Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
 Mirkarim Osim
 Gafur Gulom
 Oybek
 Usmon Nosir
 Mirtemir
 Asqad Muxtor
 Otkir Hoshimov
 Antuan de Sent-Ekzyuperi
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
MIRKARIM OSIM
  
Chop etish uchuv versiyasi


Mirkarim OSIM
(1907-1984)
 
Taniqli yozuvchi Mirkarim Osim 1907- yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug’ilgan. Dastlab eski maktabda, 1917-1920- yillar oralig’ida esa «Shams ul-urfon» nomli boshlang’ich maktabda o’qigan. 1921— 1924- yillarda shahardagi ta’lim va tarbiya texnikumida tahsil olgan. Do’stlari Oybek va Homil Yoqubov bilan shu texnikumda adabiyot va san’at sirlarini o’rgangan. 1926- yili Moskvadagi pedagogika institutining tarix fakultetiga o’qishga kirib, uni 1930- yilda muvaffaqiyatli bitirgan. Yurtimizga qaytib kelgach, Samarqanddagi o’qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan. 1932-1949- yillarda esa, awal Toshkent Pedagogika ilmiy-tekshirish institutida, keyin Maorif xalq komissarligi (vazirligi) qoshidagi ilmiy muassasada ilmiy xodim bo’lib ishlagan. Shu paytlarda she’rlar, tarix fanidan qo’llanma va darsliklar yaratgan.
Mirkarim Osim o’tgan asrning 50- yillarida sobiq sho’ro davlatining qatag’on siyosatidan cheksiz azob-uqubatlar tortdi. lining xalqimiz shonli tarixidan hikoya qiluvchi, vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida yozilgan asarlari qoralanib, yozuvchining o’zi 1950- yil 15- yanvarda qamoqqa olindi. O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng, adib «sovetlarga qarshi targ’ibot qilgan»likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
 
1955- yilga kelibgina qatag’on siyosatidan omon qutulgan adib, 1959- yildan to 1972- yilgacha Toshkentdagi G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir vazifasida xizmat qilgan.
Mirkarim Osimning «Yangi ariq» nomli dastlabki qissasi 1925- yilda yaratilgan bo’lsa-da, sho’ro hukumati uning o’z vaqtida e’lon qilinishiga yo’l qo’ymagan. Vatanimiz o’tmishiga, xalqimizdan yetishib chiqqan ulug’ insonlar taqdiriga nihoyatda qiziqqan yozuvchi ijodi davomida ana shu mavzularda o’nlab asarlar yaratishga muvaffaq bo’ldi. Adibning tarixga oid dastlabki yirik asari  «Astrobod» qissasi bo’lib, u buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayotiga bag’ishlangan edi. Umuman, 1937-1940- yillar ichida adib Navoiyning hayot va ijod yo’llarini keng aks ettiruvchi «Alisher Navoiy va Darvishali», «Badarg’a», «Navoiyning xislatlari», «Ulug’bek va Navoiy» singari qissa va hikoyalar yozdi.
 
Mirkarim Osimning tarixiy mavzudagi «To’maris», «Shiroq», «Iskandar va Spitamen», «Aljabrning tug’ilishi», «Ibn Sino qissasi», «Jayhun ustida bulutlar», «O’tror», «Temur Malik», «Mahmud Tarobiy», «Karvon yo’llarida», «Singan setor», «Mohlaroyim va Xonposhsha» singari asarlari o’zbek xalqining o’z o’tmishini yaqindan bilishi va undan faxrlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozuvchi tarjimonlik faoliyati bilan ham elimiz ma’naviyati yuksalishi yo’lida katta xizmatlar qilgan. U rus yozuvchisi M. Sholo-xovning «Tinch oqar Don», S. Borodinning «Yeldirim Boyazid» nomli romanlarini, L. Batning «Hayot bo’stoni» qissasini va boshqa ko’plab asarlarni ona tilimizga mahorat bilan o’girgan.
Mirkarim Osim 1984- yilda vafot etdi. Uning adabiyotimiz ravnaqi yo’lida qilgan ulkan mehnatlari mustaqillik tufayligina o’zining chinakam qadr-qimmatini topdi. Adib 2002- yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
 
Yozuvchining tarixiy asarlari ichida Alisher Navoiy hayotiga bag’ishlangan kitoblari, ayniqsa, «Zulmat ichra nur» qissasi alohida o’rin tutadi. Bu asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. Quyida shu asarning dastlabki ikki bobidan parchani mutolaa qilamiz.
 
ZULMAT ICHRA NUR
(Tarixiy qissa)
YOSHLIK AYYOMINING ILK BAHORI
 
Alisher cho’kkalab olib, xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko’rib o’tirar edi. Ov vajang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o’g’irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G’iyosiddin endi to’rt yoshga kirgan o’g’li Alisherga kulimsirab qarab turdi. «Shul yoshdin kitobga muhabbat qo’ysa, ulg’aygach, kitobni ilki]dan ayirmay o’zi bilan asrab yurg’ay», deb o’yladi ota shiringina, do’mboq o’g’lidan ko’zini uzolmay.
- Ha, bul yerga yoshurunib olib ne qiladur, desam, kitob ko’rayotgan ekanlar-da, - dedi G’iyosiddin piching aralash mehr bilan.
 
Otasi bu gapni sekingina, kulib turib aytgan bo’lsa-da, Alisher sho’xlik qilib kattalardan dashnom eshitishdan qo’rqqan boladek olazarak bo’lib:
- Dada, mana bul suratni ’ring, - dedi. Uning xiyol qiyiq ko’zlari
mo’ltirar edi. - Mana bul cherik shotidan chiqayotib qulab tushmoqda,
qo’rg’on ustinda turganlar o’q otib qulotg’on chiqarlar. Mana bunisi
pastdin turib, qal’a ustidagilarga o’q uzmoqda.
 
Otasi o’g’lining gapini tasdiqlagandek, bosh irg’itib, uning qo’lidan kitobni asta oldi-yu, tokchaga, boshqa kitoblar yoniga qo’ydi.
Bu kitobning o’rni tokchada, - dedi u yasama jiddiylik bilan, -ammo siz kitob ko’rmoqqa yoshlik qilursiz, yirtib qo’ysangiz yaxshi bo’lmas. Ani ikki qo’y bahosiga sotib olg’onmen.
Men kitobni yirtmaymen, avaylab ko’ramen.
 
Aqlli bolasan-da. Tentak bolalarg’ina ilklariga tushgan kitoblarni pora-pora qiladurlar. Katta bo’lg’oningda senga ajoyib kitoblar sotub olg’aymen. Hozircha... mana buni o’ynab yur, - G’iyosiddin kulib, cho’ntagidan «sopol qo’chqor» chiqarib berdi. Bola bu g’alati
Ikkiqo’li.
o’yinchoqni ko’rgach, ko’zlari o’ynab ketdi. - Qara o’g’lim, aning muguz’ari qayrilg’on, suzib olmoqqa hozirlanib turadur.
- Menga bering, - deb bola sakrab o’yinchoqni uning qo’lidan
tortib oldi, - ani Husaynning qo’chqori birla urishtirgaymen.
 
G’iyosiddin devonxonadan kelib, dam olgandan so’ng ba’zan qo’liga kitob olib mutolaa qilar, shunday kezlar Alisher yoniga kelib o’tirib olar va ovoz chiqarib o’qishini so’rar edi. Otasi esa: «Yaxshisi, hikoya qilib beray», deb kitobni yig’ishtirib qo’yar va qiziq bir ertakni aytib berardi.
 
Alisherning tog’alari: Mirsayid  «Kobuliy» va Muhammad AH «G’aribiy» o’qimishli yigitlar bo4lib, forsiy va turkiy tilda she’r yozar edilar. Ular pochchalari G’iyosiddinnikiga kelganlarida ilmiy, adabiy mavzularda qizg’in bahs boshlanar va ba’zi kunlari suhbat g’azalxonlik bilan tugar edi. Alisher xuddi kattalardek tog’alari yonida o’tirib, ulaming gaplariga quloq solar, she’r tinglar edi. Garchi, u kitobiy so’zlar va majoziy she’rlarga yaxshi tushunmasa ham, g’azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi.
 
Katta tog’asi Mirsayid jiddiy, kamgap, sipo odam edi, kichigi Muhammad Ali esa xushchaqchaq, gapdon yigit bo4lib, tor va tanburni yaxshi chalar, o’z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi. Bir kuni u yaqindagina yozgan bir g’azalini o’qib berayotganida jiyani Alisherning diqqat bilan quloq solayotganini ko’rib, hayratda qoladi.
- Nechun ajablanursiz? - deydi G’iyosiddin shoir qaynisiga.
Alisher ko’cha-ko’yda bolalar bila o’ynab yurib, tojik tilin o’rganib olg’on, onasi forsiy, turkiy g’azallarni o’qig’onda quloq berib o’tiradur va ba’zi matla’larni yoddan o’qib beradur. - U o’zining o’tkir ko’zlarini tog’asiga tikib o’tirgan Alisherga yuzlanib dedi: - Qani, o’g’lim, shoir Qosim Anvor ne debdur?
 
Alisher qo’ng’iroqdek ovozi bilan dona-dona qilib shu matla’ni o’qidi:
 
Rindemu oshiqemu jahonso’zu joma chok,
Bo davlati g’ami tu fikri jahon chi bok?
(Biz beparvo oshiqlarmiz, yirtiq chopon, o’t nafas,
Jahon g’ami sening g’amingga arzimas.)
Muhammad AH ko’zlarini katta ochib jiyanining she’r o’qishiga
quloq solib turdi~da, keyin kulib yubordi.
Ofarin, kichkina darvesh, - dedi u jiyanining orqasiga qoqib qo’yib. - Beparvo, rind oshiqlardanmiz degin. O’t nafas bo’lsang dog’i, yirtiq chopon bo’lma.
Qosim Anvorning she’rlari mag’zini bola ermas, kattalar ham chaqa bilmaydurlar, ammo ulug’ shoirning otashin nafasidan bul go’dak bolaning yuragiga bir alanga mshibdir, - dedi Mirsayid. -Iloyo, yomon ko’zdin asrasin...
 
Yazna, har kim oldida Mavlononing o’shul she’rini Alisherga o’qitmang, ko’z tegadur, - dedi Muhammad Ali.
Kichkina bahodir bid’at va xurofotdan yiroq, sog’lom fikili kishi edi, shu sababdan qaynisining bu gapiga parvo qilmadi. Uyiga yaqin do’stlari kelganda u Alisherga Qosim Anvorning o’sha she’rini o’qitar, mehmonlar esa hayratda qolib, bosh chayqaganlarida zavqlanib kulardi.
 
Bir kuni G’iyosiddin beshik quchoqlab o’tirgan xotiniga:
Alisher to’rt yoshga to’lib, beshga qadam qo’ydi, ani maktabga berali, - deb qoldi.
Hali yoshlik qilmasmikin? - dedi Alisherning onasi kirtaygan, horg’in ko’zlarini ko’tarib. Uning emizikli bolasi Darvishali juda yig’loqi bo’lib, tinkamadorini quritar edi.
 
Bola o’tkir zehnli, tez idrokli. Bekor yurgandin ko’ra harf o’rgansin. Erta shanbadin boshlab Husayn bila birga maktab borsin.
Ixtiyor sizda, menga qolsa... - ayol gapini tugatolmadi, beshikdagi Darvishali chirqirab, ona suti talab eta boshladi.
Husayn Temurning avarasi Mansur binni Boyqaroning o’g’li edi.
 
Husaynning bobosi Mirza Boyqaro zamon podshosi Shohruxga qarshi isyon qilgani sababli qatl ettirilgan, lining o’g’li Mansur ham keyinchalik nazardan qolib, davlat ishlariga aralashmay qo’ygan edi. Lekin Husayn g’ayratli va zehnli ekanini ’rib, otasi qo’lidan ketgan davlat qushini qaytarib olishni umid qila boshladi. Mansurning o’g’li haqiqatan ham yurakli, kattalardan ko’p tortinmaydigan, sog’lom, shijoatli bola edi.
 
- O’glingiz axir bir kun yurtg’a bosh bo’ladur, ko’zlaridin
ma Turn, - der edilar Mansurning yaqinlari, xipcha bel, yag’rini keng,
qirg’iz qovoq Husaynga qarab.
- Iloyo, aytganingiz kelsin, yaxshi niyat  yorti mol, - derdi otasi.
Alisher arab harflari yozilgan taxtani qo’ltiqlab, o’zidan ikki yosh
katta Husayn bilan birga maktabga borib-kelib yurdi. Tez orada harflarni yod olvoldi. Maktabdan ozod bo’lgandan keyin, ba’zan Husaynning uyiga borib o’ynab kelardi. Hirotliklar Boyqarolaming Xiyobon mahallasidagi ikki qavatli uyini, negadir, «Davlatxona» deb atar edilar, holbuki, uy egasi Hirotda xususiy kishilar qatorida yashar edi.
Alisher ba’zan Husaynga ergashib, shahar tashqarisidagi Gozur-gohga chiqardi. Tog’ etagida bir talay bolalar tizilib, baravariga o’q otar edilar. Alisher bu manzarani ’rib, kitobda ko’rgan suratlarni eslardi. Qayerda bo’lmasin uning eshushi kitoblarda edi.
 
YAZD CHO’LI
... Dasturxon ustida Mirsayid so’nggi kunlarda ro’y bergan muhim bir hodisa  Temuming o’g’li podshoh Shohruxning o’limi to’g’risida hikoya qilib berdi. Endigina besh yoshga to Tib, oltiga qadam qo’ygan do’mboqqina Alisher, chordana qurib o’tirgan dadasining tizzasiga tirsagini qo’yib, tog’asining gaplariga diqqat bilan quloq solardi.
- Men o’shul kuni Ray shahri yaqinidagi lashkargohda erdim, 
dedi Mirsayid aka chaqchaygan ko’zlarini pochchasiga tikib.  Mirza Shohrux janoblari ham o’shul yerda qishlog’an erdilar. Navro’z kuni podshoh hazratlari xachirga minib, Taborak sari borib, ulugTaming mozorini ziyorat qilib kelmoqchi bo’ldilar. Men ham navkarlari orasida erdim. Ammo, xaehir mozorlar ustiga qadalgan tug’lardan cho’chib, oyog’ini tirab oldi. Bir qamchi bosgan erdilar, harom o’lgur, shataloq otib, podshohimizni yiqitayozdi. Agar bizlar ill kishitii suyab qolmosoq, egardan uchib ketgan va o’shul joydayoq jon taslim qilg’on bo’lur erdilar.
Tog’asining imo-ishoratlar bilan gapirgan hikoyasiga diqqat bilan quloq berib o’tirgan Alisher beixtiyor kulib yubordi. Mirsayid aka shunday jonli gapirar ediki, dikonglab ketgan xachir ko’ziga ko’rinib ketganday bo’ldi. Biroq bolaning kulgisiga otasi ham, tog’asi ham e’tibor berishmadi.
 
- Bizlar Shohrux janoblarini suyab, egardin tushirdik va avaylab taxtiravonga soldik. To’rt mulozim taxtiravonni yelkalab, lashkargohdagi bir chodirga eltib, Shohrux janoblarini yotqizdilar. Uljanob shu yotganlaricha qaytib o’rinlaridan turmadilar. Bachchag’ar shahzodalar bobolarining boshida turib, alar bilan rozi-rizolik so’rashmoq o’rniga, burchak-burchakda o’z odamlari bilan pichir-pichir qilur erdilar. Ulug’bekning valadi  Abdullatif bir yoqda, Boysun-qarning o’g’li Sulton Muhammad bir yoqda, aning inisi  sharobxo’r Abulqosim bir chekkada o’z mulozimlari va askarboshilari birla maslahat qila boshladilar. Avzoyilaridan, alar odam ermas, baayni murda ustiga yopirilg’on o’limtik qushlarga o’xshar erdilar.
Alisher osmonda parvoz qiluvchi katta, tumshug’i qon, xunuk o’limtik burgutlarni tasawur qilib, seskanib ketdi.
 
- Mirza Shohrux janoblari yetmish ikki yoshda dunyodin o’tdilar, zulhijja oyining yigirma beshida, yakshanba kuni erdi. Men Ray daqolmay, to’g’ri Hirot sori ot soldirdim.
Alisherning dadasi bilan tog’asi bu o’limning oqibati ustida bosh qotirar edilar.
- Bir-birlarig’a kushanda bo’lg’on shahzodalar va qonga tashna, 
o’ljatalab beklar emdi bir-birlarining boshlarini chaynardurlar, xalqning bor-yo’g’ini yag’mo etadurlar, ko’chib ketmoq kerak Xurosondin, - dedi Mirsayid gapini cho’rt kesib.  Mabodo, telba Miron-shohning haromzodalaridan biri taxtga o’ltirsa bormi, siz bilan mening boshimizda yong’oq chaqadur.
Bir joy din ikkinchi joyga ko’chmoq oson gap ermas, - dedi G’iyosiddin xo’rsinib.  Kambag’alman desang, ko’chib boq, degan maqol bor. Shuncha mol-holni tashlab ketib, qayg’a boramiz?
E, yazna, shundog’ zamonda mol-hol ko’rinadurmi kishining ko’ziga, - dedi shartta Mirsayid.  Jon omon qolsa, mol topiladur!
Biroz kutib turaylik, zora zamona tinchib ketsa...
 
Ixtiyor o’zingizda, men hammadin burun manovi jiyanchamga achinamen, - dedi tog’asi Alisherning yelkasiga qoqib.  Ko’zlari o’tkir, peshonasi keng, odam bo’ladur bu bo la!
G’iyosiddin kutgandek zamona tinchimadi. Temurning nevara-evaralari, qonga tashna bo’rilardek, bir-birlari bilan g’ajishib, xalqning qonini suvdek to’ka boshladilar. Ulug’bekning o’g’li Abdullatif askar to’plab, o’ziga teskari bo’lgan amaldorlardan ko’pining kallasini kestirdi, o’z buvisi Gavharshodni zindonga soldirdi. Shonruxning nabirasi, Boysunqarning o’g’li Abulqosim Bobur esa, o’z akasi Sulton Muhammad bilan urusha boshladi.
Shunday tartibsizliklar ro’y bera boshladiki, xalq kimning kim bilan urushayotganini aniq bilmas edi. Ammo, afandiga o’xshab, ko’chaga bosh suqib, janjalga aralashgan kishi choponidan, mol-holidan, ba’zan jonidan ayrilar edi. Hamma janjal xalqning moli ustida ketayotgani aniq edi.
G’iyosiddin Kichkina Xurosondan ko’chib ketish payti kelganini payqadi. Bir kun tong qorong’isida besh-olti soyabon arava va bir necha otliq shahar darvozasidan chiqib, kunbotish tomonga yo’l oldi. G’iyosiddin bilan birga uning qarindosh-urug’lari G’arbiy Eronga ko’chib ketmoqda edilar.
Otlarga minib olgan katta kishilar qovoqlarini solib indamay borar, ammo bolalar yo’lda tog’, daryo, bog’ va dalalarni hamda shahar va qishloq manzaralarini tomosha qilib, terilariga sig’may, shovqin
ko’tarib ketisbardi. Ot minib o’rganib qolgan olti yasbar Alisber bam goh arg’umog’ini qamchilab, karvondan o’zib ketar, goh sekin haydab, orqada qolib ketardi. Birorta manzilga borib yetganda u bolalarga bosb bo’lib, o’yin qilar edi.
 
Yo’lovchilar Hirot vodiysidan chiqib, Yazd vohasigacha cho’zilgan katta sahroga qadam qo’yishlari bilan safar og’irlasbdi. Odam yursa oyog’i, qusb ucbsa qanoti kuyadigan bu sahroda faqat kecbalar yo’l bosisb mumkin edi. Yo’lcbilar bar yerbar yerda bo’lgan sno’r quduqlardan suv cbiqarib, mesblarini to’ldirib olar edilar. Bepoyon qum sahrosi hammaning joniga tekkan edi.
Karvon bir necba kundan keyin Yazd vobasidagi Taft qishlog’iga yetib keldi. Vaqt yarim kecbadan og’gan edi.
Yo’lcbilar karvonsaroyga tusbib, orom olisbdi.
Sho’x Alisher ertalab turib, o’z o’rtoqlarini bosblab ko’cbaga chiqdi. Karvonsaroyning yonida katta bir xonaqob bor edi. Bolalar ikki tavaqasi lang ochiq darvozadan kirishdi. Xonaqoh hovlisining bir cbekkasida keksa odam ko’zini yumib, picbirlab o’tirardi.
- Yuringlar, o’shul quduqning charxini aylantirurmiz, - dedi
Alisber ko’zlarini chaqnatib.
Yo’q, anovi kisbi koyib beradur.
 
Urushmaydur ul kishi, o’zi yuvosh odamg’a o’xshaydur. Bolalar qo’raning o’rtasiga kelib, quduqning yonida to’xtasbdi.
Burchakda o’tirgan kishi ko’zlarini ochib, ularga maroq bilan qaradi va:
- Hoy bolalar, bu yoqqa kelinglar, - dedi kulib.
Bolalar, bir narsadan burkigan jayronlardek duv etib o’zlarini darvoza tomon urdilar. Faqat Alisber qo’rqmay, cbolning oldiga borib salom berdi.
- Vaalaykum assalom, katta bo’ling! Sizlar bizning qisbloq
bolalariga o’xshamaysizlar. Qoydin keldinglar?
Hirotdin. Iroqqa ko’chib ketayotirmiz, - dedi Alisber cholning ko’kragigacba tusbgan oppoq soqoliga qarab.
 
Nega ko’cbib ketayotirsiz?
- lye, gapdan xabaringiz yo’qmi? Xurosonda urush boshlanib ketdi-ku.
 Podshohzodalar bir-birlarining kallasini kesmoqda, yurtni talamoqda, mundog’ zamonda...
Choi og’zini ochib, o’ng qo’lini qulog’iga qo’yib, Alisherning gapiga quloq soldi.
- Mabodo telba Mironshohnirig merosxo’rlaridin biri taxtga o’tirsa
bormi, naq kallamiz ketadur-a...
 
Choi qiqirlab kulib yubordi.
Ne sababdin?
Bizlar Boyqarolarg’a xizmat qilib kelganmiz. Boyqarolar Mironshoh avlodi bilan it-mushuk.
Rost aytding, bolam. Farosatli ekansan. Bobongning ismi nedur?
G’iyosiddin, laqabi Kichkina bahodir.
 
Ofarin, ul kishini taniydurmen, Shohrux vafotidin besh-olti yil awal Sabzavorda hokim erdi. Ul kishini bilurmen. Xo’sh, o’zing maktabga borurmisen?
Ha, taqsir, men to’rt yosh-u to’rt oylik bo’lg’onimda ota-onam maktabga eltib berganlar. Hozir taborak surasiga tushdim.
Borakallo. Bui jamoat bolalaridin biz choqirg’onda sen kelib, men bila oshno bo’lding. Kel, sening uchun fotiho o’qoli...
Shu payt Alisherning otasi G’iyosiddin va bir necha kishi kirib, cholga salom berishdi va uning qo’lidan o’pib, yuzlariga surtishdi. Alisher hozirgina o’zi bilan gaplashib turgan chol ulug’ bir odam ekanini payqab, xonaqohdan chiqib qochdi.
 
Kechqurun karvonsaroy hujrasida ovqat yeb o’tirganlarida Ali­sherning otasi xonaqohda o’tirgan cholning Sharafiddin Ali Yazdiy degan ulug’ tarixchi ekanini so’zlab berdi.
- Ul kishi Shohruxning yonida yurib, ko’rgan voqealarni bitgan, Temur tarixi - «Zafarnoma»ni bitgan, - dedi G’iyosiddin hurmat
bilan. - Shundog’ olim bir kishi umrining oxirida qashshoqliqqa tushib, do’stlarga zor, dushmanga xor bo’libdur, hay darig’!
G’iyosiddin Kichkina o’z oilasi bilan G’arbiy Eronda uch yilcha turdi.  Xuroson  tinchibdi,  urushlar  to’xtabdi,  degan  xabarni  eshitib,
 Hirotga qaytib ketish taraddudiga tushdi. Bu vaqtda Abulqosim Bobur o’z akasi Sulton Muhammadni o’ldirib, poytaxtni egallagan, mamlakatda tinchlik o’rnatgan edi.
Hirotliklar yana soyabon aravalarga o’tirib, yo’lga tushishdi. Alisher ot minib, kattalar bilan karvonning ketida borar, yo’ldagi ajoyib tog’, daryo, shahar va qishloqlarni tomosha qilar edi.
Yo’lovchilar ba’zan yalanglikda tunab qolar, ba’zan karvonsaroylarga tushib, bir-ikki kun dam olar edilar. Biroq Yazd cho’liga qadam bosishlari bilan ahvol o’zgardi. Karvon salqin kechalari yo’l bosib, kunduzlari quduqlar bo’yida orom oladigan bo’ldi.
 
u kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko’ziga qum tiqila boshladi. Kunduz kuni salqin bir buloq bo’yida chodir tikib, hamma orom olgan paytda, Alisherning onasi «uxlab ol», deb yotqizib qo’ygan edi. Biroq sho’x bola o’rinda yotolmadi, o’ziga o’xshash bir-ikki bola bilan sahrodagi katta kaltakesaklami quvib yurib, juda charchadi. Mana endi yarim kechada uyqu bosib, boshi garang bo’lib qoldi. Hammani ham mudroq bosganidan Alisherning holiga hech kim e’tibor bermadi. Kichkina chavandozning egar ustida uxlab qolganini sezgan ot esa yurishini sekinlatib, karvondan orqada qolib ketdi. Tong payti Alisherning oti nimadandir hurkib ketib, uni yiqitib yubordi, o’zi pishqirib, boshi oqqan tomonga qochdi, Alisher gup etib, yumshoq qum ustiga tushdi-da, ko’zlarini ishqay boshladi. U qayerdaligini, nima hodisa yuz berganini payqamay, ancha vaqtgacha qum ustida bo’zrayib o’tirdi. Nihoyat, hushi o’ziga kelgach, hamrohlaridan ayrilib, bepoyon cho’lda bir o’zi qolganini ko’rib juda qo’rqdi, dodlashini ham, yig’lashini ham bilmadi. U uvushib qolgan oyoqlariga bosib, o’rnidan turdida, atrofga qaradi.
Hamma yoqni bepoyon quruq cho’l enlab yotar, kunchiqish tomon yorishib kelmoqda edi. Alisher otasidan, Iroq viloyati kunbotish tomonda, Hirot - kunchiqishda, degan gapni eshitgan edi. Aqlli bola kun yorishib kelayotgan tomonga qarab yurib ketdi. Saldan keyin atrof yorishib, quyosh bosh ko’tardi. Alisher biroz o’tirib dam oldi-da, yana o’rnidan turdi. Kun ko’tarilgan sari uning badani qizir, tomog’i qaqrar edi. Afsonaviy hayvonlarni eslatuvchi qum uyumlari xuddi imi yutib yubormoqchiday bo’lar, qizib ketgan havo qumtepalar ustida jimirlab ko’zini tindirar, issiq shamol labini quritardi. Biroq yosh yo’lovchi bularga parvo qilmay, hamon yurib ketmoqda edi. Boshi aylana boshlagach, brib biroz orom olmoqchi bo’ldi. Qani endi, shu topda bir qultum, bir qultumgina suv bo’lsa! Bu yerda o’tiraversa, suv qidirmasa, tashnalikdan o’lib qolishini payqab, inqillab o’rnidan turdi va bitta-bitta yurib ketdi.
Ko’p o’tmay uzoqdan ko’ziga gumbazga o’xshash bir narsa chalindi. «lye, bu nima ekan, borib ko’ray-chi!» deb o’yladi u. Bu fikr Alisherga quwat bag’ishlaganday bo’ldi. Yurgan sari gumbaz kichrayardi. U battar qiziqib qoldi. Borib qarasa, gumbaz degani suv soladigan oddiy to’rsiq1 ekan. Shoshib-pishib to’rsiqning og’zini ochib, to’yib-to’yib suvdan ichdi, ichdi-yu, birdan ko’zi ravshanlashib ketdi. «Tep-tekis cho’lda kichkina narsa ham uzoqdan katta bo’lib ko’rinar ekan, - deb o’yladi u.  Tunda yo’lovchilardin biri uyqusirab, to’rsig’ini tushirib yuborgan bo’lsa, ajab ermas, yaxshi bo’ldi».
Uyqu bosgan yo’lovchilar kun chiqmasdan oldin quduq yoniga borib yetgach, oralarida Alisheming yo’qligini payqab qolishdi. Birdan hammaning uyqusi o’chdi. Alisheming onasi: «Voy bolam, qayda qolding!?» deb yig’lay boshladi. Otasi dokadek oqarib, turgan joyida shamdek qotib qoldi.
- Yig’lamang, hozir borib topib kelgaymiz, - deb yupatishdi
Alisheming onasini hamrohlari.
 
Fursatni o’tkazmay, tezda bolani qidirib topish kerak edi.
- Qani, otlaninglar bo’lmasa, - dedi G’iyosiddinga jon kirib...
... Alisher ro’parasida bir necha otliqning kelayotganini ko’rib, o’zida yo’q suyunib ketdi, qadamini tezlashtirdi. Uzoqdan otasini tanib, negadir o’pkasi to’lib, hiqillab yig’lab yubordi. G’iyosiddin kela solib, Alishemi yerdan ko’tarib oldi-da, otiga mingashtirdi.
 
 
«ZULMAT ICHRA   NUR»   QISSASI   HAQIDA
 
Xalqimiz «Bo’lar bola boshidan» deganidek, Alisherning nihoyatda o’tkir zehnli bo’lgani, o’qish va yozishni juda erta o’rganib olgani, eng muhimi - bolaligidan she’riyatga, adabiyotga g’oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi. «Zulmat ichra nur» qissasida biz Alisherni to’rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz.
U, ayrim tengdoshlariga o’xshab, vaqtini faqat ko’cha changitib o’ynashga sarflamaydi. Mahalladosh do’stlari bilan me’yorida o’ynab kirgach, otasi ’qiydigan kitoblarning suratlarini tomosha qilishga, bu suratlarda aks ettirilgan voqealar, odamlar tabiatini tushunib olishga harakat qiladi. Garchi Alisher ko’rib o4tirgan katta kitob «ikki qo’y bahosiga sotib olingan» bo’lsa-da, otasi  G’iyosiddin Kichkina o’g’lining bu fe’lidan xursand. U bolasining kitob suratlari to’g’risidagi gaplariga ham, kitobni yirtmay, avaylab ko’rishi haqidagi bolalarcha samimiy va’dalariga ham e’tiborsiz emas.
 
Guvohi bo’lganingizdek, yosh Alisher voyaga yetgan muhit chinakam ziyolilar  olim-u ijodkorlar muhitidir. lining ikki tog’asi ham yaxshigina g’azal yozadigan shoirlar. Biri «Kobuliy», boshqasi «G’aribiy» taxallusi bilan ijod qilishadi. Alisherlar uyida Hirotning yetuk ziyolilari tez-tez yig’ilishib, qizg’in bahs-mvmozaralar o’tkazib turishlari odat tusiga kirgan. Bu yig’inlar, albattaki, she’riyat bazmiga g’azalxonliklarga ulanib ketardi. Bunday paytlar «chordana qurib o’tirgan dadasining tizzasiga tirsagini qo’yib» kattalar suhbatiga quloq solgan bola Alisher, hamma gaplarga tushunmasa-da, o’qiladigan «g’azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi». Shu tariqa bo’lg’usi shoirning so’z boyligi kengayar, she’rlardagi o’xshatishlar, badiiy uslublar uning xotirasiga xuddi naqshdek muhrlanib qolardi.
Endi asardagi muhim o’rinlarning ajrrimlariga e’tibor qarataylik. Bilib olganingizdek, Xviroson taxtining bo’lg’usi egasi Husayn Boyqaro Alisher dan ikki yosh katta. Agar Alisher kitob o’qishga, she’rlar yodlashga ko’proq qiziqsa, Husayn o’yinchoq qo’chqor urishtirishga, «shahar tashqarisidagi Gozurgohga chiqib» kamondan o’q otishga ko’proq qiziqadi.  Yozuvchi  Mirkarim  Osim bu  ikki
o’rtoqning kelgusi taqdiriga ishora sifatida solishtirishni bizga havola etadi.
 
Alisherning ruhiyati, tabiati tengdoshlarinikidan yaqqol ajralib turadi. Bunga Alisherning Taft qishlog’idagi xonaqohda notanish nuroniy bilan qilgan suhbati ham aniq dalil bo’la oladi.
Shu o’rinda yozuvchi bu nuroniy kishining qarashiga «maroq bilan» degan sifat berishi bejiz emas. Keyinchalik ma’lum bo’ladiki, bor-yo’g’i olti yasharlik notanish bola  Alisher bilan dildan samimiy suhbat qurgan bu qariya «Sharaflddin Ali Yazdiy degan ulug’ tarixchi» ekan. U «Shohruxning yonida yurib, ko’rgan voqealarni bitgan, Temur tarixi «Zafarnoma»ni bitgan».
Olti yoshlik Alisherning bergan javoblari ulug’ tarixchi Sharaflddin Ali Yazdiyni ham lol qoldiradi. Yana bir narsaga diqqat qiling-ki, Alisher bu suhbatda safardan oldin otasi va tog’asidan eshitgan gaplarni shundoqligicha qaytarmaydi. U oilasini o’z yurtidan bosh olib ketishga majbur qilayotgan mudhish voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarini ancha chuqur mshunib, suhbatdoshiga ham tushuntirishga harakat qiladi. Hayoti davomida juda ko’p yaxshi-yomon odamlarni ko’rgan, sinovdan o’tkazgan ul tabarruk zot ham yosh Alisherning zehniga, tiyrakligiga «ofarin» aytib, unga oq fotiha beradi.
Agar «Zulmat ichra nur» qissasini topib to’liq o’qisangiz, Alisher Navoiy bobomizning naqadar chuqur aql, tajriba egasi bo’lganini, u kishi oddiy dehqon bilan ham, zamona podshohlari bilan ham bemalol til topishib, murakkab muammolarni oqilona hal etganini bilib olasiz.
 
Shu tufayli ham yurtboshimiz o’zining «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida ulug’ bobomizni ta’riflar ekan, u kishiga shunday yuksak baho beradi:
«Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sho’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson
yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa».
O’zbek xalqining o’z Navoiysini yaqindan bilishi, sevib ardoqlashi, bu ulug’ farzandiga sadoqat va e’tiqod bilan qarashida fidoyi adib Mirkarim Osimning asarlari, ayniqsa, «Zulmat ichra nur» tarixiy qissasi muhim o’rin tutishi shubhasizdir.
 
Savol va topshiriqlar
  • Mirkarim Osim hayoti va ijodi bilan avvalgi darsda tanishganingiz Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi o’rtasida qanday umumiylikni payqadingiz?
  • Yozuvchining asosan tarixiy mavzularda asarlar yozishdan maqsadi nima edi, deb o’ylaysiz?
  • Mirkarim Osim o’z asariga nima uchun «Zulmat ichra nur» deb nom bergan? Bu sarlavhani tushuntirishga harakat qiling-chi.
  • Yosh Alisher bilan uning o’rtog’i Husayn o’rtasida qanday farqlarni sezdingiz?
  • Kitobingizda berilgan parehadan Alisherning tashqi ko’rinishi, o’zini tutishi aks etgan o’rinlarni topib o’qing va har birini izohlashga urining.
  • Asarning qaysi o’rinlarida Alisherning onasi bolasini juda avaylashi, jonidan ortiq yaxshi ko’rishi tasvirlangan?
  • Alisherning «osmonda parvoz qiluvchi katta, tumshug’i qon, xunuk o’limtik burgutlarni tasawur qilib, seskanib» ketishiga sabab bo’lgan voqealarni topib o’qing va o’qituvchingiz yordamida izohlashga harakat qiling.
  • Ota-onangiz yordamida asar matnida uchragan «ilki», «cherik», «muguz», «bid’at», «xurofot», «lashkargoh», «xachir», «taxtiravon», «valad», «yazna», «mesh» so’zlarining ma’nosini topib, lug’at shaklida daftaringizga yozing.
  • Yozuvchi Mirkarim Osimning 1987- yilda G’afur G’ulom nomi-dagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan «Karvon yo’l-larida» nomli kitobidan o’rin olgan «Zulmat ichra nur» qissasini to’liq o’qib chiqing.
 

 

 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz