Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
 Mirkarim Osim
 Gafur Gulom
 Oybek
 Usmon Nosir
 Mirtemir
 Asqad Muxtor
 Otkir Hoshimov
 Antuan de Sent-Ekzyuperi
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
OYBEK
  
Chop etish uchuv versiyasi


 OYBEK

(1905-1968)
 
Taniqli o’zbek adibi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905- yil 10- yanvar kuni Toshkent shahrida bo’zchi oilasida tug’ilgan. Awal maktabda, keyin pedagogika texnikumida o’qigan. 1925-1930- yillarda O’rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetida ta’lim olgan Oybek o’qishni bitirib, shu dorilrununda muallimlik qilgan.
She’rlar yozish bilan ijodini boshlagan Oybekning dastlabki to’pla-mi «Tuyg’ular» nomi bilan 1926- yilda chop etildi. Shundan so’ng shoir yirik she’riy janr hisoblangan dostonchilikka qo’l uradi. Birin-ketin «Dilbar - davr qizi» (1931), «O’ch» (1932), «Baxtigul va Sog’indiq» (1933) singari turli mavzudagi o’nlab dostonlari e’lon qilinadi.
 
Bilasizki, eng katta daryolar ham dastawal tog’lardan pildnab tushuvchi arg’amchidek ingichka jilg’alardan boshlanadi. Daryoning siz ko’rgan qudratli oqimida o’sha jilg’alarning har birini o’ziga yarasha ulushi bo’ladi. Xuddi shunga ’xshab Oybekning keyinchalik yozgan yirik nasriy asarlari - «Qutlug’ qon» (1940), «Navoiy» (1944), «Quyosh qoraymas» (1958) singari romanlarining «xamirturushi» ham kichik-kichik hikoyalar bo’lgandi. Ular sirasiga «Fanorchi ota», «Musicha», «Singan umid», «Tillatopar», «Gulnor opa» kabi hikoyalarni kiritish mumkin. Shunisi muhimki, bu asarlarning aksariyat
qahramonlari keyin ham yozuvchi o’y va fikrida yashashni davom et-tirdi, ijodiy o’sib bordi. Ma’lum vaqt o’tib esa, yuqorida sanaganimiz yirik romanlarda to’laqonli qahramonlar bo’lib may donga chiqishdi.
Shunday asarlardan biri o’tgan asrning 30- yillarida yozilgan «Fa-norchi ota» hikoyasidir.
Keling, awal bu hikoyani birgalashib o’qib chiqaylik.
 
FANORCHI OTA
(Hikoya)
 
Tor, qiyshiq ko’chaning o’ksiz oqshomini Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o’tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kuni kechqurun past bo’yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota» der edik. U juda yuwosh, indamas kishiydi; kichkina narvonchasini chaqqon qo’yib, allaqanday ustalik bilan chiqar, qo’ltig’idan kir ro’molchasini olib, avaylab fanor oynalarini artardi. Fanorni yoqqach, yerga tushib, obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo’yib birpasda ko’zdan yo’qolar edi.
Fanor qurilgan vaqtlarda butun mahalla quvonib, unga allaqanday mehr ila qaragan bo’lsalar-da, faqat bu mehr uzoqqa cho’zilmagandi. Keyincha har kim unga parvosiz bo’la boshladi.
 
Ayniqsa, mahalla bolalari ila fanor orasida anglashilmas dushmanlik uyg’ondi. To’planishib, awalo bir-birimizning do’ppimizni otishar, fanorga do’ppi kiygizgan o’rtoq merganligi ila kerilar edi. Keyincha bu ham bizni zeriktira boshladi, chunki piston qadalgan yoki har turli ipaklar bilan bezalgan do’ppini kiyib olib, fanor chiroyli bir tus olar, bizni xafa qilgandek bo’lar edi. Shuning uchun ham qo’limizga tosh, kesak olib, fanorga hujum qilishni o’rgandik. Bunda u juda kuchsiz edi: kichkina bir kesak yoki tosh parchasi bechora fanorning oyna ko’zlarini o’pirib tushirardi. Keyin-keyin Fanorchi ota haftada uch-to’rt marta unga «yangi ko’zoynak» taqib ketishga majbur bo’lardi. U ketdi, darrov biz yangi «ko’z»ni o’yib olardik. Shunday bo’lsa-da, Fanorchi ota «lorn» deb og’iz ochmasdi. Uning bu qilig’i bizga sira yoqmas, tutib olish uchun poylasa, hatto birontamizni tutib ursa ekan, der edik. Ammo shu tilaklardan bittasi ham yuzaga chiqmasdi.
 
Bir kun, namozshom vaqti, ko’chada bolalar ko’p edi. Ichimizda eng ko’p qo’rqmaydigan, eng battol Qosim cho’loq: «Bolalar!» - dedi. Changga botgan yuzlarimiz yangi bir narsa kutib, uning ko’zlariga ti-kildik.
- Fanorchi ota keladigan vaqt yaqin. Sindiramiz. Nima qilar
ekan? - dedi~da, qo’lga ilinadigan bir narsa qidira boshladi.
Qo’llarimizdan g’izillab uchgan tosh-kesaklar fanorning hamma ko’zlarini teshib o’tgan edi. Uzoqdan Fanorchi otaning bukilgan kichkina qomati yaqinlasha boshladi. Narvoncha yelkadan tushib, ta’zim ila devorga suyandi. Fanorchi ota uning ustiga chiqdi-da, «chirt» etib gugurtni yoqdi: fanor to’rt tarafdan qulagan uy kabi ajava tusda, yana bir tomonga qiyshayib turar edi. Biz hammamiz kerilib turar edik. Ba’zilar «piq-piq» kulishdi. Choi kasal odamga o’xshab, sekin-sekin pastga tushdi. O’siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko’zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi~da, mayin bir tovush bilan:
- Tentak bolalarim, bu qanday gap? Fanorga tegmasanglar, bir
narsa bo’ladimi? U yuqorida, sizlar pastda o’ynay beringlar-da.
Bolalar jim bo’lgan edi.
 
- Sizlar hali yosh, ko’zlaringiz o’tkir. Qorong’i ham, yorug’ ham baravar. Xufton bo’lmasdan onalaringizning quchog’ida pish-pish uxlab qolasiz hammangiz. Bizga o’xshash qari-qartanglar uchun chiroq
judayam kerak, - dedi.
Bolalarning ko’zi cholda edi.
 
- Tunov kuni kechasi qattiq yomg’ir yog’ib turgan edi. Bu yoqqa kelsam, ko’cha qop-qorong’i. Fanorning teshik oynasidan shamol kirib o’chirib qo’ygan. Ana ariqning bo’yiga borganimda bir nima suv- 
ni chapillatardi. Yopiray, nima ekan, deb fanorchamni ariqqa tutsam, mendan ham qari bir kishi ariqdan chiqolmay yotgan ekan. Darrov qo’lidan tortdim, bir amallab chetga chiqardim, hamma yog’i loy, jiq-jiq suv.
 
Bolalardan biri:
- Voy, boyoqish, soqoliyam, yuziyam loymi?
- Hamma yog’i loy bo’lgan... keyin yetaklab uyiga eltib qo’ydim, dedi chol.
 
 
Mening ko’zimga Fanorchi otaning degani shunday ko’rinib kelgandi, Qosim cho’loq:
Yolg’on- yolg’on! - deb baqirdi. Bolalar birdan:
Rost! - deb javob qaytarishdi.
Kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz otamga, - dedi Ahmad. Fanorchi ota:
Ha, barakalla, endi sindirmaysizlarmi? - dedi.
Yo’q-yo’q, -javob berdik shu zamon.
 
Kichkina narvonni yana yelkasiga ilib, chol qorong’ilikka kirib yo’qoldi.
Shundan beri, haqiqatan, fanorga hech shikast yetmadi. Hozir shu fanorning o’rnida sim to’r bilan o’ralgan tuxumdan kattaroq elektr lampochkasi yonib turadi. Uning uchun na yoquvchi, na gugurt, na moy kerak. Hech bir bola tegajaklik qilib tosh ham otmaydi. Uning yorug’ida yurganda yoshligimning bir parchasi va Fanorchi otanigina xotirlayman.
Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida tasvirlangan hodisalar, aslida, sizning yoshingizdagi bolalar tez-tez guvoh bo’ladigan voqea-lar sirasiga kiradi. Axir, ko’chada futbol o’ynayotganingizda qo’ni-qo’shnilarning derazalari necha marotaba sinib tushmaganmi? Yoki qo’shni mahallada joylashgan, gir atrofi paxsa devor bilan o’ralgan bog’da meva g’arq pishgan payti sodir bo’lgan bir-biridan qiziq sarguzashtlarni eslang.
 
XX asr boshlarida esa hali uy va ko’chalarni elektr chiroqlari yoritmas, xonadonlarda shamchiroq, qorachiroqlardan foydalanilardi. Ko’chalarga fanorlar ilinar, ular elektr toki bilan emas, kerosin bilan yondirilardi. Fanorlarning moyini, shisha ko’zlarini almashtirish uchun maxsus xizmatchilar biriktirib qo’yilardi.
Oybek hikoyasining asosiy voqealari mana shimday fanorlardan biri tevaragida kechadi. Tursunqul aka degan kishining darvozasi ustiga ilingan chiroqqa shu atrofda yashaydigan bolalar dastidan tinchlik yo’q. Ayniqsa, battol Qosim cho’loq har kuni bir zararkunandalikni o’ylab topadi. Sheriklarini fanor ko’zlarini sindirishga, shu yo’l bilan keksa Fanorchi otaning g’ashiga tegishga da’vat etadi. Fanorchi ota esa «unga yangi ko’zoynak» taqib ketishdan zerikmaydi. Bolalarga cholning bu yuvoshligi, indamasligi sira yoqmasdi. Ularga qolsa, voqea yana davom etgani yaxshi. Ya’ni, chol bolalarni «tutib olish uchun poylasa, hatto birortamizni tutib ursa ekan» deb «orzu» qilishadi. Biroq Fanorchi ota, xuddi atay qilgandek, biror marta ularga «tish qayramaydi»...
 
Fanorchi otaning qalbi shafqatga, mehrga, bir so’z bilan aytganda, insoniy hislarga limmo-lim to’ladir. Uning uzoq vaqt bolalarning bema’ni qiliqlariga chidab kelgani ham aynan shu fazilati bilan izohlanadi.
Xayriyatki, bu hislar hozirgina beboshlik qilib, keksa kishi­ning urinishlaridan kekkayib turgan, hatto uning ustidan «piq-piq» kulayotgan bolalar ko’ngliga ham ko’chadi, ularai insof, shafqat ko’chasiga yetaklaydi.
Endi battol Qosim cho’loqning gapini «cho’rt» kesib tashlaydigan, faqat fanor emas, Fanorchi ota himoyasiga ham dadil chiqa oladigan, «Kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz otamga» deya oladigan Ahmad singari mardona bolalar ham pay do bo’ladi...
 
Agar Oybekning bu hikoyasini, biz yuqorida namunasini keltir-ganimizdek, sinchiklab, hafsala bilan tahlil qilishga urinsangiz, undan yana ko’p-ko’p ma’no-mazmunlar topishingiz tayin.
Ishonamizki, bu mustaqil ijodiy mashg’ulot sizga kelajakda Oy­bekning yirik asarlari  qissa va romanlarini tushunish, ularning mohiyatini to’laroq anglashda, albatta, asqatadi. Zero, Oybek adabiyotimiz xazinasini o’zining juda ko’p go’zal asarlari bilan boyitgan zahmatkash yozuvchi hisoblanadi. Yozuvchining ijodiy merosi 20 tomni tashkil etishi ham buning yorqin dalilidir.
Oybek o’z ijodi davomida bolalik mavzusiga qayta-qayta murojaat etishdan charchamaydi. «Fanorchi ota»dan tashqari, uning awalgi darslarda eslatganimiz «Gulnor opa», «Musicha», «Tillatopar», «Sin-gan umid» singari kichik hikoyalari ham aynan bolalik xotiralari asosida dunyoga kelgan. Agar 1944- yilda yozilgan «Navoiy» roma-nida buyuk mutafakkirning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan bo’lsa, «Alisherning bolaligi» qissasi to’laligicha bo’lg’usi shoirning yoshlik pallalaridan hikoya qiladi.
 
Savol va topshiriqlar
  • 1. Yozuvehi bolaligida guvoh bo’lgan voqealar adabiy asarga ayla-
  • nishi uehun muallifdan nimalar talab qilinadi?
  • 2. «Fanorchi ota» hikoyasida tasvirlangandek hodisa sizning hayoti-
  • ngizda ham bo’lganmi? Agar bo’lgan bo’lsa, U sizda qanday taas-
  • surot qoldirganini gapirib bering.
  • «Tor, qiyshiq ko’chaning o’ksiz oqshomini Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o’tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi». Shu tasvir bilan yozuvehi o’sha davr hayoti, kishilar ahvoli to’g’risida qanday ma’lumotlarni bermoqchi bo’lgan, deb o’ylaysiz?
  • Hikoyadagi «mahalla bolalari ila fanor orasida anglashilmas dushmanlik uyg’ondi» degan gapni izohlashga harakat qiling. Bu «dushmanlik»ning sababi nima bo’lishi mumkin?
  • O’ylab ko’ring-ehi, Qosim cho’loqning shunday laqab olishiga nimalar sabab bo’lgan ekan?
  • Mahallangizda, qarindosh-urug’laringiz orasida Fanorchi otaga o’xshash mo’ysafidlar bormi? Sinfdoshlaringizga ular to’g’risida gapirib bering.
  • «Fanorchi ota» hikoyasini yozma tahlil qilishga harakat qiling.
  • Oybek hayotining so’nggi yillarigacha bolalik kunlarini o’zgacha sog’inch bilan xotirlardi. Uning bu esdaliklari «Bolalik» nomli hajman katta qissasining dunyoga kelishiga zamin bo’ldi. Sizning hozirgi vazifangiz bu qissani to’liq o’qib o’zlashtirish emas. Yuqori sinflarga o’tganingizda bu ishga navbat keladi, albatta. Bugun «Bolalik» asaridan bir parchani o’qiymiz-da, xuddi bir hovuch suvga qarab dengizni his qilishga uringandek, shu qissaga xos bo’lgan muhim jihatlarni sezishga intilamiz.
 
BOLANING KO’NGLI PODSHO
(«Bolalik» qissasidan)
 
...Ko’cha bugun jonlangan. Bo’zchilar tanda1 yoyib, ipni ko’k bo’yoqqa bo’yaydilar, bir tomoni dag’al, qilli, gVladay og’ir asbobni tanda ustidan yuritib, ipni silliqlaydilar. Bo’zchilarning ko’pi qari-qartang odamlar. Sal sho’xlik qilsang: «G’ivillama oyoq ostida!» deb jerkishadi ular.
Men ariq labidan bir parcha loy olib «poq-poq» o’ynab o’tirsam, uyidan o’rtog’im A’zam otilib chiqadi. Ko’zlari allanechuk besaranjom. Qarasam, qo’lida bir tilim handalak. Men unga «Shirinmi?» deb tikilaman. U havasim kelganini biladi shekilli, qo’lini orqasiga oladida, boshini liqillatib maqtanadi:
- Dadamlar olib keldilar, yana bor. Ah, shirin...
 
Men loyni otaman. Yugurib Mirahmad otaning uyiga kiraman. Supuriqsiz, qarovsiz qolgan keng hovlida juda baland, beo’xshov eski paxsa devorli xonaning kichkina, shaloq darchasi oldida bobom o’rtog’i bilan gaplashib o’tiribdi. Men pinjiga tiqilaman:
- Buva, handalak...
Choi quloq solgisi kelmaydi, hassasining uchi bilan yerni urib, gapiradi:
Bilaman, bilaman, Musulmonqulning odami edi u, shay tonga dars berardi...
В alii, esingizda ekan... - eski do’ppili boshini og’ir chayqab, so’zini davom ettiradi Mirahmad ota: - Ana shu oqpadarga qamti kelib
1 Tanda - mato to’qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o’rish.
 
qolsam bo’ladimi! U otda, men yayov. Qo’limda shashpar... O’ziyam devday baquwat, zug’umli yigit edida...
Men chollarning gapiga beixtiyor berilaman. Dam bobomga, dam uning o’rtog’iga tikilaman. Ular allaqanday xonlar, beklar, qo’rg’onlar, urushlar to’g’risida so’zlashadi. Allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib qo’ygan, kimlardir shaharga suv bermagan, bog’dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog’larda mevalar pishib, sasib-chirib ketgan. Bu gaplar menga ertakdan ham qiziq tuyuladi. Nihoyat, chollar jim bo’lishadi, go’yo yoshliklarini sog’inganday, boshlarini quyi solishadi.
 
Men bobomning qo’lidan tortaman:
Handalak...
tur, huvari. Hali pishgani yo’q... - deydi bobom.
Men yana qistayman. Qo’lidan astoydil tortaman. Mirahmad ota meni aldamoq uchun gavronday hassasini qo’ldan qo’lga chaqqon olib, xirillagan ovoz bilan qandaydir qiziq ashula aytib beradi. Yo’q, menga kor qilmaydi. Axiri, bobom o’rtog’iga deydi:
- Nima qilamiz? Bola. Bolaning ko’ngli poshsho...
 
Bu gapning ma’nosiga tushunaman. Chunki men o’z tilagimni unga qabul qildirsam, u har vaqt atrofdagilarga yoki o’z-o’ziga shunday deb qo’yardi.
Bizning uydan tor ko’cha bo’ lab yuz qadamcha yurilsa, tosh terilgan katta ’chaga - «Oqmachit» mahallasiga chiqiladi. Bu yerda uchta do’kon bor: biri qassoblik, ikkisi baqqollik. Musa baqqolning do’koni ko’zimga har vaqt quruq ko’rinadi. U faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotadi. Ammo muloyim, shirin so’z, sersoqol keksa Sobir baqqolda esa pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshikkulcha, «ot non»lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko’mir, qu­ruq beda, «makkaisano»2 gacha har narsa topiladi.
 
Biz shu do’konga boramiz. Sobir baqqol ohangdor may in ovoz bilan: «Barakalla, azamatcha, buvalari to’ylarini ko’rsin», deb meni erkalab qo’yadi.
Bobom qalashib yotgan handalaklardan bitta kicnkinasini oladida, hidlab qo’limga tutqazadi, keyin bahosini so’raydi. Baqqol bir nima deydi. Bobom o’siq qoshlarini chimirib, bir qaraydi-da, uzun, keng oq surp ko’ylagining cho’ntagidan bir necha chaqa chiqaradi, har birini ko’ziga yaqin tutib, obdan tikilib, baqqolning oldiga tashlaydi. Sobir baqqol boshini chayqaydi.
Bo’lmaydi, otajon, picha qo’shing, - deydi.
 
Bas. Bahosi yaxshi bo’ldi, - deydi bobom jerkib, uyga buriladi. Sobir baqqol orqadan ana astoydil qichqiradi:
Dadaqo’zi ota, bir nima qo’shmasangiz bo’lmaydi!
Bobom unga qiyo boqmaydi. Tor ko’chaga kirgach, o’z-o’zicha gapirib ketadi: «Insof bilan sot-da. Og’zingga siqqanicha aytavera-sanmi!» Keyin mendan ham ranjiydi: «Tentak, sabrni bilmaysan. Bozordan kattasini olib kelardim».
 
Men handalakni qo’ltiqlaganimcha shamolday yuguraman. Ayvonda do’ppimi, jiyakmi tikib o’tirgan onamdan pichoq so’rayman. Akam ham, bir chekkada nimanidir o’zicha chatib-tikib o’tirgan opam ham sevinishadi. Mana, chol ham asta kirib keladi.
- Qimmatga oldim. Bozorga tushardim-u, lekin ko’nmadi
o’g’ling,  deydi u onamga.  Bolaning ko’ngli tilla... Omon bo’lsin,
orqamda qolsin. Bu tentakni juda yaxshi ko’raman.
Shundan keyin chol har ikki-uch kunda eshikdan terlab-pishib kiradi, qo’ynidan kattaligi piyoladay «yo’l-yo’l» handalakni chiqarib beradi, keyin onamgami, buvimgami bozorning g’ovur-g’uvuridan shikoyat qiladi...
 
Qissadan olingan kichkinagina lavhadayoq biz o’zimizni birdaniga yozuvchi bolaligi kechgan davrga tushib qolgandek his qilamiz. Ko’z oldimizda XX asrning boshlaridagi ko’hna Toshkentning g’ala-g’ovur ko’chalari namoyon bo’ladi.
Bo’zchilarning o’z ishlarini ko’chaga olib chiqqanlaridan bilamizki, ularning hovlilari unchalik katta emas. Qolaversa, qorong’i qishda tor hovlida dimiqqan, zerikkan keksa hunarmandlar bahor quyoshidan bahra olgilari keladi. Axir issig’i handalakni pishirishga yetib qolgan quyoshning tafti kimning taniga yoqmaydi deysiz...
Yosh Musoning «ariq labidan bir parcha loy olib «poq-poq» ’ynab» o’tirishidan ham kunlarning ancha isib qolgani bilinadi.
Oybek bolalar xarakterini shu darajada yaxshi biladiki, yozuvchi tasvirida ular juda tabiiy gavdalanadi. A’zamning oxirgi maqtovi -«Ah, shirin...» degani Musoning barcha sabr-u bardoshiga nuqta qo’yadi. lining ko’ziga o’zi suygan mashg’ulot - «poq-poq» o’ynash ham bir dan ko’rinmay qoladi:
«Men loyni otaman. Yugurib Mirahmad otaning uyiga kiraman...»
 
Mirahmad otaning hovlisi keng bo’lsa-da, uning supuriqsiz, qarovsiz qolganidan bu uydagi yoshyalang boshiga biror ko’rgilik tushgani seziladi...
Shu hovlida ikki qariya xuddi suvdek oqib o’tib ketgan yoshlik davrlarini eslab o’tirishibdi. Bola guvoh bo’lgan suhbatidan anglashi-ladiki, ularning ayni kuchga to’lgan paytlari Musulmonqullar, ya’ni Qo’qon xonligi davriga to’g’ri kelgan. (Siz keksalarning «allaqanday xonlar, beklar, qo’rg’onlar, urushlar to’g’risidagi so’zlari», «allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib» qo’ygani, «kimlardir shaharga suv bermagani» haqidagi suhbatining asl ma’nosini yuqori sinflarda, albatta, bilib olasiz. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O’tkan kunlar» romanida ham shu hodisalar haqida hikoya qilinadi.)
Agar «Bolalik» qissasini topib, to’liq o’qib chiqsangiz, juda qiziq voqealarga boy bu asar Oybekning bolaligi, o’smirligi to’g’risidagi tasawurlaringizni kengaytirishi aniq.
Oybek faqat iste’dodli shoir va mashhur yozuvchigina bo’lib qolmay, yirik olim, publitsist va tarjimon ham edi. U rus adabiyotining quyoshi sanalgan Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she’riy romanini, Lermontovning «Maskarad» asarini, arman xalq eposi «Sosunli Dovud» dostonini va boshqa o’nlab asarlarni ona tilimizga mahorat bilan o’girgan. U 1943- yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining
haqiqiy a’zosi etib saylangan, O’zbekiston xalq yozuvchisi degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan edi.
Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1968- yilning 1- iyulida 63 yoshida og’ir xastalik tufayli hayotdan ko’z yumdi. Yozuvchi ona xalqiga ulkan adabiy-ilmiy meros qoldirdiki, bu meros kelajakda ham avlodlarimiz ma’naviyati yuksalishiga beminnat xizmat qiladi.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2010- yilda poytaxtimiz Toshkentning eng so’lim maskanlaridan biri  Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog’da Oybekning muhtasham haykali qad rostladi. Bu mashhur yozuvchining ijodiy merosi va xotirasiga ko’rsatilgan ulkan hurmat va e’zozning yorqin ifodasi hisoblanadi.
 
Savol va topshiriqlar
  • Oybekning bolalik mavzusida yozgan asarlari nomini sanab, ularning biri to’g’risida kengroq ma’lumot bering.
  • «Bolaning ko’ngli podsho» hikoyasi adibning qaysi qissasidan olingan? Siz bu asarni to’liq o’qiganmisiz? Agar bilsangiz, uning mazmunini sinfdoshlaringizga so’zlab bering.
  • Hikoyadagi bolaning qiliqlarini (bobosini handalak olib berishga ko’ndirganini) «erkalik, tantiqlik» deb baholash mumkinmi? Fikringizni isbotlab berishga harakat qiling.
  • Chollardan biri - Mirahmad otaning «...Ana shu oqpadarga qamti kelib qolsam bo’ladimi! U otda, men yayov. Qo’limda shashpar... O’ziyam devday baquwat, zug’umli yigit edi-da...» deya boshlagan hikoyasi nima bilan tugagan bo’lishi mumkin?
  • Boboning Sobir baqqol do’konida «qalashib yotgan handalaklardan bitta kichkinasini» tanlashi bilan hikoya oxiridagi gap o’rtasida qanday bog’liqlik bor?
  • Bobo bir joyda «Bolaning ko’ngli poshsho» desa, boshqa joyda «Bolaning ko’ngli tilla» deydi. Har ikki ibora mazmunini izohlashga urinib ’ring.
  • Oybekning bolalik davri mavzusiga qayta-qayta murojaat qilishining sababi nimada ekan? Shu haqda o’ylab ko’ringchi.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz