Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
 Mirkarim Osim
 Gafur Gulom
 Oybek
 Usmon Nosir
 Mirtemir
 Asqad Muxtor
 Otkir Hoshimov
 Antuan de Sent-Ekzyuperi
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
MIRTEMIR
  
Chop etish uchuv versiyasi


 MIRTEMIR

(1910-1978)
 
KoT-u togTik,
Bog’-u rog’lik o’zbek elim.
Momo yurti,
Bobo yurti, chambilbelim.
Zar-u gavhar - yaltiroq tosh,
nedir olmos,
Sen biz uchun ham non, ham osh,
mangumeros.
 
O’quvchining xotirasiga bir o’qishdayoq muhrlanib qoladigan buquyma satrlar O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir qalamiga mansubdir.
Mirtemir Tursunov 1910- yilda, o’zi yozganidek, Qoratog’ etakla-rida - Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tug’ilgan. Awal bobosi qo’lida, keyin eski maktabda tahsil olgan. So’ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko’radi. Samarqanddagi O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o’qiy-di. O’qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.
 
Shoirning birinchi she’ri «Tanburim ovozi» 1926- yili, 16 yoshida eTon qilinadi. 1928- yili uning «Shu’lalar qo’ynida» nomli ilk she’riy to’plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to’plamlari dunyo yuzini ko’radi.
 
30- yillardaujudako’p vaqtini tarjimalargabag’ishlaydi. A. S. Push­kin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she’rlarini, dostonlarini o’zbekchaga o’giradi. Umuman tarjima sohasida Mirtemir nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat she’riy asarlari, «Manas» qirg’iz xalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir zahmatlari tufayli o’zbek o’quv-chisiga yetib kelgan.
Shoir umri davomida o’nlab she’rlar va dostonlar to’plamlarini chop ettirdi. «Bong», «Poytaxt», «O’ch», «Surat», «Qoraqalpoq daf-tari», «Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog’day tayanchim», «Yod-gorlik» kabilar ularning ichida eng mashhurlaridir. Bu to’plamlarning mundarijasiga qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg’ular, taassurot va xotiralar jamuljam bo’lganini ko’rasiz. Chunki Mirtemir xoh yirik doston yozsin, xoh sahna asarlari yoki katta-katta asarlarni tarjima qilsin, bundan qat’i nazar, biron kun ham she’r yozishni tark etmagan. Ko’nglidan kechgan barcha tuyg’ulari she’rga ko’chgan.
 
U gohida O’zbekistonimizning paxtazor dalalarini kezib, mehnatkash dehqonlar bilan tanishib, barchaning bunyodkorlik bilan yashayotganidan ta’sirlanib, zavqqa to’lib shun-day satrlar bitadi:
Shavkatim, faxrim mening, Dengiz-u nahrim mening, Yuragim, bag’rim mening -Paxtakor Respublikam.
Shoirni to’lqinlantirgan tuyg’ular mo’l. U goh tarix sahifalarini varaqlab, ota-bobolarining ulug’vor ishlaridan hayratga tushadi. Gohi bu hayratlari o’z zamonasining mard, tanti insonlari bilan muloqot-lardan she’rlargako’chadi.
Shoirning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. Mirtemir she’rlarida bu mavzular ko’pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she’rning o’zida ham tabiat go’zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg’usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalarning ifodalanishini ’rish mumkin.
 
Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she’riy to’plam tayyorladi. Va unga so’nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab, o’zidan keyingi avlodlariga ma’naviy tuhfa qilib qoldirdi.
Mirtemir 1978- yil 24- yanvarda 68 yoshida vafot etdi.
Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi ardoqlanib, to’rt jild-lik «Asarlar»i nashr etildi.
Mustaqillik yillari Mirtemirning xalqimiz ma’naviyatini yuksal-tirishdagi ulkan xizmatlari taqdirlanib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi.
Mirtemir she’riyatidan namunalar
 
BULUT
I
’ yuzida pag’a bulut - oq burnt, Oq bulutdan sut yog’armi yoki qut? Pag’a bulut - yaxshi ko’klam elchisi, Havolarda yomg’ir isi, sel isi...
Ko’k yuzida dam qaldiroq, dam sukut, Yog’may o’tma, pag’a bulut - oq bulut! Yog’ib o’tsang - tizza bo’yi o’t bo’lur, O’t bo’lur, ham sut bo’lur, ham qut bo’lur.
II
Ko’k yuzida pag’a bulut - oq bulut... Bir qarasang - osmon to’la oqquvlar, Bir qarasang - baland qorli cho’qqilar, Bir qarasang - ko’z ilg’amas oq bar qut.
Ko’k yuzida - yorug’, oydin bir ro’yo... Usta rassom chizmish ajib manzara -Tepa-tepa paxta - beg’ubor, sara, Kuzgi xirmonlarning akslari go’yo...
 
BALIQ SOVI
Bizning qishloq tog’ bag’rida, Tog’ bag’rida - bog’ bag’rida, Etagida chopqillar soy. Yozda tiniq, Kuzda tiniq,
Suvda quyosh yuz bir siniq, Ko’klam chog’i soy butun loy. Qirg ’ og ’ ida j ambil, yalpiz, Quchog’ida balig’i mo’l. O’ltiraman ba’zan yolg’iz, Suvga tushmay usti bosh ho’l: Qarmog’imga ilinmaydi, Suzmoqdami yo chopmoqda, Suv tagidan ne topmoqda? Yuz tikilsang bilinmaydi...
Tashlay qolsam non ushog’in, Yugurishib kelar talay, Ulgurishib kelar talay. Ilinsaydi ulkanrog’i, Eltar edim jon buvimga. - Hay, rostanmi, hay, baliqmi, Tangalikmi, chaqalikmi?
Balli, derdi, uquvimga... Ilinmaydi lekin hozir. Bundan key in to’r tashlayman, Tashlasam ham zo’r tashlayman, Qo’lga tushar bari oxir.
 
TO’RG’AY
Yoz boshi, dalalar soz, O’z ko’rkini yoymish yoz, Chechaklarda hali noz, ’liar to’ la suqsur, g’oz, Oq bulutlar cho’g’lanib, Tong otar yallig’lanib, Ko’l osmoni bug’lanib, Ko’rinar go’yo sayoz. Shu vaqt allaqaylardan, Q ay dam, qanday joylardan, Dashtdanmi yo soylardan Yangrab ketar sho’x ovoz, Hech o’xshashi yo’q ovoz. Tut bargi kesganlardan, Suvga chim bosganlardan Un chiqmas, tinglashar jim. Kim u o’zi, qani kim? Qushlar ham qilmas parvoz. Jonvorlar ham tinglardi. Bog’bon ham, paxtakor ham, Sholikor, chorvador ham, Butun odam tinglardi, Go’yo olam tinglardi, Qandoq tinmagur ovoz!.. Men chopib cho’lga chiqdim, Hech kim ko’rinmas edi. Kattakon yo’lga chiqdim, Hech kim ko’rinmas edi. Keyin boqdim osmonga:
Kuy taratib jahonga, 4 osmon cho’qqisida, Moviy rang ko’zgusida, Bir nuqtada pirillab, Bir nuqtada chirillab, Nuqtaday bir qush uchar, Go’yoki behush uchar...
- Hoy, - dedim, - o’zing kimsan,
Bunchalar betinimsan,
Javroqisan bunchalar,
O’ynoqisan bunchalar,
Tinmay tushib o’yinga,
Lol etas an kuyingga?
- Men-ku, men to’rg’ay, - dedi. -
Ko’k yuzi soz joy, - dedi,
Dema, chala ko’rinar,
Butun dala ko’rinar. ’ yuzida chirillab, Yuz bir qo’shiq to’qisam, Bir nuqtada pirillab, Keng vodiyga o’qisam -Yomonmi, hoy, sho’x o’g’lon? Hayotni maqtaganim, Tongni ardoqlaganim -Yomonmi, hoy, sho’x o’g’lon?
- Ha, tongni ardoqlagin,
Hayotni ham maqtagin,
Uchib-o’ynayver, - dedim, -
Kuylab quvnayver, - dedim.
 
SHUDRING
Tong belgi bergandanoq
O’tib osma ko’prikdan, Jar ketiga chopardim -
Jar keti o’zga olam. To’ldirib chanoq-chanoq
Go’yo sutdek ko’pikdan, Tutgandek g’oyib qo’llar -
Jilvagar ko’zga olam. G’o’za yaproqlarida,
Ko’katlarning bargida, Chechaklarning bag’rida
Yaltirar lak-lak inju. Sho’x soy qirg’oqlarida,
Nihollar kurtagida,
Sal epkinda simobday
Qaltirar lak-lak inju. Yaltirar suyri tepa,
Yaltirar qir uzunchoq, Kelinlar taqinchog’i,
Uzuk ko’zlarimi yo. Chor atrof sabzalarda
Jimir-j imir ’ zmunchoq, Bo’y-bo’y dilrabolarning
Suzuk ko’zlarimi yo? Yo’q, bu giryon ko’zlarning
Yarqiroq zamzamasi. Kechasi onam tag’in
Yig’labdi-da chamasi...
 
QISHLOG’IM
Qishlog’im, nechog’lik suluvsan bugun, Yashilga burkanib, yashnabsan shuncha. Nechog’lik to’kissan, nechog’lik to’kin, Meni o’rab oldi xayol, tushuncha:
Qay qo’raga kirsang - eshigi ochiq, Bir nima tatiysan, qo’ymas aslo och. Qoraqumg’on qaynar, yozilur chochiq, Zog’orami, so’kmi, yovg’on yo umoch. Borini ayamas, barini qo’yar, Yupqami yo go’ja, tolqon, qo’g’irmoch, Qurutmi yo jiyda - o’rtaga uyar, Juda bo’lmaganda qatig’-u ko’moch. Agar so’ygan bo’lsa kecha bo’rdoqi, Qozonda qovurdoq, o’rtada ko’za. Danak, qovunqoqi, suzgun ko’z soqi,
Yo qimiz suzulur, yo achchiq bo’za. Agar so’ygan bo’lsa uloq yo qo’zi, О’ho’, no’xat sho’rva yoki kulchatoy. Juda qashshoq bo’lsa - bor yaxshi so’zi, Shundoq yaxshi so’zki, go’yo sarimoy.
... Yoramazon ay tar edik ba’zi kez, Shorn payti, chang-tutun qishloq ko’chasi, Pul oshimi, to’qoch - olib chiqar tez, Tonggacha jaranglar oydin kechasi. Kelin yo’lin to’sib machit oldida, Aylanishar edik yoqib alanga. Hammasi qolarkan go’dak yodida, Boshdan sochilguvchi turshag-u tanga. Qish kuni to’yu bazm yo yayov uloq, Yo nargi qishloqdan nogahon qorxat. Esimda go’daklik - unutilmas choq, O’sha kunlarimdan qalbimda bor xat... Qishlog’im, tag’in ham suluvsan bugun, Tag’in ham suyuksan, mening ardoqlim. Nechog’lik to’kissan, nechog’lik to’kin, Dunyo turguncha tur, qo’li qadoqlim.
 
MIRTEMIR SHE’RLARI HAQIDA
Mirtemir she’rlari o’zbek she’riyatini har jihatdan boyitgan mazmunan teran va badiiy yuksak namunalardir. Ularda tabiat va inson hayotining xilma-xil ko’rinishlari, taassurot va kechinmalari g’oyat topqirlik va noziklik bilan aks ettiriladi. Shu ma’noda muxlislar Mirtemirni lirik shoir deb biladilar va qadrlaydilar.
lining tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy xulosalar, go’zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati XX asrning 50-60- yillarida yozgan «Bulut» va «Shudring» nomli she’rlarida yaqqol seziladi.
 
Bulut - bu yomg’ir darakchisi. Osmonda bulut paydo bo’lishi bilan barchaning xayolidan yomg’ir yog’adi degan fikr o’tadi. Shunga yarasha taraddud va ehtiyot choralari ko’riladi. Albatta, bemavrid yomg’ir yog’sa kayhyat buziladi, ko’ngil g’ash tortadi. Bu, odatda, qop-qora bulut butun osmonni qoplab, kunni tundek qorong’ilikka chulg’agan damlarda bo’ladi. Ammo shoirning qo’liga qalam tutqizgan bu tabiat hodisasi yorug’lik, to’kinlik belgisi. Pag’a-pag’a oq bulut odatda bahor faslida yog’adigan yomg’hiarni buvalarimiz «obirahmat» deydilar. Buning ma’nosi shuki, ko’klam yomg’iri tabiatni yashnatib, dov-daraxtga, o’t-o’langa kuch-qudrat, quwat ato etadi. Ekilgan ekinlarni barq urib yashnashi, daraxtlarning mo’1-ko’l meva berishi uchun qiyg’os gullashiga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida xonadonlarga rizq-u nasiba, to’kinlik kirishidan belgi. Shuning uchun ham shoir bu bulutni sutga, oqquvlarga, barqutga ’xshatadi. lining sharofatidan paydo bo’lajak qut-baraka, tog’-tog’ uyulajak oppoq paxtani orzulab, bulutga murojaat etadi. Momaqaldfroq guldurab, goh to’lib-toshib sel bo’lib kelsa-da, yomg’fr yog’sin, yog’may o’tmasin deydi.
Ko’k yuzida dam qaldiroq, dam sukut, Yog’may o’tma, pag’a bulut - oq bulut! Yog’ib o’tsang - tizza bo’yi o’t bo’lur, O’t bo’lur, ham sut bo’lur, ham qut bo’lur.
E’tibor bering, qanday quyma satrlar! Shoir «o’t», «sut», «qut» so’zlarini marjondek bir qatorga tizib, ham kuchli ma’no, ham yoqimli ohangdoshlikni ta’min etadi. O’quvchi qalbiga tabiatni sevishdan zavq ola bilishdek go’zal tuyg’ularni joylaydi.
 
Mirtemirning «Shucking» she’ridan ham xuddi shunday zavq tuya-di kitobxon. E’tiborli tomoni shundaki, sarlavhadan boshqa she’rning biror misrasida shucking so’zini uchratmaymiz. Shoir faqat tasvir, o’xshatish, qiyoslash, jonlangan tasawurlar orqali tabiatning shud-ring deb nomlangan yana bir bag’oyat nozik va go’zal hodisasini aks ettiradi. Bu she’r ham bolalik xotiralari bilan hayotiy kuzatishlarning uyg’unligi asosiga qurilgan. Lirik qahramon - yosh, balki siz qatori yigitcha, chor atrofda bahoriy iliqlik kezgan nahor pallasi - erta tongda qishlog’idagi jar ustiga qurilgan osma ko’priklardan o’tib, o’t-o’lanlari toptalmagan qirlariga oshiqadi. Undagi ko’katlar bargida, nihollar kurtagida, g’o’za yaproqlarida dur-marvarid misol yaltirab, jilva-lanib turgan shudringni kuzatadi. Uning jilvalaridan lol bo’lib, yana boshqa o’xshatishlar topadi. Xususan, kelinlar taqinchog’iga, uzuk ko’zlariga, ’zmunchoqqa, qizlarning suzilib turgan ko’zlariga qiyoslaydi. Va nihoyat, juda o’ziga xos ramzlarga ishora qilib, shunday beqiyos obraz yaratadi.
 
Yo’q, bu giryon ko’zlarning yarqiroq zamzamasi, Kechasi onam tag’in yig’labdi-da chamasi...
Shoir fikrni rivojlantirib, shudringni ko’z yoshlarga o’xshatadi. Ko’z yoshlari dona-dona bo’lib to’kilganda, yaltirab ketadi. Odatda kimnidir intiqlik bilan kutayotgan odamning ko’zlari to’rt bo’ladi. Kuta-kuta toqati toq bo’lgach, yo sog’inch, yo o’kinishidan ma’501s tortib, dona-dona yosh to’kadi. Shucking ana shu ko’z yoshiga o’xshaydi. Shoir nazarida bunday intizorlikdan ko’z yosh to’kuvchi kimsa bu - ona. Onaning munis-mushfiq mehribonligini nazarda tutib tabiatni ham ona deymiz.
Shudring ana shu ma’noda ona, ya’ni tabiatning ko’z yoshi degan nihoyatda nozik bir o’xshatish topadi shoir. Bu juda o’ziga xos, o’ta nafis kuzatish. Go’yoki tabiat ko’z yoshlarini to’kib barcha dov-da-raxt, sabzalarning chang-u gardlarini yuvadi, g’uborlaridan forig’ etadi.
 
Odatda xayolot dunyosi keng, butun olamga o’z nigohi bilan qaray oladigan va so’z vositasida uni aks ettira biladigan mahoratli shoirlar-ni so’z musawhiari deymiz. Mirtemir ana shunday san’atkor shoir, haqiqiy so’z ustasi edi. Uning ijodiy merosida bunday she’rlar juda ko’p. «To’rg’ay» nomli mashhur she’r ham fikrimizning yaqqol isbotidir.
Shoir sayroqi to’rg’ay misolida o’z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni ramziy ifodalagandek tuyuladi. Ya’ni tongni sevish - bu yorug’likni sevish, unga intilish demak. Tong hayot nishonasi, ezgu orzularning amalga oshmog’i uchun umid bag’ishlovchi paytdir. To’rg’ay, ba’zi kishilar nazdida, go’yoki tong saharlab barchaning halovatini buzib, betinim sayraydigan, yengiltak javroqi qush. Lekin u keng dalalarning moviy osmonida charx urib, o’ynab sayxar ekan, sholikor-u chorvadorni, bog’bon-u paxtakorni -barcha mehnat ahlini uyg’otadi, mehnatga, yaratuvchilikka chorlaydi. G’aflatda qolmaslikka, yorug’ daqiqalarni boy bermay, bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lishga undaydi. Shuning uchun ham uni - tongni ardoqlaguvchi, hayotni maqtaguvchi bir qushni ezgulik darakchisi deb biladi shoir. Bu shunchaki qushni maqtash, uning bir xislatini namoyish etish emas. Balki to’rg’ay misolida shoirning ’ziga va o’z hamkasblariga «haqiqiy shoir o’z xalqining ovozi bo’lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug’ tuyg’ularni kuylashi kerak» degan murojaatidek tuyuladi. Mirtemir butun umri davomida ana shu aqidaga amal qilib yashadi. Xalqimizning to’y-tantanalarini, eng yaxshi insoniy xislatlarini kuyladi, kishilarimizni ezgu ishlarga ilhomlantirdi, mardlikni, jasoratni, samimiylikni ulug’ladi.
 
Shoir lirik merosida tabiat manzaralari va bolalik xotiralari bilan bog’liq she’rlar salmoqli o’rin egallaydi. Uning o’zi «Baliq ovi» she’rida yozganidek:
Bizning qishloq tog’ bag’rida, Tog’ bag’rida - bog’ bag’rida, Etagida chopqillar soy, Yozda tiniq, kuzda tiniq.
 
Demak, shoir Turkiston shahrining Iqon qishlog’idagi Qoratog’ bo’yida tug’ilib ’sgani, ya’ni tabiatning barcha go’zalliklaridan bahramand bo’lganini yodga olarkan, she’rlarida ana shu mavzularning yetakchilik sababini tushuntirgandek bo’ladi. Bu satrlarni o’qiganda, ko’z o’ngingizda aniq bir manzara namoyon bo’ladi. Tog’ bag’ridagi qishloq, atrof daraxtzor, mevali bog’. Uning etagida sharqirab soy oqmoqda. Soy tabiatning ikki faslida tiniq oqadi - yozda va kuzda. Qishda suv kamayadi yo butkul to’xtaydi. Bahorda esa, ayniqsa, erta bahorda soy to’lib, loyqalanib oqadi. Xo’sh, muhtaram she’rxon, bu-
ning sababini nimada deb o’ylaysiz? Xuddi kimdir soy boshiga to’g’on qurgan~u, uni vaqt-vaqti bilan o’z xohishiga qarab ochadigandek fikr pay do bo’ladi.
 
Aslida tabiatning o’zi eng oliy mo’jizadir. Har bir hodisada bir sabab va bog’liqlik bor. Qish sovuq kelib, tog’-u toshni qor bosganda, hamma yoq muzlab, soy ham to’xtaydi. Bahor kelib, kunlar iliqlasha borgani sari qorlar erib, soy to’lib oqa boshlaydi. Tog’ cho’qqilaridan tushib kelayotgan suv yo’lidagi butun xor-u xaslarni, qum-u tuproqlarni ham qo’shib bo’tana bo4lib, loyqalanib ketadi. Bu holat bahor so’ngiga qadar davom etib, o’zan tozalanib bo’lgach, yoz va kuzda suv tiniqib qoladi. Shoir she’rida aynan shunga ishora qi-lib, «ko’klam chog’i soy butun loy» deya real manzara chizadi va ayni chog’da shu bo’tana suvlardan oziqlanib, soy qirg’oqlari jambil-u yalpiz kabi turli ko’katlar bilan qoplanishini tasvirlaydi. So’ng shoir bolalik xotiralariga o’tib, o’zining baliq ovlaganini hikoya qiladi. Ko’klam butun borliqni uyg’otganidek, to’lib oqayotgan soyning har yerida bekinib yotgan baliqlarni ham uyg’otadi go’yo.
 
Shoirning li-rik qahramoni, ya’ni bolalik paytidagi o’zi, suv bo’yida baliqlarning suzib, o’ynoqlashini tomosha qilib o’tirarkan, biror kattaroq baliqni ushlash ilinjida suvga non ushoqlarini tashlaydi. Buni ’rib toshlar orasiga bekinib yotgan baliqlar suzib keladi. Bolaning mo’ljali ulkan baliqni tutib, buvisiga olib borsa-yu, undan maqtov eshitsa. Biroq qo’liga sira baliq ilinmaydi. Sirg’alib chiqib ketadi-yu, tut-qich bermay qochadi. Shunda bola to’r tashlab, bitta emas, barchasini ushlab olishni mo’ljallaydi. Siz ham, aziz o’quvchi, baliq oviga borgan yoki ko’l-u daryo bo’ylarida qarmoq tashlab, jimgina tikilib, xayol surib ’tirgan odamlarni kuzatgan bo’Isangiz kerak. Qarmoqqa baliq ilinishi bilan na kiyim-boshi ho’l bo’lishini va na qoqilib yiqi-lishi mumkinligini o’ylamay o’ljasiga intilgan ishqibozlarning xatti-harakatlaridan zavqlangan bo’Isangiz kerak. Shoir ham o’z boshidan kechirgan shunday manzarani tasvirlar ekan, she’rdan ibratli xulosalar chiqarishga asos beradigan bir fikrni anglamoqchi bo’ladi. Ya’ni bundan keyin «To’r tashlasam ham, zo’r tashlayman» misrasi bilan o’zini katta orzular va katta ishlarga chog’lanayotganini bildirib o’tadi.
 
bir badiiy asar, jumladan, ko’rib o’tganhniz mazkur she’r ham ma’lum bir maqsad va g’oya tashiydi. Shoir tabiat ko’rinishlari bilan bolalik xotiralarini uyg’unlikda tasvir etar ekan, o’quvchiga yorug’ kayflyat bag’ishlash bilan birga, uni ulug’vor niyatlarga ham chorlaydi. Go’zallikni his etish orqali ma’naviy yuksalishga da’vat etadi.
«Qishlog’im» she’rida shoir endi kamolotga yetgan, hayotning ulg’aygan pallasida xotiralarga berilgan bir inson sifatida gavdala-nadi.
Esimda go’zallik - unutilmas choq,
O’sha kunlarimdan qalbimda bor xat...
 
Link qahramon oradan bir necha o’n yillar o’tib, qishlog’ini ziyorat qilishga kelganida awalgiday mehmondo’stlik va bag’rikenglikning guvohi bo’ladi. Va beixtiyor «yoramazon aytar» pallalarini qo’msaydi. Bu tuyg’uni go’yo o’quvchi qalbiga ham singdirrnoqchi bo’lib, qishloq hayotining jozibasini anglatuvchi turli tafsilotlarni keltiradi.
O’zbek qishloqlari hamisha to’kinlik va saxovat ramzi bo’lgan. Qishloqqa borgan odam hech qachon e’tiborsiz qolmaydi. Mehmonni otaday ulug’lash, unga bor mehrini berib, ehtirom ko’rsatish qishloqlarimizda azal-azaldan qolgan udum. Har bir xonadon egasi uyiga kirgan mehmonni tansiq taomlar bilan siylashga harakat qiladi, borini dasturxonga to’kadi. Awalo shuni ta’kidlash kerakki, odatda qishloq uylari qulflanmaydi. Doimo eshik ochiq. Uzoqmi, yaqinmi biror qarindosh, do’st-yor, tanish-bilishlar kelsa, albatta, dasturxon yoziladi. Qishloqda mehmonni siylaganda, qanaqa taomlar tortilsa, she’rda bari sanaladi. Zog’ora-yu so’ oshi, yovg’on-u go’ja, yupqa-yu tolqon, qovurdog’-u kulchatoy. Juda bo’lmaganda, qatiq, qurut, jiyda, danag-u qovunqoqi qo’yadi. Mabodo bular ham bo’lmay qolsa, sariyog’day yoqadigan yaxshi so’z bilan ko’nglingizni oladi qishloq ahli. Mana shularni aytar ekan, shoir bolalik davrining betashvish, beg’ubor, o’yinqaroq pallalarini yodga oladi.
 
Qishlog’im, tag’in bam suluvsan bugun, Tag’in bam suyuksan, mening ardoqlim. Nechog’lik to’kissan, nechog’lik to’kin, Dunyo turguncha tur, qo’li qadoqlim.
Mirtemir ijodida bulardan tasbqari yana juda ko’p mavzular qalamga olingan. U bissiyotlar dunyosi juda boy, bassos sboir bo’lgani, xalqimiz turmusbi, urf-odatlarini yaxshi bilgani uchun har qanday mavzuda niboyatda ebtirosb, juda sbirali, boy badiiy til bilan mavzuning mohiyatini ochib bera olar edi. Quyma, mag’zi to’q satrlar, bir ’qisbdayoq xotirada o’rnasbib qoladigan qofiyalar, bamobang tovusblar sboir Mirtemirning naqadar katta iste’dod egasi bo’lgani-dan dalolat beradi.
 
Savol va topshiriqlar
  • Mirtemir hayoti va ijodi haqida so’zlab bering.
  • Shoirning birinchi she’ri va to’plami qanday nomlanadi, ular qaehon e’lon qilingan?
  • «Mirtemir - tarjimon» mavzusida suhbatlashing.
  • Shoir ijodidagi bosh mavzular haqida so’zlang.
  • Mirtemirning tavsiya etilgan she’rlaridan birini yod oling.
  • «Bulut» she’rida badiiylik, jumladan, ohangdoshlik nimalarda ko’rinadi?
  • «Shudring» she’rida shoir tabiat hodisasini nimalarga o’xshatadi va uni qanday badiiy izohlaydi?
  • «Baliq ovi» she’rida shoir tug’ilib o’sgan yurt tasviri haqida so’zlang.
  • «Mehmondo’stlik - milliy qadriyat» mavzusida suhbatlashing.
  • Mirtemir she’rlarida bolalik xotiralarining ’mini qanday izoh-laysiz?
  • Nima uchun shoir qishlog’ini «qo’li qadoqlim» deb aytadi?
  • Mirtemir she’riyatining ahamiyati haqida mulohaza yuriting.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz