Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
 Zahiriddin Muhammad Bobur
 Muhammad Aminxoja Muqimiy
 Sadiy Sheroziy
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
MUHAMMAD AMINXOJA MUQIMIY
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Muhammad Aminxo’ja

MUQIMIY
(1850-1903)
 
O’n to’qqizinchi asming ikkinchi yarmi va yigirmanchi asming boshlarida, ya’ni ilk mustamlakachilik davrida ravnaq topgan milliy uyg’onish adabiyotining zabardast vakillaridan biri Muhammad Aminxo’ja Muqimiydir.
Muhammad Aminxo’ja Mirzaxo’ja o’g’li Muqimiy 1850- yilda Qo’qon shahrida Bekvachcha mahallasida, nowoy oilasida tug’ildi.
Muqimiy dastlab o’z mahallasidagi mulla Abduxalil maktabida tahsil oladi. Shoirning ilm o’rganishi va badiiy ijodga erta qiziqishida uning volidasi, qobiliyatli ayol Oyshabibi aytib bergan ’plab ertak va qo’shiqlarning ta’siri kuchli bo’ldi.
 
Muqimiy dastlab Qo’qondagi «Hokim oyim» madrasasida ta’lim oladi. 1872-73- yillarda Buxoroga borib, u yerdagi «Mehtar anbar» madrasasida o’qishni davom ettiradi. 1876- yilda o’qishni tamomlab Qo’qonga qaytadi. Uylanadi. Shoir dastlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik, so’ngra Sirdaryo yoqasida joylashgan Oqjardagi paromda pattachilik qiladi.
Moddiy muhtojlik Muqimiy oilasining buzilishiga olib keladi. Xotini o’g’lini onasiga tashlab, boshqa kishiga turmushga chiqadi. Shoir o’z ota hovlisini tark etib, shu mahallada joylashgan Hazrat madrasasidan bir hujra oladi. Shu «hujrai tang va torlikda bekaslik va g’ariblik chirog’ini yoqib» muhtojlikda umr o’tkazadi.
Muqimiy hayotini mutolaa va ijod  qilishga bag’ishlaydi.  Zamonasining yetuk xattotlaridan bo’lgan Muhammad Yusuf xattotdan ta’lim olib, xushxat kotib bo’lib yetishgan Muqimiyga xattotlik asosiy kasb va tirikchilik manbayi bo’lib xizmat qiladi.
 
Bu davrga kelib Muqimiy o’zining jo’shqin lirikasi va davming hukmron ijtimoiy guruhlarini achchiq tanqid ostiga oluvchi hajviy asarlari, yumorlari bilan shuhrat qozonadi. O’z davri adabiy harakatining yetakchilaridan biriga aylanadi. Muqimiy Qo’qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G’aribiy, Nasimiy, Mavlaviy va boshqa shoirlardan tashkil topgan yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi.
1885-86- yillarda shoirning otasi Mirzaxo’ja vafot etadi. Oilani boqish shoir zimmasiga tushadi. Muqimiyning ahvoli yanada mushkullashadi. Shoir bu ahvoldan qutulish yo’llarini izlaydi. Shu sababdan bo’lsa kerak, 1887-88- yillarda Qo’qonni tark etib Tosh-kentga boradi. 1892- yilning boshlarida shoir ikkinchi marta Toshkentga yo’l oladi. Muqimiy Toshkent safari vaqtida ota yurtidagi qarindoshurug’larini topadi, do’stlar orttiradi.
 
Muqimiy Farg’ona vodiysining shahar va qishloqlariga ham bir necha marta sayohatga chiqadi.
Muttasil davom etgan moddiy muhtojlik, kamsitish va ta’qiblar shoir sog’lig’iga ta’sir qilgan edi. 1898-99- yillarga kelib Muqimiy tez-tez kasalga chalinib, 4-5 oylab yotib qoladi va xastalik tufayli 1903-yilda, 53 yoshida, ayni ijodiy kamolotga yetgan paytda vafot etadi.
 
Muqimiy lirikaning g’azal, muxammas, murabba’, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard kabi janrlarida barakali ijod qildi. Bu adabiy shakllar-ning takomiliga ham jiddiy hiss a qo’shdi.
O’z davri adabiyotida sayohatnoma janrining shakllanishi va takomilga erishuvida hassos shoirimiz Muqimiyning xizmati, ayniqsa, kattadir.
Muqimiy do’stlari taklifi bilan Farg’ona vodiysi bo’ lab tez-tez sayohatga chiqar, ko’rgan kechirganlarini barchaga tushunarli, ravon shaklda qog’ozga tushirardi. Bizgacha uning Qo’qondan Shohimardonga; Qo’qondan Farg’onaga; Qo’qondan Isfaraga yo’na lishlari bo’yicha qilgan sayohatlari taassurotlari yetib kelgan. Ular shunchaki yo’l taassurotlarining yozma hisoboti emas, albatta.
Awalo, shoir sayohatnomalari muallithing zamondan, turmushdan shikoyat satrlari bilan boshlanadi. Muqimiy bu o’rinda o’zining sayohatga chiqish sababini bayon etadi. Bu bayon turmush muammolaridan charchagan va birpas bo’lsa ham horigan ko’ngilga taskin berishni orzu qilgan majruh qalbning nola-yu faryodidan iboratdir. E’tibor qilaylik:
Faryodkim, garduni dun Aylar yurak-bag’rimni xun, Ko’rdiki, bir ahli funun Charx anga kajraftor ekan.
Qolmay shaharda toqatim, Qishloq chiqardim odatim. Xohi yayov, bo’lsun otim, Goh sayr ham darkor ekan. Aflok kajraftor uchun, Har dam ko’ngil afgor uchun, Ho’qand tang-u tor uchun, Sahro chiqish darkor ekan.
 
Muqimiy ko’rgan kechirganlarini ochiq-oydin, o’quvchi oson tasawur qila oladigan tarzda tasvirlaydi. Shu ma’noda sayohatnomalardagi joylar, shaxslar tasviri rang-barang, jonli chiqqan:
 
«Do’rmancha»ga ketdim o’tub, Unda bo’lus G’ozi dedi,
Yoqamni har soat tutub. Ham mufti, ham qozi dedi.
Yotdum ul oqshom g’am yutub, Yurt barcha norozi dedi,
Dashti qaroqchizor ekan. Qilg’on ishi ozor ekan.
Shoir o’zi ranjigan joy va odamlarni qanday achchiq til bilan tanqid qilgan bo’lsa, Farg’onaning go’zal tabiati, ko’m-ko’k bog’lari, o’ynab oqib yotgan zilol suvlarini ko’rib, ularni zavq-shavq bilan tasvirlaydi:
Vodil maqomi dilfizo, Ko’chalaridur dilkusho, Anhorida obi safo, Sebarga obishor ekan.
Yoki mana bu tasvirga e’tibor bering:
Anhor-u soyu cho’llari,
O’ynab kelodur suvlari, Shirinki zardolulari, Qand-u asal bekor ekan.
«Sayohatnoma»larning o’qishliligini ta’minlagan yana bir narsa 
ulaming kichik to’rtlik shaklida, ravon qofiya sistemasiga ega bo’lgani hamdir. Ularni o’qigan odam zerikmaydi, yo’l manzaralari aks etgan shirali, o’ynoqi satrlarni beixtiyor yodlab oladi. Ana shu ma’noda hassos shoirimiz Muqimiyni o’zbek adabiyotida mukammal ko’rinish olgan, adabiy an’anaga aylangan «Sayohatnoma» janrining asoschisi deya olamiz.
 
«SAYOHATNOMA»DAN
QO’QONDAN SHOHIMARDONGA
 
Faryodkim, garduni dun «0’ltarma»ga qildim yurush,
Aylar yurak-bag’rimni xun, Yo’ldosh edi bir chitfurush,
Ko’rdiki, bir ahli fiinun Yetdim jadallab vaqti tush,
Charx anga kajraftor ekan. Bir dam qiziq bozor ekan.
Qolmay shaharda toqatim, Bir ma’raka ko’rdim butun,
Qishloq chiqardim odatim. Jami yopingan boshga to’n,
Xohi yayov, bo’lsun otim, Boqsamki, besh yuzcha xotun
Goh sayr ham darkor ekan. Voiz so’zin tinglor ekan.
 
1 Garduni dun - bu yerda: teskari falak ma’nosida.
2 Xun - qon.
3 Ahli funun - hunar ahllari, bilimdonlar.
4 Kajraftor - teskari aylanuvchi.
5 Voiz - va’z o’quvchi.
 
Mingboshilik kimning ishi, Desam, dedi bedonishi, Bir «qo’shtegirmonlik» kishi, Xo’ja Iso badkor ekan.
Mag’rur, xasis-u besh-u kam, Har gapda yuz ichgay qasam, Takjoy olur moxovdan ham, Hoji o’zi murdor ekan.
«Do’rmancha»ga ketdim o’tub, Yoqamni har soat tutub, Yotdum ul oqshom g’am yutub, Dashti qaroqchizor ekan.
Unda bo’lus G’ozi dedi, Ham mufti, ham qozi dedi. Yurt barcha norozi dedi, Qilg’on ishi ozor ekan.
Boz izdihomi voizi, Badkayf-u ochilmas ko’zi, Yuqori boshidin tizi,
Ermaklari ko’knor ekan.
So’rsam dedilar «Bo’rbaliq», Birmuncha echkilar ariq, Kelsa kishi yeyar tariq, Shom-u sahar tayyor ekan.
«Oq yer»din o’tdim, boylari Oliy imorat joylari, Mehmonsiz o’tkay oylari, Kelsa birov nochor ekan.
Ammo nazarda «Roshidon» Firdavs bog’idin nishon, O’ynab oqar obiravon, Sahni gul-u gulzor ekan.
Ma’yus bordim «Zohidon», Bir ko’cha ketguncha do’kon, Sho’x odami, ichmay piyon, Mast, otasi bezor ekan.
Suvlar sepilgan so’rilar, Bo’rlangan o’choq mo’rilar, Tab’ing mabodo choy tilar, Damlashlari ishqor ekan.
«Oltiariq» qursin o’shal, Sellarda qoldim bir mahal, Bo’ldim ivib yomg’urda shal, To’n shilta, ho’l ezor ekan.
Mingboshisi so’finamo, Tasbeh-u bo’ynida rido, Cho’qub qochar zog’i alo, Bir dog’uli ayyor ekan.
 
1 Badkor - yomonlik qiluvchi.
2 Firdavs bog’i - jannat bog’i.
3 Rido - ruhoniylar bo’yniga solib yuradigan oq ro’mol.
 
Xayr-u saxo vajhiga kar, Dushmanlari mehmon erur,
Bir pulni yuz yerdin tugar, Bog’i uning tutzor ekan.
Kelsa gadoy nogah agar,
Bir non chiqish dushvor ekan. «Vodil» maqomi dilfizo,
’rdim chuqur «Chimyon» erur, Yer ostida zindon erur,
Ko’chalaridur dilkusho,
Anhonda obi safo, Sebarga, obishor ekan.
 
FARG’ONAGA
QO’QONDAJV FARG’ONAGA
 
Chun shahrdin chiqdim «Qudash», ’ngul bo’lub mahzun-u g’ash, Majnunsifat, devonavash, Serchashma-yu kam chang ekan.
«Yayfan» agarchi xush havo,
Odamlari yengilnamo, Bir-birlarila doimo Bo’lar bo’lmasga jang ekan.
«Nursux» kabi bir joy kam, Tushmay o’tib qildi alam, Olma, anor o’rniga ham Bog’ida tok-u zang ekan.
Ko’p odamidin «Beshariq»,
Bog’larda ekmishlar tariq. Yetim haqi  go’shti baliq, Qilmishlari nayrang ekan.
Charchashni bilmas yursalar, Purzo’r ketmon ursalar,
 
1 Xayri saxo - xayr-saxovat.
2 Dilfizo - ko’ngilni quvontiruvchi.
3 Dilkusho - ko’ngil ochuvchi.
 
Vaqti namozga kelsalar, Masjid soriga lang ekan.
«Rafqon» ajoyib joy ekan, Bir ko’cha ketgan soy ekan, Salqin supa hoy-hoy ekan, Kim ko’rsa hang-u mang ekan.
Ozodadin to’pori ko’p, Dukchisidin attori ko’p, Choyxo’ridin ko’knori ko’p, Bir rasta nos-u bang ekan.
Ayvonchalar misli katak, Bir yo’lki, odam siqqudak, Chit birla bir yerda alak, Bozori tor-u tang ekan.
Xuftonda kirdim bir do’kon, Qildi ashula bir juvon, Eshak demang, undin yamon, Hangrarda yaxshi hang ekan.
Qiyg’ir ko’targon uch yigit, Uxlatmadilar bir minit, Ham boshda tong otquncha it g’ingshib chiqib, vang-vang ekan.
Ay lay sayohat endi bas, «Konibodom» qilmay havas, Har yerda yotgan xor-u xas, ’zga tikan yakrang ekan.
 
QO’QONDAN   ISFARAGA
 
Do’g’malari ham xo’b bajo, Volosnoyi uhdaburo, Yurt ishlarini doimo Xayriyatin ko’zlor ekan.
Aflok kajraftor uchun, Har dam ’ngul afgor uchun, Ho’qand tang-u tor uchun, Sahro chiqish darkor ekan.
Bordim shahardin «Yakkatut», Baqqoli duzdi badburut, Bir tanga sotkay bir qurut, Insofi yo’q, tarror ekan.
Qishloq juvoni yig’lishib,
Issig’da o’ynashgay pishib, O’tgan tamoshobin tushib, Seshanba kun bozor ekan...
Mingboshi Eshdavlat akam, Ammo quruq savlat akam, Qilsa chiqim gar bir diram, Uyqu qochib, bedor ekan.
«Yayfan» kabi tolzor kam, Yo’q soyasida zarra g’am, Zebo sanam, qoshi qalam Jononlari bisyori ekan.
«Nursux» kabi ham yurt yo’q, Bog’dor-u dehqon qorni to’q, Masjidlari ham ko’p uluq, Turfa farah osor ekan.
«Rafqon»ni bozor joyi tang, Mullolari chaqqon, garang, Omilari ham mullarang, Ko’ylak kiyib, dastor ekan.
Gar mevasi bir tup sotar, Bir pulni yuz yerdin tugar, Bersa gadoga non agar, Ming yilda ham dushvor ekan.
Ammo «Raboti» bachchag’ar, Yo’q hech odamdin asar, Bir podajoyi gov-u xar, Chun og’uli tayyor ekan.
 
1 Baqqoli duzdi badburut
demoqchi.
2 Bisyor - ’p.
3 Do’g’malari - amaldorlari.
 
 baqqoli shop mo’ylovli o’g’ri kishi ekan,
Du bora yurdim dashtlab, Bodom koniga qarab, Mirza Umami so’rag’lab, Havlisida najjor ekan.
Bo’lg’ay o’shal Burhon omon, Yaxshi yigitdur begumon, Xursand qildi nogahon, Mingboshi Xol sarkor ekan.
Armonki, ko’prak yurmadim, Bir-ikki hafta turmadim, «Tikka Rabot»ni ko’rmadim, Purfayz buzrukvor ekan.
Ma’yus chiqdim «Isfara», Dil xasta, majruh-u vara, Issiqqa kuygan qop-qora, Olti jihat ko’hsor ekan.
Anhor-u soyu cho’llari, O’ynab kelodur suvlari, Shirinki zardolulari, Qand-u asal bekor ekan.
Shersiz emasdur beshalar, Bordur saxovatpeshalar, Qilmang yomon andeshalar, Yaxshilari ham bor ekan.
Hoji Zuhur ham o’rdada, Sarhavzalar, oliy sada, Borsa agar bir g’amzada, Jonig’acha esor ekan.
Boyvachchasidur badburush, To’g’ri so’zi achchig’-turush, Sil, eski bachcha, choyfurush,
Hofiz Umar, Qahhor ekan.
Bo’lma halovatga kasal, Olamda yo’q benish asal, Beshak mukofoti amal, Dunyo qurulg’on dor ekan.
Alhamdulillo, bexatar, Keldim, Muqim, aylab safar, Muztar qolib, ko’rmay zarar, Haq bandasiga yor ekan.
 
 
 «SAYOHATNOMA» HAQIDA TUSHUNCHA
 
«Sayohatnoma» adabiy janr sifatida barcha xalqlar adabiyotida mavjud. O’zida sayohat xotiralari va ular bilan bog’liq tafsilotlami aks ettirgan nasriy va she’riy as ami sayohatnoma deb ataymiz.
«Sayohatnoma» janri sharq adabiyotida, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotida o’ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Ushbu janming dastlabki namunalarini ulug’ mutafakkir shoirlarimiz Alisher
1 Najjor - duradgor.
Navoiy va Mirzo Bobur ijodida uchratamiz. XVIII asrning oxiri - XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoir Maxmurning ham sayohatnoma yozganligi ma’lum.
O’zbek adabiyotida alohida poetik shaklda tartib topgan, keyinchalik adabiy an’ana tusiga kirgan bu janming asoschisi Muham­mad Aminxo’ja o’g’li Muqimiydir. Darhaqiqat, Muqimiy «Sayohat-noma»lari may donga kelib, xalq orasida mashhur bo’lganidan keyin, xuddi shu uslubda Zavqiy, Furqat, Tajalliy va shoirga zamondosh boshqa ijodkorlaming «Sayohatnoma»lari yaratildi. E’tibor beradigan bo’lsak, bu davrdagi «Sayohatnoma»lar ko’pincha she’riy shaklda yaratilgan. Ularning ichki tuzilishi quyidagicha:
Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi.
 
Yo’l xotiralari batafsil bay on etiladi.
Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi.
Hozirgi davrimizda zamonaviy «Sayohatnoma»lar ham yaratilyapti. Ular ko’proq adib, shoirlarimiz, jumalistlarimizning turli mamlakatlarga, shuningdek, yurtimizdagi shahar va qishloqlarga qilgan safarlari asosida bitilyapti.
 
Savol va topshiriqlar
 
  • Muqimiy hayoti va faoliyati haqida gapirib bering.
  • Sayohatnoma janrida ko’proq nimalar haqida hikoya qilinadi?
  • Muqimiy «Sayohatnoma»laridan tanqidiy fikrlar joy olgan holatlarga misollar keltiring.
  • Ushbu bandni sharhlang:
  • Faryodkim, garduni dim Aylar yurak bag’rimni xim. Ko’rdiki, bir ahli fimun Charx anga kajraftor ekan.
  • O’zbek adabiyotida «Sayohatnoma» janrida qalam tebratgan yana qaysi shoirlarni bilasiz?
  • «Sayohatnoma»lardan olgan taassurotlaringizni yozma bayon qiling.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz