⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida ⚙️ Sayt test rejimida

O'quv adabiyotlariga rasmiy maqom hamda vazirlikning nashr etishga ruxsat berish to'g'risidagi guvohnomasini rasmiylashtirish uchun tizimga biriktiriladigan hujjatlar va talablar

Barcha hujjatlar PDF formatida taqdim etilishi shart

1
Ta'lim muassasasi rahbarining rasmiy yo'llanma xati
Yaratilgan o'quv adabiyotiga bo'lgan ehtiyoj, taxminiy adadi va yo'nalish yoki mutaxassislik kodi va nomi ko'rsatilishi lozim
2
Ta'lim muassasasi ilmiy kengashi qaroridan ko'chirma
Kengash raisi va ilmiy kotib tomonidan imzolanib, tasdiqlangan shaklda
3
O'quv adabiyotining nomlanishini o'quv rejasidagi fan nomiga muvofiqligi
O'quv rejasidagi tegishli fan nomi belgilab qo'yiladi
4
O'quv rejasiga muvofiq tasdiqlangan fan dasturi nusxasi
Ishlab chiqilgan va rasmiy tasdiqlangan shaklda taqdim etiladi
5
O'quv adabiyot qo'lyozmasi
PDF shaklda — muallif va oliy ta'lim muassasasi nomi ko'rsatilmagan holda
6
Antiplagiat tizimida tekshiruv xulosasi
Mahalliy yoki xorijiy tizimda tekshirilgan — kamida 60% originallik ko'rsatkichiga ega bo'lishi talab etiladi
7
Ichki va tashqi taqrizlar
Taqrizchilarning F.I.Sh, imzosi va sanasi qayd etilgan nusxasi PDF shaklda
8
Mundarija
O'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi shart
⚠️
Muhim eslatma Barcha hujjatlar to'liq va to'g'ri rasmiylashtirilgan holda tizimga yuklanishi shart. Yetishmovchi yoki noto'g'ri rasmiylashtrilgan hujjat mavjud bo'lsa ariza qaytariladi.
Ebook image
Bog'lanish

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy

+998 55 508 06-67 (1009)

info@avloniy.uz

a.adabiyot@avloniy.uz