Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
 Zahiriddin Muhammad Bobur
 Muhammad Aminxoja Muqimiy
 Sadiy Sheroziy
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
SADIY SHEROZIY
  
Chop etish uchuv versiyasi


Sa’diy SHEROZIY

(1189-1292)
 
U kishining ismi sharifi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziydir. «Shayx» deb ko’proq so’fiylar boshlig’iga, din arboblariga nisbatan aytilgan. Taxallusidan ma’lum bo’lganidek, sherozlik. Sheroz Eronning mashhur shaharlaridan.
 
Sa’diy nomini dunyoning juda ko’p mamlakatlarida biladilar. Sharqda u qanchalar hurmat bilan tilga olinsa, G’arbda ham bu shoirning e’tibori shuncha balanddir.
Sababi nimada? Sababi shundaki, u ajoyib g’azallar yozdi. Bu g’azallar hikmatli fikrlarga boy edi. Go’zal o’xshatishlarga, ta’sirli manzaralarga to’la edi. Masalan:
«Ey sorbon, ohista ran oromi jonam meravad», -
deb boshlanar edi bir g’azali.
 
Tuya yetaklovchini, karvonboshini «sorbon» deydilar. Oshiq shoir imga qarata iltijo etmoqda:
Ey sorbon, ohista yur, oromijonim ketmoqdadur...
 
Ko’z oldingizga keltiring. Bepoyon sahro, karvon ohista yo’lga tushmoqda. Ilojsiz oshiq uning atrorlda parvonadek aylanadi, karvonni qo’yib yuborgisi kelmaydi. Chunki bu karvonda uning joni, jahoni ketib bormoqda. Forschadagi «sorbon - ohista ran, oromi jon» so’zlaridagi ohangdoshlik  ichki qoflya shu bir satrning ’zidayoq nolakor musiqa
yaratadi. Ayni paytda, qalqib-qalqib borayotgan tuyalar qatori, ular o’rkachi ustida bir maromda tebranayotgan mahofalar (odam o’tirib ketishga qilingan, avtomobil kabinasini esga tushiruvchi moslama uychalar). Bir satrda shuncha ma’no, shuncha ohang, shuncha dard bor edi. Shuning uchun ham uni Eronda qanchalar sevsalar, Turkistonda ham shuncha sevardilar. Eron-u Turkistonni qo’ying, fransuz Volter, nemis Gyote o’z asarlarida uning she’rlariga murojaat qiladilar.
 
Ayniqsa, shoirning «Guliston» va «Bo’ston» nomli ikki asari uning nomrni butun dunyoga tanitdi. Bu asarlar haqida gapirishdan oldin ikki og’iz mualliming hayoti haqida ma’lumot beraylik. Chunki bu ikki asar uning o’z ko’rgan-kechirgan, eshitgan-bilgan voqealari asosi-da maydonga kelgan.
 
U Sherozda o’ziga to’q va ma’rifatli bir xonadonda ’sib ulg’ay-gan. Uzoq umr ko’rgan. Tug’ilgan yilini har xil (1184, 1189, 1203, 1210) ko’rsatadilar. 1292- yilda vafot etgan. Umrining 20 yilidan ko’prog’i sayohatda o’tgan. Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Fa-rangistongacha kezib chiqqan. Musoflrlikning, hatto asirlikning azob-
larini ko’rgan. Va bu sayohatlari davomida ko’rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab «Bo’ston» (1257- yilda yozilgan) hamda «Guliston» (1258) asarlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan. «Bo’s-ton»da shunday bir hikoyat keltiriladi: Shahar qozisi bir guruh olim-u fozillarni suhbatga chaqiradi. Qimmatbaho liboslarga burkangan kazo-kazolar «o’tsMar-o’tsinlar» bilan to’rdan joy oladilar. Poygakda eski to’n kiygan bir darvesh qisinibgina o’tirardi. Suhbat boshlanadi. Shariat va tariqatdan fiqh-u hadislarga ’tadilar. Bahs, muhokama, munozara avj oladi. Bir masala ustida qattiq talashib qoladilar. O’tirganlar baqir-chaqir qilishar, lekin hech bin ishonchli bir dalil bilan isbotlab bera olmasdi. Shunda o’sha eski to’n kiygan darvesh so’z olib, masalani burro til, oydin dalil bilan isbot qilib beradi. Hamma hang-u mang bo’lib qoladi. Qozi o’rnidan turib salla-to’nini darveshga in’om etib, to’rga taklif qiladi. Darvesh to’nni ham, to’rni ham rad etadi. Gap insonning salla to’nida emas, ilm-u donishda, agar kiyimda bo’lsa edi, salla ilingan qoziq yoki to’qim urilgan eshak eng e’tiborli bo’lardi, deb qozi uyini tark etadi. «O’sha darvesh men o’zim edim», deb tugatadi Sa’diy bikoyasini.
 
«Guliston» asarida esa biz shoir bosbiga tusbgan ajab savdolarga ducb kelamiz.
 
«GULISTON» dan
 
Hunar o’rganmoq haqida
Bir bakim1 o’g’ullariga mundoq pand2 berur edikim: «Ey jon farzandlarim, bunar o’rganinglar, negakim, mulk va molg’a e’timod3 yo’qdurur. Siym4 va zar5 xatar maballidadur    o’g’ri barcbasini birdan olur va yo hakim oz-oz olib yo’q etar. Ammo hunar chashmayi ravon6 va davlati bepoyondurkim, agar bunarmand odam davlatdin tushsa, hech g’am va alami yo’qdur. Nedinkim, hunar aning zotida ulug* davlatdur va bar yergakim borsa, sobibi qadr bo’lur va majlisning yuqorisida o’lturur va hunarsiz kishi gadoylik qilur va har joygakim borsa, beqadr va bee’tibor bo’lur».
Bayt:
Ota merosini gar istasang, o’rgan ota ilmin,
Ki qolgan mol otadin sahl7 muddatda tamom o’lg’ay.
DARYO KO’RMAGAN QUL HIKOYATI
 
Bir podsbob bir ajamiy8 g’ulom9 bila kemaga mindi. G’ulom bargiz daryoni ko’rmamish erdi va kemaning baybat va mehnat10in bilmamish
1 Hakim -  donishmand.
2 Pand - nasihat.
3 E’timod - ishonch.
4 Siym - kumush.
5 Zar - oltin.
6 Chashmayi ravon - oqar chashma.
7 Sahl - oz.
8 Ajamiy - eronlik.
9 G’ulom-qui.
10Mehnat-azob.
 
erdi. Vahm bila ko’p yig’lab, zorlig’ qilib, a’zo va andomig’a larza va beqarorlig’ yetishti. Har nechakim mulotafat ko’rguzub, tadorikin qilur erdilar, aslo orom topmas erdi. Bu jihatdin, podshohning ayshi tiyra bo’lur erdi. Hech chorasin topmas erdilar, ammo hamul kecha ichida bir hakim bor erdi. Podshohga dedi: «Agar ruxsat bersangiz, man bir ish etib, ani xomush qilurman». Podshoh dedi: «Agar mundoq qilsang, bizning haqimizda nihoyatsiz karam qilmish bo’lg’aysan». Ondin so’ng hakim buyurdi, to g’ulomni sochidan tutub, daryog’a tashladilar. Uch navbat cho’mg’ondin so’ng tortib, kemaning oldig’a yovuq kelturdilar. G’ulom jon havpidin ikki qo’li bilan kemadagi kishilaming qo’lig’a yopushib, zo’r bila o’zini kema ichiga olib, bir go’sha9da o’lturub, orom tutdi. Podshohg’a bu hoi taajjub ko’runub, so’rdikim: «Munda ne hikmat bor erdi?» Hakim dedi: «G’ulom burundin g’arq bo’lmoq mehnatin ko’rmamish erdi, lojaram, kema ichining salomatligi qadrin bilmas erdi, emdi bildi, andoqkim, ofiyat qadrin bir musibatg’a giriftor bo’lg’on kishi bilg’usidur». Qit’a:
Qorning to’q esa, arpa noni yaxshi ko’runmas, Gar och ersang, oy qursi kabi xo’b erur va sof. A’rof behisht o’lg’usidur do’zax eliga, Jannat eliga bo’lg’usi do’zax vale a’rof.
 
1 Vahm - qo’rquv.
2 Andom - tana, gavda.
3 Mulotafat-iltifot.
4Tadorik-iloj.
5 Ayshi tiyra bo’lmoq - kayflyati buzilmoq.
6 Karam qilmoq - marhamat ko’rsatmoq.
7 Yovuq - yaqin.
8 Havl - qo’rquv.
9 Go’sha - burchak, chekka.
10 Lojaram - noiloj.
11 Ofiyat - sog’liq.
12 Oy qursi - to’lin oy.
13 A’rof-jannat va do’zax o’rtasi.
14 Vale - va lekinning qisqa shakli.
5 - Adabiyot, II qism.
 
DARVESH HIKOYATI
 
Bir darveshni ko’rdumkim, butim umri davomida bitta ham farzand ko’rmagan edi. So’ngroq ko’pdan ko’p duo va zorliqlar qilg’onidan so’ng xotini homilador bo’ldi.
Darvesh dedi:
- Agar Alloh taolo menga bir o’g’il bersa, egnimdagi xirqa!dan
boshqa barcha molimni darveshlarga nisor qilurman.
Ittifoqo, xotini o’g’il tug’di. Va’daga muvofiq darveshlar oldiga dasturxon yozib, taom berib, bor-u yo’g’ini sarf etdi.
Faqir shu paytlar Shorn safariga ketdim. Bir necha yildan so’ngra qaytib kelib, ul darveshning mahallasiga bordim va oni axtardim. Topmay, ul yerdagi hozir bor kishilardin so’radim. Alar dedilar:
- Ul darvesh zindondadur.
Faqir oning zindong’a tushganining sababini so’radim. Alar dedilar:
- O’g’li araq ichib, mast holida bir kishini o’ldirib qochdi. Emdi
oning uchun otasin tutub, zindonga solub, oyog’in zanjir bilan band
etmishlar.
Men dedim:
- Bu bolani Xudodan o’zi tilagan edi.
Qit’a:
Bo’g’oz xotun, ayol, donoyi xushyor, Tug’ar vaqtida garchi mor  tug’g’oy, Base yaxshidur ul farzanddinkim, Ani nodon va nohamvori  tug’g’oy.
 
1 Xirqa - darveshlar kiyimi, janda.
2 Faqir - o’zini kamtarlik bilan aytish.
3 Qit’a - she’rning bir turi.
4 Ayo - ey.
5 Mor - ilon.
6 Nohamvor - tentak deyilmoqchi.
 
HIKOYAT
 
Damashq (Shorn) lik do’stlar suhbatidan faqirga malolat yetib, Quddus sahrosiga yuz burdim va hayvonot bilan do’st tutinib, ular bilan qo’shilib yurdim. To vaqtikim, farang xalqiga asir bo’ldim va meni juhudlar bilan Taroblis qaPasining xandaqini qazmoq ishiga soldilar. Halab ulug’laridan birikim, burundin mening bila oshnolig’i bor edi, ustumdin yo’li tushub, kelib meni tanidi va dedi: «Bu na holdur?» Men dedim: «Xaloyiqdin qochib tog’, dashtda manzil tutub, hayvonotg’a qo’shuldim. Tangri taqdiri bila emdi kofirlarning jafosi qaydiga giriftor bo’ldum».
Do’stlar oldida poband o’lsam erdi jovidon, Yaxshi erdi ajnabiy birla kezardim bo’ston.
Mening bu holimga aning rahmi kelib, o’n tilla berib, farang ulusining jafosi bandidan ozod qildi va o’ziga hamroh qilib Halabga olib bordi va bir xunuk, badfet qizi bor erdi, oni nikoh qilib menga berdi, yuz tillo mahriga soldi va biroz muddat o’tgandan so’ng, qiz badfetligi va adabsizligini boshlab, holimni xarobga, jonimni azobga yetkazdi. Ya’niki: yaxshi odamning uyida yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir. Bunday xotin bilan yashamoqdan Yaratganning do’zaxi olovida yonmoqni afzal bilaman.
Axiyri ta’naga ko’chdi: «Seni otam o’n tillo berib farang asirligidan qutqazib olmaganmidi?!» Men dedim: «Ha, men o’sha otang o’n tillo berib, farang asirligidan qutqarib olgan, lekin yuz tillo bilan sening qo’lingga tutqazib, jabr-u sitam zanjirini bo’ynimga solgan kishiman!»
Masnaviy:
 
Bir kishi bir qo’y ustiga yetti
Ki, bo’ri ilikidin xalos etti.
Kecha so’ymoqqa qo’yni bo’ldi ravon,
Qo’y ko’rib oni ayladi afg’on:
«Ki bo’rini tutar edim dushman,
Emdi bildim, bo’ri sen erkansan».
«Guliston», «Bo’ston» asarlarini Alisher Navoiy sevib o’qigan. U o’zining «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida buni alohida ta’kidlab aytadi. Haqiqatan ham, bu asarlar ’tmishda sho’rolar tuzumi
’rnatilgunga qadar ham eski maktablarda darslik sifatida ’qitilar edi. XX asr boshida yetishib chiqqan jadid ma’rifatchilarimiz bu kitoblardan ilhom olib yangi darsliklar yaratdilar. Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari shundaylardan edi.
«Guliston» asari so’nggi olti. yetti asr davomida o’zbek tiliga bir necha bor tarjima qilingan. «Bo’ston» 1960- yilda o’zbekchaga o’girildi.
Quyida ulardan ayrim namunalar o’qiysiz.
 
«BO’STON» dan
Ayb qidirmaslik haqida
Birov ilmdon-u bo’lsa tadbirkor, Nogoh toyib ketsa oyog’i yakbor, kichik bir xatoga gapirma qo’pol, Ulug’lar demishlar: «Yaxshilikni ol!» Birga o’sadi-ku tikan birla gul, Ey odil, tikanmas, gulni dasta qil. Tab’i aybjo’ylik bo’lsa agar bas, Tovus oyog’idan boshqasin ko’rmas. Tozalik axtargil, ey o’zi xira, Ne ko’rsatar ko’zgu gar yuzi xira! Barcha aybin yuzga solma, ey g’addor, Sening ham aybingni ko’rsatuvchi bor. Gunohkorga darra, cho’p buyurgani O’zini gunohsiz bilurmi, qani? Yomonlik yoqmasa, o’zing qilmagil, Keyin boshqalarga «qilmagil», degil. Yaxshi-yu yomoni o’zining moli, Har kim o’z foyda-yu ziyon hammoli.
 
Sa’diy she’rin ’rib ichiqoralar, Nafrat bilan so’kib, uni qoralar. Yuzlab nuktasiga solishmas quloq, Bir aybni topsalar, ta’na besanoq. Bir illati bordir xudpisand so’zin, Hasad ko’r qilgandir haqiqat ko’zin. Har ko’z-u qosh yaxshi, demagil, do’stim, Pista mag’zini ye, tashlagil po’stin.
Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog 
Yoshlik davronimdan esimda qolgan: Hayitda chiqardim men otam bilan. O’yinga berilib yugurdim, shoshdim, Otamdan olomon ichra adashdim. Baqirdim, ovozim har yoqni buzdi, Otam yetib kelib, qulog’im cho’zdi. Ey ko’zi o’ynoqi, sho’xi beqaror, Barimni mahkam tut, dedim necha bor. Bilmaysan yosh bola bo’lgandan keyin tanho yo’l yurmoqlik dunyoda qiyin. Sa’diydek dunyoni kezib ter boshoq, Ma’rifat xirmonin yig’arsan shu choq. Dehqon hayajonda: o’sarmi nihol, Ko’chatidan meva berarmi iqbol? Ba’zi xomtamalar sochmay urug’, don, Ko’tarmoqchi bo’lar dehqonday xirmon.
 
Hikoyat
Eshitdim adolatli bir podsho, Kiyarkan astar-u avra bo’z qabo.
Biri debdi: «Shohim, to’ning judajo’n, Xitoyi shohidan tiktir yaxshi to’n!»
 
Bir itga duch keldi birov sahroda, Tashnalikdan yotar jonsiz aftoda.
Dastorin arqondek quduqqa soldi, Uchiga qalpog’in boylab suv oldi.
Xizmatga belini mahkam bog’lab u, Majolsiz kuchukka qo’ldan berdi suv.
Uning bu ishidan topibon xabar, Qozidan gunohin so’rar payg’ambar.
Hushyor bo’l, zulmdan qilgil andisha, Vafo-yu karamni qilmag’il pesha.
Yaxshilik mukofot topdi itdan ham, Gar odamga qilsang bo’lmas undan kam.
Qo’lingdan kelgancha karam qil, karam, Karamli bo’Imagay hech kimsadan kam.
Biyobonda quduq qazolmasang, boq, Qabristonga kirib bitta chiroq yoq.
 
«MUFRADOT» dan
 
Arablarda bir so’z bordir, yaxshi boq, Odobsiz boladan yo’g’i yaxshiroq.
Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil, Yaxshiga yaxshilik yaxshi  buni bil.
Niholin o’sdirar daraxt ko’p zamon, Bir zumda qo’porib tashlaydi bo’ron.
Davlating borida ishing sol yo’lga, O’tib ketajakdir u qo’ldan qo’lga.
 
 
HIKMATLAR
* * *
Chumoli yoz bo’yi yig’ar yemak don,
Toki qishda uyi bo’lsin farovon.
* * *
Erta kun aaga zor bo’lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug’doy non yesang.
* * *
Ustiga kitob ortilgan eshak, Na olim va na donodir beshak.
* * *
Fildek zo’r bo’lsang-u sherdek urishqoq, Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq.
* * *
Boshqalar moliga ko’ngil qo’ymagil,
So’ngra ko’ngil uzmoq juda ham mushkul.
 
Savol va topshiriqlar
  • Sa’diy Sheroziy kim? Qayerda yashab ijod etgan? Qanday asar-larini bilasiz?
  • «Guliston» va «Bo’ston» asarlari haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
  • Sa’diy hayotidagi voqealar aks etgan qaysi hikoyalarni bilasiz? Aytib bera olasizmi?
  • «Ayb qidirmaslik haqida»gi she’riy hikoyatda shoir o’quvehining qanday inson bo’lishini xohlaydi?
  • «Tab’i aybjo’ylik bo’lsa agar bas, Tovus oyog’idan boshqasin ko’rmas» satrlari ma’nosini tushuntirib bering.
  • «Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog’i» hikoyatini so’zlab bering. Ushbu she’riy hikoyatdan qanday fikrlar topdingiz?
  • «Hunar o’rganmoq haqida» hikoyatida hunarli va hunarsiz qanday taqqoslab ko’rsatiladi?
  • Sa’diy asarlarini o’zbek o’quvehilari qayoqdan biladilar? Shoir ijodining o’zbek adabiyotiga ta’siri haqida nima deya olasiz?
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz