Bolalikning beg’ubor olami

 Abdulla QODIRIY

(1894-1938)
 
Aziz î ’quvchi
Siz bu nomni ko’p eshitgansiz. Balki buvilaringiz yoki ota-onangiz muqovasiga «O’tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» deb yozilgan kitoblarni sizga ko’rsatishgandir, ularning ayrim voqealarini hikoya qilib berishgandir.
Televizor ekranlarida, gazeta va jurnallar sahifalarida Abdulla Qodiriy asarlari asosida ishlangan badiiy va videofilmlarni, adibning o’zi haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilgansiz, maqola va xotira hikoyalarni o’qigansiz. Uyingiz va maktab kutubxonasining kitob javonlarida eng ko’rimli joy da o’sha kitoblar terib qo’yilganini, ma’naviyat xonalari, adabiyot sinflarida yozuvchining katta-kichik suratlaridan iborat plakatlar osig’liq turganini ko’rgansiz. Juda bo’lmaganda, o’zingizning ismingiz yoki do’stlaringiz ismlari Otabek, Kumush, Anvar yoki Ra’no bo’lishi mumkin. Shuning o’ziyoq sizni ulug* o’zbek adibi Abdulla Qodiriyga daxldor ekanligingizni, lining kenja avlodlaridan ekanligingizni anglatadi.
 
ULOQDA
(Hikoya)
 
Kecha dadamdan so’rag’anim uchun bu kun akam ham: «Kerak emas, borma!» degan so’zini qilmadi. Choyni naridan beri ichib, otxonag’a yugurdim. Orqamdan: «Oyog’ing olti, qo’ling yetti bo’lub qoldi-a!» deb dadam bilan oyim kulishub qolishdilar. Qashlog’ichni oldim~da, qora qashqamni qashlay boshladim. Jonivor tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydir, yer tepinadir, dum silkitadir. Shuning ila manim ko’nglimg’a: «Xudo xohlasa, kelar yilga biror uloqlar chopayki, hamma mani «Turg’un chavandoz» deb yurutsunlar, degan tilaklar tushadir.
Endi toycham juda ham gijinglar, xuddi to’ralarnikidak bo’lib ketkan edi. U yoq-bu yog’ini tozalab, ustunga qantarib qo’ydim. Endi qoldi: oq jujuncha kamzulni, o’ruscha shimni, amirkon etukni, duxoba to’ppini kiyish... Ana shundan keyin otqa minsak, chin to’racha bo’lamiz.
Xizmatchidan otni olub mindim. To’nimning etaklarini yig’ishtirub, bir-iki berib edim, qashqacham shatoloq otub ketdi. Xizmatchining: «Xab barakalla, chavandoz!» degan so’zini eshitib, qattiqroq qamchilab edim, qashqacham tushkur ko’tarib ketayozdi.
 
Chuqur ariqdan toyimni sug’orib chiqayotib edim, bir to’da uloqchi chavandozlar kelib qo’shildilar. Ularning ba’zisi akamning oshnalari bo’lg’ani uchun man bilan so’rashdilar. Ulardan biri akamni so’rab edi, men:
- Ertalab uloqg’a ketdi, - dedim.
Ul kulub oshnalarig’a:
- Bizning Mahkamboy uloqg’a juda ham ishqiboz-da! - dedi. Yana
biravi mandan:
-Yo’l bo’lsun, boyvachcha? - deb so’rag’an edi, men uyolinqirab:
- Uloqg’a! - dedim.
 
Besh-oltisi birdan: «Barakalla, chavandoz, barakalla, Turg’un chavandoz!» dedilar. Ularning «chavandoz» degan so’zlari menimjuda hushimga kelib, ichimdan «Otangg’a rahmat», deb qo’ydim.
Biz, bir durkum otliq, boramiz. Ular o’tkan-ketkandan so’zlashib boradilar. So’z urunib, yana Mahkam akam to’g’risig’a taqaldi.
- Shu choqg’acha ko’b uloqchi ko’rdum, lekin Mahkamdan uloqg’a
serzavqini ko’rmadim.
 
Sobir tegirmonchining o’g’li To’g’onboy:
- Mahkam boyvachchaning ota-bobosi uloqchi bo’lub kelgan-da!
(Meni ko’rsatib.) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, halitdan
uloq chopmoqchi! - dedi.
Bu so’zga manim butun tanam jimirlashib ketdi va kulayozdim. Yana bir mo’ylabi shopdak yigit:
- Dadam Mahkamning bobosining uloq chopishini gapura bersa,
kishi hayron qoladir: yuz-ikki yuz chavandoz ichidan yoppa-yolg’uz
uloqni ajratub chiqar ekan!
 
Yana birisi:
- Ul vaqtning odamini uloqning phi desangiz-chi! - dedi.
Man bo’lsam, bobom maqtovini eshitib, g’ururlanub boraman. Orqadan ot shatolog’ini eshitib, ortg’a qayrilub edik, oldig’a bir ola echkini o’ngargan, ko’kragi ochiq, yaxtakchan, saman otliq bir yigitni ko’rduk. Ul bizga yetib, to’xtadi. To’g’on aka kulumsirab:
Bu hafta ko’maklashasiz-da, karvon, - degan edi, u:
Sizdek og’aynilarga ko’maklashmasdan bo’ladimi! Qani, to’xta-manglar, - dedi.
Yurub ketdik. Biroz yo’l borg’ach, haligi yigit tuzimsizlana boshlab otig’a qamchi berdi. «Man tezroq boray», deb otini choptira ketdi. Endi so’z haligi oldig’a uloq o’ngarganning oti to’g’risida boshlandi.
 
Boybachchalardan birisi:
- Valadning oti juda ham chopqur-de, uloqchi bo’lg’aningg’a
yarasha shundaqangi oting bo’lsa! - dedi.
Boyagi mo’ylabi shopdakning:
- Bodirafrafdek uchadir- deyishi hamon birdan boshqalar kulu-
shub yubordilar.
Kulgiga uning o’zi ham birgalashdi.
 
Akamga M... guzarida uchrashdik.
Anchagina yo’l borg’andan so’g’un u chopilaturg’an yerga yetdik; huw... to’rt tomoni ko’z ilg’amayturg’an darajada ulug4 bir qir ekan. Munda uloqchi otliqlar ila tomoshachi yayovlarning had-hisobi yo’q edi.
Katta sadaqayrag’ochning tegida ikki zo’r samovorg’a o’t qalab qaynatadirlar. Undan nariroqda bir-ikki kishi uch-to’rt qop bodringni bir-biriga suyab, «Mirzaqiron bodring, kasir-kasir bodring!» deb maq-tashadirlar. Akamlar sadaning ostig’a - choyxonag’a otdan qo’nish-dilar. Kun qizig’ida turish qiyin bo’lg’ani uchun man toychamdan tushmasam-da, sadaqayrag’ochlarning bir bag’rig’a bomb turdim.
Yonimdag’i kishilar to’zimsizlanib, uloqning boshlanishini kuta-dirlar. Birisi: «Bu kun uloq qizimaydir», desa, ikkinchisi: «Yo’q, bu kun uloq juda ham qiziydir. Salim chavandoz bilan Murod ham kelar emish!» - deydir.
 
Yana oradan birov:
Ha-ha! Agar ular kelsa, uloq qizimay qolmas. Salimning oti qozoqi ot, qamchi ko’tarmaydir, «hayt» desa, bas!
Ular uch kishi edi, ikki yildan beri biri ko’rinmay boshladi, ana shunisiga to’g’ri kelmas edi!
Ha-ha, man ham ko’bdan beri ko’rmayman: girdig’umdan kel-gan qora to’ruq yigit edi-a?
Bali-bali, otangg’a rahmat! Ana o’sha yigit, shuncha so’roqla-sam-da, anig’ini bilmadim!
Shu yigit, to’g’risi, anchagina janjalg’a-da sabab bo’ldi. Birovi: «O’lub ketkan!» - desa, ikkinchisi: «Tirik!» - deb, qichqiradir, munga
kimdir birisi qarshi tushub: «Ot boskan, do’xturxonada o’lgan!» -deydir. So’firog’i: «Birovga yomon nafas qilmanglar!» - desa, allakim: «O’lsa-o’lgandir, bunga nima janjal?!» - deydir. Tag’i birov: «Bekor ham o’lturubbiz-da!» deb kuladir.
 
Tag’i: «Sirasi-sirasi!» Tag’i shovqun-suron, tag’i: «Ha-ha!» «Yo’q-yo’q!» Bir kishining: «Ana, uloq keldi!» - deb yuborishi bilan hamma tib-tinch bo Tub, xalq uloqg’a qariy boshladi. Tag’i birozdan key in: «Ulog’i 10 yosh ekan!», «Shunisi tuzuk, shunisi!» - degan so’zlar boshlang’an ham edi, maydong’a ikki chavandozning ot o’ynatib ki-rishi oradag’i tovishlami o’chirdi. Sekin-sekin: «Salim bilan Murod chavandoz», - degan shivirlashuvlar maning ham diqqatimni shu ikki otliqg’a jalb etdi. Ularning birisi ko’k, ikkinchisi ola otqa mingan chapani yigitlar edi. Endi tomoshachilar uloqni to’zimsizlanib kuta boshladilar. Xalq ichidan allakim:
- Ana endi chin uloq ko’rasan! - deydir.
 
Bizning mahalladagi uloqchilar ham kelishdilar. O’rtoqlarimdan Nurxon, Haydar soqov, Shokir mishiqilar ham bor edi. Ular mening yonimga kelishdilar.
Nurxon dadasidan ola yo’rg’ani so’rag’anda qilg’on bahonasini ay tub kuladir. Haydar soqov saman otining yo’lda Shokir mishiqining baytaliga kishnaganini aytib, Shokirni masxara qiladir. Kulishamiz. Shokir mishiqi burnini torta-torta: «Uyalib ketdim. Mundan so’g’un biya minmayman», deb qizarib-bo’zaradir.
 
Otimning umildirug’ig’a ularning havaslari kelub, bahosini so’-rashadirlar, man: «O’n besh tanga», deb kumush qamchini ham ko’rsunlar uchun o’ynagansumol egarning qoshig’a taq-taq urib qo’yaman. Ular: «Qani-qani», deb qo’limdan olub ko’radirlar. Man sekingina boshimni qimirlatub, o’zimda allanima sezinaman. Ularning otlarig’a - o’zimnikiga, kiyimlariga - kiyimimga qarab, o’zimni ulardan allaqancha yuqorida ko’raman. Haydar soqov tutila-tutila: «Kelinglar, bir choptirayluk», - dedi. Nurxon ko’nmasa ham yuganidan tortub olub ketdi. Chidab turib bo’lmas ekan: ularning ketidan qora qashqamg’a bir-ikki achchig’ qamchi berub yuborishim bormi, jonvor o’n odumida ularni yo’lda qoldirib ketdi. Anchag’ina uzoqlab, ortimdagi xalqg’a qarab edim, ko’zlari manda ekan, yana qattig’roq haydadim. Qirning bir chekkasiga borib, otni to’xtatdim. Bir talay vaqtdan keyin ular otlarini lo’killatishib manga yetdilar. Bu yerda otlarimizning chopqurlig’i to’g’risida so’zlashdik. Nurxon otining chopmaslig’ig’a akasining issiq holda suv berganini sabab ko’rsatadir.
 
Haydar soqov bo’lsa, Eson ko’knorining o’g’lini so’ka-so’ka:
- Bozorg’a un uchun borayotqanimda, bexos torn boshidan guvala tashlab yubordi. Otim shundan beri qamchi birla yuz ming ursang ham, qulog’ini chimirib, hurkub turadir! - deb so’kinadir.
Manim otim to’g’risida Haydar aytadi: «Saning, - deydi, otingg’a hech ot bolasi yetmaydi...», - deydi. Nurxon aytadi: «Otdan saning baxting bor ekan», - deydi. Shu yerda uzoqqina so’zlashib turg’andan so’ng yana otni keying’a qarab qo’ydiq. Tag’i ulardan o’zib ket-dim. Xalqg’a yaqinlashg’ach, «Mani ham tanib qo’ysinlar-chi», deb toyimni qitnab yuborishim bormi, shomol-de, shomol... Endi xalq bir o’zimg’a, bir qora qashqamg’a tikila boshladi. «Mana, endi taniy-san», - deb toyimning yolini qamchi sofi bilan tarab tura berdim.
 
Juvir-juvir boshlandi. O’rtoqlar bilan biz to’zimsizlanib, uloq bosh-lanishini kutamiz.
Chavandozlarning qaysisi to’nini chechmakda, qaysisi otining ayilini mahkamlamakda va qay biri uloqg’a soliq bermaqda edi. Akam ham shohi sallasi bilan beqasam to’nini manga berib, o’zi o’rtag’a ot o’ynatib ketdi. Endi uloqchilarma’rakaga jurm bo’la boshlag’an bo’lsalar ham, lekin hamon uloq boshlanmag’an edi. Bu-tun tomoshachilar sabrsizlanib, «Uloqni so’yib bo’lmadimi, yaxlab qoldimi?» deyishadirlar.
 
Huv, oradan talay vaqt o’tkandan so’g’un bo’g’uzlang’an uloqni oldig’a o’ngarib, Orif sarkor va uning ketidan boyagi mashhur cha-
vandozlar ham qalpoqni chakkag’a qiya qo’yub, egarga qiyshuv o’lturub, o’rtaga kirdilar. Tomoshachilar uloqni ko’rgan on: «Xah, jonvor, bormisan?» - deyishdilar. O’rtadag’ilardan allakim:
Uloqning qoni yaxshi yuvildimi? - deb so’ragan edi, Orif sar-kor:
Xotirjam! - deb uloqni shalq etib yerga tashladi. O’zi bizga yoqinroq kelib:
- O’rtoqlar, bola-chaqalarni chetka chiqaringlar, ot oyog’ida
qolmasunlar, o’zlaringiz ham ehtiyotroq joyda turinglar! - deb vag’iz
qildi.
 
Orif sarkor fotihani olub, otini yugurtirib, to’daga ketdi. Tomosha­chilar o’rtadagi bilish-tanishlariga: «Bugun g’ayratinglarni ko’ramiz-da!..» - deb baqirishdilar.
Endi uloq boshlandi. Birisi oladir, ikkinchi birisi tortadir... Ik-kinchining yonig4a uchunchi, to’rtinchisi tushib, birdan hamma uloqchilar o’rtaga olub tortishadirlar... Har kim o’ziga olish harakatida... Biri uloqning dumidan tutsa, ikkinchi, uchunchilar oyog’idan, yolidan tortadirlar. Shu ravishda yarim soat tortishuv-echkini yoq-yoqdan buydashuv borg’andan so’ng qaysi bir xudo yarlaqag ’ani, î’rtadan uloqni olub chiqsa, ketidan uloqchilar chug’urchuqdek yopirilub, tag’i tortish boshlanadir. Tomoshachilardan: «Taqimg’a bos, taqimg’a!», «Boshini qo’y, chovig’a qamchini shig’ab ber!», «Bo’sh kelma, mahkam tut!», «Yuganni bo’shat, qamchini tishlab tut; yoningg’a alaqsima!», «Tutding-tutding, berma, chapka burul, chapka!»... degan tovishlar halidan hali eshitilib turadir. Uloq yerga tushib-netib qolsa, tomoshachilardan qaysi biri yugurib bomb, uloqni yerdan oladur. Ukasimi, o’rtog’imi, kim bo’lsa ham o’z yaqinig’a tutquzmoqchi bo’ladir. Lekin boshqa uloqchilar undan olmoqchi bo’lub ustig’a yig’iladirlar. Ul bermaydir. Boshqalar o’rtag’a siqadirlar...
 
Anchadan key in bechora oqsoqlanub yoki qo’lini silab î’rtadan chiqadir. Tortg’an azobini so’zlay-so’zlay bir chekkaga ketadir.
Ota bolani, aka ukani tanimaydir, chang-to’zon, terlangan-pishilgan; har kim uloqni taqimga bosmoq qayg’usida... Bosh yori-lub, ko’z chiqg’an bilan, otdan yiqilub, qo’l singan bilan ish yo’q; ishqilub uloqni taqimg’a bosilsa bo’lg’ani!.. Taqimg’a bosish o’zi nash’alik-da!
Taqimg’a bosmoq har kimg’a ham muyassar bo’lmaydir. Taqim-g’a ko’broq bosg’uvchilar haligi chavandozlar: azoblanub bo’lsa ham taqimg’a bosg’ach, otqa qamchi berib, ellik-oltmish gaz narig’a qochub, boshqalar tarafldan yana tutiladirlar. Yana tortish...
 
Uloq boshlang’anig’a biror soat vaqt o’tkan edi. Birdan uloqchilar suv quyg’andek tinchib, tortish o’rnida to’planishib qoldilar. Biz otliq, yayov tomoshachilar hammamiz ham o’rtag’a yugurishdik; man keyinroq borg’anim uchun otliq, yayov xalq o’rtani sirib olg’anlar va man bir chekada qolg’an edim. O’rtag’a kirishning ebi bo’lmag’ach, kishilarning so’zig’a quloq solub turdum. Lekin uloqchilar orasidag’i gap barchaga ham noma’lum bo’lub, har kimning yuzida taajjub va og’zida yonidag’idan «Nima gap-a?» degan savol edi.
Bir qanchadan keyin o’rtadan «Qimirlatmang-qimirlatmang!» -degan tovish eshitilub, xalq yana to’zimsizlanib ketdi.
Nari bo’linglar-o-o-ov! - deb o’rtadan birov baqirdi. Xalq bir chetlik bo’lub, yo’l ochdi.
Nima gap? Nima gap?!
Hech narsa emas, Esonboyni ot bosibdir!
Qo’rqunch emasmi?
Yo’q.
Sag’al...
 
Kishilar bir-birovlarig’a: «falakat-falakat», - deyishdilar.
«Nari tur, beri tur» bilan besh-olti kishi otqa bosiruq bo’lg’anni o’rtadan olub chiqdilar va sadaning tegig’a keltirub, yotquzdilar.
Darrov bir kishi aravaga yuborildi. Bittasi: «O’ziga kelarmikin?» -deb, ot bosqan Esonboyning yuzig’a suv sepub ko’rgan edi, qimir etmadi.
- Besh-olti otning tegida qoldi-da, bechora!
O’nta otning tegida qolsa ham hech narsa emas-a: qaltisroq yeri-dan bosqang’a o’xshaydir...
Umri boqiy bo’lsa, hech gap emas...
 
Bechora bultur, hayitda manga yarim so’m hayitlik bergan edi. Shuning uchun, ilohi, yaxshi bo’lsun, deb ko’ngildan o’tquzdim.
Arava keldi. Esonboy akani aravaga olub yotquzdilar. Akam uch-to’rtta o’rtoqlari bilan arava yonida Esonboyni kuzatib, shaharg’a jo’nadi.
- Sho’r paxta qilsun, kepak qizitub bossun! - deb dori buyurishib
qoldilar.
 
Ular jo’nag’andan key in uloq tag’in boshlanib ketdi. Man uloq tugaguncha tomosha qilub turdim. Lekin, yaxshiki, endi hech kimni ot bosmadi...
Kecha mani ot qoqqan ekan. Chunki o’rnimga kirib yotishim bilan tarrakdek qotub uxlabman. Ertalab oyim: «Tur-tur tezrak, dadang kelsa, urushadir», - deb ustimdan ko’rpani tortub tashladi. Man uyqu-liq ko’zim bilan: «Dadam bozor ketmadimi?» - deb so’rag’an edim:
- Esonboyni janozasida! - deb javob berdi.
Manim uyqum o’chdi...
 
«ULOQDA» HIKOYASI HAQIDA
 
Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasi yangi o’zbek adabiyotida yaratilgan dastlabki hikoyalardandir.
Sizga ma’lumki, o’zbek yozma adabiyoti XX asrga qadar, asosan, she’riy shaklda (aruz vaznida) yaratilgan g’azal, ruboiy, qasida, doston, hikoyat, noma kabi asarlardan iborat edi. Bunday asarlaming ko’plab namunalari bilan siz ulug’ bobomiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarimiz ijodi orqali tanishsiz va kelgusida yanada kengroq tanishib bora siz.
 
XX asming boshlariga kelib O’rta Osiyoda juda kuchli ma’rifatpar-varlik harakati boshlanib, maktab-maorif sohalari qatori, badiiy ijodda ham yangicha usulda, hayotga yanada yaqinroq yondashuvchi, sodda jonli tilda hikoya qiluvchi adabiyot maydonga kela boshladi. Bu ada-biyotning asoschilari Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdu-rauf Fitrat, Hamza Hakimzoda, Hoji Muin, Abdulhamid Cho’lpon va Abdulla Qodiriylar edi. Ular Turkiston o’lkasining so’nggi asrlarda ilmsizlik va jaholat tufayli asoratga, qoloqlikka yuz tutganidan qattiq qayg’urar va bu chirkin hayotni yaxshilash choralarini izlar edilar. Shu maqsadda qisqa muddatda xat-savod chiqaradigan maktablar ochib, unda yosh bolalarni o’qitar, ularga zamonaviy bilimlar berib, o’lka-mizni rivojlangan, madaniy bir mustaqil davlatga aylantirish uchun mehnat qiladigan yigit-qizlarni tarbiyalashni orzu qilar edilar. Maktab-maorif bilan bir qatorda matbuot, teatr va badiiy adabiyot sohalarini ham yangi davr talablari asosida barpo etish, shakllantirish va isloh etish maqsadini ilgari surgan edilar. Mana shunday oliyjanob niyat -millatimizning nurli istiqbolini orzulab Abdulla Qodiriy ham yangicha badiiy asarlar yaratish yo’lida tinimsiz izlandi va ijod qildi. Siz o’qib chiqqan «Uloqda» hikoyasi yozuvchi bobomizning ana shunday izlanishlari mahsuli, ayni chog’da zamonaviy o’zbek adabiyotining birinchi namunalaridandir. Hikoya 1915- yilda yozilib, 1916- yilda Toshkentda alohida kitobcha bo’lib nashr etilgan.
 
Hikoya Turg’un ismli sizlarga tengqur yigitchaning tilidan aytib beriladi. Otasidan uloq tomoshasiga borishga ruxsat olgan Turg’un astoydil tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Qashqa toychog’ini yuvib-tarab, o’zi ham hayit bayramlarda kiyinadigandek yasanib, tomoshaga otlanadi. Yozuvchi mana shu jarayonni yosh qahramonining tilidan shunchaki aytib bera qolmaydi, balki tasvirlaydi. Agar aytib bersa, bu asarning badiiylik qimmatini anchagina pasaytirar, demakki, o’quvchiga ta’sirini ham susaytirar edi. Bola otini qashlab, yuvinti-rib, egarlashidan tortib, to o’zining onasi uncha-muncha joylarga kiyishiga ruxsat beravemiaydigan ohorli kiyimlarini kiyishini hikoya qilarkan, bu bilan yozuvchi qiziqarli tomoshaga borish siz-ning uzoq o’tmish tengdoshlaringiz uchun qanchalik hayajonli va ardoqli hodisa bo’lganini, kishi har bir narsa-hodisaga munosabatda bo’lganda mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko’rishi kerakligini uqti-rib o’tadi. Ana shu jiddiy tayyorgarligi uchun bola kattalardan ham, tengqur do’stlaridan ham «Turg’un chavandoz» degan maqtov eshit-gisi keladi, hurmati oshishini istaydi. O’rni bilan maqsadiga erishadi ham - akasining do’stlari uning ot minib ketishini ko’rib, «barakalla, Turg’un chavandoz» deb olqishlaydi. O’rtoqlari bilan o’zini qiyoslar ekan, ularning otlariga o’zining otini, kiyimlariga o’zining kiyimlarini solishtiradi va o’zida «allanima» sezadi. Shundan key in o’rtoqlari bilan kim o’zarga ot choptirib, yana ularni dog’da qoldiradi. Bularning barchasi Turg’unning uloq tomoshasiga astoydil tayyorlangani natijasi edi. Yozuvchi shu holatlar tasviri orqali Turg’undagi o’zi qiziqqan ishiga mas’uliyat va jonkuyarlikni ibrat qilib ko’rsatadi. Biroq bularning barchasi ro’y beradigan hodisa oldida arzimas bir narsa edi.
 
Uloq boshlanib, unga hakamlik qilguvchi Orif sarkor fotiha bergach, bir soatlar o*tib, «ota bolani, aka ukani tanimaydigan chang-to’zon», baqiriq-qiyqiriq avjiga minganda, «bosh yorilib, ko’z chiqqan bilan, otdan yiqilib, qo’l singan bilan» birovning ishi yo’q paytda birdan uloqchilar tinchib qoladi. Uloqchilardan biri - Esonboyni besh-olti ot bosib, ezib tashlagani ma’lum bo’ladi. Chalajon holda davradan olib chiqilgan chavandozning ko’p o’tmay joni uzilib, erta tongda janozasi o’qiladi.
 
Tabiiy bir savol tug’iladi - nega Turg’unboy tilidan uloqqa tayyorgarlik, katta-kichik barchaning tomoshaga qiziqib borishi, uning boshlanishini ishtiyoq bilan kutishi, uloq jarayoni shunday quvnoq, yorug’ ranglar bilan tasvirlanadi-yu, pirovardida fojia ro’y beradi? Yozuvchi bundan qanday maqsadni ko’zlagan?
 
Badiiy asarlarda bir-biriga zid bo’lgan narsa va hodisalar, masalan, yorug’ va qorong’i, quvonch va g’amginlik, kulgi va fojialarni tabiiy yonma-yonlikda tasvirlab, kayfiyat pay do etish usuli mavjud bo’lib, uni mutaxassislar kontrast deb ataydilar. Badiiy mahorati kuchli bo’lgan yozuvchilar ana shunday kontrast usulidan mohirona foydalanib, asarlarining ta’sir quwatini favqulodda kuchaytirib yuborishga eri-shadilar.
 
Abdulla Qodiriy ijodining ilk davrlaridayoq shunday mahorat ko’rsata olgan usta san’atkor yozuvchi edi.
«Uloqda» hikoyasida adib quvonch bilan o’limni yonma-yon tasvirlab, insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutishga undaydi, behuda narsalarga umrni sarflamay, ma’rifatga, ma’naviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashash g’oyasini ilgari suradi.
 
Yuqorida aytib o’tganimizdek, Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyatining ilk davrida o’z safdoshlari bilan birga ma’rifat uchun, xalqimizni qoloqlik, xurofot va yomon odat hamda bid’atlardan xalos etish uchun kurashdi. Uning bu davrdagi ijodi to’liq ana shu maqsadga yo’naltirilgan edi. «Uloqda» hikoyasi yozuvchining ilg’or g’oyalarni badiiy tasvirlashda mahorat kasb eta boshlaganini ko’rsatuvchi hamda o’quvchining didi va saviyasini o’stirishda o’ziga xos ahamiyatga molik asarlaridan biri sifatida o’zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam joy oldi.
 
Savol va topshiriqlar
 
 
HIKOYA HAQIDA TUSHUNCHA
 
Siz hayotingizda «falonchi voqeani hikoya qilib berish» qabilidagi so’zlarni ko’p eshitgansiz. Lekin biz ta’rif berib, izohlamoqchi bo’layotgan «hikoya» aytib berish yoki gapirish ma’nosida emas. Badiiy adabiyotda «hikoya» deb ataluvchi alohida adabiy janr mavjud. Uning ta’rifi quyidagicha:
Hikoya - yozuvchi tomonidan kuzatilgan, idrok etilgan ibratli voqea va hodisalarni ixeham shaklda badiiy ifoda etuvchi nasriy asar. Unda bir yoki bir necha qahramonlar ishtirok etib, hayotiy yoki xayoliy hodisalarning muhim bir jihati tasvirlab beriladi.
 
Hikoyaning jahon adabiyotida juda xilma-xil turlari mavjud bo’lib, bu janrga ko’plab buyuk yozuvchilar murojaat etishgan. Prosper Me-rime, Gi de Mopassan, O. Genri, A. P. Chexov, Jek London, I. Bunin, S. Sveyg, D. Djoys, A. Morua kabi adiblar hikoyachilikda katta shun-rat topganlar.
O’zbek adabiy otida Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Shukur Xolmirzayev, O’tkir Hoshimov, Erkin A’zamov kabi yozuv­chilar hikoya janrining ustalari sifatida e’tirof topganlar.
Ayniqsa, Abdulla Qahhorning «O’g’ri», «Bemor», «Anor», «Boshsiz odam» kabi qator hikoyalari o’zbek adabiyotidagi hikoya janrining mumtoz namunalari hisoblanadi. Bularda yozuvchi ko’r-gan, kuzatgan yoki eshitgan voqealarini teran idrok etib, insonlar hayotining o’ziga xos jihatlaridan birini, turmushning alohida olingan biror lavhasini tasvirlaydi. Shu orqali kitobxonga ta’sir ko’rsatib, uni fikrlashga, o’y-mulohazaga undaydi, badiiy zavq va hayajon bag’ishlaydi, ibratli xulosalar chiqarishga da’vat etadi.


Ýòà ñòàòüÿ îïóáëèêîâàíà íà ñàéòå http://adabiyot.uzedu.uz (http://adabiyot.uzedu.uz)

URL ýòîé ñòàòüè: http://adabiyot.uzedu.uz/uzb/bolalikningbeguborolami.html