Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
 Erkin Vohidov
 Abdulla Oripov
 Nodar Dumbadze
Oquv reja va dastur


 
NODAR DUMBADZE
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Nodar DUMB ADZE

(1928 -1984)
 
Gruzin xalqining ardoqli adibi Nodar Dumbadze asarlarida ifoda etilgan ezgulik, insonparvarlik, adolatsevarlik, xalqqa muhabbat tuyg’ulari uni boshqa xalqlar o’quvchilari uchun ham suyukli yozuvchiga aylantirgan. Jumladan, Nodar Dumbadzening o’nlab hikoyalari, «Kukaracha» qissasi, «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» singari romanlari mohir tarjimon Nizom Komil tomonidan ona tilimizga o’girilgan. «Abadiyat qonuni» asari asosida o’zbek san’atkorlari tomo­nidan yaratilgan ko’p qismli videofllm namoyish etilgach esa, adib ijodiga qiziqish bizning yurtimizda yanada kuchaygan.
Nodar Vladimirovich Dumbadze 1928 - yilning 14 - iyulida Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tug’ilgan. Yozuvchining ilk hikoyalar to’plami «Qishloq bolalari» nomi bilan 1958 - yilda chop etilgan. Uning dastlabki yirik asarlari «Men, buvim, Iliko va Illarion» qissasi 1960 - yilda, «Quyoshni ko’ryapman» nomli romani esa 1962 - yilda yaratilgan. Yozuvchining bu asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og’ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o’xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan.
Adib zamonaviy mavzulardagi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlarai ulug’laydi. Uning 1967- yilda yozilgan «Quyosh kechasi», 1972- yilda chop etil­gan «Oq bayroqlar» romanlari bunga misoldir.
 
Nodar Dumbadzening 1978 - yilda yaratilgan «Abadiyat qonuni» asari nafaqat Gruziyaning o’zida, balki ko’plab boshqa yurtlarda
ham izlab topib o’qiladigan asarlar qatoridan joy oldi. Bu romanda insonning hayotdagi o’rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to’g’risida keng mushohada yuritilgan. Adibning aksariyat asarlaridagi voqea, hodisalar insonlar taqdiri o’zining o’tkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham o’quvchi yodida uzoq saqlanib qoladi.
Nodar Dumbadze asarlaridagi g’oya va ma’nolar bizning ko’nglimizdan joy olishining yana qator sabablari bor, albatta. Arwalo, gruzinlar ham xuddi o’zbek xalqidek o’z ona diyorlarini behad sevadilar. Qadim an’analarga sodiqlik, har qanday qiyin ahvolda ham Vatanni tashlab ketmaslik, yoshi ulug’larni e’zozlash singari insoniy ko’nikmalar har ikki xalqqa birdek xosdir.
Endi yozuvchining mashhur hukoyalaridan birini biroz qisqartirilgan holda o’qib chiqaylik.
 
«HELLADOS» (Hikoya)
 
Yanguli - suxumilik grek Xrista Aleksandridining o’g’li. Cho’pday ozg’in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko’zlari charosdek qopqora, qo’llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o’n to’rt yoshli bu bola yon atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning o’zi edi.
Yanguli otasi bilan Venetsian ko’chasida, Chalbash daryosining bo’yida yashardi. Onasini eslolmaydi  chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yo’q davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshko’k, sut, qatiq sotib kun ko’rishadi.
 
Yanguli hech qayerda o’qimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qo’shnilarga sut, qatiq tarqatar edi...
0n to’rt yoshli bu zolim Venetsian ko’chasida istiqomat qiluvchi barcha ustidan, jumladan, xolavachcham Koka ustidan ham tanho hukmronlik qilardi.
Bizning tanishuvimiz o’ttiz sakkizinchi yilning kuzlarida bosh-langan...
Temiryo’l  kesib  o’tiladigan joyda,  odatdagidek,  Yangulining
to’dasi uymalanardi. Beixtiyor boshim o’sha tomon og’di  hozir uyga borishdan nima foyda! Bolalarga yaqin qolganda qadamimni sekinlatdimda, atayin engashib, botinkamning iplarini titkilay boshladim.
 He-ey, skripka!
 
Yangulining ovozini darrov tanidim.
Nima deysan?  Buyoqqakel!
Ishing bo’lsa  o’zing kel!
Yanguli o’zidan ham battar taajjublangan o’rtoqlariga bir qarab qo’ydida, asta men tomonga yura boshladi.
Kimligimni bilmaysanmi hali?  deb so’radi u kishining g’ashiga tegadigan bir ohangda.
Bilaman, dedim ko’zlariga tik qarab.
Bo’lmasa, nega chaqirganda kelmaysan?
 
Kim bo’psan meni chaqiradigan? - dedim yana bepisandlik bilan, ammo har ehtimolga qarshi, skripka solingan g’ilofhi yerga qo’ydim.
Yanguli o’yinni ham unutib, bizni qurshab olgan bolalarga bir-bir qarab chiqdi.
Yanguli, kimligingni bir ko’rsatib qo’y!- dedi bolalardan biri.
Sol, Yanguli!  - deya qo’shimcha qildi ikkinchisi.
Bir shapaloqqina! -  deb maslahat berdi uchinchi bola.
Oldin zo’rligini bir ko’raylikchi!  - Yanguli shunday deb, yuzimni bir siypalab qo’ydi.
Qo’lingni tort! - baqirdim unga.
 
Ola! - deya hayron bo’ldi Yanguli.
Uni qaranglara!
Papirosni chiqaz! - dedi Yanguli birdan qo’lini cho’zib.
Chekmayman!
Pulni ol!
Pulim yo’q.
Cho’ntaklaringni ag’dar!
O’zing ag’dar!
Bolalar pichirlasha boshlashdi. Yanguli dovdirab  qoldi,  ammo darrov o’zini bosib, skripkaga qo’l cho’zdi.
Tort panshaxangni! - deb baqirdim skripka ustiga engashib.
Lekin Yanguli o’zg’irlik qildi  g’ilofni ochib, asbobni menga uzatdi.
Qani, birorta kuy chalib bolalarni xursand qilginchi!
Chalmayman!
 Nega bo’lmasa bu dahmazani ko’tarib yuribsan? Esi yo’q
eshakmisan?
 
 Ber skripkani!
Yanguli asbobni orqasiga yashirib, bir qadam tisarildi.
 Petya, Fema, Kurlik, Pancho, Tena! Umrlaringizda skripka
ovozini eshitganmisizlar? - dedi u bolalarga murojaat qilib. Ular
baravariga chuldirashdi.
 
Radiodan eshitganman! - dedi Petya.
Bo’laqol, Yanguli, bir ko’rsatib qo’y!
Skripkamning ovozini hammadan oldin o’zim eshitdim: Yanguli qulocnkashlab turib skripka bilan boshimga tushirdi.
«Ziing... qars...» etgan tovushdan so’ng asbob ikkiga bo’lindi. Uning qorni, xuddi shartta chopib tashlangan qo’lday, nozik simlarga osilgancha lapanglab turardi.
Bolalar xaxolab yerga dumalashdi.
Yuragim go’yo to’xtab qolganday bo’ldi, miyamga qon urildi, quloqlarim bitib qoldi. Men hech narsani eshitmas, sezmas edim, faqat qornini changallab kulayotgan bolalarni, pachoq bo’lgan skripkani va Yangulining turtib chiqqan ozg’in iyagini ilg’ardim, xolos. Birdan bor kuchim bilan ana shu iyak ostiga musht soldim.
Eshushimni yig’ib olganimda Yanguli ko’prik ustida o’tirar, menga hayratomuz tikilgancha o’ng qo’li bilan iyagini ishqalar edi. Bolalar churq etishmasdi.
Shartta burilib, uyga jo’nadim.
 
O’sha kuni kechqurunoq qo’shnimiz va Yangulining o’ng qo’li hisoblanmish Petya majaqlangan skripka bilan g’ilomi uyimizga olib kelib, ostonaga tashladida, quyonni survordi.
Fig’oni falakka chiqqan xolam awal Petyani, so’ng Yanguli Aleksandridini, oxirida o’zimni bisotida bor yomon so’zlar bilan qarg’ashga tushdi:
 Ha, yer yutsin seni, Petya kasofat!.. Iloyim, bo’yginang go’rda
chirisin!.. Sen ham bir, ko’katfurush otang ham bir! Senlar skripkani
qadriga yetasanlarmi? Paganinimi, Stradivarimi, arrakashmi  senlarga
baribir!.. Eng awal sening go’shtingni qiymalash kerak edi, Yanguli
Aleksandridi! Hayf senga musiqa! Eshakning hangrashini eshitib katta
bo’lgan bola musiqani tushunarmidi! Hammasiga uyimdagi yangi bezori
aybdor! Mana shuni oyog’idan osish kerak! O, opajonim Aniko!
O’zimning tashvishim yetmayotuvmidiki, yana manovi g’urbatni
boshimga balo qilib tashlab ketding-a! Nima gunoh qildim, ey
Parvardigor!..
 
O’sha kuni musiqa olamidagi sarguzashtlarimga nuqta qo’yildi. Hayotimda yangi davr  yashash uchun kurash davri boshlandi...
Ertasi kuni Yanguli bilan Petya bizni maktab darvozasi oldida qarshiolishdi...
Yanguli qora satin ko’ylagini yechdi. Keng, tarang ko’kragini ko’rib, seskanib ketdim. Bu ham mayli, chap to’shining ustiga ko’kish rangda naqshlangan lotin harflaridagi yozuv meni negadir butkul dovdiratib qo’ydi: «Hellados».
Yanguli Petyaga grekchalab bir nimalar dedi. Petya miq etmadi.
Yanguli yana takrorladi. Petya istamaygina ikkala cho’ntagidan ikkita kattakon toshni chiqarib, bir chetga uloqtirdi. Yanguli Kokaga qaradi. Koka shosha-pisha qupquruq cho’ntaklarini ag’darib ko’rsatdi.
 Boshladik! - dedi Yanguli.
 Boshladik! - dedim men ham.
Olishuv ikki, uch minutgina davom etdi.
Men mushtlarimni tugib, Yanguli esa besh panjasi bilan urardi. Men urganda ovoz chiqmas, ammo Yanguli har tushirganda atrofdan qarsillagan aks sado kelardi. Petya Yanguliga grekchalab dalda berar, Koka esa menga gruzinchalab bidirlar edi:
 Kalla qil, Jamol, kalla qil!
 
Mushtlashganda kalla qilish nimaligini o’zim ham bilaman, biroq Yanguliga yaqinlashib bo’lmayotgan edi: uning chayir, terlagan gavdasi har gal sirg’alib qo’limdan chiqib ketaverardi.
Yana bir qarsillagan tovush eshitildiyu, burnimdan tizillab qon otildi. Qonni artgunimcha Yanguli tag’in bir marta tushirdi; natijasi shu bo’ldiki, kecha xuddi Yanguli ag’darilganday gup etib yerga quladim, faqat bitta farqi bor: hozir men turadigan holdaman, ammo Yanguli kecha o’rnidan turolmagan edi.
Nima bo’lganda ham bugungi olishuvning yakuni ma’lum: men yutqazdim. Yanguli biroz kutib turdi, mushtlashishni davom ettirish niyatim yo’qligiga ishonch hosil qilgach, shoshmasdan ko’ylagini kiya boshladi. Nigohim yana ko’ksidagi g’alati so’zga tushdi: «Hellados»...
 
Ertasiga maktabga bormadim  yuzimdagi shish va momataloqlarni davoladim. Uchinchi kuni temir yo’l kesib o’tiladigan joyda Yangulidan boshqa deyarli butun mahallaning bolalari to’planib turganini ko’rdik. Ular bizni hushtak va tahqirlar bilan kutib olishdi.
Yanguli amirona ishora bilan hammaning ovozini o’chirdi, so’ng bamisoli qabila oqsoqoliday o’z qavmiga yuzlanib, tarixiy nutq irod etdi:
Bolalar! Men, Yanguli Aleksandridi, sizlar saylagan sardor, sizlarga, Venetsian ko’chasining hur farzandlariga murojaat qilaman! Ro’parangizda tbilisilik rangpar laqma bilan uning jiyani  vatan va qabila xoini, mishiqi Koka turibdi. Mana bu rangpar kelgindi bizning mehmondo’stligimiz va muruvatimizdan bahramand bo’lish o’rniga Xudo siylagan yerimizni, dengizimizni, jamiki daryolarimiz, oltin va kumushlarimiz, o’tloqlarimizni o’ziniki qilib olmoqchi...
 
Bas qil maynavozchilikni! - dedim uning gapini bo’lib. Mushtlashamiz!
 Bugungi olishuvimizga faqat eshak shohid bo’ldi. Mushtlashish uzoq davom etdi. Har qancha urinmayin, Yanguli o’zg’irlik qildi  birinchi zarbani u berdi. Men yiqilmadim, faqat chayqaldim, xolos. Ikkinchi marta hamla qilganida chaqqonlik bilan gavdamni orqaga tashladim, qo’li burnim yonidan shuvullab o’tib ketdi. Ammo u shu qadar shiddat bilan quloch otgan ediki, muvozanatini yo’qotib, munkaygancha bir qadam oldinga tashladi. Shunda Ho’ o’sha birin­chi bor mushtlashganimizda bo’lganiday, ozg’in iyagi o’ngimga kelib qoldi. Men ham o’sha iyak ostiga qattiq musht soldim. Yanguli yiqildi, bir muddat qimir etmadi.
 
Biz bir-birimizga uzoq tikilib qoldik. Pishillab nafas olayotganimizni har ikkalamiz ham eshitib turardik. Men Yangulining yana hamla qilishini kutardim, ammo, taajjubki, mushtlashishga menda na xohish, na kayflyat qolgan edi. Biroq endi hech qachon Yanguli menga zo’ravonlik qilolmasligini ham bilib turardim.
Bas! - dedi Yanguli kutilmaganda.
 
Bo’pti! - Men ham rozi bo’ldim.  Lekin ertaga bolalarning oldida mushtlashamiz! - deya qo’shib qo’ydim har ehtimolga qarshi.
Keragi yo’q. Zo’r bo la ekaningni bolalarga o’zim aytaman. Lekin, bilib qo’y, birinchilikni senga bermayman!..
 
* * *
 
 O’sha kuni Yanguli sut opkeldi. Hovlida unga ko’zim tushdiyu... taniyolmay qoldim. Basharasi momataloq bo’lib ketgan edi.
 Nima bo’ldi? - deb so’radim ajablanib.
Aql bovar qilmasdi  bu atrofda Yanguliga kim qo’l ko’tarishi mumkin?!- Yoki birorta kattaroq yoshdagi odamning ishimikan bu?
Hech narsa! - dedi u chetga qarab.
Aftingni bir qaragin...
Hechqisi yo’q! - deya jilmaydi u.
Kim ekan u mushtumzo’r?!
Otam!
Otang?
Otam.
Nima gunoh qiluvding? - deya uning shishib ketgan chakkasiga avaylab qo’limni tekkazdim.
Sababi borda...
Nima ish qilib qo’yding?
 
Uch kundan keyin Suxumiga Gretsiyadan paroxod keladi. Bu yerlik greklar Elladaga qaytishyapti. Otam ham...
Xo’sh, nima qipti?
 Ketmoqchi emasman... Otamning gapiga qaraganda, bizning
vatanimiz, ona tuprog’imiz o’sha yerda... Bizni ajdodlar ruhi chaqirayotganmish,
 bu nidoga quloq solish shart emish...
 Nega birga ketmoqchimassan? - deb so’radim astoydil
taajjublanib.
 
Yangulidan ancha vaqtgacha sado chiqmadi.
 Qandoq tushuntirsamikin  deya gap boshladi u nihoyat. 
Onam yo’q, hatto eslolmayman ham. Otam uzzukun tomorqada yoki
tirikchilik tashvishida. Men ko’chada, Venetsian ko’chasida katta
bo’ldim. Mening vatanim, mening Elladam bu  Suxumi, ko’cha,
Chalbash; bu - Koka, Petya, Kurlika, Fema, Qora dengiz, ko’prik... 
U bir yutinib olib, davom etdi: - Bu - Mida qolaversa, sen...
Midaning ismini mening oldimda Yanguli birinchi marta tilga olayotgan edi. Ammo men Mida  bir abxaz kishiga turmushga chiqqan grek ayolining qizi ekanini, Suxumida undan go’zal qiz yo’qligini, Yanguli uni yaxshi ko’rishini bilardim.
 Tushundingmi endi?
 
A’zoyi badanim jimirlashib ketdi. Bunaqa so’zlarni umrimda bi­rinchi marta eshitayotgan edim.
Bu nima bo’hnasa? - Men Yangulining ko’kragini ochib, baland ovozda o’qidim:  Hellados.
Bu  naqsh, Jamol. Vatan ichkariroqda, naq yurakning o’zida! -Yanguli qo’lini ko’ksiga qo’ydi.
O’pkam to’lib, tomog’hnga achchiq bir narsa qadaldi, unga yana bir nimalar demoqchi edim-u, ammo Yanguli eshagini no’xtasidan yetaklab, hovlidan chiqib ketdi...
Suxumiliklar o’zlari bilan et-tirnoq bo’lib ketgan qadrdonlari -greklar bilan xayrlashishardi. Greklar allaqachon nuqraday oppoq «Poseydon» kemasiga chiqib olishgan, o’sha yerdan turib qo’l silkishar, grekcha, ruscha, gruzincha, armancha lafzda bir nimalar deb qichqirishar edi.
Men bolalarga qo’shilib, sohildagi panjara devorga qapishgancha, nigohim bilan Yangulini izlay boshladim. Va uni topdim. Egnida o’sha o’zi yoqtiradigan oldi ochiq qora satin ko’ylak.
 Yanguli, Yanguli! - deya qichqirishga tushdim qo’l silkitib.
 
Yanguli kuzatuvchilarga uzoq, juda uzoq razm soldi va birdan meni
’rib qoldi. Ikkala qo’lini baland ko’tarib, nido berdi:
 Jamol, ego agapo imana su! Jamol, oyingni yaxshi ko’raman!
U grekcha nimadir deb baqirdi-yu, ammo menga qo’shiq aytganday tuyuldi. Tag’in shu narsani sezdimki, nazarimda, kemadan qochib ketmasin debmi otasi uni bilagidan mahkam ushlab turardi. Yana uning qo’shig’ini eshitishga, yana unga mo’ltirab turishga bardoshim yetmadi. Kemaga ters o’girildim-da, yig’lagancha uyga jo’nadim.
Oradan bir kun o’tib, Kelasuri daryosining quyilish joyida dengiz to’lqinlari bir bolaning jasadini sohilga chiqarib tashlabdi. To’g’rirog’i, uni keksa baliqchilar suvdan tortib olib, qumga yotqizi-shibdi. So’ng murdaning kimligini aniqlash uchun shu atrofda o’ynab yurgan bolalarni chaqirishibdi.
Marhumning basharasi shu qadar dabdala bo’lib ketgan ekanki, uni hech kim tanimabdi.
Uni men tanidim. Chap to’shining ustidagi «Hellados» degan sehrli yozuvni ko’rgandan keyin tanidim.
Nafasimni ichimga yutgancha sohildan, so’ng temiryo’l bo’ylab, keyin Venetsian ko’chasidan to’xtovsiz yugurib, telbalarcha uyga otilib kirdim.
Ha, nima bo’ldi?!! - Xolamning kapalagi uchib ketdi.
Nina xola... Yanguli qaytib keldi...
 
So’ng xolamning oldida cho’kkalab, oyoqlarini quchoqlagancha ho’ ngrab yig’ lab yubordim...
 
«HELLADOS» HIKOYASI HAQIDA
 
Mana, aziz o’quvchi, Nodar Dumbadze tomonidan yaratilgan bu nodir hikoyaning naqadar ta’sirli ekaniga o’zingiz amin bo’ldingiz.
E’tibor bering  Yanguli hech qayerda o’qimagan, onasidan go’dakligidayoq yetim qolgan, otasi bo’lsa uzzukun tirikchilik tashvishlari bilan band. Bir qaraganda u  ko’cha bolasi. «O’tganning o’rog’ini, ketganning ketmonini olish» uning kasbiga aylanib qolgandek. Yanguli, garchi, maktab  ustoz ko’rmagan, ota-ona mehridan to’la bahramand bo’lolmagan esa-da, uning tabiatan nozik ko’ngli, mushohadaga moyil aql-u farosati bor!
 
Qarang, Jamol Yangulining onasi yo’qligini bilardi, biroq Kokaning
qistovi bilan (qolaversa, bolaligiga borib) uni onasini qo’shib so’kishdan o’zini tutib turolmaydi. Yanguli esa Jamolning onasi o’lganini eshitiboq, o’z raqibini quchoqlab, undan uzr so’rashga chog’lanadi. Bugina emas, Yanguli otasining zo’rligi bilan Vatanini tark etyapti-yu, shu og’ir holatda ham Jamolning ko’nglini ko’tarishni o’ylaydi: «Jamol, ego agapo imana su! Jamol, oyingni yaxshi ko’raman!»
Jamol nazarida, Yangulining o’z to’dasi oldida so’zlagan «tarixiy nutqi» maynavozchilikdan boshqa narsa emas. Lekin Yangulining birorta gapi yo’liga aytilgan emas. U chindan~da, o’zi va to’dasidagi bolalarni vatanning «hur farzandlari» deb biladi. U rostdan ham Gruziya yerini, dengizini, jamiki daryolarini, oltin kumushlari-yu o’tloqlarini o’ziniki deb hisoblaydi!
Yanguli fojiasida uning otasini ayblashga ham shoshilmaslik kerak. Otani ham tushunish lozim. U ham o’z Vatanini Yangulidan kam sevmaydi. Faqat uning vatani boshqa  Gretsiya - Ellada! Uni chindan ham o’zi voyaga yetgan yurtda ajdodlar ruhi chaqirmoqda. U ham bolalikdagi do’stlariga, xotiralariga, ilk muhabbatiga guvoh bo’lgan go’shalarga talpinadi. Uning ham bu sog’inch-u talpinishlarga haqqi bor!
 
Hikoyachi Jamol ham, garchi hali yosh, o’yinqaroq bolaligi o’tib ketmagan bo’lsa-da, o’ziga xos xarakterga ega obrazdir. Uning o’rnida boshqa bola bo’lganida, balki Yangulidan ikki marta kaltak yeganidan key in bu to’daga bo’ysunib ketardi.
 
Jamol esa bu «to’da»ga bo’sh kelishni xohlamadi. Uning shu qat’iyligi, jasurligi, o’zini xor qildirib qo’ymasligi, oxir-oqibatda, «dushmanlari»ning do’st bo’lishiga, Yangulidek «zo’ravon» e’tirofini qozonishga olib keladi. Jamolning hozirga qadar o’tkazgan hayotidagi eng fojiali kun  qadrdoni Yangulining o’limiga shohid bo’lgan kun bo’lsa, ajab emas.
Asarda Jamolni asrab olgan Nina xola unchalik ko’p ishtirok etmaydi. Biroq bu zahmatkash ayolning kuyinib gapirishlari, asablari ancha tarang tortib qolganidan sezamizki, uning boshidan ham anchagina issiq-sovuqlar o’tgan. Jamolning do’sti Koka, Yanguli to’dasining bir qancha a’zolari obrazi haqida ham shu fikrni aytish
mumkin. Bularning bari «Hellados» hikoyasida qator betakror inson xarakterlari yaratilganidan yaqqol darak beradi.
Nodar Dumbadzening «Hellados» asarini sinchiklab o’qib, undan yana talay ma’nolar topishingiz, ruhingiz va dunyoqarashingizni boyitishingiz mumkin. Ishonamizki, siz faqat bu asar yoki faqat qo’lingizdagi «Adabiyot» darsligiga kirgan asarlar mutolaasi bilan cheklanib qolmay, mustaqil o’qishga zo’r berasiz, yangi-yangi kitoblardan olam-olam taassurotlar olasiz. Bu maroqli mashg’ulot sizning kelajakda chin Inson bo’lib yetishuvingiz, o’zingizdek inson bolasini tushunishingiz va go’zal hayot kechirishingizda, albatta, asqatadi!
 
Savol va topshiriqlar
  • Nodar Dumbadzening ijodi to’g’risida nimalarni bilasiz?
  • «Hellados» hikoyasida ilgari surilgan asosiy flkr  haqiqat nimadan iborat, deb o’ylaysiz? 
  • Sizning ko’proq kimga o’xshagingiz keladi  Yanguligami, Jamolgami, Petyagami yoki Kokaga?
  • Sizningeha, Yanguli bilan Jamol nimani talashishib bunehalik ko’p urishishdi?
  • Yanguliga o’xshagan bolalar sizning qishlog’ingiz, mahallangizda ham uchraydimi? Ular rostdan ham Yanguliga to’liq
  • o’xshasharmikin, buni yaxshilab o’ylab ko’ring.
  • Grazin va o’zbek xalqlari qarashlari, urf-odatlaridagi o’xshash jihatlarni misollar bilan aytib bering.
  • Gruzin kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan badiiy yoki hujjatli
  • filmlar misolida bu xalqqa xos bo’lgan eng muhim xususiyatlar to’g’risida so’zlang.
  • Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida Nodar Dumbadze tashabbusi bilan «Mziuri» - «Quyoshjon» nomli bolalar bog’i barpo etilgan. Bu fakt nimadan dalolat beradi?
  • Gretsiyaga yo’l olgan «Poseydon» kemasida nima voqea ro’y bergan bo’lishi mumkin?
  • Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasini o’qib olgan taas-surotlaringiz asosida uy inshosi yozing va sinfdoshlaringizga o’qib bering.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz