Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
 Topishmoqlar
 Imom al-Buxoriy
 Ezop
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
TOPISHMOQLAR
  
Chop etish uchuv versiyasi


Barcha xalqlar og’zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o’ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlarni ba’zan «topmacha», «jumboq», «matal» deb atashgan. Mumtoz adabiyotda ular «chiston» ham deyiladi. Topishmoq hammabop ommaviy janrdir. Ularda xalq hayotining barcha qirralari - turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o’rab olgan olam ’xshatishlar, taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi. Topishmoqda yashirin ma’no ko’pin-cha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog’i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o’simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yechmoqchi bo’lgan kishi unda keltirilgan ko’chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uni hayotdagi belgilarga to’g’ri kelishiga qarab javobni topadi. Topishmoq, awalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo’lsa, ayni paytda ko’ngilochar o’yin ham hisoblanadi. Topishmoqni aytilgan vaqtda yecha olmagan kishi «jazolanadi». Topishmoqning javobi uchun «shahar» yoki «qishloq» beradi.

 
Topishmoqlar kishining tasawuri va tafakkurini o’stiradi, ayniqsa, bolalarni topag’on bo’lishga, hozirjavoblikka o’rgatadi.
Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda to’qiladi. Ular o’zida yashiringan predmetlar miqdoriga qarab bir va bir necha misrali bo’lishi mumkin. Topishmoqlar da narsalarning sifati, belgilari, ’xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta’rif qilinadigan bo’lsa, ular ikki, uch, to’rt va undan ko’p misralarda ifodalanadi. Bulardan tashqari qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag’ali so’zlar ko’paygan sari topishmoqlar hajmi oshib boradi. Topishmoq-larda o’xshatish, sifatlash, mubolag’a, kichraytirish, metafora, jonlan-tirish kabi badiiy tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi.
 
Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra bir yoki bir necha predmetli bo’lishi mumkin. Masalan, «Qoziq ustida qor turmas» (tuxum). Ush-bu topishmoqda bir predmet - tuxum o’zining rangiga ko’ra qorga, shakli jihatidan o’tkir uchli narsa «qoziq» ustida turolmaydigan suyri (ellips)ga o’xshatilyapti. «O’zi bir qarich, soqoli qirq qarich» (igna) topishmog’i ham bir predmetli bo’lib, ignani anglatadi. Undan o’tkazilgan uzun ip soqolga o’xshatilyapti. Topishmoqlarning bir necha predmet yashiringan turlari ham bo’ladi. Masalan, «Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq - bir yog’i qora, bir yog’i oq» topishmog’ining javobi yil (daraxt), o’n ikki oy (shox), o’ttiz kun (o’ttiz yaproq), o’ttiz kecha va kunduz (bir yog’i qora, bir yog’i oq).
Topishmoq shunday ajoyib janrki, unda g’ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotda ko’rib-bilib turgan narsa bo’lib chiqadi. «Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi» (lab) yoki
«Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo’ndi qushim,
Tumshug’ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi qushim». (Choynak)
Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib, ularning qiziqarliligini, o’qishliligini ta’minlaydi. Agar esingizda bo’lsa, doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqli va farosatini topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu hodisa ko’proq
ertaklarda uchraydi. Topishmoq qatnashadigan ertaklar ikki xilda bo’ladi: Birinchisi, topishmoqli ertak bo’lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. Ikkinchisi, ertak-topishmoq hisoblanib, undagi asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo’ladi.
 
Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo4lib, ular olam va odam bilan bog’liq barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlar, hayvonot dunyo-si, odam, lining a’zolari va xislatlari, mehnat va o’quv qurollari, cholg’u asboblari, turar joy, uy-xo’jalik asboblari, qurol-yarog’lar haqida bo’lishi mumkin. Bundan tashqari topishmoqlar o’zining yaratilish davriga an’anaviy topishmoqlar va yangi, zamonaviy topishmoqlar sifatida bir-biridan farqlanadi. An’anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etgan bo’lsa, zamonaviy topishmoqlar da kundalik turmushimizdagi o’zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o’z ifodasini topgan.
Qadrli bolalar, biz topishmoqlar haqidagi suhbatimizning awalida «chiston» tushunchasiga ham to’xtalgan edik. Chiston asli forscha so’z bo’lib, topishmoq, jumboq ma’nosini anglatadi. Chiston mumtoz adabiyotning kichik link janri hisoblanib, savol-javob shaklida pay do bo’lgan. Undagi narsa-hodisalar ko’chma ma’noda tasvhianib, fard, bayt, qit’a, ruboiy va g’azal shaklida yoziladi. Chiston ko’proq ma’-rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo’ladi. Adabiyotimiz tarixida ushbu janrning go’zal namunalarini Alisher Navoiy, Uvaysiy kabi shoirlarimiz ijodida uchratishimiz mumkin. Siz mumtoz adabiyoti-mizdagi chiston janrini yuqori sinflarda o’rganasiz.
 
TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR
 
Bir parcha patir, Bir otasi, bir onasi,
Olamga tatir. Necha yuz ming bolasi.
(Oy) (Quyosh,oy,yulduzlar)
Onasi bitta, Zar gilam? zar_zar gilam?
Bolasi mmgta. desam, og’ir gilam.
(Oy va yulduzlar) (Yer)
Bir qop un, ichida ustun.
(Jiyda)
O’tga tushsa yonmas, Suvga tushsa oqmas.
(Soya)
Yer tagida oltin qoziq.
(Sabzi)
Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo’ndi qushim.
Tumshug’ini yerga berib, Xalqqa salom berdi qushim.
(Choynak)
Otdan b aland, Itdan past.
(Egar)
Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi. Kel, kel desam, kelmaydi. Kelma desam, keladi. (Lab)
Boshi taroq, Dumi o’roq.
(Xo ’roz)
Otasi uzun xo’ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin-shakar.
(Tok, bargi, uzumi)
Kichkina dekcha, Ichi to’la mixcha.
(Anor)
Nazariy ma’lumot
 
 
MAQOL VA TOPISHMOQ TUSHUNCHALARI
 
Qadrli bolalar, siz awalgi darslardan maqol va topishmoq nimaligi haqida muayyan tasawur olgansiz. Bu ikki tushuncha inson tafakkurining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Maqollar insonni axloq-odobga o’rgatsa, topishmoqlar uni mantiqiy flkrlashga, topqirlikka, hozirjavoblikka undaydi. Maqol inson nutqini bezaydi (xalqimizda «So’z ko’rki maqol», deb bejiz aytilmagan), uning ta’sir kuchini oshiradi. Biror-bir fikrni uqtirishda ishlatilgan maqol uni chuqur o’zlashtirishga xizmat qiladi. Maqollar pand-nasihatlar, tarbiyaviy suhbatlarda o’git sifatida ham keladi. Uni, biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, «Otalar so’zi» ham deyishadi. Buning boisi, har bir maqol ota-bobolarimiz tomonidan yaratilib, bir necha mingyilliklar davomida sayqal topib kelayotgani, yaxshilik, ezgu ishlarga unday-digan bebaho ma’naviy boyligimiz ekanidir.
Maqolda mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo’lib, unda ibratli fikr aytiladi. Bu fikr rad etib bo’lmaydigan hukm shaklida keltiriladi. Masalan, «Ona yurting - oltin beshiging», «Kishi yurtida shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l» kabi maqollarni hech bir e’tirozsiz qabul qilamiz.
Awal ta’kidlaganimizdek, ko’plab maqollardagi ana bir xususiyat ularda so’zlarning qofTyadosh bo’lib kelishidir. Masalan, «Yuz ko’rki soqol, so’z ko’rki maqol», «Aql -yoshdan, odob - boshdan». Shu xislati bilan maqollar topishmoqlarga o’xshab ketadi. «Bir parcha patir, olam-ga tatir» (oy) topishmog’idagi «patir» va «tatir» so’zlaridek, maqol-dagi «yoshdan» va «boshdan» so’zlari bir-biriga qoflyadoshdir. Biroq bu o’xshashlik tashqi shaklda ko’rinadi. Mazmunan ular o’zida bosh-qa-boshqa ma’nolarni tashiydi. Biri ibratli fikrni anglatsa, ikkinchisi, kishini jumboqda yashiringan ma’noni topishga undaydi, idrokini sinaydi.
Maqol va topishmoqlar, o’zlarining o’xshash va farqli jihatlaridan qat’i nazar, inson tarbiyasiga xizmat qiladi, uni ziyraklik va zukkolikka undaydi.
 
Savol va topshiriqlar
  • Xalq og’zaki ijodining qaysi janrini topishmoq deb ataymiz?
  • Topishmoqlarni yana qanday nomlar bilan atashadi?
  • Topishmoqda yashiringan ma’no qanday shaklda ifodalanadi?
  • Bir predmetli va bir necha predmetli topishmoqlarga misol keltiring.
  • Topishmoqlarni aytish va uni yeehish jarayoni qanday keehadi? Topishmoqlarni yeehishda «jazolash», «shahar» yoki «qishloq» berish nimalarni anglatadi?
  • Nasriy va she’riy topishmoqlarga misol keltiring.
  • Ertak-topishmoq nima? Tushuntirib bering.
  • Mumtoz adabiyotimizdagi ehiston nima? Undagi narsa va hodi-salar qanday tarzda tasvirlanadi?
  • Maqol haqida nima bilasiz?
  • Topishmoq va maqol o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlarini tu­shuntirib bering.
  • Kitobingizda keltirilgan topishmoqlardan o’ntasini yod oling.
  • Uyingizda mustaqil ravishda ueh-to’rtta topishmoq tuzib keling.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz