Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
 Mirkarim Osim
 Gafur Gulom
 Oybek
 Usmon Nosir
 Mirtemir
 Asqad Muxtor
 Otkir Hoshimov
 Antuan de Sent-Ekzyuperi
Mumtoz adabiyot bostoni
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
USMON NOSIR
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Usmon NOSIR

(1912-1944)
 
Dunyo adabiyoti tarixida shunday shoirlar o’tganki, ulaming umri va ijodi xuddi qorong’i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa o’xshaydi. Bilsangiz, bir lahzada chaqnab o’tib ketadigan chaqmoqda ko’plab elektrostansiyalar yillar davomida ishlab chiqaradigan quwat boladi. Rus shoiri Lermontov, tatar ijodkori Abdulla To’qay, ’zbek adabiyotining favqulodda iste’dodli namoyandasi Usmon Nosir mana shunday yorqin siymolardandir. Garchi juda kam umr ko’rgan bo’lsalar-da, ular yozib qoldirgan asarlaming ahamiyati asrlarga tatigulikdir.
Usmon Nosir bor yo’g’i 32 yil yashagan bo’lsa, shuning 6-7 yilidagina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.
 
Bo’lg’usi shoir 1912- yilning 13- noyabrida Namangan shahrida dunyoga keldi. Uning hunarmandchilik bilan ro’zg’or tebratadigan otasi bu paytda og’ir xasta bo’lib, bola go’dakligidayoq olamdan o’tadi. Usmon o’z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko’rmay o’sdi. To’rt yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo’qonga ko’chib keladi. Usmonjon shahardagi internatda o’qiydi, tarbiyalanadi.
 
1931- yilda Usmon Nosir Samarqanddagi O’zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand Davlat universiteti)ga o’qishga kiradi. U tengdoshlari orasida o’zining o’tkir fikri, fanlarni tez o’zlashtira olishi, shoirlik iste’dodi va sho’xcha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi. Usmon Nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham
chanqoqlik bilan ’zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi. Bu intilishlar shoirning dastlabki asarlaridayoq o’zini ko’rsatdi. Uning bitiklarida katta g’oyalar, badiiy tafakkurning erkin parvozlari, fikrning o’tkir yolqinlari yaqqol aks etardi. Mana, uning Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi  «Oq yuvib, oq tarab» she’ridan ayrim lavhalar. Unda shoir bolaligida ko’rgan sargardonliklarini tabiat manzaralariga uyg’un holda qayta jonlantiradi, o’quvchini o’z xotiralariga oshno etadi:
Esingdami, g’arib ona, Sarg’ayib yerga tushgani
U qishlarning zahri? Bir ko’m-ko’k yaproqning.
Yuzni momataloq qilgan Qon, yoshlar-a to’lganda
U yillarning qahri? U ko’zlaring seni,
Mehribonim, yodga tushdi, Tuproqqa yuz tutganda
Вir kuni kuz nahori, Umring bahori...
Usmon Nosir uchun tabiat manzaralari she’riy asarni qo’shimcha tashbihlar bilan bezash, go’zallashtirish vositasi emas edi. U tabiatni go’yo ona anglab, o’zini esa shu ona bag’riga doimiy talpinuvchi farzand hisoblardi. Uning she’rlarida har bir fasl, yer, osmon, quyosh, yulduz va oy, daraxtlar va chechaklar, qushlar va hayvonlar badiiy umumlashma, obraz darajasiga o’sib chiqadi.
Bu jihatdan uning to’rt misradan iborat quyidagi she’ri e’tiborga loyiqdir.
 
 
BOLALIGIMGA
 
Kapalakning gul emganin ko’rdim, Eslab ketdim seni, malagim... Sen berdingmi, shuncha shirin she’rni, Ey, barglari ko’m-ko’k palagim?
Badiiy obrazlarga to’la bu mo’jaz she’rda bolalik yashnoq «gul»ga, «barglari ko’m-ko’k palak»ka, go’zal «malak»ka o’xshatilsa, shoir o’zini gul hidini emuvchi, dilbar malak boshi uzra parvona bo’luvchi kapalakka mengzaydi. (Bir narsaga albatta e’tibor bering: shoir o’zini
gul nektari  shirasini yig’uvchi asalariga emas, balki aynan gul hidiga oshiq, shundan mast bo’lguvchi kapalakka o’xshatadi!)
Shoir tarjimayi holi to’g’risida gapirganimizda, uning bolalik davri ancha qiyinchilikda o’tganini aytgandik. Shunisi qiziqki, har qancha og’ir, musibatli bo’lmasin, inson o’zining beg’ubor bolaligini bosh-qacha entikish bilan xotirlaydi. Chunki bolalikning ozorlari, tashvishlari ham vaqt o’tgan sayin kishiga qadrli bo’lib, tansiq bo’lib boradi.
 
Usmon Nosir talqinidagi link qahramon tabiat bilan to’g’ridan to’g’ri muloqotga kirishadi, uni erkalaydi, unga erkalanadi, undan arazlaydi, undan kechirim so’raydi.
Mana qarang, siz har kecha ko’radigan oy va uning nurlari, bahor chog’i gullagan bodomning oydin kechadagi suratini shoir oddiy so’zlar bilan qanday chizadi:
Oydin kecha  Taqib suv oqar,
Sutdek oppoq Jimirlab
Har yer Oy aksi yotar.
Har bir j oy, Oy nurini
Doirayi kamondan Ko’zga solib
Boqar kumush oy. Ko’rdim yalangdan 
Oy nurini Bodom gullab qolibdi
Deraza Och pushti rangda...
 
Endi shu tasvirning o’zidan usta musawir qanday surat yaratishi mumkin ekanini o’ylab ko’ring. Shoir esa siz bilan bizga oddiy tuyuladigan so’zlar rangini, ularning ohangini ilg’aydi, bo’yoq bilan emas, so’z bilan go’zal kartina chizadi.
Modomiki, suhbatimiz shoir tasvirida qayta jonlangan oy to’g’risida borar ekan, keling, uning shu mavzudagi bir she’rini o’qiylik.
 
YURGANMISIZ BIRGA OY BILAN
 
Yurganmisiz birga oy bilan Oqshom payti ko’m-ko’k o’rmonda? Maysalarga shabnam qo’nganda Shunday yaxshi, tinch bo’lar ekan!
Shitir-shitir o’ynar shabada, Barglar musiqasi bir shirin... Havo go’yo tiniq, sof boda, Ko’ngil sezar hayotning sirin.
Men mast bo’lib qoldim bir kecha, Sil o’pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim.
She’rning birinchi misrasidanoq ko’kda go’yo jim turgandek tuyuladigan oy harakatga tushadi. U shoirga hamroh tutinib, ko’m-ko’k o’rmon oralab birga kezadi. Bu holat shoirga hozirga qadar izlab yurgan tanqis muhitni  sokinlik, tinchlikni hadya etadi.
 
Xo’sh, nega shoir ko’ngli tinchlikni bu qadar qo’msaydi, undan najot izlaydi?
Gap shundaki, ushbu she’r 1935- yilda, Usmon Nosir davolanish uchun shimolga  Boltiq va Oq dengiz bo’ylariga safar qilgan davrda yozilgan. Bu paytda sobiq sho’ro davlatida mafkuraviy talvasalar juda kuchaygan edi. Xalq orasidan yetishib chiqqan ko’plab ziyolilarni ta’qib etish avj ola boshlagandi. Gazeta va jurnallar, tez-tez chaqirib turiladigan majlislarda, ayniqsa, shoir yozuvchilar haqida ko’pdan ko’p tuhmat gaplar aytilardi. Usmon Nosir o’ziga ustoz deb bilgan Cho’lpon, Fitrat, Abdulla Qodfriy singari ijodkorlarga tinimsiz hujumlar uyushtfrilardi. Yurtidan uzoqda bo’lsa-da, shoirning navqiron ’ngli bularning baridan ozor chekmasligi mumkin emas edi. Shu tufayli ham shoir o’zining ayni kunlardagi kayflyatini ifodalab:
Men mast bo’lib qoldim bir kecha, Sil o’pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim, 
deydi. Bu yerda shoir «sil o’pkam» deya faqat o’zining jismoniy xastaligi to’g’risida gapirmaydi. Balki, yuqorida aytib o’tganimiz  biqiq, tuhmat-u razolatga to’la muhitda siqilgan ko’nglini  ruhini nazarda
tutadi. Bunday muhitda esa dilning sayrashi  emin-erkin ijod qilish to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. Zamondosh shoirimiz Xurshid Davron bir she’rida «Eng dahshatli sukunat - shoir jim yursa!» deydi. Shundan kelib chiqilsa, Usmon Nosirning o’ziga oy hamrohlik qilgan, yalangoyoqlarini shabnamlar chaygan kimsasiz kechada dilginasini rosa sayratganini - to tong otguncha uxlamay erkin qo’shiqlar kuylaganini tushunsa bo’ladi!
 
Ko’ryapsizki, Usmon Nosir o’zidagi kuchli hayotiy dardlarni ham tabiat lirikasi qatlariga singdirib, qalb sirlarini shu orqali o’quvchisiga yetkaza olgan.
Shoirning xuddi shu yili yozilgan boshqa bir she’rida asl hayot va yosh ko’ngilning undan olgan taassurotlari o’zaro muqoyasa qilinadi. Bu she’rda go’yo hali bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko’ngli bilan shafqatsiz hayotning achchiq-chuchugini totib, sergak torta boshlagan shoir aqli o’zaro muloqotga kirishadi.
 
YUR, TOG’LARGA CHIQAYLIK...
 
Yur, tog’larga chiqaylik. Bilasanmi, yoshlik bu Mayli, yur! To’ymagan!
Eh... qandayin chiroylik Tinim bilmas, go’yo suv Oppoqnur... O’ynagan...
Olmos kabi oppoq qor Shuncha a’lo, chiroylikYaltirar. ’rinur...
Nega muncha dil oqar, Yur, tog’larga chiqaylik.Qaltirar? Mayli, yur!
Awalo, she’rda aks etgan tog’laming ulug’vorligi, ular bag’rini qoplagan olmos yanglig’ oppoq qor nuri o’quvchi diliga yorug’lik olib
kiradi. Butun olam oqlikka burkanganini ko’rgan yoshlar yuragida hozirga qadar bo’lmagan g’alati toshiqish, hayajon bosh ko’taradi. Bu hayajon navqiron yuraklarga sig’may to’lib-toshadi, dilni titratib yuboradi. Zero, bolalik, yoshlikning o’zi ham doimiy harakatga talpi-nuvchi, bir joy da tinim bilmaydigan sharqiroq suvday toshqin fasldir.
 
Uning ’ziga dunyodagi barcha narsa mo’jiza bo’lib ko’rinishi, u har bir hodisadan kashfiyot izlashi ham tabiiydir. Tog’lar sari ko’tarilarkan, bu mo’jaz qalb go’yo qanot chiqarib uchadi, tog’laming ulug’vorligini
o’zida ham his etishni juda-juda xohlaydi. Oppoq nur yoshlikning ko’zini qamashtiradi, hayotni jozibador, faqat go’zallikdan iboratdek qilib ko’rsatadi...
Yuqorida eslatganimizdek, o’tgan asrning 30-yillarida sho’rolar davlatida avj olgan qatag’on yosh Usmon Nosir ko’nglini ham chuqur dardlarga to’ldirdi. Mana shu darddoshlik tuyg’ulari shoirning ko’plab she’rlarida o’z izini qoldiradi. Jumladan, yuzaki qaraganda, yosh yigitning hayot bo’ronlariga ko’ksini ochib yashash ishtiyoqi tasvirlangandek tuyuladigan «Yo’lchi» she’ri ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mo’jaz bu she’rni to’lig’icha o’qiymiz:
 
YO’LCHI
Yo’lchiman, manzilim dengizdan nari, Lojuvard ufqning tubiga yaqin. Ko’nglimda dardlarim daryodek oqin, Chayqalar ko’zlarim tikilgan sari.
O, yo’llar!
Chu, qora toychog’im! Chu, qora yo’rg’am! Murodga qasd qilib yugurgan yetur. Bo’ronni sevmasa, dil nechun tepur?
Tiriklik ne kerak bemehnat, beg’am?! Chu, qora yo’ rg’ am!
Mazkur she’rni turli yo’sinda tushunish va talqin etish mumkin. Uni, yuqorida aytilganidek, yashashga tashna o’spirinning orzularga to’la hayot dengizi osha yorug’ manzillarga talpinishi tarzida talqin etish ham xato bo’lmaydi. Zero, shoir bu she’rni yozganida endigina 23 yoshga kirgan, demak, hayotga shunday yondashishga u to’la haqli ham edi. Biroq she’rning uchinchi misrasi «Ko’nglimda orzular daryodek oqin» shaklida emas, balki aynan «Ko’nglimda dardlarim daryodek oqin» tarzida bay on etilgani bizni o’ylantirmasligi mumkin emas. Shu yoshdagi shoirning ko’ngli ne dardlarga to’lganki, bu dardlar daryodek oqsa? U ne manzillami ’zlaganki, tikilganda ko’zlari chayqalsa? Nega u borar manzil ufqning tubida, demakki, ko’z ilg’amas uzoqlarda?
 
«Yo’lchi» she’rini o’qigan chinakam muxlis ko’ngli bir narsani aniq ilg’aydi. U ham bo’lsa, lirik qahramon - shoir ko’pchilik oddiy odamlar singari yetishish mumkin bo’lgan orzular ko’yida yurgan odam emas. Uning talpingan manzili «murodga qasd qilib yugurish»ni talab qiladi. Bu manzillarga yetmoq hali ne-ne mehnat va g’amni, ko’plab shiddatli bo’ronlarni uning boshiga solishi mumkin.
Bu qahramonning bizga ibratli jihati shundaki, u o’zi tanlagan taqdir yo’llarida duch kelishi muqarrar bo’lgan qiyinchiliklarga tik boqa oladi. Nafaqat tik boqadi, balki qora yo’rg’asini mashaqqatlar sari yanada tezlaydi.
 
Afsuski, fidoyi shoir Usmon Nosirga o’zi ko’zlagan nurli man­zillarga yetib borish nasib etmadi. 1937- yilda ustozlari Cho’lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va yana ko’plab ijodkorlar qatori Usmon Nosir ham «xalq dushmani» degan tuhmat bilan ayblandi. U sovuq Sibir o’lkalariga surgun qilindi. Bu paytda shoir boryo’g’i 24 yoshga kirgan edi.
Qamoqlarda tortgan cheksiz azob-uqubatlari, yurtini sog’inib chekkan fig’onlari oxir-oqibat shoirning jismu jonini yemirdi. Usmon Nosir 1944- yilning mart oyida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot etdi.
 
Usmon Nosir to’g’risidagi darsimizni shoir hayoti va ijodini chaqmoqqa qiyoslash bilan boshlagan edik. Qarangki, shoirning o’zi «Yurak» nomli she’rida:
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo’lsa,
Yoril! Chaqmoqqa ay Ian sen,
Yoril! Mayli tamom o’lsam! 
deya qalbiga xitob qilgan edi. Shoirning chaqmoqdek yorqin umri va ijodi hali ko’p asrlar xalqimiz qalbini yoritib turajak.
Usmon Nosirning quyidagi ikki she’rini darslikda berilgan namunalarga qarab, tahlil etishga harakat qiling. Bu ijodiy mashg’ulot
sizni shoir badiiy dunyosiga chuqurroq kirib borishingizga yordam beradi.
 
YOSHLIK
 
Kunlarimni yoshligimdan ayamadim, Menda yoshlik nokaslikni hech ko’rmadi. Qiz sevganda, ho’ngir-ho’ngir qon yig’ladim, Go’yo, qalbim amri - azmimni bir so’rmadi.
Yoshligimning tarozusi beposangi, Bir pallasi bahor toshi bilan og’ir:
Sevinchim ko’p... shodligim zo’r... tilim biyron, Qaysi umr shunday yoshlik ko’rdi, axir?
Yuragimga achchiq-achchiq botar edi, «Bog’ ko’chada» sharsharakning mungli kuyi... Hayron bo’lib, bolalikda o’ylar edim, Qaydadir deb bu oftobning yotar uyi?
Bolaligim gul bog’larni ko’rolmagan, G’arib bo’lib, mungshib yurgan ko’chalarda. Yulduz sanab, yildan uzun kechalarda Hisobiga sira, azal yetolmagan.
Ayamadim yoshligimdan kunlarimni, Nokaslikni ravo ko’rmay sevintirdim, Chunki, unga yuragimda ’lib qolgan Bolaligim erkaligin tiriltirdim.
Yoshligimning sarguzashti benihoyat, Bisoti ham tasodifga to’lib bitgan... Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan, Hodisani yetaklarkan sababiyat.
 
 
GULZOR - CHAMAN
 
Gulzor - chaman. Yur, bog’larga Eltay yetaklab. Binafshalar terib beray Sengaetaklab...
Chakkangga taq! To’lib tursin
Oydek yuzlaring.
Kunday yorug’, tunday qora
Ekanko’zlaring.
Tingla, erkam, o’rtog’imsan, Ko’nglimni ochay, Qonim she’r bo’lib oqsinda, Men qayta ichay.
Istaymanki, oqar qonim Tamom bo’lmasin, Istaymanki, sevar yorim Tashlab ketmasin.
Chunki, do’stlik mehii bilan Shodligim o’sar. U har qachon yonboshimda Soyamday yurar.
U sen, qo’zim. Yur, bog’larga
Eltay yetaklab.
Binafshalar terib beray Senga etaklab.
Bu shoir, - deb, - bu yengil, - deb
Asti o’ylama!
O’pgan o’pichlarim haqqi
Inontiraman.
Agar, darkor bo’lsa har choq, Glorias a Vatan, Qo’lyozmalarimni tashlab, Shinel kiyaman.
Uddasidan chiqolmasam Ahdimni, unda Brauningni qo’limga ber, Qop-qora tunda.
O’z jazomni o’zim beray,
Azoblao’lay...
Yo’q!.. Hamdam bo’l, qo’limdan tut,
Janglarga kiray!
 
Savol va topshiriqlar
  • Usmon Nosir hayoti va ijodi qaysi jihatlari bilan sizda ko’proq taassurot qoldirdi?
  • Aksariyat shoirlar ijodida tabiatga qayta-qayta murojaat etilishining sababi nimada, deb o’ylaysiz?
  • Biz yashaydigan olamni «ona yer», «ona tabiat» deb atashimizning boisi nimada?
  • Usmon Nosir she’rlarida tabiat qanday ranglarda, obrazli ifodalarda kuylanishini aniq misollarda ko’rsating.
  • Shoirning «Yoshlik» she’ri bilan darslikda tahlili berilgan she’rlar o’rtasida qanday o’xshashlik va farqlar bor?
  • «Kimlarimni yoshligimdan ayamadim» degan misrani tushimish va tushimtirishga harakat qiling.
  • Nega yoshlik tarozusining «bir pallasi bahor toshi bilan og’ir» bo’ladi?
  • Usmon Nosirning «Gulzor  chaman...» deb boshlanuvehi she’rida lirik qahramon kimga murojaat qilyapti? U shoirdan nimalarni kutadi?
  • Bu she’rning lirik qahramoni qaysi hollarda o’zini brauning to’pponeha bilan otib qurbon qilishga tayyor?
  • Sho’ro davri qatag’oni qurboni bo’lgan yana qaysi ijodkorlar to’g’risida eshitgansiz?
  • Usmon Nosir she’rlaridan ikkitasini yod oling.
 
Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida yaratilgan hissiy nutq she’r (nazm) deyiladi. She’r arabcha shuur degan so’zdan olrngan bo’lib, lining asosida insorrning ichki kechinmalari yotadi. Buyuk rus tanqidchisi N.A. Dobrolyubov she’r uchun uch xususiyat - ezgulik, go’zallik, donolik shart bo’lishini ta’kidlagan edi. Nutqning she’r bo’lishi uchun she’riy mazmun va she’riy shakl zarur. She’r tuzilishining asosini ritmik o’lchov - hijo (bo’g’in) tashkil etadi.
Shakliga ko’ra she’rning aruz, barmoq, erkin (sarbast), nasriy she’r kabi ko’plab vaznlari mavjud.
O’zbek mumtoz she’riyatini asosan aruz vaznida yozilgan she’rlar tashkil etadi. Aruz vazni hijolarning cho’ziq va qisqaligiga asoslanadi. Misra va baytlarda cho’ziq va qisqa hijolarning o’zaro mutanosib ravishda takrorlanib kelishi o’ziga xos musiqiylikni ta’minlaydi. Shu-ning uchun ham aruz vaznida yozilgan she’rlar (g’azal, masnaviy, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas va hokazo)da ohangdorlik juda kuchli bo’ladi.
 
Barmoq vaznidagi she’rlar hijolarning cho’ziq va qisqaligiga emas, balki ularning (bo’g’inlarning) miqdoriga asoslanadi. Shunga ko’ra barmoq vaznida yozilgan she’rning misrasi besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz va undan ortiq bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin. Bundan tashqari, she’rda misralarning o’zi ichki bo’linishlar asosida o’ziga xos ohangdorlikni tashkil etishi turoq deyiladi.
Oq she’rda vazn saqlansa-da, biroq qofiyalar bo’lmaydi, ya’ni lining ’rni «oq» qoladi. Shuning uchun ham bunday she’rlar «oq she’r» deyiladi. Qofiya talab etilmagani uchun ham oq she’rda shoirning imkoniyatlari ancha keng bo’ladi, ya’ni o’z fikrlarini er~ kin ifodalay oladi. M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek» tragediyasi, Sofoklning «Shoh Edip», V. Shekspirning «Otello», «Gamlet», «Qirol Lir», «Romeo va Julyetta» kabi asarlarining tarjimalari oq she’rning ajoyib namunalaridir.
 
She’rning erkin (sarbast) she’r degan shakli ham mavjud bo’lib, bunda misralardagi hijolar miqdori, ularning cho’ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Erkin she’r «verlibr» (fransuzcha vers - she’r, libres - erkin so’zlaridan) degan xalqaro atama bilan ham yuritiladi. Bunda misralarning turlicha turoqlanishi, qofiyalanishdagi erkinlik shoirga o’z fikrini izchil ifodalash imkonini beradi. Erkin she’rda ohangdorlik va ifodalilik talabi, she’r g’oyasi va shoir maqsadini ochib beruvchi har bir so’z ijodkor xohlagan tartibda alohida satrlarga chiqarilishi mumkin. Cho’lpon, H. Olimjon, G’. G’ulom, M. Shayxzoda, Usmon Nosir, Mirtemir kabi shoirlar ijodida erkin she’rning ajoyib namunalari uchraydi.
 
Nasriy she’rda ham she’rga, ham nasrga xos xususiyatlar mavjud bo’ladi. Nasriy she’rning asosiy belgilari: a) ma’lum vaznga va izchil qofiyaga ega emasligida; b) ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashmaning kuchliligida; d) his-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko’pligida; e) o’ziga xos ritmik tuzilishi va pauzalarning ko’pligida namoyon bo’ladi. Nasriy she’r nasrdagi nazrn, mansur she ’rlar, mansuralar, sochmalar deb ham atalishi mum­kin. Nasriy she’rlar Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G’afurov kabi shoirlar ijodida ko’plab uchraydi.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz