MAQOLLAR

Maqol deb eshitgansiz, albatta. Kishilar uni ko’pincha, o’zaro suhbatda, bir-birlari bilan gaplashganlarida ishlatadilar. O’zingiz ham uni necha martalab ishlatgansiz, faqat e’tibor qilmagansiz.

Maqol ibratli so’zdir. Shunday so’zki, so’zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo’ladi. Kimki uni ko’p ishlatsa, o’shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar. Shu sababli, maqollar badiiy adabiyotda, ya’ni she’r va dostonlarimizda, hikoya va romanlarimizda ham ko’p ishlatiladi. Hatto, boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asarlarimiz ham bor. Masalan, Gulxaniy degan shoir butun bir asarini «Zarbulmasal» deb nomlagan. Unda yapaloqqush va boyo’g’lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo’lib, ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. Ko’ryapsizki, maqolda gap ko’p.
«Maqol», aslida arabcha, «so’z» degan ma’noni bildiradi. Uni «otalar so’zi» ham deydilar. Bunday nomlash maqolni tushunishni osonlashtiradi. Haqiqatan ham, u ota-bobolarimizning qadim-qadimlardan ishlatib kelgan so’zlari. Shu paytgacha eskirmay kelgan, unutilmagan so’zlaridir.
Zamon o’tishi bilan ko’p so’zlar eskiradi. O’rniga yangisi keladi. Vaqti kelib, o’sha yangisi ham o’zgaradi, o’rniga boshqasi keladi. Masalan, «qo’l»ni bir vaqtlar «al» deyishgan. Hozir buni yoshlar emas, kattalar ham tushunmaydilar. Til-adabiyot bilan shug’ullanuvchilargina biladilar. «Dunyo»ni «ochun», «kitob»ni «bitik» der edilar. Ko’ryapsizki, hamma narsa o’zgarishda ekan. Maqollar ham o’zgaradi, lekin juda sekin o’zgaradi. So’zlari o’zgarganda ham maqsadi, mazmun-mohiyati o’zgarmaydi.
 
Xo’sh, shunday qilib, maqol degani nima ekan?
Maqol ota-bobolarimizning uzoq у Шаг davomida ko’rgan-kechirganlari, tajribalari asosida kelgan xulosa so’zlaridir. Masalan, «Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro’ying somon bo’hnas», deymiz. Bu so’zlar zamirida vatanidan ayrilib, musoflrlikning achchiq alamlarini tortgan kishining, begona yurtlarda, notanish odamlar orasida vatansizlikdan rangi ro’yi somon (sariq) bo’lgan kishining achchiq iztiroblari yotibdi. Yo bo’hnasa, «O’zgalar yurtida sulton bo’lguncha, o’z elingda cho’pon bo’l» degan maqolni oling. Bu so’zlar tagida ham achchiq tajribalar, boshdan kechirishlar yotibdi. Beixtiyor shoh va shoir bobomiz Bobur yodga tushadi. Hindistonday katta mamlakatga pod-shohlik qilgan kishi yurtdoshlari Andijondan qovun olib borganlarida yigilagan edi. Haqiqatan ham, Vatan mehridan kuchli narsa dunyoda yo’q.
Maqol у ana qanday belgi-xususiyatlarga ega bo’ladi?
Maqolda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda bo’lishi lozim. Va, albatta, ibratli fikr aytilishi talab etiladi, bu ibratli fikr hukm shaklida bo’lishi kerak. Bularning hammasini yuqoridagi misollarda ko’rish mumkin.
 
Ko’plab maqollarda ichki qofiya bo’ladi. Masalan, yuqoridagi ikki misolning birinchisida «omon» bilan «somon», ikkinchisida «sulton» bilan «cho’pon» o’zaro ohangdosh, ya’ni qofiyadoshdir. Shu jihatdan ular topishmoqlarga o’xshab ketadilar. Masalan, «Pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor», desak, bu yerda ham «bo’yi» va «to’ni» so’zlari qofiyadosh. Shunga qaramay, u maqol emas. Chunki unda xulosa yo’q. Hukm yo’q. Unda sirlilik bor. Unda hamma so’zlar bir narsani bekitishga qaratilgan. U narsaning belgilari berilyapti, xolos. Maqolda esa, aksincha, xulosa beriladi.
Maqol she’riy shaklda ham bo’lishi mumkin.
 
Masalan:
Oltovlon ola bo’lsa, Og’zidagini oldirar. To’rtovlon tugal bo’lsa, Tepadagini endirar.
Maqol birlik, o’zaro ittifoqlik haqida. Bir kishining olti o’g’li bo’lsa-yu, ular bir-birlari bilan ahil bo’lmasalar, og’zilaridagini oldiradilar. Ularni istagan odam xafa qilaverishi mumkin. To’rt aka-uka ahil bo’lsalar, ular ko’p ish qila oladilar. Ya’ni ahillik bo’lsa, oz odam bilan ham katta ishlar qilish mumkin. Ahillik bo’lmasa, ko’p kishi bilan ham hech ish qila olmaysan. Bu - ma’nosi.
Ifodaga kelsak, «oltovlon» ko’pchilikni, «to’rtovlon» ozchilikni anglatyapti. «Ola bo’lmoq» noahillikni, «tugal bo’lmoq» ahillikni bildirmoqda. «Og’zidagini oldirmoq» bor narsalarini boy berib qo’ymoq, «tepadagini endirmoq» qiyin, murakkab ishlarni ham osongina hal qilmoq ma’nolarini anglatyapti.
Maqolda o’sha xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe’latvori, ruhiyati, qo’yingki, butun borlig’i aks etadi. Shunga ko’ra, maqol-lar xilma-xil mavzularda bo’lishi mumkin. Masalan, do’stlik, vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat va hokazo.
Maqollarda ko’pincha so’zlar ko’chma ma’noda ishlatilgan bo’ladi. Ularni o’z ma’nosida tushunsak, kutilgan ma’no chiqmaydi. Masalan, «Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda» maqolidagi so’zlar o’z ma’nosida qo’llangan. Lekin «Qazisan, qartasan - axir aslingga tortasan», «Olmaning tagiga olma tushadi», «Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi» kabi ma’no jihatidan bir-biriga juda yaqin bo’lgan maqollarda so’zlar o’z asl ma’nosida emas. Ularda gap aslida «qaziqarta», «olma», «qarg’a» haqida emas, odam va uning fe’latvori haqida. Shuning uchun ham ular ko’chma ma’noda ishlatilmoqda deymiz.
 
Aziz farzand, xalq maqollari - boyligimiz. Ota-bobolarimizning siz bilan bizga qoldirgan xazinalaridan biridir. Ularni izlab toping, sevib o’rganing. Kerak o’rinlarda foydalanishni odat qiling. Shunda ular butun umringiz davomida hamrohingiz bo’ladi. Har bir gapirgan gapingizning salmog’i oshadi. Sermazmun, ta’sirchan, keskir bo’ladi. El orasida obro’yingiz yuksaladi.
Bilim baxt keltirar.
Ilmsiz - bir yashar, Ilmli - ming yashar.
Ona yurting - oltin beshiging.
Izzat tilasang, ko’p dema, Sihat tilasang, ko’p yema.
Do’st bo’lsang, do’stingning aybini tuzat.
Duo bilan el ko’karar, Yomg’ir bilan yer ko’karar.
Kishi yurtida shoh bo’Iguncha, O’z yurtingda gado bo’l.
Yeridan ayrilgan yetti yil yig’lar, Elidan ayrilgan o’Iguncha yig’lar.
Tilni bilish - dilni bilishga yo’l ochar.
Qunt bilan o’rgan hunar, Hunardan rizqing unar.
Aql - yoshdan, odob - boshdan.
Bulbul chamanni sevar, О dam - Vatanni.
Daraxtni yer ko’kartiradi, Odarnni el ko’kartiradi.
Ona yurting omon bo’lsa, Rangi ro’ying somon bo’lmas.
 
NAMUNALAR
Xalqqa xizmat - oliy himmat.
El qo’risang, o’zarsan, Qo’rimasang, to’zarsan.
Vataning tinch - sen tinch!
Er yigit - elda aziz.
Birni sochsang yerga, Mingni berar elga.
Bugungi ishni ertaga qo’yma!
Vaqting ketdi - naqding ketdi.
Yer - to’ydirar, o’t - kuydirar. Mehnat, mehnatning tagi rohat.
Oltin o’tda bilinar, Odam - mehnatda.
Eksang, o’rasan.
Yurgan - daryo, o’tirgan - bo’yra.
Qimirlagan qir oshar.
Qolgan ishga qor yog’ar.
Ko’kka boqma, ko’pga boq!
Ko’pdan ayrilganni bo’ri yer.
Ko’pdan quyon qochib qutulmas.
Aybsiz do’st axtargan, do’stsiz qolar.
Ilm - dilning chirog’i,
Maktab - ilm chorbog’i.
Birlashgan o’zar, Birlashmagan to’zar.
Bo’linganni bo’ri yer, Ayrilganni ayiq yer.
Do’st achitib gapirar, Dushman - kuldirib.
Do’st do’stni kulfatda sinar, Odam odamni mehnatda sinar.
Yolg’iz otning changi chiqmas, Changi chiqsa ham, dong’i chiqmas.
Oltovlon ola bo’lsa, Og’zidagini oldirar. To’rtovlon tugal bo’lsa, Tepadagini endirar.
Bilagi zo’r birni yiqar, Bilimi zo’r mingni yiqar.
Kitob - bilim manbayi.
Olim bo’lsang, olam seniki!
Tikansiz gul bo’lmas, Mashaqqatsiz - hunar.
Olqish olgan omondir, Qarg’ish olgan yomondir.
Hunarli kishi och qolmas.
Awal o’yla, keyin so’yla!
Aql bozorda sotilmas. Otalar so’zi - aqlning ko’zi.
O’ylamay qilingan ish,
Boshga keltirar tashvish.
Aytilgan so’z - otilgan o’q.
Arslon izidan qaytmas, Yigit-so’zidan.
Ko’ngli ochiqning qo’H ochiq, Qo’H ochiqning yo’H ochiq.
Er yigitni nomus o’ldiradi.
Do’sting ming bo’lsa ham - oz, Dushmaning bir bo’lsa ham - ko’p.
Oltin olma, olqish ol, Olqish oltin emasmi?!
Sinamagan otning sirtidan о’tma!
To’qayga o’t tushsa, ho’l-u quruq baravar yonadi.
O’zingga ehtiyot bo’l, Qo’shningni o’g’ri tutma!
Bir kun urush bo’lgan uydan qirq kun baraka ketar.
Ota rozi - Xudo rozi.
Mehmon - otangdan ulug’.
O’g’li borning o’rni bor,
Qizi borning qadri bor.
Qatorda noting bolsa, yuking yerda qolmaydi.
Qush uyasida ko’rganini qiladi.
Bir kun tuz ichgan joyingga
qirq kun salom qil!
Kattaga hurmatda bo’l, Kichikka izzatda bo’l!
O’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir!
Zar qadrini zargar biladi.
Uying tor bo’lsa ham, ko’ngling keng bo’lsin!
Bilgan topib gapirar, Bilmagan - qopib.
Tilga ixtiyorsiz -Elga e’tiborsiz.
Chin so’z - mo’tabar,
Yaxshi so’z - muxtasar.
Yaxshi bilan yursang, Yetarsan murodga. Yomon bilan yursang, Qolarsan uyatga.
Qarisi bor uyning zari bor.
Kishining hurmati o’z qo’lida. Betga aytganning zahri yo’q.
Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri so’zla!
Yetti o’lchab, bir kes.
Qalovini topsang, qor yonar.
Qoqilsang, toshdan o’pkalama!
Har ishning o’z vaqti bor.
Yotib yeyishga tog’ ham chidamaydi.
Non ham non, uvog’i ham non.
Toma-toma ko’l bo’lur, Hech tommasa cho’l bo’lur.
Bir azobning bir rohati bor.
Oyning o’n beshi qorong’i bo’lsa, o’n beshi yorug’ bo’ladi.
Maqtanma g’oz, hunaring oz!
Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma!
Bemaza qovunning urug’i ко’p.
O’roqda yo’q, mashoqda yo’q, xirmonda hozir.
Baxilning bog’i ko’karmas.
Tani sog’lik - tuman boylik.
Jahl - dushman, aql - do’st.
Sayoq yurgan tayoq yeydi.
Afting qiyshiq bo’lsa, oynadan o’pkalama!
Burgaga achchiq qilib, ko’rpangni kuydirma!
Asal aynimas, sariyog’ sasimas. Nimani qilsang xor,
Shunga bo’las an zor.
Birni ko’rib, fikr qil,
Birni ko’rib, shukur qil. O’zingga ravo ko’rmaganni
o’zgaga ham ravo ko’rma!
Birovgachohqazigan, O’zingni erbilsang,
o’zi yiqilar. O’zgani sher bil!
Nazariy ma’lumot
 
XALQ OG’ZAKI IJODI TUSHUNCHASI
Xalq og’zaki ijodi - mehnatkash omnia ijodi, xalq san’atining boshqa, ya’ni musiqa, teatr, raqs, o’yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og’zaki so’z san’atidir.
Xalq og’zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. Har bir xalqning og’zaki ijodi o’sha xalqning fe’latvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o’ziga xos ко’zgudir. Biz ana shu ко’zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg’ularini ko’ramiz.
Og’zaki so’z san’ati «folklor» yoki «xalq og’zaki poetik ijodi» atamalari bilan ifodalanadi. «Folklor» atamasi ilk bor XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846- yilda qo’llangan bo’lib, «folk» - xalq va «lor» - bilim, donolik, donishmandlik, ya’ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» demakdir. Xalq og’zaki ijodini o’rganuvchi fan folklorshunoslik deb ataladi.
Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og’zaki usulda amalga oshadi. Ya’ni bunday asarlar og’zaki ravishda ijro etilishi sababli ularning mazmuni va shakli o’zgarishi, unga yangi qismlar qo’shilishi yoki biron-bir qismi tushib qolishi mumkin.
О’zbek xalq og’zaki ijodi eng qadimiy san’atlardan biri bo’lib, u jahon xalqlari poetik ijodi taraqqiyotida alohida о’rin egallaydi. О’zbek folklorida turlar va janrlar quyidagicha tashkil topgan:
Epik tur  mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, doston va boshqalar.
Lirik turli - marosim folklorining deyarli barcha ko’rinishlari, bolalar folklorining ko’pgina turlari, qo’shiqning hamma xillari, ashula va shu kabilar.
Dramatik turli - og’zaki drama, qo’g’irchoq o’yin, askiya, xalq teatrlari va shu kabilar.
Maxsus turli- maqol, matal, topishmoq kabilar.
Xalq og’zaki ijodi asrlar davomida misqollab to’plangan, ne-ne sinovlardan o’tgan, insonlarga hamisha madad bo’lib kelgan noyob xazinadir. Bizning vazifamiz ana shu xazinani ko’z qorachig’idek asrash va yanada boyitish hisoblanadi.

 



Эта статья опубликована на сайте http://adabiyot.uzedu.uz (http://adabiyot.uzedu.uz)

URL этой статьи: http://adabiyot.uzedu.uz/uzb/hikmatdurdonalari.html