFT
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Jonatan SVIFT

(1667-1745)
 
Buyuk ingliz adibi Jonatan Svift 1667- yilda Irlandiyaning poytaxti Dublinda tug’ildi. Otasidan erta ajralgan yosh Jonatan uzoq yillar muhtojlikda kim kechiradi. Badavlat qarindoshlarining ba’zan ’rsatadigan yordamini hisobga olmaganda uning tirikchiligi nochor edi. Tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o’n to’rt yoshida mtabni bitirgach, Dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga o’qishga kiradi, uni bitirmay Angliyaga ketadi. U bir necha yil Qirollikning sobiq ministri Vilyam Templning saroyida kotib bo’lib ishlaydi. Templning boy kutubxonasidan foydalanish Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo’ladi. Keyinchalik Svift universi-tetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab, magistrlik unvonini qo’lga kiritadi.
Svift badiiy ijod bilan shug’ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari tezda xalq o’rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «Kitoblar jangi», «Bochka cho’pchagi», «Movutfurush xatlari» kabi hajviy kitoblari nashr etiladi. Biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning «Gulliverning sayohatlari» romani olib keldi. Asarning to’liq nomi «Lemyuel Gulliver­ning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga awalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari» deb atalib, u 1726- yilda yaratilgan.
 
Roman ajoyib-g’aroyib voqealarga, kulgili holatlarga boy. Asar bir qarashda shunchaki kulgi uchun bitilgan bo’lib tuyulsa-da, uning zamirida achchiq kinoya, zaharxanda yotibdi. Muallif bu asar orqali
Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi. «Gulliverning sayohatlari» romani to’rt qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda Gulliverning liliputlar - mitti odamlar mamlakatidagi sargu-zashtlari hikoya qilinadi. Mitti odamlarning hayot tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga ’xshash. Mitti odamchalar yashaydigan mamlakatda ham qirol, ministrlar, harbiylar, dengiz floti va turli-tuman qonunlar mavjud. Liliputiyada ham Angliyadagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o’z manfaatlarini o’ylab janjallashadilar, bahslashadilar. Bu partiyalar baland poshnalilar va past poshnalilar deb ataladi. Mazkur partiyalar vakillari qanchalik mitti bo’lsalar ularning maqsad va o’ylari ham o’zlari kabi arzimas va jo’n. Ularning siyosatlari orasidagi farq poshnalarining baland yoki past bo’lganligidadir. Liliputiya davlatining qo’shni Blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas va kulgili  ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha olmaydilar. Birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak desalar, birlari poynak qismidan sindirish kerakligini uqtiradilar. Svift ularning bu kelishmovchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo’lmagan ixtiloflar ekanligini uqtirgandek bo’ladi.
 
Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti Brobdingnegga sayohati hikoya qilinadi. Bu mamlakatda Gulliver teskari holatga tushadi  Liliputiyadagi odamlardan nafratlangan bo’lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi.
Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati  Laputadagi sayohatlariga bag’ishlangan. Bu yerdagi Buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishini ko’radi. Ularning real hayotdan ajrab qolib, foydasiz ixtirolar bilan bandliklari muallif kulgisini qo’zg’aydi. Ayniqsa, bir olimning bodringdan quyosh energiyasini ajratib olib, vmdan yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poydevoridan emas, tomidan boshlab qurish kashflyoti haqidagi loyihasi  buning isboti sifatida hasharotlar  asalari va o’rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini
ko’rib kishi o’zini kulgidan tiya olmaydi. Yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi.
Romanning to’rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamlakatiga qilgan sayohati haqida. Muallif Gulliverning bu sayohatini o’tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. Bu mamlakatda inson qiyo-fasidagi ikki oyoqli maxluqlar yexular va aqlli, dono, halol mehnat bi­lan kun ko’ruvchi otlar yashaydilar. Yexular jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadilar. Ular o’z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tayyor.
 
Asar bilan tanishadigan bo’lsangiz, romanda Svift tasvirlagan mamlakatlar dunyo xaritasida yo’q. Bu shaharlar badiiy uydirma mansuli, ularni yozuvchining o’zi o’ylab topgan. Adib yashagan jamiyatda tanqidiy fikr bildirish, bir amaldor kirdikorlarini ochiq aytish juda xavfli edi. Svift o’zi yashagan Angliya qirolligidagi barcha kamchi-liklar ustidan xayoliy mamlakatlar odamlari xatti-harakatlarini fosh qilish orqali kuladi.
 
Aziz o’quvchilar, yaxshisi romanni o’zingiz to’liq o’qib chiqing.
 
Men Nottingempshirda tug’ilganman, u yerda otamning uncha katta bo’lmagan mulki bor edi. Yoshim o’n to’rtga to’lganda otam meni Kembrij shahridagi Imanuel kollejiga o’qishga yubordi. U yerda uch yil bilimlami zo’r hafsala bilan ’rgandim. Biroq kollejda ’qishim uchun mablag’ yetkazib berishga otamning qudrati yetmay qoldi, shuning uchun u meni u yerdan olib, Londondagi mashhur vrach Jems Betsga shogirdlikka berdi, undan to’rt yil ta’lim oldim. Otam har zamonda yuborgan pullarning hammasini navigatsiya hamda matematikaning
boshqa sohalarini o’rganishga sarfladim. Bu fanlar hamma sayohatda qo’l kelishi mumkin, men esa, taqdir meni sayohatchi qiladi, degan fikrga qattiq ishongandim. Mister Betsnikidan ketib, uyga Nottingemshirga qaytib keldim. Otam, tog’am Jons hamda boshqa qarindosh-urug’larimizning qo’llab-quwatlashi tufayli qirq funt to’plashga muvaffaq bo’ldim va ma’lumot olishni davom ettirish uchun Leydenga jo’nashga ahd qildim. Qarindosh-urug’larim menga har yili o’ttiz funtdan pul yuborishga va’da qilishdi. Leyden shahrida, uzoq sayohatlarda asqatib qolishini bilib, ikki yil-u yetti oy meditsinani o’rgandim.
 
Leydendan qaytgach, saxovatli ustozim mister Betsning yordamida kapitan Eybregem Pannell qo’mondonlik qilayotgan «Qaldirg’och» kemasiga jarroh bo’lib ishga kirdim. Ana shu kemada uch yarim yil xizmat qildim. Levant va boshqa mamlakatlarga sayohat qildim. Yurtimga qaytgach, Londonga ko’chib kelishga jazm etdim. Mister Bets bu fikrimni judayam ma’qulladi va meni bir qancha bemorlarga tav-siya etdi. Men Old-Juridagi uncha katta bo’lmagan uyning bir qismini ijaraga oldim, Nyugetstritda yashovchi paypoqfurush mister Edmund Bertonning qizi miss Meri Bertonga uylanib, to’rt yuz funt sep oldim.
Oradan ikki yil o’tgach, saxovatli ustozim Bets vafot etdi; maoshim keskin kamayib ketdi. Do’stlarim juda oz edi, ko’pgina hamkasblarim-ning bema’ni qiliqlariga taqlid qilishga esa vijdonim yo’l qo’ymadi. Shuning uchun ham xotinim, ba’zi tanish-bilishlarim bilan maslahatlashib, yana dengizchi bo’lishga ahd qildim. Olti yil mobaynida kema jarrohi bo’lib ishladim, ikkita kema almashtirdim, Ost hamda Vest-Indiyaga bir necha marta sayohat qildim. Ana shu xizmatda o’z ishlarimni ancha o’nglab oldim.
Safarga ketayotganda ko’plab kitob olar va bo’sh vaqtlarimni qadimiy hamda yangi eng yaxshi yozuvchilarning kitoblarini o’qishga bag’ishlardim, qirg’oqqa chiqqanda esa yerli aholining urf-odatlarini ku-zatardim, tillarini o’rganardim. Xotiramning yaxshiligi tufayli bularni osongina o’zlashtirib olardim.
Key in sayohatim uncha muvaffaqiyatli bo’lmadi. Dengiz me’damga tegdi, xotinim, bola-chaqalarim bilan uyda qolmoqchi bo’ldim.
Men dengizchilar orasida bo’lib ko’proq tajriba orttirish niyatida Old Juridan Fetter Leynga, u yerdan Uoppingga ko’chdim, lekin mo’ljalim amalga oshmadi. Uch yillik behuda kutishdan keyin «Ohu» kemasining egasi, kapitan Vilyam Prichardning naf keltiradigan taklifini qabul qildim, u bilan Janubiy dengizga jo’nadim.
 
Biz Bristoldan 1699- yil 14- mayda yo’lga chiqdik. Awaliga sayohatimiz juda muvaffaqiyatli bo’ldi. Hamroh shamol kemamizni oldinga yo’naltirdi. Ko’p o’tmay Ost Indiya tomon yo’l oldik. Xuddi shu paytda dahshatli bo’ron ko’tarildi. Dovul bizni Vandimen Yerdan shimoli g’arb tomonga qarab surib ketdi. Biz janubiy kenglikning edik. Ekipajimizdagi o’n ikki kishi o’ta charchash hamda maza-matrasiz ovqatdan vafot etdi, boshqalar ham haddan tashqari holdan toygandi. 5-noyabr kuni (o’sha yerlarda yozning boshlanishi) qattiq shamol kemamizni hamon oldinga haydab borishda davom etdi; hamma yoqni qalin tuman qoplagandi. To’satdan kemadan qandaydir yarim kabelt uzoqroq masofada to’lqinlar urilib pishqirayotgan joy ko’rindi. Shiddatli shamol kemani o’z og’ushiga olib, qoya sari surib boraverdi; biror chora ko’rish uchun vaqt o’tgan edi. Kema shitob bilan borib toshga urildi va bir zumda chil-chil bo’ldi.
Ekipajdan olti kishi, shu jumladan, men ham dengizga qayiq tushirishga, kema va qoyadan uzoqlashishga muvaffaq bo’lgandik. Mening hisobimga ko’ra, eshkak eshib faqat uch milya yurdik. Keyingi kunlarda kemada shunchalik qattiq ishlagan edikki, eshkak eshishga ham darmonimiz yetmay qoldi. Biz eshkaklarni uloqtirib, o’zimizni to’lqinlar ixtiyoriga topshirdik. Yarim soatdan keyin shimoldan esgan qattiq shamol qayig’imizni ag’darib tashladi. Qayiqdagi hamrohlarimga ham, shuningdek, xalos bo’lish umidida qoyada yoki kemada qol-ganlarga ham nima bo’lganini bilmayman. Fikrimcha, ularning hammasi halok bo’lgan bo’lsa kerak.
O’zim esa suvga dumalab tushgach, shamol va oqim yo’nalishida boshim oqqan tomonga qarab suzaverdim. Bir necha marta suv tubini paypaslab ko’rdim. Nihoyat, juda holdan toyib, to’lqinlar bilan oli-shishga kuchim yetmay qolganda oyog’im yerga tekkanini sezdim.
 
 
Xuddi shu paytga kelib bo’ron ham ancha tindi. Suv tubi shun-chalik qiyalik ekanki, sohilga yetguncha bir milya masofagacha suv kechib borishga to’g’ri keldi. Shunda kech soat sakkizlar bo’lsa kerak. Men mamlakat ichkarisiga yarim milyacha yurib bordim, biroq uy yoki u yerda yashovchilardan nom-nishon ham topolmadim. Charchashdan, issiqdan hamda kemani tark etish paytida yarim pint aroq ichib olganimdan qattiq uyqum keldi. Juda ham past hamda mayin ko’kat ustiga cho’zildim va qattiq uyquga ketdim, umrim bino bo’lib bunaqa qattiq uxlamagandim.
Mening hisobimga ko’ra uyqum to’qqiz soatdan oz davom etmagan bo’lsa kerak, chunki uyg’onganimda hamma  yop-yoriq edi. Men o’rnimdan turmoqchi bo’ldim, biroq qimirlay olmadim. Qo’l-oyoqlarim yerga mahkam chirmab tashlanibdi; o’zim osmonga qarab yotardim. Uzun va qalin sochlarim ham yerga bog’lab tashlangan edi. Ayni paytda butun gavdam  qo’ltig’imdan sonimgacha ingichka chilvirlar bilan tortib bog’langanligini sezdim. Men faqat osmonga qaray olardim, xolos; quyosh omonsiz kuydirar, ko’zlarimni qamashtirardi. Qulog’imga allaqanday noaniq shovqin chalindi, lekin tepaga qarab yotganimdan hech narsani ko’ra olmadim.
 
Ko’p o’tmay qandaydir bir jonli narsa chap oyog’imdan o’rmalab, asta-sekin ko’kragimga chiqqanini, iyagimga yaqinlashib kelganini sezdim. Ko’z qirimni tashlab, qo’liga o’q-yoy ushlagan, sadoq osgan, bo’yi bir qarich ham kelar-kelmas odamni ko’rdim. lining orqasidan o’shanga o’xshash yana qirqta odam kelayotganini ham payqadim. Hayratdan qattiq baqirib yubordim, ustimdan yerga sakrab tushgan odamchalarning ba’zilari mayib bo’lishdi. Biroq ko’p o’tmay ular yana qaytishdi. Bitta botirrog’i yuzimga shu qadar yaqin keldiki, uni ro’yi-rost ko’rdim. Hayron bo’lganini izhor qilib qo’lini ko’tardi. Ko’zlarini olaytirdi, aniq, lekin chinqiriq tovush bilan: «Gekina degul!» - dedi. Boshqalar ham bu so’zni bir necha marta takrorlashdi, lekin men o’shanda uning ma’nosini bilmadim.
Kitobxon osongina tasawur etayotgan shu muddat ichida juda no-qulay ahvolda yotdim. Nihoyat, ozgina urinib, chap qo’limni chirmab
turgan arqonni uzib, arqon bog’langan qoziqlarni yerdan sug’urib tash-ladim. Qo’limni ko’zimga olib bordim, shu payt meni bog’lab tash-lashda naqadar ustalik qilinganini sezdim.
Boshimni keskin burib, menga behad azob berayotgan, chap tomondan sochimga bog’lab qo’yilgan chilvirlarni sal bo’shatdim. Endilikda boshimni o’ng tomonga sal burishga imkon tug’ildi. Biroq mitti odamchalar yana qochib ketishdi, ulardan birortasini ham ushlay olmadim.
 
Shundan so’ng quloqni teshib yuboradigan darajada qichqiriqlar yangradi. Shovqin tingach, kimningdir «Tollgo fonak!» deb xitob qil-ganini eshitdim. Shu zahotiyoq yuzlarcha yoy o’qlari chap qo’limga sanchilganini sezdim. O’qlar menga ignadek sanchilardi. Yangidan yana o’q uzishdi. Endi ular, bizning Yevropada bomba otganday, os-monga qarab o’q uzishardi. Tanamga (garchi buni uncha sezmasam-da) o’q yomg’iri yog’ildi. Bir necha o’q yuzimga kelib tegdi, yuzimni qo’lim bilan to’sib oldim. Diqqatpazlik va og’riqdan ingradim, bo’shalish uchun yana harakat qildim. Biroq bu odamchalar oldingisidan ham kuchliroq qilib yana o’q uzishdi; ulardan ba’zilari biqinimga nayza suqa boshladi, lekin baxtimga, nayzalar qo’tos tensidan tikilgan kamzulimni tesha olmadi.
Men to qorong’i tushgunga qadar qimirlamay yotgan ma’qul, deb o’yladim. Qorong’ida, chap qo’lim yordamida bo’shalib olishim uncha qiyin emas. Bordi-yu, bu mamlakat odamlarining hammasi ham shu ’rib turganlarim singari mitti bo’lsa, menga qarshi qo’yiladigan har qanday armiyani bir yoqlik qilishga qudratim yetadi, deb o’ylashga to’liq asosim bor edi.
Ammo taqdir menga boshqacha boqdi. Jim yotganimga ishonch hosil qilgan odamlar o’q uzishni to’xtatishdi, lekin qulog’imga chalinayotgan shovqin-surondan ularning soni ancha ko’payganini bildim. O’ng tomonda, qulog’imning naq ro’parasida qandaydir taqillash ovozlari eshitildi  nimadir qurishayotganga o’xshashardi. Ming mashaqqat bilan o’sha tomonga boshimni burdim va o’zimdan to’rt yard uzoqroqda bo’yi bir yarim fut keladigan minbarga ko’zim tushdi. Min-barga o’sha yerlik odamlardan to’rt - beshtasi bemalol sig’ardi. Ulardan biri, eng zodagoni bo’lsa kerak, uch mulozim kuzatuvida minbarga chiqdi, uzundan uzoq nutq so’zlab menga murojaat qildi, lekin uning birorta ham so’zini tushunmadim.
 
Shuni eslatib o’tish kerakki, bu amaldor gapini boshlashdan oldin uch marta: «Langro degul san!» deb qichqirdi. Bu so’zlarni eshitgan zahotiyoq, ellikka yaqin odam menga yaqinlashib, sochimga bog’lab qo’yilgan chap tomondagi arqonlarni kesib tashlashdi. Bu boshimni o’ng tomonga burishga va gapirayotgan odamning tashqi qiyofasi hamda qo’l harakatlarini bemalol ko’rishga imkon berdi.
Ko’rinishdan u qirq yoshlarda bo’lib, bo’yi safdoshlarinikidan balandroq edi. Ulardan biri - mening o’rta barmog’imday keladigani, ehtimol, u mahram bo’lsa kerak  xo’j ashling uzun etagini ushlab turar, qolgan ikkitasi esa ikki tomonda tik turishardi. U chinakam notiq singari gapirardi. Nutqda ba’zan do’q, ba’zan va’da, achinish, muruwat ohanglari yangrardi. Men eng itoatkor qiyofada qisqa javob qaytardim, so’ng chap qo’limni ko’tardim, quyoshga boqdim, go’yo uni o’zimga guvoh ekanligini anglatdim. Men ochlikdan o’lar holatga yetgandim (oxirgi marta, halokatga uchramasimizdan bir necha soat awal, kemada ovqatlanganman), shu vajdan sabrsizligimni bosa olmadim va odob qoidalariga zid bo’lsa-da, ovqat yegim kelayotganini bildirib, tez-tez barmog’imni og’zimga olib bordim.
Gurgo (keyin bilishimcha, amaldorlarni shunday deb atasharkan) meni yaxshi tushundi. U minbardan tushib, yon tomonlarimga bir ne­cha narvon qo’yishni buyurdi. Turli xil nozne’matlar solingan sa-vatlarni ko’targan yuzdan ortiq odam narvondan yuqoriga ko’tarilib, og’zim tomon ravona bo’lishdi.
 
Ovqatlar, mening haqimdagi xabar yetib borishi bilanoq, podshoh-ning amri bilan bu yerga yetkazib kelingandi. Ne’matlar turli-tuman jonivor go’shtidan tayyorlangan edi, biroq ta’miga qarab, qaysinisi qanday jonivor go’shti ekanligini ajrata olmadim. Bu yerda kurak, son, biqin go’shtlari bor edi, ular ko’rinishdan qo’y go’shtini eslatsa-da, kattaligi arang turna qanotiday kelardi. Men ulardan ikki-uchtasini har biri miltiq o’qiday keladigan uchta nonga qo’shib birdaniga og’zimga solardim. Odamchalar menga juda chaqqonlik bilan xizmat qilishar va bo’yimdan, ishtahamning kamayligidan mamnun bo’lishib, ming xil imo-ishoralar qilishardi.
 
Qornim to’ygach, biror narsa ichgim kelganligiga ishora qildim. Bular juda ham ziyrak, kashfiyotchi xalq ekan. Yegan ovqatimga qa-rab, meni oz narsa bilan qondirib bo’lmasligini bilishib, odatdan tash-qari epchillik bilan arqon yordamida bochkalardan eng kattasini ustimga tortib chiqarishdi, qo’limga yumalatib olib borishdi va og’zini ochishdi. Bochkada chorak litrcha vino bor edi, uni bir ko’tarishda ichib yubordim. U burgund vinosiga o’xshasa-da, mazasi ancha yaxshi edi. Ular ikkinchi bochkani ham olib kelishdi, buni ham oldingisi singari ichib, yana so’radim, lekin ularda boshqa vino topilmadi.
Men bu karomatlarni ko’rsatayotganimda odamchalar xursandlikdan qiyqirib yuborishdi va ko’ksimda ha deb: «Gekina degul!» degan-cha o’yinga tushishdi. Ular imoishora bilan har ikkala bochkani yerga tashlashni iltimos qilishdi, biroq bundan oldin pastda turganlarning chetlanishlari lozimligini ogohlantirib: «Bora mivola!» deb qattiq ba-qirishdi. Bochkalarni osmonda ko’rishgach, yana baravariga: «Gekina degul!» deb qichqirishdi.
 
Rostini aytsam, ular tanamda u yoq-bu yoqqa yurishayotganida dastawal qo’limga tushgan qirq yoki ellik kishini ushlab olib, yerga uloqtirish vasvasasi ham qo’zg’aldi. Ammo ular meni ancha azobga qo’yishganini, boshimga bundan ham battar azoblarni solishlarini, ular-ga bo’ysunishga va’da berganimni o’ylab, bu rlkrlarni miyamdan chiqarib tashladim. Bundan tashqari, xarajatlarning yuziga qaramay meni bu qadar siylagan xalq mehmondo’st odamlar toifasidan bo’lmog’i kerak, deb hisobladim.
Har holda bu mitti odamlarning qo’rqmasligidan ajablanmasdan ilojim yo’q edi. Men ularga qandaydir ulkan maxluq bo’lib ko’rinishim kerak edi, ular bo’lsa dadil ustimga chiqib, bitta qo’lim bo’shlig’ini parvolariga ham keltirmay, bemalol o’ynab yurishardi.
 
Oradan biroz vaqt o’tgach, qarshimda ulug’ martabali zot  imperator hazratlarining elchisi paydo bo’ldi. Elchi janobi oliylari ko’pgina
mulozimlari kuzatuvida oyog’imdan chiqib, yuzim tomon yura boshladi. U imperatorning muhri bosilgan ishonch yorlig’ini ko’zimga yaqin olib kelib ko’rsatdi, menga qarab nutq so’zladi. Elchi qiyofasida g’azab alomati ko’rinmasdi, ammo  qat’iyatlilik bilan o’n minutcha gapirdi. Gap orasida qo’li bilan bir tomonni ko’rsataverdi. Keyinroq bilishimcha, gap oliy hazratlari davlat kengashi bilan birgalikda meni bu yerdan yarim milya naridagi poytaxtga olib kelishga qaror berganligi ustida borgan ekan.
Uning nutqiga javoban men ham bir necha so’z aytdim, biroq, uni hech kim tushunmadi. Shunda men imo-ishora tiliga ’tdim. Men bo’sh qo’limni boshqa qo’limga, so’ng boshim va tanamga qo’ydim, bu bilan erkinlik olmoqchi ekanligimni bildirdim. Nazarimda, oliy janoblari bu xatti-harakatlarni yaxshi angladi shekilli, chunki yo’q degan ishorani bildirib bosh chayqadi, meni asir sifatida olib ketishlarini imo bilan uqtirdi. Ayni paytda, menga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lishlarini ham pisanda qildi.
 
Shu payt, arqonlarni uzib tashlashga yana bir urinib ko’raymikan, deb o’yladim. Biroq terimga sanchilgan yoy o’qlari tufayli yaralar bi­lan qoplangan yuz va qo’llarimning achishib og’rishi meni bu niyatdan qaytardi. Buning ustiga, dushmanlarim tobora ko’payib borayotganligini sezdim. Shu sababli, menga nisbatan ko’ngillari xohlaganicha munosabatda bo’lishlari mumkinligini imo bilan tushuntirdim. Shundan keyin Gurgo hamda uning mulozimlari menga odob bilan ta’zim qilishdi va ancha xursand bo’lishib, uzoqlashishdi.
Ko’p o’tmay quvnoq hayqiriqlar yangradi, «Peplon selai» so’zi tez-tez takrorlanib turdi. To’satdan, meni qo’riqlayotganlar o’ng yonboshimga ag’darilishga imkon beradigan qilib, chap tomondagi arqonni bo’shatishganini payqadim. Bundan ilgariroq qo’l va yuzlarimga qandaydir xushbo’y malham surtib chiqishgan va o’q tekkan joylardagi og’riq darhol qolgandi. Rohatlanib, uyqum kela boshladi. Keyin aytib berishlariga qaraganda, sakkiz soatga yaqin uxlabman. Buning ajablanadigan joyi yo’q edi, chunki vrachlar imperatorning buyrug’iga ko’ra vinoga uxlatadigan dori solib qo’yishgandi.
Aslida ahvol bunday bo’lgan ekan: imperator men haqimdagi ma’lumotni olishi bilanoq, kengash bilan kelishib, meni darhol bog’lash haqida farmoyish beribdi (buyruq kechasi, men uxlayotganda bajarilgan). U yana, uyg’onishim bilanoq meni ovqatlantirish hamda poytaxtga olib ketish uchun arava yasashni ham buyurgan.
 
Bir qarashda bunday yo’l tutish ham o’ta xavfli, ham qahramonlik. Men ishonamanki, yevropalik hokimlardan birortasining ham bunday qilishga yuragi betlamas edi.
Biroq, mening fikrimcha, imperatorning buyrug’i adolatli edi. Darvoqe, bu odamlar uxlab yotganimda meni o’ldirishga urinishdi ham deylik. Dastlabki hujumdanoq og’riqdan o’zimga kelishim va shunday g’azabga tushishim mumkin ediki, arqonlarni uzib yuborib, o’z navbatida ularga hamla qilishim turgan gap edi. Ular mendan rahm-shafqat kuta olmas edilar, bu aniq.
Bu odamlar ajoyib matematiklar ekan, ular bilimlarning mashhur homiysi imperatorning qo’llabquwatlashi va rag’batlantirishi tufayli mexanika sohasida ulkan kamolotga erishishgandi. Podshoh ixtiyorida xodalar va boshqa og’ir narsalarni tashiydigan g’ildirakli har xil mashina bor. Bu yerda, qurilishbop yog’och beradigan o’rmonzorlar bor joy da, uzunligi to’qqiz fut keladigan eng yirik harbiy kemalar qurish odat tusiga kirib qolgan ekan. Keyin kemalarni ana shu mashinalarga yuklab, dengizga olib borishar ekan.
Besh yuz duradgor va injenerga darhol ana shu mashinalardan eng kattasini yasash topshirilgan ekan. Buyruq juda qisqa bir muddatda bajarilgan. Qirg’oqqa chiqqanimga to’rt soat bo’lar-bo’lmas mashina orqamdan jo’natilgan. Men turgan joyga mashinaning yetib kelishini xalq shodon qiyqiriqlar bilan kutib oldi. Bu - balandligi uch duym, uzunligi yetti va eni to’rt futga yaqin, yigirma ikki g’ildirakli yog’och platforma edi. Uni mening gavdamga parallel ravishda qo’yishdi.
 
Eng mushkul narsa meni ko’tarib, platformaga yotqizish edi. Ular yerga har biri bir fut balandlikdagi saksonta xoda qoqishdi, keyin ishchilar bo’ynim, qo’lim, tanam va oyoqlarimga son-sanoqsiz ilmoqli bog’larni bog’lashdi; ilmoqlardan pishiq chilvir o’tqazib, ularni xoda-
lar ustiga o’rnatilgan chig’ir tepasidan olib o’tishdi. Eng baquwat ish-
chilardan to’qqiz yuz kishi chilvirni torta boshladi, shunday qilib, uch
soat o’tar-o’tmas meni aravaga olishdi va unga mahkamlab bog’lashdi.
Bularning hammasini menga keyin aytib berishdi. Uyqu dori sha-
rofati bilan qattiq uyquga ketib, bu ishlarning birontasini ham sezmabman.
 
Ilgari aytganimdek, meni to’rt milya naridagi poytaxtga olib borish uchun saroy otxonasidan, har birining bo’yi yarim duym keladigan eng katta otlardan bir yarim mingtasi kerak bo’ldi.
Bir g’aroyib hodisa tufayli meni uyg’otishganda to’rt soat yo’l yurgan ekanmiz. Arava tuzatishga muhtoj bo’lib to’xtabdi. Bundan foydalangan mahalliy xalq yoshlaridan ikki-uchtasi uxlayotganimda aft-angorim qanaqaligini ko’rmoqchi bo’libdi. Ular arava ustiga chi-qib, yuzim tomonga sekin yashirinib borishibdi. Ulardan biri, gvardiya ofltseri, burnimning chap teshigiga qilichining uchini ancha kirgizib-di. Burnimga xasxashak tekkanday qattiq aksirib yubordim, uyg’onib ketdim. Botirlar o’zlarini menga sezdirmay yashirinishdi. Oradan uch hafta o’tgandan keyingina to’satdan uyg’onib ketganligim sababini bildim.
 
Butun kunni yo’l yurish bilan o’tkazdik. Tunaydigan joyda aravam-ning ikki tomoniga besh yuzga yaqin gvardiyachi qo’yildi. Ularning yarmi mash’ala, qolganlari esa, sal turishga intilsam o’q uzish uchun, o’qyoyni shay qilib ushlab turardi.
 
Quyosh chiqishi bilan yana yo’lga tushdik, tush paytida shahar dar-vozasidan ikki yuz yard berida edik. Imperator saroydagi barcha arkoni davlati bilan bizga peshvoz chiqdi, lekin oliy tabaqa amaldorlar oliy hazratlarining ustimga chiqib, o*z hayotini xavf-xatar ostida qoldiri-shiga qat’iy qarshilik ko’rsatishdi.
Arava qirollik bo’yicha eng katta deb hisoblangan ibodatxona yonida to’xtadi. Bundan bir necha yil muqaddam ana shu ibodatxonada dahshatli qotillik yuz bergan. Mahalliy xalq o’ta xudojo’y bo’lganligidan ibodatxonani harom bo’ldi, deb unga kirmay qo’ygan. Ibodatxonani yopishib, u yerdagi ashyo va ziynatlarni olib chiqishgan,
u ancha vaqtdan beri bo’m bo’sh yotgan. Ana shu yerga meni joylash-tirmoqchi bo’lishdi.
 
Ibodatxonaning shimolga qaragan eshiklarining balandligi to’rt futga, eni ikki futga yaqin bo4lib, osongina sig’ishim mumkin edi. Eshiklarning har ikki tomonida, yerdan bor yo’g’i olti duym balandlikda ikkita deraza bor edi. Chap derazadan saroy temirchilari yevropalik xonimlar soatining zanjiri yo’g’onligidagi to’qson bitta zanjirni o’tkazib, ularning uchini chap oyog’imga o’ttiz oltita osma qulf bilan mahkamlab bog’lab qo’yishdi. Katta yo’lning boshqa tomonida, ibo­datxona ro’parasida balandligi besh rut keladigan minora turardi. Imperator eng yaqin amaldorlari bilan, meni yaxshiroq ’rish uchun, minora ustiga ko’tarildi. Meni ko’rish uchun, alohida hisobga ko’ra, ibodatxona yoniga yuz mingdan ortiq shaharlik to’plandi. Ularning o’n mingdan ortig’i menga chirmashib oldi, deb o’yladim. Biroq ko’p o’tmay, buni man etib, chirmashganlarga o’lim jazosi berilishi haqi-dagi buyruq chiqarildi.
 
Temirchilar o’z ishlarini tugallab, meni aravaga bog’lab turgan arqonlarni qirqishdi, umrimda hech qachon his etmagan chuqur qayg’uli kayhyatda o’rnimdan turdim.
O’rnimdan turib, u yoq  bu yoqqa yurganimni kuzatib turgan xalqning shovqin va hayrati ta’rifga sig’maydi. Meni bog’lab qo’yilgan zanjirning uzunligi ikki yardga yaqin bo’lib, oldinga yoki orqaga yurish tugul, yarim doira yasab harakat qilish, emaklab ibodatxona ichiga kirish, u yerda uzala tushib yotish imkoniga ham ega edim.
 
IKKINCHI BOB
O’rnimdan turib, atrofga nazar tashladim. E’tirof qilib aytaman-ki, umrim bino bo’lib bunaqa ajoyib va g’aroyib manzarani ko’rma-ganman. Atrofim nuqul bog’ning o’zginasi; har biri qirq kvadrat flit keladigan, devor bilan qurshalgan dalalar gulzorga o’xshaydi. Bu dala-larning ba’zilari o’rmon bilan qoplangan bo’lib, daraxtlarning baland­ligi yetti futdan oshmasdi. Chapda esa teatr dekoratsiyasini eslatuvchi shahar yastanib yotardi.
 
Bu odatdan tashqari go’zal manzarani tomosha qilarkanman, imperator minoradan pastga tushdi, otliq yonimga keldi. Bu jasorati uchun uni falokat bosishiga sal qoldi. Ot meni ko’rishi bilanoq hurkib, ikki oyog’ida tik turdi; chamasi ustiga tog’ yurib kelayotganday tuyulgan bo’lsa kerak. Imperator ajoyib chavandoz bo’lgani uchun egardan yiqilmay qoldi. Shu payt uning baxtiga mulozimlar yugurib kelishdi. Ular irg’ishlayotgan otning jilovidan tutib, oliy hazratlari-ning otdan tushib olishiga yordamlashishdi. Imperator o’zini bamaylixotir tutardi. U kiyim-boshlarining u yoq bu yog’ini to’g’rilab, har tomonimdan o’tib, boshimdan oyog’imgacha ko’zdan kechira boshladi. U hozir-u nozir bo’lib turgan oshpazlarga va saroy xizmatkorlariga menga ovqat hamda ichimlik berishni buyurdi. Ular ovqat va vino solingan aravani qo’lim yetadigan masofagacha g’ildiratib kelishdi. Men bu ne’matlarni pok-pokiza tushirdim. Aravalarning yigirmatasida taomlar, o’ntasida ichimliklar bor edi. Har bir aravadagi taom menga ikki-uch luqma bo’ldi, xolos, ichimlikni esa o’nta ko’zadagisini bitta aravaga qo’yib birdaniga ko’tardim; qolgan vino-larni ham ana shu alfozda ichdim...
 
Xonimlar va saroy amaldorlari juda yaxshi kiyinishgandi. Uzoqdan rang-barang kiyingan bu olomon, zarbof va kumush rang ip bilan tikil-gan yubkani yerga yozib qo’yilishini eslatardi.
Imperator oliy hazratlari menga tez-tez savol bilan murojaat qilib turdi. Men javob qaytarardim, biroq u ham, men ham bir-birimizning gapimizdan hech narsa tushuna olmasdik. Shunda u arkoni davlat ichidagi ruhoniylar va yuristlarga (kiyimlaridan shunday bo’lishsa ke­rak deb o’yladim) men bilan muloqotda bo’lishga amr qildi. Men, o’z navbatida, ular bilan o’zim bilgan hamma tillarda: nemischa, gollandcha, lotincha, fransuzcha, ispancha, italyancha gaplashdim, biroq bu urinishlar hech qanday natija bermadi.
Oradan ikki soat o’tgach saroy ahli jo’nab ketdi, men kuchaytirilgan soqchilar nazorati ostida qoldim  ular menga yaqinlashishga zo’r berib urinuvchi, hattoki beodob avom xalqdan saqlashi lozim edi. Uyim eshigi oldida  yerda ’tirganimda menga qarab yoydan o’q uzishdek uyatsizlikka borib yetuvchilar ham topildi. O’qlardan biri chap ko’zimga sanchilishiga sal qoldi.
 
Bunday surbetlikdan jahli chiqqan polkovnik bemaza qiliq qiluvchilardan oltitasini ushlashga buyruq berdi. Jazolash uchun ularni mening qo’limga berishga ahd qildi. Soldatlar to’polonchilami nayzalar halqasiga o’rab olib, men tomon hay dab kelishdi. Men ulaming hammasini birdaniga o’ng qo’lim bilan changalladim, beshtasini kamzulimning cho’ntagiga soldim, oltinchisini tiriklayin yeb qo’ymoqchiday og’zimga olib bordim. Bechora jon talvasasida chinqirdi, cho’ntagimdan qalamtaroshimni olganimda esa polkovnik bilan ofltserlar g’oyat tashvishda qolishdi. Biroq ko’p o’tmay ularning ko’ngli o’rniga tushdi. Men o’z asirimga mehr bilan boqib, uni bog’lab turgan arqonlarni kesdim~da, avaylabgina yerga qo’ydim; u bir zumda juftakni rost-lab, qochib qoldi. Qolganlarini ham birin-ketin cho’ntagimdan olib, xuddi shu yo’sinda qo’yib yubordim. Mening marhamatimdan qoro-vullar ham, olomon ham mamnun bo’lganligini payqadim. Ozor yetkazuvchilarga nisbatan tutgan yo’lim saroydagilarda men haqimda yaxshi taassurot tug’dirdi.
 
Tun boshlanishi bilan hech bir qiyinchiliksiz uyimga kirib oldim va quruq yerga cho’zildim. Imperatorning maxsus buyrug’i bi­lan men uchun ko’rpa-yostiq tikishgunga qadar ikki haftagacha shu alfozda hayot kechirdim. O’rtacha kattalikda olti yuzta ’r keltirishdi, uyimda ish qizib ketdi. Bir yuz ellikta ’fash bitta qilib tikishdi, shunday qilib, uzunasiga ham, eniga ham menga to’g’ri keladigan to’shak hosil bo’ldi; ana shunaqangi to’rtta to’shakni ustma-ust qo’yishdi; biroq bundan tosh yotqizilgan yer yumshab qolmadi. Xuddi shu usulda ustimga yopinadigan ko’rpa, choyshablar ham tayyorlandi. Allaqachonlar muhtojhkka ’nikib qolgan odam uchun bu ham harna edi.
 
Men haqimdagi xabar qirollik bo’yicha yoyilishi bilanoq meni ’rish uchun hamma yoqdan boyonlar, bekorchilar va har narsaga qiziquvchi odamlar daryoday oqib kela boshladi. Qishloqlar huvullab, dala ishlari to’xtab qoldi, uy ishlari izdan chiqdi. Agar oliy hazratlari oqilona yo’l tutmaganda buning oqibati voy bo’lardi. Imperator meni ko’rib bo’lganlarning hammasi darhol uyga qaytishi haqida buyruq berdi; ularga saroyning alohida ruxsatisiz ikkinchi marotaba uyimga ellik yard masofagacha yaqinlashish qat’iy man etildi. Bu farmoyish ba’zi ministrlar uchun yirik daromad manbayiga ay landi.
Huzurimdan ketgach, imperator kengash chaqirdi, unda menga qanday munosabatda bo’fish masalasi muhokama qilindi. Mening yaqin do’stlarimdan biriga aylangan saroy aslzodasidan keyinroq bilishimcha, davlat kengashi anchagacha bir fikrga kelolmapti. Bir tomondan zanjirlarni parchalab yuborishimdan qo’rqishibdi, boshqa tomondan esa meni boqish ancha qimmatga tushishi va mamlakatda ocharchilik boshlanishidan hadiksirashibdi. Kengashning ba’zi a’zolari meni ochdan o’ldirishni yoki zaharli o’q otib, yo’q qilishni astoydil talab qilishibdi. Biroq bu taklif rad etilibdi, shunday ulkan jasad poytaxtda va butun qirollikda vabo tarqalishiga sababchi bo’ladi, deb ko’nishmabdi.
 
Kengash avji qizib turgan paytda zalning katta eshigi yonida bir necha ofitser paydo bo’libdi; ulardan ikki nafari majlisga qo’yilibdi va ular mening jig’imga tekkan olti to’polonchiga nisbatan qanday yo’l tutganim xususida to’liq ma’lumot berishibdi. Bundan oliy hazratlari ham, davlat kengashi a’zolari ham juda ta’sirlanib ketishibdi.
Imperator o’sha zahotiyoq farmon chiqarib, poytaxtdan to’qqiz yuz yard masofagacha bo’lgan joyda joylashgan qishloqlar zimmasiga har kuni ertalab mening dasturxonimga oltita nowos, qirqta qo’y va te-gishli non hamda vino bilan birga boshqa yeguliklar keltirishni yukladi. Bularning hammasiga belgilangan narx bo’yicha oliy hazratlarining xazinasidan haq to’landi. Shuni ta’kidlab ’tish kerakki, bu podshoh asosan o’z mulkidan keladigan daromadlar hisobiga yashaydi, faqat do’ppi tor kelib qolgan paytlardagina yordam so’rab fuqarolariga murojaat qiladi.
Bundan tashqari huzurimda olti yuz odamdan iborat mulozimlar shtati ta’sis etildi. Imperator ularning maoshi uchun alohida mablag’ ajratdi va uyimning har ikki tomoniga ular uchun qulay chodirlar ti-kishga buyruq berdi. Bundan tashqari, uch yuz chevarga shu yerning fasonida menga kostum tikish va eng mashhur olimlardan oltitasiga mahalliy tilni o’rgatish amr qilindi. Eng oxirida, imperator o’ziga, saroy amaldorlariga va gvardiyaga qarashli otlar menga ko’nikishi uchun, ularni mening huzurimda mashq qildirish haqida farmoyish berdi.
 
Bu buyruqlaraing hammasi bekam-ko’st bajarildi. Uch haftadan keyin liliputlar tilini ’rganishda katta yutuqlarni qo’lga kiritdim. Shu muddat ichida imperator huzurimga tez-tez tashrif buyurib, menga ta’lim berayotgan ustozlarimga bajonidil yordam qildi. Biz bir-birimiz bilan bemalol gaplashadigan bo’lib qoldik. Dastlabki o’rgangan so’zlarim oliy hazratlaridan meni ozod etishini so’rash istagi bo’ldi. Bu so’zlarni har kuni imperator oldida tiz cho’kib takrorlayverdim. IItimosimga imperator sal dudmalroq javob qildi. Men lining gaplaridan, mening ozod qilinishim uchun davlat kengashining roziligi zarurligini va eng awalo, men «lyumoz kelmin pesso deemarlon empozo», ya’ni u va uning imperiyasi bilan urushmasligim, tinchtotuv yashashim ha­qida qasamyod qilishim lozimligini arang bilib oldim. Biroq mening ozod etilishim sharoitga bog’liq ekanligini, shu vajdan sabr-qanoat qilishni, o’zining ham, fiiqarolarining ham ko’z o’ngida yaxshi nom qozonish uchun xizmat qilishimni pisanda qilib qo’shib qo’ydi. 
 
Kunlarning bifida u, alohida amaldorlarga meni tintuv qilish uchun buyruq bersa buni haqorat deb bilmasligimni iltimos qildi. Ulkan gavdamga yarasha o’ta xavfli qurol taqib yurishimga uning ishonchi ko-milmish. Men oliy hazratlaridan bu xususda ko’ngli to’q bo’lishini ilti­mos qildim hamda uning ko’z oldida hamma cho’ntaklarimni ag’darib ko’rsatishga tayyor ekanligimni aytdim. O’z fikrimni qisman so’zlar, qisman imo-ishora bilan uqtirdim. Imperator imperiya qonuniga bino-an tintuv ikkita amaldor tomonidan o’tkazilishini aytdi.
 
«Qonunning bu talabi sizning roziligingizsiz va yordamingizsiz bajo keltirilmaydi, albatta, dedi u,  lekin sizni o’ta muruwatli, adolatli kishi deb bilganim uchun manovi amaldorlarni bamaylixotir qo’lingizga topshiraman. Biz olib qo’ygan buyumlar mamlakatimizdan ketayotganingizda qaytarilib beriladi yoki ularga qancha narx qo’ysangiz shuncha haq to’lanadi».
 
Men har ikkala amaldorni qo’limga oldimda, kamzulimning cho’ntagiga solib qo’ydim. Ular bu cho’ntakni tekshirib bo’lishgach, boshqalariga soldim. Men ularga ikkita soat hamda o’zimdan boshqa hech kimga kerak bo’Imaydigan mayda-chuyda saqlanadigan yashirin cho’ntagimdan boshqa hammasini ko’rsatdim. Soat cho’ntaklarimdan birida kumush soat, boshqasida bir necha dona oltin tanga solingan hamyon bor edi. Amaldorlar qo’liga qog’oz, qalam va siyoh olib, nima topgan bo’lishsa hammasini ro’yxatga olishdi. Ro’yxat tuzib bo’lingach, ular mendan pastga tushirib qo’yishni iltimos qilishdi. Ular o’z ro’yxatlarini imperatorga topshirishdi. Keyinroq bu hujjatni ingliz tiliga tarjima qildim.
 
Uning so’zma-so’z mazmuni quyidagicha:
«Ulkan Odam («Kuinbus Flestrin» so’zini shunday tarjima qildim) kamzulining o’ng cho’ntagidan bir bo’lak katta dag’al matoni topdik, uni oliy hazratlari saroyining kiraverishdagi zaliga gilam qilib to’shasa ham bo’ladi. Chap cho’ntakda juda katta kumush sandiq bor ekan, qopqog’i ham kumushdan. Uni o’rnidan qo’zg’ata olmadik. Bizning so’rovimizga ko’ra Ulkan Odam sandiqni ochdi. Birimiz sandiq ichiga tushdik, u tizzasigacha allaqanday changga botib ketdi. Chang havoga ko’tarilib, ikkovimizni ham bir necha bor qattiq aksa urdirdi.
Nimchasining o’ng cho’ntagidan bitta qilib taxlangan, pishiq arqon bilan bog’langan bir dasta katta yupqa oq varaqlarni topdik. Varaqlar qandaydir qora belgilar bilan to’la. Bizning kamtarona taxminimizga ko’ra, bu belgilar yozuv bo’lsa kerak; har bir harf kattaligi kaftimiz yarmicha keladi. Nimchaning chap cho’ntagida maxsus bir asbob bor ekan. Asbobga uzun-uzun yigirmata qoziq o’rnatilgan, ular oliy haz­ratlari saroyi qarshisidagi panjara devorni eslatadi. Fikrimizcha, Ulkan Odam bu asbob bilan sochlarini tarasa kerak, lekin bu bizning taxmi-nimiz, xolos. Biz Ulkan Odamni savolga tutishdan qochdik, chunki u bilan so’zlashish biz uchun ancha qiyin.
 
Ulkan Odamning o’rta yopig’ining («ranfulo» so’zini shunday tarji­ma qildim, ular bu so’z orqali «shim» demoqchi) o’ng tomonidagi kat­ta cho’ntagida odam bo’yi keladigan ichi kavak temir ustunni ko’rdik. Bu us tun o’zidan ham yo’g’onroq qattiq yog’och parchasiga mahkamlab qo’yilgan; ustunning bir tomonida g’alati shakldagi katta temir parchasi dikkayib turibdi, uning vazifasi nima ekanligini bilolmadik. Ana shunaqa mashina chap cho’ntagidan ham topildi. O’ng tomondagi kichkina cho’ntakda oq va qizil metalldan yasalgan va kattaligi har xil bir necha sip-silliq gardishlar bor ekan. Oq gardishlarning ba’zilari shunaqayam katta va og’irki, ikkovimiz ularni arang ko’tardik. Bular kumushdan yasalgan bo’lsa kerak.
Chap cho’ntakdan shakli notekis ikki qora kolonnani topdik. Cho’ntak tubida turib qo’l cho’zganimizda, uning uchiga arang yetdi. Har bir kolonnaga juda katta po’lat taxta qo’yilgan. Bu juda xavfli qurol bo’lsa kerak deb o’ylab, uni qanday ishlatilishini Ulkan Odamdan talab qildik. U har ikkala qurolni g’ilofdan chiqarib, o’z mamlakatida bularning birida soqol qirishlarini, boshqasida esa go’sht kesishlarini aytdi.
 
Bundan tashqari, Ulkan Odamda yana ikkita cho’ntak bor ekan, ularning ichiga kira olmadik. Ulkan Odam ularni soat cho’ntak deb aytdi. Bular uning o’rta yopig’ining yuqori qismiga joylashgan, kesib hosil qilingan keng yoriqlar bo’lib, qornining qisuvida yopilib qolibdi. Chap cho’ntakdan katta kumush zanjir pastga osilib turibdi; u cho’ntak tubidagi ajib bir mashinaga ulangan. Biz mashinani bu yoqqa olishni buyurdik; u sharsimon bir narsa ekan; uning yarmi kumushdan, boshqa tomoni qandaydir tiniq metalldan yasalgan. Shaming shu tomonidagi qanday dir g’alati belgilarni ’rib, ularni ushlab ko’rmoqchi bo’ldik; barmoqlarimiz o’sha tiniq narsaga tiralib qoldi. Ulkan Odam mashinani quloqlarimizga tutdi, biz suv tegirmonining parragi ovozini eslatuvchi uzluksiz shovqinni eshitdik. Fikrimizcha, bu yo bizga noma’lum bir hayvon yoki ular sig’inadigan xudo bo’lsa kerak. Biz shaxsan keyingi fikrga ko’proq ishonamiz, chunki Ulkan Odam bizga biron narsani uning maslahatisiz qilmasligini (agar uning so’zlarini to’g’ri tushungan bo’lsak) aytdi. Bu narsani u o’zining folnomasi deb atab, u o’z umrining har bir daqiqasini ko’rsatib bera olishini aytdi. Ulkan Odam chap tomondagi soat cho’ntagidan kattakon to’r oldi. Hajmi jihatidan baliqchilar to’riday keladi, lekin u shunday narsaki, hamyon singari ochilaveradi ham, yopilaveradi ham. To’r ichidan bir nechta yaxlit sariqmetall bo’laklarini topdik. Bordi-yu, u sof oltin bo’lsa, bahosi juda yuqori bo’ladi.
 
Ulkan Odamning hamma cho’ntaklarida tintuv o’tkazgach, ulkan hayvonning terisidan yasalgan kamarini ko’zdan kechirishga tushdik. Kamarning chap tomonida o’rtacha odam bo’yidan besh baravar uzun-roq qilich osig’liq, o’ng tomonida sumka yoki ikki xonali qop bor. Qopning har bir xonasiga mamlakatimiz fuqarosidan uchtasini joylash-tirish mumkin. Qop xonalaridan birida har biri bizning boshimizday keladigan ko’pgina sharlarni topdik. Ularning hammasi haddan tashqa-ri og’ir metalldan yasalgan. Qopning boshqa xonasida qandaydir juda mayda va yengil donachalar bor. Ana shunday donachalarning elliktasi kaftimizga jo bo’ldi.
Ulkan Odamni tintuv qilganimizda undan topilgan narsalarning ro’yxati ana shunday. Tintuv vaqtida u o’zini odobli tutdi va oliy haz-ratlarining farmoyishlarini bajaruvchilarga o’ta itoatkor ekanligini amalda isbot etdi.
Ushbu ro’yxatga oliy hazratlarining podshohligi gullab-yashnab turgan sakson to’qqizinchi qamar oyining to’rtinchi kuni imzo chekildi va muhr bosildi.
«Klefrin Frelok, Mar si Frelok».
Mana shu ro’yxat imperatorga o’qib berilganda, oliy hazratlari unda ko’rsatilgan ba’zi bir buyumlarni berishimni nazokat bilan taklif qildi. Eng awalo u qilichimga ishora qildi. Men o’sha zahoti qilichni yechib, qin-pini bilan topshirdim. Bu orada imperator uch ming saralangan askarga (o’sha kuni ular oliy hazratlarini qo’riqlashardi) yoylarni shay tutgan holda meni qurshashni buyurdi. Lekin men buni payqamadim, chunki ko’zim oliy hazratlarida edi.
 
Imperator qilichni yalang’ochlashimni iltimos qildi. Men iltimosni bajo keltirdim, qilichni boshim uzra bir necha bor aylantirdim. Soldatlar hay rat va dahshatga tushib, baqirib yuborishdan o’zlarini tiya olishmadi. Qilich dengiz suvidan sal zanglab qolgan bo’lsa-da, har hol­da durust yaraqlardi. Qilichga tushgan quyosh nurlari charaqlab, atrofdagilarning ko’zini qamashtirib yubordi. Barcha podshohlardan ham botirroq oliy hazratlari men kutgandan ko’ra ozroq qo’rqdi. U menga qilichni qiniga solishni va o’zim bog’langan zanjirdan olti tut nariroq-qa imkoni boricha sekinroq tashlashni amr etdi.
Keyin, ular ichi kavak ustun, deb atagan to’pponchalarimni ko’rsatishni talab qildi. Men to’pponchani chiqardim, imperatorning iltimosiga ko’ra uni qanday ishlatilishini qo’limdan kelganicha tu-shuntirdim. Keyin uni porox bilan o’qladim (porox xalta zich berkitilgani uchun u qup-quruqligicha qolgan ekan), imperatorni qo’rqmang deb ogohlantirdim-da, osmonga qarab o’q uzdim. Bu safar qilichdan qo’rqqandan ko’ra battarroq qo’rqib ketishdi. Yuzlarcha odamlar o’q yeb o’lganday yerga yiqildi. Hatto imperator, oyoqda tik turgan bo’lsa-da, anchagacha o’ziga kelolmadi. Men ikkala to’pponchamni ham, o’q-dori solingan xaltachani ham topshirdim. Oliy hazratlariga o’q-dorini olovdan uzoqroq saqlashni tayinladim, u sal uchqun tegsa alanga olib, imperator saroyini portlatib yuborishini aytdim.
 
Soatimni ham berdim. Imperator uni zo’r qiziqish bilan tomosha qildi, so’ng ikkita eng kuchli gvardiyachisiga soatni halqasidan yog’och o’tkazib olib ketishni buyurdi. Gvardiyachilar soat halqasi­dan yog’och o’tkazib, Angliyada pivo solingan bochkani ko’targanday, yelkalarida ko’tarib ketishdi. Hammasidan ham imperatorni soat mexanizmlarining uzluksiz shovqini va minut milining harakati hayratga soldi. Liliputlar bizdan ko’ra ancha ravshan va yaxshi ’rishadi: oliy hazratlari minut milining doimiy harakatda ekanligini bir zumda payqadi. U bu mashina nima uchun xizmat qilishini aniqlashni olimlarga topshirdi. Biroq olimlar hech qanday xulosaga kelolmasligini kitobxon shundog’am tushunib turgan bo’lsa kerak. Ularning hamma taxminlari haqiqatdan ancha yiroq edi.
Keyin kumush va mis tangalarimni, o’nta yirik hamda may da oltin tangalar solingan hamyonimni, pichoq, ustara, taroq, kumush ta-makidon, ro’molcha va yon daftarlarimni ham topshirdim. Qilich, to’pponchalar, o’q va porox solingan sumka aravaga yuklandi va oliy hazratlarining qurolxonasiga jo’natildi. Imperator boshqa buyumlarni menga qaytarib berishni amr qildi.
Amaldorlarga yashirin cho’ntagimni ko’rsatmaganimni oldin aytgandim. Unda ko’zoynak, cho’ntakda olib yuriladigan durbin va yana bir qancha mayda-chuyda narsalar bor edi. Bu narsalar imperatorda hech qanday qiziqish tug’dirmasdi, buning ustiga ularni tashiyotganda buzish, sindirish yoki ishdan chiqarib qo’yish mumkin, shu vajdan, o’z va’damni buzmasdan, ularni imperator amaldorlaridan yashirishni ma’qui ko’rdim.
 
Savol va topshiriqlar
  • Jonatan Svift ijodi, u yashagan davr haqida nimalarni bilasiz?
  • J. Svift ijodining shakllanishida kimning yordami katta bo’ldi?
  • «Gulliverning sayohatlari» asarining to’liq no mini ay ting.
  • Asar qaehon yaratilgan, u necha qismdan iborat?
  • Liliputiyadagi siyosiy hayotni tasvirlang. Asarda Liliputiyadagi qaysi partiyalar haqida gap ketadi?
  • Liliputiya va Blefusku mamlakatlari o’rtasidagi ixtilofhing sababi nimada?
  • Svift nima uehun asar voqealari kechgan mamlakatlarni to’qib chiqarishga majbur edi?
  • «Gulliverning sayohatlari» romani asosida yaratilgan badiiy film bilan romanning o’zi orasida qanday farqlarni ko’rdingiz?
  • Adabiyot daftaringizga romandagi eng qiziq holat va tasvirlarni qayd qilib boring. Masalan, «dor ustida mohirlik bilan raqs tushadiganlarni yuqori davlat lavozimlariga ko’tarish yoki ordenlar bilan taqdirlash» kabi.

 

 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz