Adabiyot - soz sanati

Qimmatli farzand, o’zingizning uch-to’rt yasharlik paytingizni eslaysizmi? Yodingizda bo’lsa, u paytlar televizorda beriladigan ko’rsatuvlar sizni unchalik qiziqtirmasdi. Agar buni eslolmasangiz, ukalaringizni kuzating. Ular televizor tomosha qilishdan ko’ra ertak eshitishni ko’proq yaxshi ko’radi. Buva va buvilar, ota-onalar har kuni aytaverib, ertaklari ham tugaydi. Eng qiziq ertaklar o’nlab marotaba aytilsa ham bolajonlar jonqulog’i bilan eshitaveradi. Ularga ertak voqealari yod bo’lib ketadi. Lekin, baribir, bolalar ertak eshitishdan zerikmaydi.
Nega shunday? Nega oddiy gaplar emas, balki ertak va she’rlar odamni bu qadar o’ziga tortadi?
Keling, shu savolgabirgalikdajavob topaylik.
To’rt yildan buyon maktabga qatnab bilib oldingizki, odam bolasi o’zining fikrlay olishi bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi. U nafaqat fikrlaydi, balki bu fikr-o’ylarini so’zlar orqali boshqalarga ham bildira oladi.
 
Odamlar fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Mana shu solishtirish paytida obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi yuz beradi.
«Obrazli fikrlash» degan gap sizga sal og’irlik qilayotgan bo’lsa, buni bir-ikki misol bilan tushuntiramiz.
Jajji ukalaringizning tiliga, xatti-harakatlariga e’tibor bering. Ular osmondagi bulutlarga qarab sizga goh chopib borayotgan otni, goh ulkan odam qiyofasini ko’rsatadilar. Bir bola barg ustida sudralayotgan ipak qurtini har kuni qishlog’ining chekkasidan o’tadigan poyezdga o’xshatsa, boshqa bola bahorda lolaqizg’aldoq bilan qoplangan dalalarni qip-qizil gilamga qiyoslaydi. Bolajonlar loydan kulcha, qumdan uy, plastilindan qushcha yasar ekan, yodiga o’sha narsalarning surati -timsolini keltiradi. Qo’lidagini xayolidagiga o’xshatib yasashgaurinadi.
Ertaklarda mana shunday obrazli fikrlashning rang-barang ko’rinishlari aks etadi. Ertak qahramonlari ko’z oldingizda go’yo jonlanadi, turli sarguzashtlami boshdan kechiradi. Voqealar shunday qiziqarli hikoya qilinadiki, o’zingizni xuddi ularning ishtirokchisidek his qilasiz.
Demak, odamlarda bir narsani ikkinchi bir narsaga qiyoslash, hamma narsani so’z yordamida jonlantirishga moyillik, so’z san’atiga adabiyotga qiziqish azaldan bor ekan, degan xulosaga kelsak bo’ladimi? Albatta, bo’ladi!
 
Ana endi ertak, she’r, hikoya ko’rinishida namoyon bo’ladigan adabiyot - so’z san’atining o’zi nima, u qanday ehtiyoj dan pay do bo’ladi, degan savolga javob izlab ko’raylik.
Sal awal «odam o’zining fikrlay olishi bilan boshqa mavjudotlar-dan farq qiladi» dedik. Fikrlaydigan insonga esa xayolga berilish, orzu qilish, agar maqsadlariga erisha olmasa, armon chekish singari juda ko’p xususiyatlar ham xosdir.
 
Tarix to’g’risidagi hikoyalardan bir narsani bilib oldingiz. Ya’ni ibtidoiy odamlar o’zini o’rab turgan tabiat hodisalari qarshisida ancha ojiz edilar. Boshqa mavjudotlarning imkoniyatlari odamlarning havasini keltirardi. Inson baliqdek suv ostida suzishni, qushlardek osmonda uchishni orzu qilmasdi, deb o’ylaysizmi? Albatta, orzu qilardi.
Yoki bo’lmasa, yo’lsizlikdan qiynalgan odamlar ko’z ochib yumguncha o’zlari intilgan manzillarga borib qolishni juda-juda istardi. Sovuq o’lkalarda yashaydigan odamlar quyoshning iliq nurlariga qancha talpinishsa, sahroda hayot kechiradiganlari esa bag’rida sharqirab suvlar oqib yotadigan yashil vodiylarni ko’rgilari kelardi.
Biroq orzu-xayol bor edi-yu, uni ro’yobga chiqarish oson emas edi. Odamlar bu orzulariga hayotda yetisha olmasa ham xayolda yetishishga, ular to’g’risida turli hikoyalar to’qib, o’zlarini yupatishga kuchli ehtiyoj sezardi. Bu orzu-istaklarga to’la hikoyalar keyinchalik ertak, afsona, rivoyat degan nomlar oldi.
 
Demak,  adabiyot  insonning  orzu-xayoli,  umid va  armonlarini
badiiy so’z yordamida ifoda etishi ekan-da. Adabiyotning asosiy quroli esa badiiy so’z hisoblanadi.
Adabiy asarlarni o’qigach, har kungi ’ray otgan olamingizning naqadar rang-barang ekaniga e’tibor bera boshlaysiz. Jonsiz narsalarga jon kirgandek, bir joyda qimirlamay turgan narsalar «oyoq chiqarib yurayotgandek» bo’ladi. Demak, siz dunyo nafosat bilan yaratilganiga, undagi har bir narsaga go’zallik qidirib boqish lozimligiga iqror bo’lasiz.
Shu o’rinda O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufhing qo’shiqqa aylanib ketgan «Vatanim» nomli she’ridagi quyidagi misralarni eslaymiz:
Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bo sib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi, Oftobdan ham ’zing mehri Ilig’imsan, Vatanim.
Vatanni onaga qiyoslashlarini, uni «ona-Vatan» deb atashlarini ko’p eshitgansiz. Shoir o’z she’rida mana shu tushunchaga go’yo jon baxsh etadi. Vatan suratini farzandiga mehri cheksiz ona siymosida chizadi.
 
Kimdir ko’nglingizni og’ritganida, ko’zlaringizga yosh to’lib ko’chadan kirganingizda onangiz sizni qanday yupatishini eslang. Shoir uchun Vatan ham xuddi shunday - dunyo tashvishlari uni «nolon» holga solganida - qalbini tirnaganida Vatan yuzlarini uning yuziga bosadi, yupanch beradi.
Bunday misralar bag’riga jo bo’lgan badiiy go’zallik sizning ham ko’nglingizga   ko’chishi   tabiiydir.   Go’zallikdan   bahra   olarkansiz,
Vatanga bo’lgan mehringiz yanada ortadi, unga munosib farzand bo’lish istagingiz kuchayadi.
Adabiy asarlar faqat badiiy didingizni o’stiribgina qolmay, bilimlaringizning kengayishiga, boyishiga ham xizmat qiladi.
Masalan, tarixiy mavzuda yozilgan asarlarni o’qib, awalo o’zbek xalqi, qolaversa, boshqa millatlar o’tmishini ham yaqqol ko’z oldingizga keltirasiz. Bundan ming yillar ilgari yashagan ajdodlarning tvrrish-turmushi, orzu-o’ylari, hayotiy mashaqqatlarini his qilasiz.
 
Bir narsani yoddan chiqarmangki, odamzod yaralganidan buy on adabiyot unga hamrohlik qiladi. Ijodkor adabiy asar bag’riga o’zining fikr-o’ylari, orzu-armonlarini to’kib solsa, boshqa bir odam ularni eshitib yoki o’qib behad ta’sirlanadi. U ham ijodkor dardiga oshno bo’ladi, o’zgalar tuyg’ularini his etishni o’rganadi.
Badiiy asarlar insonning ma’naviy kamol topishida beqiyos ahamiyatga egadir. Odam onadan tug’iliboq o’z-o’zidan ma’naviyatli, ma’rifatli bo’lib qolmaydi, to’g’rimi? Kishi bu fazilatlarga tinimsiz o’qib-o’rganish, ustozlar ta’limini olish, hayotni chuqur kuzatib, ibratli tajribalar to’plash orqaligina ega bo’ladi. Mana shu jarayonda adabiy tga murojaat qilish nihoyatda katta samara beradi.
Poytaxtimiz Toshkentning markazida joylashgan O’zbekiston Milliy bog’iga ulug4 mutafakkir Alisher Navoiy haykali o’rnatilgan. Uni o’rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning quyidagi misralari bitilgan:
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig’, Yor ’lung bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish.
Shoir tomonidan bu misralar yozilganiga besh yuz yildan ortiqroq vaqt o’tdi. Bugun televizomi qo’ysangiz, dunyoning hali u, hali bu chekkasida bombalar portlayotganiga, o’nlab, yuzlab kishilar bir-birlarini qurbon qilayotganiga guvoh bo’lasiz. O’sha janglar, janjallar oqibatida azob chekayotgan begunoh odamlar ham xuddi sizdek ti-rik jon ekanini o’ylarkansiz, Navoiy bobomiz naqadar haq ekanini
ich-ichdan his qilasiz. Toki dunyoda kishilarning bir-birlariga dushmanlik qilishlari to’xtamas ekan, shoirning bu tashvishli chaqirig’i o’z ahamiyatini saqlab qolishi aniq. Zero, yurtboshimiz Islom Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida ta’kidlaganidek, « Adabiy ot, so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi».
Adabiy asarga bir qiziqib qolgan kishini undan ayirib olish nihoyatda qiyin. Shaharlik bolalar avtobus yoki metroda o’qishga ketayotganida, qishloqlik o’quvchilar esa anhor bo’ylari yoki dala-dashtlarda boshini kitobdan ko’tarmay o’tirgan aka-opalarini ko’p uchratgan bo’lsalar kerak. Qiziqib ko’ring-a, ular qanday kitob o’qishayotgan ekan. Ishonavering, ularning aksariyati badiiy kitoblar bo’ladi!
Xo’sh, nega badiiy asarlar kishilarni bunchalik qiziqtiradi?
Gap shundaki, bu kitoblar da xuddi sizdek, aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz, ota-onangizdek odamlarning taqdiri hikoya qilinadi. Dunyoda esa insonning taqdiridan qiziqroq narsaning o’zi yo’q.
E’tibor bering: ertaklardagi qushlar-u hayvonlar ham xuddi odamdek gapirgani, bir-birlari bilan muomala qilgani, nimalamidir talashib-tortishgani-yu, nimadandir ayrilib jazolangani uchun sizga qiziqarlidir.
 
Masalan, tabiatdagi tulki aslida ayyor bo’lmasligi mumkin, biroq u ertakda ayyor-hiylakor kishilarning timsoliga aylanadi. Xuddi shunday gapni yalqov, tepsa-tebranmas ayiq to’g’risida ham, dovyurak, chapdast yo’lbars haqida ham aytsa bo’ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, go’yo hayvonlar to’g’risidagidek bo’lib ko’ringan ertaklar, masallar ham aslida odamlar haqida ekan. Shu tufayli ham ular o’quvchilarni o’ziga jalb qilar ekan.
 
Adabiy asarlar turli-tuman shaklda, uslubda yaratiladi.
Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar bir bo’lib adabiyotning she’riyat degan turini hosil qiladi. Ularning barchasi ohangdor she’riy usulda shoirlar tomonidan yaratiladi.
Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib, so’z
san’atining nasr deb atalgan turini tashkil etadi. Nasriy asarlarni nosirlar, ya’ni yozuvchilar ijod qiladi. Nasriy asarlar she’riy yo’l bilan emas, balki oddiy hikoya usulida yoziladi.
Adabiyotning yana bir turi - dramaturgiya deb nomlanadi. Bu turga kichik sahna asarlari bo’lmish intermediyalardan tortib yirik drama, komediya, tragediya singari sahna tomoshalari kiradi. Muallif -dramaturgning ixtiyoriga ko’ra bu asarlar she’riy yo’l bilan ham, nasriy yo’l bilan ham yozilishi mumkin.
 
Haqiqiy adabiyot vaqtda ham, hududda ham chegara bilmaydi. Ya’ni qachon va qaysi tilda yaratilgan bo’lmasin, ezgulikni, o’lmas go’zalliklarni tarannum etgan asarlar barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo4lib qolaveradi. Deylik, «Alpomish» yoki «Odissey» (qadimgi yunon adibi Homer asari) dostonlari yaratilganidan beri oradan ming yillar o’tgan bo’lsa-da, hali hamon o’quvchilarni hayajonga solaveradi. Nemis shoiri Gyote asarlarini o*zbeklar qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar, Bobur Mirzoning «Boburnoma» kitobini nemislar shunchalik diqqat bilan o’qib-o’rganadilar.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, adabiy asarda faqat go’zal tashbihlar o’rin olibgina qolmay, balki juda boy ma’naviy-ma’rirly, hatto ilmiy ma’lumotlar ham istagancha topiladi. Shu ma’noda har qanday xalq to’g’risidagi eng to’g’ri va ta’sirchan ma’lumotni o’sha xalqning badiiy adabiyotidan olsa bo’ladi. Demak, adabiyotni, hech ikkilanmasdan, millatning tarjimayi holi deb e’zozlasak ham arzir ekan.
Siz, muhtaram o’quvchi, bugundan boshlab mana shunday muhim va mo’tabar san’at turining mo’jizakor olamiga sayohatga chiqasiz. Yozuvchi-shoirlar hayoti hamda ularning asarlari bilan tanishish orqali o’zbek va boshqa qator xalqlarning taqdiri, ko’hna va yaqin tarixi, madaniyati, urf-odatlarini yaqindan bilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Hozirgacha sizga tanish bo’Imagan yuzlab qahramonlar juda yaqin kishingizga, do’stingizga aylanishi mumkin. Ishonamizki, siz bunday imkoniyatdan, albatta, foydalanasiz va adabiyot atalmish so’z san’atini o’zingizga doimiy hamroh qilib olasiz.
 
Savol va topshiriqlar


http://adabiyot.uzedu.uz (http://adabiyot.uzedu.uz)

URL : http://adabiyot.uzedu.uz/uzb/adabiyotsozsanati.html