Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
 Susambil ertagi haqida
 Hamid Olimjon
 Maqsud Shayxzoda
 Jonatan Svift
 Hans Kristian Andersen
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
MAQSUD SHAYXZODA
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Maqsud SHAYXZODA

(1908-1967)
 
Hurmatli o’quvchilar! Sizlar har yili ulug’ bobokalonimiz, buyuk shoir va mutafakkir hazrati Alisher Navoiy sharafiga bag’ishlab adabiy kechalar o’tkazganingizda u zotni ta’riflab «G’azal mulkining sultoni» deb ataysiz. Ana shu ta’rifni ilk bor qo’llagan ijodkor shoir Maqsud Shayxzoda bo’ladi.
O’zbek adabiyotining XX asrdagi ulkan vakillaridan biri Maqsud Ma’sum o’g’li Shayxzodadir. U ikki xalqning - o’zbek va ozarbayjon xalqlarining farzandidir. Maqsud Shayxzoda 1908- yili Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida ziyoli oilada tug’ilgan. Otasining kasbi shifokorlik bolib, she’riyatni nihoyatda sevgan, farzandlariga ham adabiyotga muhabbat tuyg’usini singdirgan inson edi. Shayxzoda tug’ilgan shahrida maktab ta’limini olgach, Ozarbayjon poytaxti Bokudagi Oliy pedagogika institutiga sirtdan o’qishga kiradi. 1925- yildan muallimlik qila boshlaydi. 1928- yili u hurfikrliligi, ya’ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, Toshkentga badarg’a qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to umrining so’ngiga qadar Shayxzodaning butun hayoti O*zbekiston bilan bog’lanadi. U awal turli gazeta va jumallar tahririyatlarida muharrir, 1935-1938- yillarda O’zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938- yil­dan umrining oxirigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti o’zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi bo’lib ishladi.
Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929- yildan e’lon qilina boshlandi. 30- yillarda shoirning «O’n she’r», «Undoshlarim», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat» nomli to’plamlari dunyo yuzini ko’radi. Ana shu to’plamlari bilan Shayxzoda o’zbek adabiyotida o’ziga xos shoir sifatida taniladi.
 
Shoirning ijodi 40- yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrlarida, ayniqsa, rivojlandi. Butun insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo’q qilish, hayotni, tinchlikni saqlash, xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga da’vat etish shoirning o’sha yillari chop etilgan «Kurash nechun», «Jang va qo’shiq», «Kapitan Gastello», «Ko’ngil deydiki» kabi to’plamlarining bosh mavzusi bo’ldi. Shu yillarda Shayxzoda ijodining yana bir mumtoz namunasi «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi yaratildi.
 
Shayxzoda urushdan keyingi yillar tinch hayot va yaratuvchilik zavqini kuylagan she’rlardan iborat «O’n besh yilning daftari», «Olqishlarim», «Zamon torlari», «Shu’la», «Chorak asr devoni» kabi to’plamlarini nashr ettiradi. 1957- yili qadim poytaxtimiz Toshkent haqida teran falsany va nihoyatda ehtirosli tuyg’ularga boy «Toshkentnoma» dostonini yozadi. Tarixiy mavzulardagi izlanishlarini davom ettirib 1960- yilda «Mirzo Ulug’bek» tragediyasini yaratadi. Bu asar o’zbek dramaturgiyasi rivojida juda katta o’rin tutadigan pyesadir. Asarda buyuk bobokalonimiz, dunyo falakshunos olimlari ichida e’tirof topgan, ulug’ Amir Temurdan so’ng temuriylar nasabini olamga tanitgan Mirzo Ulug’bek siymosi muhabbat va ulug’vorlik bilan tasvir etiladi. Uning inson va shoh, shoh va olim, ota sifatidagi siymosi badiiy teranlikda, baquwat she’riy satrlarda ochib beriladi. Bu obrazni Shukur Burhonov katta mahorat bilan ijro etgan.
 
Mazkur asarlar yaratilishidan awalroq, 50- yillarning boshlarida Maqsud Shayxzoda ham «qatag’on» siyosatining qurboni bo’lib, «xalq dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi. 50- yillarning o’rtalarida qatag’onchilik qoralanib, ko’p halol insonlar qatori Shayxzoda ham ozod etilgach, irodasini bukmay, qizg’in ijod bilan mashg’ul bo’ldi. She’rlar, doston va dramatik asarlar bilan birga Shekspir, Push­kin, Lermontov, Mayakovskiy, Nozim Hikmat kabi jahon adabiyoti namoyandalari ijodidan tarjimalar qiladi. Olim sifatida Alisher Navoiy she’riyati haqida chuqur ilmiy tadqiqotlar yaratdi.
Shoir 1967- yilning 19- fevralida xastalikdan vafot etadi. Uning vafotidan so’ng olti jildlik «Asarlar»i nashr etiladi. Mustaqillik yilla-rida Maqsud Shayxzodaning ijodi va qilgan xizmatlari haqiqiy qadr topib, 2001- yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
 
«ISKANDAR ZULQARNAYN» ERTAK-DOSTONI HAQIDA
 
O’zbek adabiyotida she’riy ertak va dostonlar yaratish tajribasi boy tarixga ega. Folklor asarlarini, ya’ni xalq orasida og’izdan og’izga o’tib, keng tarqalgan ijod namunalarini shoirlarimiz tomonidan o’z zamonalariga moslab qayta ishlab, she’riy shaklga solish an’anasi Furqat, Abdulla Avloniy, Elbek, Qudrat Hikmat, Zafar Diyor kabi shoirlarimiz ijodida uchraydi. Bu adabiy janrda, ayniqsa, Hamid Olimjon yuksak mahorat ko’rsatgan. Uning 30- yillarda yaratilgan «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg’ yoki Parizod va Bunyod» kabi ertak-dostonlari yosh kitobxonlar o’rtasida juda mashhurdir. Do’sti Hamid Olimjon kabi Maqsud Shayxzoda ham xalqimiz o’rtasida keng yoyilgan «Iskandar Zulqarnayn» ertagini adabiy jihatdan qayta ishlab, uning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirib, she’riy shaklga soladi.
Milodgacha, ya’ni yangi kalendar bo’yicha hisoblangan hozirgi ikki ming yillik tarixga qadar bo’lgan davrlarda qadim Yunonistonda Aleksandr Makedonskiy nomli buyuk bir shohfotih o’tgan. U juda ko’p mamlakatlami bosib olib, u yerdagi barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni talagan, odamlarni qui qilgan. U uzoq janglar qilib, hozirgi O’rta Osiyo yerlarini ham o’ziga bo’ysundirgan.
Maqsud Shayxzoda aynan xalq tomonidan berilgan sifat  «Iskan­dar Zulqarnayn», ya’ni shoxli Iskandar haqidagi rivoyatni o’rganib, uni g’oyaviy va badiiy jihatdan boyitib she’riy doston yaratadi.
Unga ko’ra Iskandarning boshida shoxi bor ekan. Uni hech kim bilmas ekan. Qaysi sartarosh sochini olsa, ertasiga gumdon qilinar ekan. Oxiri ish shungacha boribdiki, mamlakatda sartarosh qolmabdi. Oxirgisini olib kelibdilar...
 
Iskandar unga debdi:
«Ustarangni tayyorla, Sochlarimni qirqtashla, Ehtiyot bo’l ham jiddiy!» So’ngra ochsa qalpoqni Sartarosh nima ’rdi: Yorilib ketdi o’ti  Boshda ’rdi qo’sh shoxni. Iskandar unga dedi:
<<0’ldirmayman seni man, Yolg’iz qolding yurtda san, (Rostakam u toq edi), Biroq tiling tiymasang, Ayta ko’rsang sirimni, Go’rda ko’rgin yeringni, Tez juvonmarg bo’lasan! Nima qilsin bechora, Qo’lida bormi chora? Ko’nib qoldi noiloj...
Har kun, har kun kelardi, Shu edi uning ishi, Dunyoda ikki kishi Mudhish sirni bilardi. Sartaroshning dilida Bu - bir dard, buyuk edi, Tog’lardan buyuk edi Rostni ko’msang yurakka, Parchalab chiqar yana, Topib bir kun bahona, Qovushajak u erkka. Bir tun sho’rlik sartarosh Bir dalaga chiqipti, Har tomonga boqipti. Xilvat ekan tog’-u tosh,
Вor edi bunda bir choh, Qadim chog’dan yodgor, O’tmish, keksa asrlar Karvonlarga qo’nimgoh. Atroflarin o’t tutgan, Tubi suvsiz va quruq, Shunday qadim bir quduq Ki, ajal ham unutgan. Usta o’zin shodlanib Choh labiga yiqipti. Boshin chohga suqipti, Dilida hasrat yonib -Chohga bir so’z aytipti: - «Voydod, dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi!» So’ngra tinchib qaytipti. Qo’rg’on qarab chopipti, Asta qochgan nomard deb, O’chdi dildan bu dard deb, Ko’ngli orom topipti. O’tib ketmish u chog’dan Ming yilliklar qush kabi, O’smir ko’rgan tush kabi. Chohni bosib tuproq-qum Bunda o’sgan g’arovzor, Qamishlar qator-qator Go’yoki lashkari Rum... Bir kun oshiq bir cho’pon Poda hay dab yo’l bosib (Shu ekan taqdir-nasib!) Qamishlarga qiziqqan. Bir nozik va sarvqomat Qamishni yoqtiripti, Pichoq bilan qiripti,
 
Nay qilay deb nihoyat, Iskandarning bor shoxi!»
Uni kuyga moslapti, Hadeb qilibdi parvoz...
Xullas, xo’p nay sozlapti. Cho’pon hayron qolipti:
Nayni labga olipti, Iskandar emas ho’kiz,
Endi chalay deb g’azal, Negadir boshda mo’giz?!
Eshitsin dildor go’zal, Gap har yon tarqalipti.
Hayhot, garang qolipti: Shunday xizmat qilib nay
Bosilganda panjasi Ochilipti shoh siri,
Naydagi pardalarga, Laqabning yana biri
Zo’r berib o’pkalarga To’qilipti ko’p o’tmay.
Chiqmapti natijasi. Iskandarni  «Zulqamayn»
Faqat nay dan bir ovoz: O’sha chog’dan hamma der,
- «Voydod, dunyolar shohi Ya’niki  qo’sh shoxli er.
 
Asar muallifi mashhur rivoyatni she’riy shaklga solarkan, dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni qanchalik yashirmang, u baribir bir kuni oshkor bo’ladi degan ibratli g’oyani ilgari suradi. Bu fikrni biz ertakda sirni oshkor etgan nay misolida, uning mohiyatidagi ramziy ma’nodan anglaymiz. Nafaqat bu g’oya, yana o’z haddini bilmay, nafs balosiga berilgan, zulm, zo’rlik bilan ezgulikni mahv etib, o’z maqsadiga erishmoqchi bo’lgan yovuz kishilar pirovardida xalq la’natiga uchrab, avloddan avlodlarga yomon nom bilan ’tadi, har xil xunuk laqab orttirib mazax bo’ladi, degan fikr ham ertak-dostonning ibratli xulosasidir.
 
Savol va topshiriqlar
  • Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida so’zlab bering.
  • Shoirning qanday doston va she’riy to’plamlarini bilasiz?
  • Maqsud Shayxzodaning dramatik asarlaridagi tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar haqida so’zlab bering.
  • O’zbek adiblaridan yana kimlarning she’riy ertak dostonlari sizga tanish?
  • «Iskandar Zulqarnayn» asaridan qanday ibratli xulosalar ehiqardingiz?
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz