Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
 Mirkarim Osim
 Gafur Gulom
 Oybek
 Usmon Nosir
 Mirtemir
 Asqad Muxtor
 Otkir Hoshimov
 Antuan de Sent-Ekzyuperi
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
OTKIR HOSHIMOV
  
Chop etish uchuv versiyasi


 O’tkir HOSHIMOV

(1941-yilda tug’ilgan)
 
Aziz o’quvchilar! Siz ijodini o’rganishga kirishayotgan O’tkir Hoshimov katta adib. O’ndan ortiq roman va qissalar, biri-biridan ta’sirchan ko’plab hikoyalar, bir necha hayajonli dramatik asarlar muallifi. Dastlabki qissasi bilan mashhur adib Abdulla Qahhorning nazariga tushgan. O’. Hoshimovning «Cho’l havosi» qissasini o’qigan adib yozuvchiga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytgan, «sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladi»gan asar yozgani bilan tabriklagan edi.
 
O’tkir Hoshimov 1941- yilda Toshkentning Do’mbirobod mahallasida tug’ilgan. Yoshligidan ilmga, adabiyotga, san’atga qiziqqan bo’lajak yozuvchi 5- sinfda o’qib yurgan vaqtidayoq, demak, siz tengi yoshlarida she’r mashq qila boshlagan edi. Dastlabki kitobi esa yozuvchining talabalik yillariga to’g’ri keladi. O’tkir Hoshimov hayot qozonida qaynagan, yozuvchi sifatida hayotdan bir qadam ham ajra-may qalam tebratgan ijodkor. U amaliy va ijodiy ishni teng olib bordi. Adibning hayot yo’liga diqqat qiladigan bo’lsak, u xat tashuvchi, musahhih, muxbir, gazetada bo’lim mudiri, nashriyotda va jumalda bosh muharrir kabi bosqichlarni bosib o’tganiga guvoh bo’lamiz. Keyingi yillarda bir necha marta xalq deputatligiga saylangan adib Oliy Majlisda qo’mita raisi sifatida ham faoliyat ko’rsatgan. Biroq bir lahza bo’lsa-da, adabiy ijod bilan aloqani uzgani yo’q. Keyingi 8-10 yilda ham adibning qator sermazmun kitoblari, publitsistik maqolalari chop etildi. Hozirda
adibning «Urushning so’nggi qurboni», «Muhabbat» kabi ko’plab hikoyalari, «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» nomli romanlari, «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Ikki karra ikki besh», «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari» nomli qissalari respublikamiz va xorijda sevib o’qilmoqda. «Qatag’on», «Inson sadoqati», «To’ylar muborak» dramalari mamlakatimiz teatrlarida sah-nalashtirilgan. Respublika radiosida efirga berilayotgan, televideniyesida ko’rsatilayotgan bir qancha radio va telespektakllar ham hassos yozuvchimiz asarlari asosida yaratilgandir. Bugun xalqimiz О ’ tkir Hoshimovni ulkan adib, ’tkir nafasli jurnalist, faol siyosatdon arbob sifatida taniydi, hurmat qiladi. Bu hurmatning boisi uning biz yuqorida tilga olgan asarlari, jo’ shqin ijtimoiy faoliyatidir.
 
Bolalar, bugun siz bilan yozuvchining «Dunyoning ishlari» qissasi haqida gaplashamiz va sizga bu asarni to’liq o’qib chiqishni maslahat beramiz. Chunki mazkur asar eng ezgu, eng samimiy tuyg’ular haqida, eng e’zozli zot  ona to’g’risida hikoya qiladi. Onaning qanday inson ekanligini yaxshi bilamiz. U insonga hayot beradi, yuvib-taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun eng to’tiyo narsa, o’g’ilmi. qizmi, uning farzandi. Ona o’z farzandi uchun hamma narsaga, hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo’lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to’qilgan, dostonlar, katta-katta asarlar bitilgan. Ki-chik maqollardan tortib, muborak hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi. О’tkir Hoshimovning bu asari har biri o’ziga mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush», «Alia», «Oltin baldoq», «O’ris bolaning oyisi», «Iltijo» kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o’g’li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona axloq odob qoidalarini o’zida mujassam etgan Ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorliklardan xoli. Shu tufayli ham katta qiziqish va hayajon bilan o’qiladi. Bu qissa, oqsoqol adibimiz, O’zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, «...dostondek ’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz...»
 
Shu o’rinda qissadagi «Gilam paypoq» hikoyasiga diqqat qilaylik. Unda ona o’z jigarbandini kasallik xavfldan tezroq xalos qilish uchun har narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor. Ona qattiq shamollab qolgan o’g’ilchasini shosha-pisha «Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam ’lib qoladi!» degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yuguradi. Bola darddan biroz yengil tortgach, o’z sog’lig’ini xavf ostiga qo’ygani  oyog’ini sovuqqa oldirgani ma’lum bo’ladi.
 
Asardagi «Alia» deb nomlangan bob ham nihoyatda ta’sirchanligi bilan kishini rom etadi. Alia inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo’ shiq, u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir. Yozuvchi bu ezgu qo’shiqni ilohiy kuchga ega bo’lgan, ko’ngilni eritadigan ohang sifatida ta’riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o’qish qiyin.
Qissaning «Iltijo» deb nomlangan bobida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to’lab bo’lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi. Chunki onalarimizning hayotdagi o’rni beqiyosdir. Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo’ladi, parvarishlab voyaga yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo’msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg’ularini g’oyat samimiy tasvirlay oladi.
 
«Qarz» hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan. Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo’shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi. O’tgan yili ularga tufli olib bergan bo’lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko’ylak sovg’a qiladi. O’g’illariga esa «qarz oluvdim, qarzimni uzyapman» deb bahona qiladi.
Darhaqiqat, «Dunyoning ishlari» qissasini o’qiganda qalbimizni ikki xil iliq his chulg’aydi - u ham bo’lsa o’z onamizga va umuman onalarga bo’lgan mehr hissi. Haqiqatan ham, adibning o’zi e’tirof etganidek, asar uning o’z onasi haqida emas, «...umuman, o’zbek ayoli haqida va umuman onalar to’g’risida». Qissada bir-biridan mazmunli, qiziqarli hikoyalar ko’p. Shu tufayli ham sizga bu asarni topib to’liq o’qib chiqishni maslahat beramiz.
 
DUNYONING ISHLARI
(Qissadan boblar) ALLA
 
Qabriston g’ishtin devor bilan o’ralgan. Darvozaning narigi tomo-nida - go’rkovning hujrasi. Berigi tomonida  tashqarida uning hovlisi.
Darvozaga yaqin kelishim bilan ichkaridan  hujra tomondan tilovat sadosi eshitildi. Xuddi shu payt hovli tomondan alia ovozi yangrab ketdi:
Alla-yo, alia, jonim bolam-a, alia...
Kim bo’ldi bu? Go’rkovning kelinimi? Qizimi?.. U hamon sokin tovushda davom etardi:
Uxla, qo’zim, alla-yo, shirin qizim, alia...
 
Ertalab yomg’ir yog’gan edi. Darvozaning temir panjaralarida suv tomchilari yaltiraydi. Ko’lmakda quyosh jilolanadi. Muzdek tutqichdan ushlagancha turib qoldim. Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alia. Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo’shilib bahor nafasiga to’lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchalar chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi:
«Rabbano-o, rabbano-o-o...» «Alla-yo, alia»...
Bir xil bolib ketdim. Panjarador darvozaga suyanib uzoq turib qoldim.
Onam beshigim ustida alia aytganini eslay olmayman. Esimni taniganimda beshikda yotmaydigan bo’lgan edim. Biroq oyim ukamga alia aytganini eshitganman. Ko’p eshitganman.
Qish kechalari sandalga suqilib tizilishib yotardik. Uy nim qorong’i. Piligi pastlatib qo’yilgan chiroq xira nur sochadi. Shiftda lampa shisha uchidan chiqqan nur doirasi ko’rinadi. Chiroq doim bir joyda turgani uchun shiftning o’sha yeri sarg’ayib qolgan. Hamma yoq jimjit. Shu qadar jimki, dadamning hujrasidagi soatning chiqillayotgani ham eshitiladi. Tashqarida bo’ron guvullaydi. Quruq qorning derazaga chirsillab urilishi eshitilib turadi. Ukamning beshigi g’ichirlaydi. Onam alia aytadi.
 
Alia, bolam, uxlay qola-a, alia,
Quchog’imda orom ol, alia...
Yo’q, bu qo’shiq emas. Oyimning ovozida qandaydir boshqa narsa bor. Mungmi, iltijomi...
Tog’lardagi shunqorim-ey, alia, Beshikdagi qo’chqorim-ey, alia...
Ukam ovunib qoladi. Oyimning o’zi ham beshikni quchoqlagancha mudrab ketadi. Bir mahal beshik ustidagi qo’li shilq etib yoniga tushdi. Ukam uyg’onadi, beshik yana g’ichirlaydi. Oyim ham cho’chib ko’zini ochadi.
 
Beshikni ohista tebratadi:
Yigitlarning sardori bo’l, jonim-a, Yuragimning madori bo’l, alia...
Yana jimlik cho’kadi. Soat chiqillaydi, qor derazaga chirsillab uriladi. Sekin-sekin ko’zim uyquga ketarkan, qulog’im ostida yana o’shama’yus sado eshitiladi.
Oq uy ola bargaklarda jonim-a, Yonib turgan chirog’imsan, alia...
Keyin... katta bo’lganimda ham qayerda alia eshitsam, negadir yuragim shirin orziqish bilan talpinib ketar, nega bunaqa bo’layotganini o’zim bilmas edim. Bir yili uch-to’rt qalamkashlar olis tog’ qishlog’iga bordik. Mashina yurmas edi. Ot minib o’rganmaganim uchun charchab qoldim. Manzilga yetmasimizdan qorong’i tushdi. Yaylovdagi qirg’iz o’tovida tunab qolishga to’g’ri keldi. Qimiz ichdik, sovuq suzma yedik. Keyin birimiz namatga, birimiz po’stakka yonboshlagancha
 
 
uxlab qolibmiz. Bir mahal sovuq qotib uyg’onib ketdim. Atrof jimjit. Faqat olisda it akillaydi. O’tov keragasidan shorn yegan oy mo’ralaydi. Shu payt qo’shni o’tovda chaqaloq yig’isi, ketidan ayol kishining alia aytayotgani eshitildi. Men uning so’zlarini aniq bilmasam ham alia aytayotganini his qilib turardim. Negadir yuragim shirin orziqib ketdi. Ayolning ovozimi, alia ohangimi, xuddi onamga o’xshab ketardi. Negadir shu ohang bilan qalbimga orom kirganday bo’ldi-yu, o’z-o’zidan ko’zlarim yumilib keta boshladi. Go’yo qirg’iz ayol bolasiga emas, menga alia aytayotganday... Yaqin orada bunaqa shirin uxlamagan edim.
 
Oradan uch-to’rt yil o’tgach, shunaqa holatni yana bir marta boshimdan kechirdim. Kislovodskka dam olishga borgan edik. To’rtta o’zbek yig’ilsa osh qilish harakatiga tushib qoladi. Sanatoriy yaqinidagi xonadondan qozon topdik. Bu yerning aholisi yoz paytida uyiga dam oluvchilarni ijaraga qo’yadi. Bu xonadonda ham sibirlik juvon ijarada o’tirarkan. Sap-sariq sochli, barvasta gavdali, yuzini sepkil bosgan juvon qishloq ayollariga xos soddadillik bilan bizga darrov elakishib ketdi. Kichkintoy o’g’ilchasini ko’tarib goh sabzi archishadi, goh idishlarni yuvadi. O’zbek palovining ta’rifini ko’p eshitsa ham hech yemaganini dilkashlik bilan aytib kuladi.
 
Birgalashib osh yedik, ko’k choy ichdik. Keyin sibirlik juvon kichkintoyini ko’tarib uyga kirib ketdi. Oradan chorak soatcha o’tgach, ichkaridan uning ovozi keldi:
Ba-yu ba-yushki, bayu, ba-yu-bay...
Qiziq, yuragimda yana o’sha shirin orziqish uyg’ondi. Uning ovozi ham onamnikiga o’xshab ketadi. Do’stlarim gangir-gungur suhbatlashib o’tirishibdi. Men bo’lsam ichkaridan chiqayotgan alia sadosiga quloq solaman. «Ba-yu, bay...»
 
Bu qanday holat?! Bu qanday sehr? Nima o’zi bu?
Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam o’z seviklisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas, ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo’shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas, ehtimol,
dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam mshunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go’dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go’dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham Ona  tabiatning eng buyuk ixtirosidir.
Bilmadim... Qabriston darvozasi oldida, bir tomonda tilovat, bir tomonda alia yangrayotgan darvoza oldida turib shularni o’yladim-u g’alati bo’lib ketdim.
 
HAQQUSH
 
Do’stlarim «Juda siqilib ketdingiz, aylanib kelamiz», deb tog’ga sudrashdi. Alla-pallagacha o’tgan-ketgandan gaplashib o’tirdik. Qiziq, har gal bosh ustiga bosib tushgudek mag’rur qad kerib turgan tog’larni, ulkan nowot parchasidek qirrador qoyalarni ko’rganda hayot abadiy emasligini o’ylayman. Qorong’i osmonda yana ham qoraroq soyadek qilt etmay turgan bu qoyalar bizga o’xshaganlarning necha-nechasini ko’rdi ekan?.. Faqat ularning tili yo’q...
Kechasi tunagan joyimiz sovuq edi. Anchagacha uxlay olmadim. Tashqarida teraklar shitirlaydi. Qayerdadir, yaqin joy da daryo shovullaydi. Bir mahal qulog’imga dilni orziqtiruvchi mungli tovush chalindi: «Haq-qu, haq-qu...» Bir zum sukunat tushdi-da, ancha olisdan yana o’sha tovush takrorlandi: «Haq-qu, haq-qu...»
Bola edim, go’dak edim. Onam aka-ukalar haqida g’alati bir cho’pchak aytib berg an edi. Emishki, bir zamonlar ikki aka-uka yashagan ekan. Birining oti Ilhaq, ikkinchisiniki Is’hoq ekan. Ikkalasi bir-birini ko’rarga ko’zi yo’q, juda noahil ekan. Ularning ko’nglini olaman, deb ikki o’rtada onalari adoyi tamom bo’pti. Shunda qodir tabiatning qahri kelibdi-yu, ikkovining ham ko’zini ko’r qilib, qushga aylantirib qo’yibdi. Shundagina aka-uka bir-birini ko’rmasa turolmasligini, bir-biriga kerak ekanligini tushunibdi. O’shandan beri ikkalasi kechalari bo’zlab bir-birini chaqirib chiqarmish-u, topolmas emish...
Tashqarida hamon terak barglari shitirlaydi. Daryo shovullaydi. Mana shu shovullagan sukunat ichida dilni titratadigan iztirobli nido yangraydi: «Ilhaq! Is’hoq!..»
Bechora onam! O’sha iztirobli afsonani aytayotganingda inidan mo’ralagan qaldirg’och bolasidek ko’rpadan bosh chiqarib yotgan besh bolang bir-biri bilan inoq bo’lishini shunchalik xohlaganmiding!
... Onalar farzandlari hamisha birga bo’lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.
 
QARZ
 
Bir kuni gapdan gap chiqib, aka-ukalar oyimga hazillashdik:
Har oy pensiya olasiz. Shuncha pulni qayoqqa qo’yayapsiz? Sandiqqa bosyapsizmi?
Sandiq qatta, bolam? - deb kuldi onam. - Qarzlarim bor. O’shanga beraman-da.
Akamning qovog’i osildi.
 
Qarz? Hali birovdan qarz ham olasizmi?
E, sanga nima, bolam! Mening ishimga aralashib nima qilasan? Key in gap boshqa yoqqa aylanib ketdi. Bu suhbatni butunlay unu
tib yuborgan edim. Qaysi kuni ertalab hovlida aylanib yursam, qo’shni-mizning yetti yashar qizchasi Nilufar chiqib qoldi. Oppoq bantik taqib, atlas ko’ylak kiyib olibdi.
Ha, Nilu, yasanib olibsan, mehmonga ketyapsanmi? - dedim erkalab.
Bugun man tug’ildim, - dedi u qop-qora ko’zlarini pirpiratib jilmayarkan.
 
Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay turchi, hozir. Uydan bir hovuch konfet olib chiqdim.
Mana, o’rtoqlaring bilan ye.
Nilufar kattalardek jiddiy bosh chayqadi:
- Men shokolad yemayman. Tishim tushgan. - Keyin yana o’sha
jiddiy ohangda qo’shib qo’ydi: - Bultur poshsha buvim menga tufli olib beruvdilar. Tug’ilganimda, - qizcha o’ylanib qoldi. - Keyinchi, Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga ko’ylak... Qo’limdan konfet tushib ketdi.
 
GILAM PAYPOQ
 
Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman. Kavkaz tomonda ko’p bo’ladi. Juba deyishadi, jurabi deyishadi. Oyim xuddi noyob narsaga ega bo’Igandek, uzundan uzoq duo qiladi. Shundoq mehribon o’g’li borligini aytib qo’shnilarga maqtanadi. lining oyog’i kasal. Salqin tushishi bilan shishib ketadi, og’riydi.
Qo’ni-qo’similar ahvol so’rasa, ularniyam, o’ziniyam yupatadi.
- Ha, endi keksachilik-da, o’rgilay.
 
Lekin onamning oyoq og’rig’i faqat keksalikda emas. Buni boshqalar bilmasa ham, men bilaman. Yaxshi bilaman.
Bolaligimda ko’p kasal bo’lardim: qizamiq, ko’kyo’tal, bezgak... Shuning uchun oshxonadagi mixda ’ qarg’aning patidan tortib, gultojixo’rozgacha ilig’liq turardi... Ayniqsa, tomoq og’rig’i yomon qiynaydi. Oyog’im zaxga tegishi bilan tomog’im og’rishga tushadi. Oyoq bilan tomoqning nima aloqasi borligini haliyam tushunolmayman.
O’shanda necha yoshdaligim esimda yo’q. Biroq juda kichkina edim. Bir kuni akalarim bilan yaxmalak o’ynab terlab ketdim. Terlab turib muz yedim. Kechqurun isitma ko’tarildi. Quv-quv yo’talaman. Oyim tomog’imni achchiqtosh bilan chayib ko’rdi, bo’lmadi, turshak qaynatib suvini ichirdi, bo’lmadi... Oxiri tomog’imni xippa bo’g’ib qo’ydi. Og’riqni sezmayman-u, nafas olishga qiynalaman. Hushimdan keta boshlaganimni es-es bilaman. Qulog’im ostida onamning chirqillab yig’lagani, hadeb bir gapni qaytarayotgani eshitiladi:
- Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam ’lib qoladi!
 
Keyin meni shosha-pisha ko’rpachaga o’radi. Bir mahal onamning qo’lida ketayotganim esimda bor. Gupullatib qor yog’ayotganini his
etib turardim-u, biroq yuzimga qor tushmas edi. Onamning issiq nafasi urilib turar, u sirg’anib-sirg’anib borar, og’ir hansirar edi.
Xira chiroq miltirab turgan allaqanday uyga kirdik. Ko’z o’ngim yana qorong’ilashib ketdi. Oyim hamon chirqillaydi:
- О’lib qoladi! Bolaginam ’lib qoladi!
- Vahima qilmang, poshsha, dardni bergan xudo, davosiniyam beradi.
 
Bu Hoji buvining ovozi ekanini g’kashira idrok etdim.
Hoji buvi boshimni tizzasiga qo’yib chalqancha qilib yotqizdi. Doka o’ralgan barmog’ini og’zimga tiqdi. Ko’nglim ag’darilib, tipirchilagancha yig’lar, ammo Hoji buvining qo’lidan chiqib ketolmasdim. U tomog’imga nimadir qildi. Dod solib qo’lini tishlab oldim. Qiziq, birpasdan key in ahvolim yengillashdi. Ko’zimni ochsam, Hoji buvi jilmayib turibdi.
- Nega tishlaysan, kuchukvoy? - dedi boshimni silab.
Keyin tepamga oyim engashdi. U hamon hansirar, sochlari to’zg’ib ketgan, yuzi jiqqa ho’l edi.
Birpasdan keyin qaddimni rostlab, tanchaga1 oyog’imni tiqib ’tirdim. Hoji buvi allaqanday taxir suyuqlik ichirdi. Keyin oyimga qaradi-yu, bir xitob qildi:
- Voy, poshsha-a-a! Nima qilib qo’ydingiz, tamom bo’psiz-ku!
Oyim talmovsirab, goh menga, goh Hoji buviga qarar edi.
 
- Oyog’ingizdan ayrilibsiz-ku! - dedi Hoji buvi boshini chayqab. -Shu ahvolda qandoq keldingiz?
Kavshandozda2 turgan oyimning kalishini endi ko’rdim. Kalishning ichi qorga to’la edi.
- Sarpoychan kelaverdingizmi?! - dedi Hoji buvi hamon o’sha vahimali ohangda. - Endi nima qilasiz? Qarg’aning miyasini chaqib surmasangiz, cho’loqbo’lib qolasiz.
Oyim tanchadan oyog’ini chiqardi. Ikkala oyog’i qir-qizil go’sht bo’lib ketgan edi.
 
 
- Sovuq yegani yo’q, - dedi sekin. - Qaytaga isib ketdi. Qorda o’zi
isib ketarkan.
 
Hoji buvi uning oyog’ini uqalab ko’rdi.
Sezyapsizmi?
Nimani? - dedi oyim oyog’iga emas, menga qarab.
Qo’limni sezyapsizmi?
Oyim indamay bosh chayqadi-da, piqillab yig’lab yubordi.
... ertasiga u yotib qoldi. Uzoq yotib qoldi. Dadam bir joy dan qarg’a otib keldi. Hoji buvi qo’lidan kelgancha dori-darmon qildi... Keyin oyim tuzaldi. Biroq salqin tushishi bilan oyoqlari shishib, azob beradigan bo’lib qoldi...
 
Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelardim. U xuddi noyob narsaga ega bo’lgandek, ketimdan uzoq duo qiladi, birpasda hamma qo’shnilarga ko’z-ko’z qilib chiqadi, shundoq «mehribon» o’g’li borligini aytib maqtanadi. Shunda qor gupullab yog’ib turgan mudhish kecha, onamning qip-qizil go’shtga aylanib ketgan oyoqlari ko’z o’ngimga keladi-yu, indamay chiqib ketaman.
 
ILTIJO
 
Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim...
Qarang, oyi, tag’in ko’klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor ki-rishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko’m-ko’k may salami ’rib quvonardingiz. Esingizdami, nevarangiz terib kelgan boychechaklarni ko’zingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz...
Bugun... o’zingizning ustingizdan boychechak o’sib chiqibdi... Yo’q, yo’q, oyijon... Yig’layotganim yo’q. Bilaman, men yig’lasam, siz bezovta bo’lasiz. Hozir... hozir o’tib ketadi. Mana, bo’ldi...
Ertalab-chi, oyi, yomg’ir yog’di. Qattiq yomg’ir yog’di. Siz bahor yomg’irini yaxshi ko’rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... esingizdami, siz menga oftob to’g’risida cho’pchak aytib bergan edingiz. O’sha oftob charaqlab yotibdi... Ko’ryapsizmi...
 
Esingizdami, oyi, ukamga alia aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo’lib uxlab qolardim. O’sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay, oyi, men alia aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo’ysam orom olasizmi... Mana, oyijon, mana... Yo’q, yo’q, yig’layotganim yo’q. Hozir, hozir o’tib ketadi.
Esingizdami, oyi siz bir marta, atigi bir marta, o’shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o’g’lim» degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bo’lmang, men ham hazillashgan edim. Mana o’sha kitob. Yo’q, uni men yozganim yo’q. Uni siz yozdingiz. Men uni qog’ozga tushi-rib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o’qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi. Shundoq bo’lsayam, ularning hammasi Sizga o’xshashini xohlayman...
 
Savol va topshiriqlar
  • O’tkir Hoshimov haqida nimalarni bilasiz? Gapirib bering.
  • «Dunyoning ishlari» qissasining umumiy mazmuni haqida so’zlab bering.
  • Asarda tasvirlangan ona obrazi bilan barchamizning onalarimiz o’rtasida qanday o’xshashliklar ko’ramiz.
  • «Alia» bobidagi ona allasining bareha uehun tushunarli, ya’ni umumbashariy hodisa ekanligi haqidagi gaplarni sharhlashga ha-rakat qiling.
  • Qissaning «Iltijo» bobidagi «Esingizdami, oyi...» deb boshlanuvehi so’nggi abzasini yod oling.
  • «Qarz» bobi so’ngida qo’shnining qizchasi Nilufar bilan suhbat chog’ida nega adibning qo’lidan konfetlar tushib ketdi? Hikoyani o’qib ma’nosini tushuntirib bering.
  • «Haqqush» hikoyasida noahil aka-ukalar qanday jazoga tortildi?
  • «Gilam paypoq» hikoyasida onaning bolasiga fidoyiligi nimalarda ko’rinadi?

 

 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz