Audio   Animaciya   Atamalar   Foto jamlanma   Video   Test va oyn   Mualiflar 

       Mundarija
Adabiyot - soz sanati
Hikmat durdonalari
Ertaklar olamida
Bolalikning begubor olami
Mumtoz adabiyot bostoni
 Zahiriddin Muhammad Bobur
 Muhammad Aminxoja Muqimiy
 Sadiy Sheroziy
Vatanni sevmoq iymondandir
Oquv reja va dastur


 
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
  
Chop etish uchuv versiyasi


 Zahiriddin Muhammad

BOBUR
(1483-1530)
 
Bobur ham shoh, ham shoirdir. «Bobur» arab tilida «sher» degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaxsiyat edi. U tariximizning murakkab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati yemirilib, o’rniga shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida qolgandi. Shunday bir paytda o’z yurtiga sig’magan temuriyzoda Bobur Hindistonga bosh olib ketdi. U yerda buyuk saltanat o’rnatdi. O’z jasorati va adolati bilan olis hind xalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodlari hind diyorida uch yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar.
Bobur didi va zavqi baland shoir edi. U go’zal g’azallar yozdi. Ruboiyning tengsiz namunalarini yaratdi. Ko’rgan kechirgan voqealari haqida «Boburnoma» asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U sozni go’zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob yozgan shohlardan edi.
 
Bobur 1483- yilning 14- fevralida Andijonda tug’ildi. Otasi te­muriyzoda Umarshayx Farg’ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug’ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
Bo’lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt vafot etib, Farg’ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo’ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham,
Andijonni bam qo’ldan berib, tog’-u toshlarda besh-o’n yigiti bilan gob otliq, gob yayov yurgan paytlari bam bo’ldi. Nihoyat, 1503- yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o’tdi. Kobul va G’aznani qo’lga kiritdi. So’ng 1526- yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o’rnatdi.
 
U 1530- yilning 26- dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko’cbiriladi.
Bobur ikki sbe’riy to’plam  devon tuzgan. Bizgacba sbulardan bittasi yetib kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma’lum. Hozirda bizning qo’limizda uning to’rt yuzdan ortiq she’ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig’i ruboiydir.
 
Ruboiy sbarq sbe’riyatida keng tarqalgan sbe’r turlaridan, to’rtlik. Amzning ma’lum vaznidagina yozilgan. Bobur mboiylari bar jihatdan to’kis, mukammal sbe’riy asarlardir. Ularda Bobur bayotining manzaralari aks etadi. Shoir o’z umrining achchiq-chuchuk kunlaridan so’z ocbadi.
 
Mana, ayrim namunalar:
Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi Yo barcba murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo’lmasa olamda, Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.
Endi Boburning ushbu ruboiysini yozgan holatini ko’z oldimizga keltiraylik. U 19-20 yosblarda, g’ayrati dunyoga sig’magan paytlari. Lekin Samarqandni ikki marta olib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur boldi. Andijon xiyonatchilar qo’liga o’tgan. Ikki-uch yil tog’-u tosblarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va yuqoridagi satrlar qog’ozga tusbdi.
Mana, ana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan o’tdi-yu bir bamla bilan Kobul va G’azna shabarlarini jangsiz egallab oldi. Lekin butun ko’ngli Amudaryoning bu tomonida, ona-Vatanida. U tirik yursa qaytadi. Sbu umid bilan yasbaydi.
 
U yozadi:
Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig’ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
Qayd - kishan. Beqayd - kishansiz, erkin. Siym - oltin, kumush. Laim - gado. Demak, garchi erkin bo’lsam-da, oltin-kumush ilinjida yurgan pastkashlardan emasman. Uyma-uy mol yig’ishtirib yuradigan gadolardan ham emasman. Bobur endi Kobulda qolib ketdi dersiz, yo’q, unday demang, men uzoq qolmayman, albatta, ona yurtimga qaytaman, demoqchi bo’ladi shoir.
Mana, yana bir ruboiysi. Bu ham Bobur fojialaridan so’z ochadi. Ya’ni: u yurtiga qaytishga qanchalik urinmasin, unga erisha olmaydi. Minglab odamlarning behuda nobud bo’lishini istamaydi. Ko’nglida ming bir andisha bilan Hindiston sari yuzlanadi. O’zini dunyoda eng baxtsiz odam hisoblaydi. Chunki u ona yurtini tashlab chiqdi.
 
Endi begona ellarda yurt so’ramoqchi, podshohlik qilmoqchi. Bularning hammasi, uningcha  «xatolik»  xato ishlar edi:
Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi, Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi. O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne }oiz qarolig’ bo’ldi.
Ruboiyning tili sodda, tushunarli. Endi siz fikrga va uning ifodalanishiga e’tibor qiling.
1- satr: Baxtim yo’qligi jonimga balo bo’ldi.
O’ylab ko’ramiz: Nega joniga balo? Shuning uchunki, baxtsizlik uni vatanidan ayirdi. Demak, uning baxti  vatanda bo’lishidir.
satr: Nima ishki qilgan bo’lsam, xato bo’ldi. Ular qaysi ishlar va nega xato? Vatanini tashlab chiqishi - xato. Uning uchun jonini bermagani - xato. Boshqa ellarga bosh olib ketishi - xato.
satr: O’z yerni qo’yib, Hindiston tomonga yuzlandi.
satr: Ey Xudo, nima qilay, qanchalar yuzim qaro bo’ldi.
Qattiq gunoh qilib qo’ygan, elning ishonchini oqlamagan kishini «yuzi qaro» deydilar. Demak u Hindistonga otlanishini o’zi uchun gunohi azim hisoblamoqda. Endi bu fikrning ifodasiga, qanday aytilganiga diqqat qilaylik.
 
Uchinchi satrdagi «yuzlandim» («yuzimni burdim») so’zida «yuz» ishlatilmoqda. U to’rtinchi satrdagi «yuz qarolig’»ni kuchaytiradi, ya’ni o’sha yuzim qora bo’ldi. «Hind» so’zida ikki ma’no: 1. Hindiston. 2. Qora. Bu so’z ham «yuz qarolig’»ni kuchaytirishga yordam beradi. Ya’ni: yuzim, uni qoraga burganim uchun, qora bo’ldi.
Shoir ruboiylarida Vatan sog’inchi, ona diyorni qo’msash keng o’rin egallaydi. lining uchun Vatan  sevimli yordir. Vasl  Vatanga yetishmoqdir. Hajr  Vatandan uzoqda bo’hnoqdir.
Hajringda bu tun ko’ngulda qayg’u erdi, Vaslingg’a yetishmadim, jihat bu erdi: Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin Yo’l balchiq edi, kecha qorong’u erdi.
 
Shoir flkriga va uning ifodasiga e’tibor qiling:
Bu kecha juda xafa edim  ko’nglim qayg’uli edi. Nega? Javobi o’zida. Senga yetisha olmadim. Xafaligim, ko’nglimdagi qayg’u shundan. Nega yetisha olmadi? Keyingi ikki satrda shoir hazil-mutoyibaga o’tadi. Fojia hazil bilan beriladi. Ya’ni: uning yor  Vatan vasliga yetolmagani sababi shuki  kecha qorong’u, yo’l balchiq edi. Shuning uchun yeta olmadi. 0’z navbatida «yo’l»ning «balchiq»ligi, «kecha»ning «qorong’u»ligi ham izohlangan. Yo’lning balchiqligi shoirning «ko’z yoshi»dan, kechaning qorong’uligi «ohi», «tutuni»-dan edi. U shu qadar ko’p ko’z yosh to’kkanki, hamma yoq ivib, balchiq bo’lib ketgan. U shu qadar ko’p oh tortganki, og’zidan chiqqan tutun hamma yoqni qorong’i qilib yuborgan edi.
Shoirning quyidagi ruboiysida yaxshilikning sharofati, yomonlikning kasofati, vafoga vafoning, jafoga jafoning qaytajagi haqida so’z ketadi.
kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidur.
 
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz, Har kimki, yomon bo’lsa, jazo topqusidur.
Chindan ham, bu uning hayotdagi shiori edi. Zamon haqsizliklari ichida yurgan shoir o’z hukmdorligi davrida yaxshiga - yaxshi, yomon-ga - yomon bo’lishga harakat qildi. Vafoga vafo, jafoga jafo qaytardi.
Bobur bugun xalqimizning sevimli farzandlaridan bo’lib turibdi. U haqda dostonlar, romanlar yozilgan, kinofilmlar ishlangan. Andijon va Toshkentda ulkan bog’lar etilib, u joylarda haykali o’rnatilgan.
Quyida Bobur ruboiylaridan namunalar bilan tanishasiz:
 
RUBOIYLAR
 
Yod etmas emish kishini g’urbatda1 kishi, Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi. Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh,
G’urbatda sevinmas emish albatta kishi.
 
Ko’pdin berikim yor-u diyorim yo’qtur, Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo’qtur. Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur.
Hijron qafasida jon qushi dam qiladur, G’urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nav bitay firoq-u g’urbat sharhin, Kim ko’z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.
 
Xush ulki, ’zum txishti sening ’zungga, Bevosita holimni desam o’zungga, Bermay so’zuma j avob achig’ lanasen, Qilding meni muhtoj chuchuk so’zungga.
Dushmanniki, bu dahri zabardast qilur, Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur. G’am yemaki, yetkursa boshini ko’kka, Oxir ana yer kibi oni past qilur.
Ishlar bori ko’nguldagidek bo’lg’usidur! In’om-u vazifa  bori buyrulg’usidur! Ul g’alla-yu mahmilki, deb erding, bildim, Mahmilg’a bo’g’alladin uy to’lg’usidur!
 
Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur, Ko’zdin uchadur uyqu chu oqshom bo’ladur. Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek, Borg’on sori bu ortadur, ul kam bo’ladur.
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur! Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
 
Ey bodi sabo, ayla Xurosong’a guzar, Mendin degil ul yori parishong’a xabar. Necha safar o’z ’nglung uchun qilg’aysen, Emdi bizing uchun ayla bu yong’a safar.
 
Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz! Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz! Chun gardishi charx bu durur, Tangri uchun, Bir-biri necha kun g’animat tutungiz!
 
Bu xasta ko’ngul erdi visoling bila xush, Jonim ham erur sening jamoling bila xush. Hijron g’ami garchi asm noxushtur, lek, Fikring bila shodmen, xayoling bila  xush.
 
Kim bor anga ilm tolibi ilm kerak. O’rgangani ilm tolibi ilm kerak! Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo’q, Men bormen ilm tolibi  ilm kerak.
 
Boburni burun mahrami asror4 etting, Vaslingga berib yo’l, o’zungga yor etting. Oxir bording, dog’i oni zor etting, Hijron alami birla giriftor etting.
 
yerda gul bo’lsa  tikon bo’lsa, ne tong?! Har qandaki may durdidan bo’Isa, ne tong?! She’rimda agar hazil, agar jid, kechurung, Yaxshi borida agar yomon bo’Isa, ne tong?!
 
Yo qahr-u g’azab birla meni tufroq qil! Yo bahri inoyatingda mustag’roq qil! Yo rab, sengadur yuzum qaro gar oq qil, Har nav’ sening rizong erur andoq qil!
 
Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil! Har kim meni bilsa bu payomimni degil! Mendin demagil gar unutulg’on bo’lsam, Har kimki, meni so’rsa, salomimni degil!
 
Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil, Farxunda3 hadisingni eshitmak musnkil. Ishqingni dog’i bir taraf etmak mushkil, Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.
 
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu’lasen, ul shu’lag’a men kuldurmen. Nisbat yo’qdur, deb ijtinob aylamakim, Shohmen elga, vale senga quldurmen!
 
Jonimda mening hayoti jonim sens en, Jismimda mening ruh-u ravonim sensen. Boburni seningdek o’zga yo’q yori azizi,
Alqissaki, umri jovidonim sensen.
 
Davron meni o’tkardi sar-u somondin, Oyirdi meni bir yo’li xonumondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta’na,
Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.
 
Ey, oy yuzung olida quyosh sharmanda, Shirin so’z-u yaxshi xulqungga men banda, Hijronda necha noma bila so’zlashaling, Yo sen beri kel, yo men borayin anda.
 
Hajringda bu tun ko’ngulda qayg’u erdi, Vaslingg’a yetishmadim jihat bu erdi: Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin, Yo’l balchiq edi, kecha qorong’u erdi.
 
 
RUBOIY HAQIDA TUSHUNCHA
 
Ruboiy arabcha so’z bo’lib, to’rtlik degani. Sharqda keng tarqalgan she’r turi, lirik janr. To’rt satrdan iborat bo’ladi. Ko’pincha birinchi, ikkinchi, to’rtinchi satrlari qofiyalanib keladi. Harflar bilan ko’rsatganda a-a-b-a shaklida bo’ladi. Ba’zan har to’rt satri o’zaro qofiyalanishi (a-a-a-a) mumkin. Qofiya misra oxiridagi ohangdosh so’zdir. Radif misra oxiridagi takrorlanuvchi so’zdir. Masalan:
 
kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz, Har kimki, yomon bo’lsa, jazo topqusidur.
Ruboiyda fikr tugallangan bo’lishi kerak. Yana muhim xususiyatlaridan biri shuki, ruboiy aruz vazni hazaj bahrining axram va axrab degan shakllaridagina yozilgan. Lekin keyrngi yuz yilda bunga juda kam rioya qiladilar.
Fors. tojik adabiyotida ruboiy janrida Umar Xayyom, Mirzo Abdulqodir Bedil shuhrat qozonganlar. O’zbek she’riyatida esa Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ruboiylari juda mashhur bo’ldi. Bugun ham ruboiylar ko’plab yozilmoqda.
 
Savol va topshiriqlar
  • Bobur kim? Uning ota-bobolari, avlodlari haqida nimalar bilasiz?
  • lining tariximiz, madaniyatimizdagi xizmatlari haqida-chi?
  • Boburning tarjimayi holi haqida so’zlab bering.
  • Ruboiy haqida ma’lumot bering. Bobur ruboiylari haqida nimalar deya olasiz?
  • «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen» raboiysida qanday fikr ilgari surilmoqda? Shoir nima demoqchi?
  • «Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi» raboiysida nega shoir o’zini «tole’siz» (baxtsiz) hisoblaydi? Uning nazaridagi baxtli odam kim?
  • «Hajringda bu tun ko’ngulda qayg’u erdi» raboiysidagi qayg’uli holning tasviri-yu uning hazil-mutoyibali ifodasini ko’rsatib, tuhuntirib bera olasizmi?
  • «Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur» ruboiysi mazmunidan kelib ehiqib, shoirning adolat haqidagi qarashlari to’g’risida nima deya olasiz?
  • «Boburshoh va shoir» mavzusida yozma ish tayyorlang.
 

  Copyright 2018 O'zr Xtv MUDRM multimedia.uz