Vatanni sevmoq iymondandir

 Abdulla AVLONIY

(1878-1934)
 
Aziz bolalar, milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1878- yil 12- iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida hunarmand-to’quvchi oilasida tug’ildi. U yetti yoshida O’qchi mahallasidagi boshlang’ich maktabga o’qishga bordi, uni 1890- yili tugatgach, shu mahalladagi madrasa-da tahsil oldi. Keyinroq tahsilni Shayxontohurdagi madrasada davom ettirdi. Qish kunlarida o’qib, yoz kunlarida mardikorlik bilan mash-g’ul bo’ldi. Yosh Abdullada she’r yozishga ishtiyoq o’n besh-o’n olti yoshlarida pay do bo’ldi.
Abdulla Avloniyning ilk she’riy mashqlari 1894- yilda bitilgan. U 1905- yildan boshlab o’z mashqlari bilan matbuot sahifalarida qatna-sha boshladi. Abdulla Avloniy biroz muddat 1905-1908- yillarda ga-zetchilik bilan shug’ullandi. 1906- yilda chiqa boshlagan «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo’ldi. 1907- yil 4- dekabrda Avloniy muhar-rirligida bu gazetaning birinchi soni bosmadan chiqdi. Ma’rifatparvar shoir uni o’z uyida - hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab, chop etdi.
 
Bu juda mashaqqatli ish edi. O’zingizga ma’lum, o’sha vaqtda gaze-talar hozirgidek avtomat dastgohlarda emas, qo’lda bosilardi, sahifalar kompyuterda terilmas, balki yog’ochdan ishlangan qo’lbola harflar yordamida shakllantirilardi. Gazetaning har bir soni ana shunday zah-mat bilan tayyorlanar edi. Abdulla Avloniy ma’rifat yo’lida har qan-day mehnat va mashaqqatni yengib o’tgan bobolarimizdan biri edi. Keyinchalik «Shuhrat», 1908- yildan nashr etila boshlagan «Osiyo» gazetasi ham yopilgach, Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida так-tabdorlik bilan shug’ullana boshladi. Abdulla Avloniy ochgan так tab o’z davrining yangi usuldagi ilg’or maktablaridan biri edi.
 
Abdulla Avloniy o’z hayoti davomida ham ijodiy, ham amaliy ish bilan shug’ullandi. 1909- yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochdi va mahalliy xalq bolalarining o’qib, bilim olishiga ko’maklashish maq-sadida pul yig’ib, maktablarga tarqatdi. 1913- yilda «Turon» jamiyatini ochdi. Uning vazifasi aholi o’rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg’otish, xalq uchun spektakllar qo’yib berish va ular orqali ommaga ma’naviy oziq berish; klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish; o’quvchilarga moddiy yordam ko’rsatish va hokazolardan iborat edi.
A. Avloniy jamiyat qoshida «Turon» nomli teatrni ham tashkil etdi. O’zining e’tiroficha, o’ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o’zbekchaga tarjima qildi, 3 ta yangi pyesa yozdi va ularni sahnalash-tirdi.
Abdulla Avloniy xalqni ma’rifatga undashning o’zi kifoya emas-ligini yaxshi bilgan, shuning uchun ham u yuqorida eslatib o’tga-nimizdek, yangi uslub maktabini ochib, bu maktabda o’zi bolalarni o’qitadi. Shu maktab uchun «Birinchi muallim» (1909- у.), «Ikkinchi muallim» (1912- y.), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913- y.)> «Maktab gulistoni» (1916- y.), shuningdek, olti qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916- yy.) singari darsliklar, alifbo va o’qish kitoblarini yozdi.
 
Ushbu kitoblar bolalar yoshi va saviyasiga mosligi, o’quvchilarni tezroq savodxon qilishga yo’naltirilganligi bilan zamonasining bosh-qa ta’limiy kitoblaridan ajralib turadi. Keyinchalik ushbu kitoblar Toshkentdagi barcha yangi usul maktablari uchun qayta-qayta nashr qilindi. Bundan tashqari u o’tgan asrning 30- yillarida 7- sinf o’qish
xrestomatiyasini tuzib nashr ettirdi. Unda o’z davridagi ko’plab o’zbek adiblari hamda rus, jahon adabiyotining qator vakillari haqida biografik ma’lumotlar keltirilgan, ularning mashhur asarlaridan namunalar beril-gan edi.
 
A. Avloniy 1919-1920- yillarda diplomatik vazifalarda ishla-di. So’ng umrining oxirigacha O’rta Osiyo Davlat universitetida dars berdi.
Abdulla Avloniy 1927- yilda «Mehnat qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. 1930- yili «O’zbekiston xalq maorifl zarbdori» unvoni berildi.
Abdulla Avloniy 1934- yil 25- avgustda vafot etdi.
 
VATANNI SUYMAK
 
Vatan. Har bir kishining tug’ulub o’skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug’ulgan, o’sgan yerini jonidan ortuq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan - uyuridan ayirilsa, o’z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo’lub, har vaqt dilining bir go’shasida o’z vatanining muhabbati turar.
Biz turkistonlilar o’z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig’imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig’ cho’llarini, eskimo’lar shi-mol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yer-larga o’z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.
Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo’lguncha, o’z yurtingda cho’pon bo’l», - demishlar.
 
Men ayblik emas, ey vatanim, tog’larim, Bevaqt tashlab ketdim ayo, bog’larim. Hijron qilodur meni judolig’, Do’ndi g’amaro’z-u shab chog’larim.
Hammaga ma’lumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz o’lan Arabistonga bog’larini, hovlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimizning
aksari yana o’z vatanlariga qaytub kelurlar. Buning sababi, ya’ni bu-larni tortib kelturgan quwat o’z vatanlarining, tuproqlarining mehr-u muhabbatidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sollallohu alayhi vasallam afandimiz: «Hubbul-vatani minal-imoni - Vatanni suymak imondandur», - demishlar.
Vatan, vatan deya jonim tanimdan o’lsa ravon, Bango1 na g’am, qolur avlodima o’yu vatanim. G’ubora do’nsa g’amim yo’q vujud zeri vahm, Charoki, o’z vatanim xokidur go’r-u kafanim. Tug’ilib o’sgan yerim ushbu vatan, vujudim xok, О’ lursa aslina roj e’, bo’ lurmi man g’ amnok.
 
VATAN
 
Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim sening qadring bilmas - aqli pastdur. Sening tuyg’ung yuraklarga savdo solur, Sening darding boshqa dardni tortib olur. Yering, suving bizni boqub to’ydiradur, Semiz-semiz qo’ylaringni so’ydiradur. Olma-anor, anjir, uzum - mevalaring, Ot-u ho’kuz, echki, taka, tevalaring. Bizlar uchun xizmat qilur barchalari, Har birlari noz-u ne’mat parchalari. Sendan tug’ub, katta bo’lub, qaytib bomb, Yana senga kiradurmiz bag’ring yorub. Onamizsan! Bizni(ng) mushflq onamizsan! Javlon urub yashaydurgon xonamizsan! Seni sotmoq mumkinmidur, о’zing o’yla, Tiling bo’lsa, hasratlaring tuzik so’yla! Bizlar sotmas burun qilur erding faryod, Biz sotgan so’ng nega dersan bizlardan dod.
1 Bango - menga degan ma’noda, o’sha davr adabiy tili.
 
Ayb bizlarda, seni sog’ub emolmaduk, Yemush berib, yem o’rniga yem olmaduk. Bilolmaduk ko’ksingdagi xazinani, Biz bilmasmiz tosh-taroz-u, mazinani, Sotib-sotib qoladurmiz g’amga botub, Boyqush kabi vayronada yotib-yotib. Seni sotub pul qilurmiz - ketur-qolur, В к yildan so’ng bahong iki bo’lub olur. Tarbiyatsiz, ilmsizlik jazosidur, Jaholatning boshga solgan azosidur. Selobi g’am kelmas burun jadal birlan, Tu(v)g’onini to’xtatmagan bo’lur Hijron1.
«Vatanni suymak» lavhasi va «Vatan» she’ri haqida Shoir va adib, fidoyi ma’rifatparvar Abdulla Avloniy axloqiy-ta’limiy, ma’rifiy-tarbiyaviy asarlari bilan o’zidan keyingi avlodni ezgulik, yuksak axloqiylik, ziyolilik ruhida tarbiyalashga xizmat qi-lib kelyapti. Ma’rifatparvar adib tarbiya masalasini hayotda birinchi o’ringa qo’yadi. Barcha ishlarning muvaffaqiyatini tarbiyalanganlikda ko’radi, bilimsizlik, johillik, jinoyatlarning sababini tarbiyasizlik bi­lan bog’laydi. Uning e’tiroficha, «har bir millatning saodati, davlat-ning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir». Xullas, jamiyat va davlat taraqqiyoti, insonlarning kelajagi uchun tarbiya muhim o’rin tutishini alohida ta’kidlab, shunday deydi: «... tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat -yo falokat masalasidur».
Adib «Vatanni suymak» asarida Vatan tushunchasining ma’nosi, in-son o’zi tug’ilib o’sgan yurtining qadr-qimmati nimalardan iborat ekan-ligini sodda, ta’sirchan, teran uslubda tushuntiradi. Mana bu satrlarga e’tibor beraylik: «Biz turkistonlilar o’z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig’imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig’ cho’llarini,
 
1 Lirik she’rlariga Hijron taxallusini qo’ygan.
 
eskimo’lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.
Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo’lguncha, o’z yurtingda cho’pon bo’l», demishlar».
Adib Vatan tuyg’usini eng insoniy, eng mo’tabar tuyg’ulardan bin sifatida ta’riflaydi. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. Uning dar-di bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Vatan onadek muqaddas. Uni qadrlash, e’zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo’lish, g’am-hasratini baham ko’rish farzandning burchi. Vatanni tanlamaydilar. Vatanni u qanday bo’lmasin, sevish kerak.
 
Avloniy Vatan haqidagi o’z fikrini xilma-xil misollar bilan asoslaydi. Masalan, ayrim kishilar o’z uy joylarini sotib Makkaga borishadi. Ammo shularning aksariyati yana o’z vatanlariga qaytib keladilar. Adib vatanga intilishning sababini bunday izohlaydi: «Buning sababi, ya’ni bularni tortub kelturgan quwat o’z vatanlarining, tuproqlarining mehru muhabbatidur...»  deydi va lavha so’ngida Payg’ambarimizning «Hubbul-vatani minal-imoni  Vatanni suymak imondandur», degan so’zlarini keltiradi.
 
Abdulla Avloniy Vatan haqidagi fikrlarini o’zining 1916- yilda chop etilgan «Maktab gulistoni» kitobidagi she’rlarida ham davom ettiradi. Ayniqsa, ushbu kitobdagi «Vatan» she’ri diqqatga sazovor. Ushbu asarni Vatan sha’niga bitilgan madhiya deb atash mumkin. U quyidagi otashin satrlar bilan boshlanadi:
Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim sening qadring bilmas  aqli pastdur
 
Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan! Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!
Ushbu she’rda ona yurtning ko’rkam, ulug’vor manzarasi chiziladi. Uning tuyg’usi yuraklarga g’ulg’ula soladi, kishini dardlardan xalos etadi. Uni sevmaslik, e’zozlamaslik, qadriga yetmaslik kishini tuban-
lashtiradi.
 
Shoir fikricha farzandlar ham har xil bo’ladi. Onaning baxtiga she-rik bo’lib, baxtsizligida yolg’iz tashlab ketadigan farzandlar ham topiladi. Vatanning ham go’zal tabiatini, ко’rkam bog’-rog’larini xush ko’radigan, lekin tashvish-g’amlarini o’ylamaydigan farzandlari yo’q emas.
 
Bizlar uchun xizmat qilur barchalari, Har birlari noz-u ne’mat parchalari. Sendan tug’ub, katta bo’lub, qaytib bomb, Yana senga kiradurmiz bag’ring yorub. Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan! Javlon urub yashaydurgon xonamizsan! Seni sotmoq mumkinmidur, o’zing o’yla, Tiling bo’lsa, hasratlaring tuzuk so’у la!
Xullas, axloqiy-ta’limiy asarlar, darsliklar yozib, o’zbek ma’ri-fatchiligida  sezilarli  iz  qoldirgan,  milliy  uyg’onish  adabiyotining
maydonga kelishi va rivojiga katta hissa qo’shgan Abdulla Avloniy ijodi bugun ham ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qilib kelmoqda.
 
Savol va topshiriqlar


Эта статья опубликована на сайте http://adabiyot.uzedu.uz (http://adabiyot.uzedu.uz)

URL этой статьи: http://adabiyot.uzedu.uz/uzb/vatannisevmoqiymondandir.html